О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus
ta’lim vazirligi
Qarshi davlat universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti
Kimyo ta’lim yо‘nalishi
1- kurs talabasi
Tojiyev Sardorning
MAVZU: INSON EKOLOGIYASI
mavzusida
yozgan
R E F E R A T
Bajardi: Tojiyev Sardor
Qabul qildi: о‘q. H.Meyliyeva
Qarshi-2016
INSON EKOLOGIYASI
Reja
1. Kirish
2. Ajdodlarimiz muhit haqida
3. Demografik jarayonlar
4. Демографик жараёнлар ва ахоли саломатлиги
5. Atmosfera havosi va uning inson organizmiga ta’siri
6. Suv va uning inson xayoti uchun axamiyati
7. Tirik organizmlarning inson hayoti uchun ahamiyati
Kirish
Inson fan va texnikani taraqqiy etdirib, Yangi, mukammal texnik vositalarni
va texnologiyani yaratmoqda. Uning bundan maqsadi u tabiatni har qanday
"injiqliklariga" ta’sir eta olmaydigan о‘zlariga yashash sharoitni yaratishga
harakat qilmoqdalar. Ba’zi kishilar xatto tabiat ustidan hukmron bо‘lish hayolida
bо‘ladilar. Inson ijodkor, yaratuvchi bо‘lsa ham uning о‘zini tabiat yaratgan. Inson
tabiatni bir bо‘lagi. U sayyoramiz biosferasidagi umumiy ekologik krugovorot
(aylanmasini) chetga chiqa olmaydi. Insonni barcha tirik organizmlar qatori
atmosfera havosidagi yetarli miqdordagi kislorodga, quyosh yorug‘ligiga, suvga
muhtojligi uning hayotini tabiat qonunlariga qanchalik bog‘liq ekanligini
kо‘rsatadi.
Inson-tabiatni bir bо‘lagi bо‘lgani uchun u tabiatdan butunlay ajralib о‘zi
yaratgan texnik uskunalar dunyosiga keta olmaydi. U о‘zi yaratgan texnik
vositalardan ajralgan zaharli moddalar, ifloslangan muhit ta’siriga mubtalo bо‘ladi.
Masalan, 1952 yilda Londondagi smog ta’siridan 4000 kishini halok bо‘lgani,
Yaponiyani Lijamata buxtasida simobdan 100 kishini zaharlanganligi, Hindistonni
Bxolapadagi kimyo zavodidagi avariyadan 2000 kishini halok bо‘lgani, 200 ming
kishini zaharlanganligi va hokazolar ma’lum. Ammo ba’zi vaqtlarda (epizotik)
sodir bо‘ladigan ekologik falokatlar insoniyat uchun asosiy havf bо‘lib qolmaydi.
Eng havflisi har kuni oz-ozdan tashqi muhitga chiqib turgan zaharli moddalar
havo, suv yoki oziq-ovqat mahsulotlari orqali oz miqdorda kishi organizmiga
tushayotgan va uning salomatligini yemirayotgan moddalar havflidir. Kо‘p kishilar
xatto tug‘ilganga qadar, ya’ni ona qornida uning qoni orqali zaharli har xil
pestitsidlar, og‘ir metallardan zaharlangan bо‘ladi. Bulardan tashqari kо‘p
mintaqalarda radioaktiv nur ham kishi organizmiga ta’sir etadi.
Keyingi yillarda Fan oldida keskin ravishda о‘zgarib turuvchi tashqi muhit
omillarini hozirgi zamon kishilari va kelgusi avlodga qanday ta’siri, uning
oqibatlarini о‘rganish muammosi qо‘yilmoqda. Insonni tashqi muhit bilan
bog‘liqligi asosida sodir bо‘ladigan asosiy о‘zgarishlar kо‘rsatkichi uning
salomatligidir.
Hozirgi davrda fan-texnikaning taraqqiyoti tufayli biosferada global
darajadagi о‘zgarishlar bо‘lmoqda. Tabiat boyliklarni olinaverishi, energetik
resurslari foydalanishni kuchayishi, xilma-xil transport vositalarini yaratilishi,
ishlab-chiqarish vositalarini joylashtirish kabi ishlarni amalga oshirilishi orqali
sayyoramizning har xil mintaqalarida keskin ekologik о‘zgarishlar rо‘y bermoqda.
Shuningdek, sayyoramizda urbanizatsiya jarayoni kuchaymoqda, ya’ni aholining
50% dan ortig‘i shaharda yashamoqda. Yirik shaharlarning soni borgan sari
kо‘paymoqda. Odamlarni migratsiyasi borgan sari kuchaymoqda. Kishilarni Yangi
ekologik sharoitga borishi ularning organizmiga ma’lum о‘zgarishlarni sodir
qiladi, salomatligiga ta’sir etadi. Kishi organizmi har xil ekstremal ekologik
omillar ta’siriga reaksiyasi turlicha bо‘ladi: nafas olish va yurak urishining
tezlashuvi, uyqusizlik, bosh aylanishi, modda va energiya almashinuvida
о‘zgarishlar bо‘ladi.
Yuqorida keltirilgan о‘zgarib turgan ekologik muhit sharoitini kishilar
organizmiga ta’siri va ularning salomatligini muhofaza qilish masalasi hozirgi
zamonda fan oldiga qо‘yilgan muhim muammolardandir.
Ma’lumki, kishining salomatligi uchun о‘rab turgan muhitning holatiga
bog‘liq. Xatto irsiy kasalliklar ham uzoq yillar davomida kishilarni bir necha
avlodlariga ta’sir etgan muhitni noqulay omili hisoblanadi. Insonni salomatligi va
kasalligi uni о‘rab turgan muhitni, eng avvalo sotsial muhitni mahsulidir, ya’ni
kishining salomatligi unga ta’sir etuvchi tabiiy va sotsial omillarning ta’sirini
mahsulidir. Sanoatni juda rivojlanishi va urbanizatsiya hodisasini sodir bо‘lishi,
nafaqat ekologik muvozanatni va tashqi muhitni buzilishiga, kishilarning
salomatligiga putur yetishiga ham olib keladi.
Salomatlik – bu nafaqat kasal bо‘lmaslik, bu – kishilarni doimo о‘zgarib
turuvchi muhit sharoitiga tez moslashishidir. Salomatlik – bu kishilarni biologik,
kasb, jami vazifalarni optimal darajada bajarish qobiliyatidir. Shuni ta’kidlash
lozimki, sog‘lom kishi muhitni о‘zgarib turuvchi har qanday sharoitiga moslasha
oladi. Chunki organizmni о‘zgarib turuvchi muhit sharoitiga moslashuvini ham
chegarasi bor.
Salomatlik har bir kishini baxti bо‘lib, u tufayli tо‘laqonli hayot kechirishi
mumkin. Insonni baxtli bо‘lishi uchun boylik va shon-shо‘xrat zarurmi yoki
sog‘lik? degan savolga bir qadimgi filosof shunday javob bergan ekan. Boylik
ham, shon-shо‘xrat ham kishini baxtli qilolmaydi. Sog‘lom qashshoq kishi, kasal
podshodan baxtliroq, deb javob bergan ekan.
Har kuni suv, oziq-ovqat mahsulotlari va nafas yullari orqali kishi
organizmiga xilma-xil birikmalar, mikroorganizmlar kiradi. Ammo bularni
ba’zilari, meyordan kо‘p bо‘lganda kishiga har xil kasallikni keltirib chiqaradi.
AJDODLARIMIZ MUHIT HAQIDA.
Bundan uch ming yil muqaddam ikki daryo oralig‘idagi kо‘xna Horazm
zaminida yaratilgan qadimgi qо‘lyozmamiz "Avesto", bu qadim о‘lkada buyuk
davlat, buyuk ma’naviyat va madaniyat bо‘lganidan guvohlik beradi.
Abu Rayxon Beruniy "Avesto" qо‘lyozmasi haqida shunday yozadi;
"Podshox doro ibn Doro hazinasida (Avestoning) о‘n ikki ming karomal terisiga
tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron etib, uni
kuydirib yubordi. Shuning uchun "Avestoning" beshdan uch qismi yо‘qolib
ketgan". Bu noyob qо‘lyozmada nafaqat dunyoning yaratilishi, insonning xalq
bо‘lib kamol topishi, ezgulik uchun yovuz kuchlar bilan kurashish, erkinlik uchun
yovuz kuchlar bilan kurash, erkinlik, ijodkorlik va bunyodkorlik yulidagi orzular
о‘z ifodasini topgan. Shuningdek, hovuch tuproq, ham qultum suv, bir nafaslik
havoning ham muqaddas ekanligi о‘z ifodasini topgan. "Avesto" yerning,
daryolaru bog‘lar, tog‘laru buloqlar, chо‘lu saxrolar, otu tuyalar ularga, molu itlar,
о‘simligu giyohlarning bunyod etilishi tarixiga oid kitob hamdir.
"Avesto"da bug‘doy ekib, hosil olishni hikmati shunday ifodalanadi. "Kimda-
kim bug‘doy eksa, u haqiqatni ekadi, qachonki egatlarda urug‘ yetilsa, devlar
о‘rinlaridan kо‘chadilar; qachonki bug‘doy gurkirab kо‘karsa, devlar dahshatdan
titray boshlaydilar; qachonki bug‘doy un bersa devlar nola chekadilar, qachonki
bug‘doy xirmonga uyulsa, devlar nobud bо‘ladilar; qay bir xonadonda bug‘doy
bosh chiqarsa, u xonadonda devlar yaqinlasha olmaydi". Taniqli olim
T.Maxmudov (2000) dunyoda biror bir diniy ta’limot yo biror bir alloma zaminni
va undan unuvchi bug‘doy, uning hosilasi – nonni "Avesto" chalik kо‘klarga
kо‘tarmagan, - deb yozadi.
Zardushtiylik din va uning muqaddas kitobi "Avesto" da ekin yerlarini
kо‘paytirish shudgor qilingan yerlarni asrab-avaylash, uni muqaddas bilib sajda
qilish о‘qtirilgan, chunki yer asosiy risqu-rо‘z manbai ekanligini yaxshi bilishgan
va unga qanday munosabatda bо‘lish ruhida kishilarni tarbiyalaganlar.
Olovga sig‘inish, uy-joy qurish, о‘simlik va daraxt kо‘kartirish, uy
hayvonlarini kо‘paytirish, yerni parvarish qilish kabi muhim hayotiy ishlar
zardushtiylik dinining asosi bо‘lgan. Bu ishlar kishilarni yashash muhitini
yaxshilab, hayotini farovonligini ta’minlaydi. Zardushtiylik ta’limotiga e’tiqod
qо‘ygan kishi tozalik va poklikka rioya qilishi kerak. Ulardan xatto itlarga ozor
bermasliklari talab qilingan, ya’ni kishilarni gumanistik ruhda tarbiyalaganlar.
Zardushtiylar axlatlarni bekitish, ifloslangan joylarni tuproq, qо‘l bilan kо‘mib
tashlash, olov, issiqlik va sovuq bilan kiyim-kechaklar va oziq-ovqatlarni
zararsizlantirish. Kul, sirka, sharob, turli giyohlar tutatish kabi sanitariya-gigiyena
qoidalarini uch ming yil ilgari bilib, ularga amal qilganlar, yoshlarga о‘rgatganlar.
О‘sha davrlarda ham idish-tovoqlarni yuvib tozalash, uyni toza saqlash turli-
tuman yomonliklardan (kasalliklardan) asrashligini bilganlar. Ichimlik suvi
manbalariga daryo, kо‘l, ariq, quduq, hovuz, buloq suvlariga nafaqat biron notoza
narsani tashlash, bunday narsalarni xatto ularning yaqiniga yaqinlashtirmaslik
choralarini kо‘rib, suvni toza saqlaganlar. Notoza suv orqali har xil kasalliklar
tarqalishi mumkinligini bilganlar. Biz ularni bunday yaxshi odatlarini unutib,
suvga har xil chiqindilarni tо‘kib, uni kо‘p joylarda iste’mol qilishga yaroqsiz
holga keltirib, kasallik tarqatuvchi manbaga aylantirib qо‘ydik. Olovga ham xuddi
shunday munosabat bо‘lib, unga har xil iflos narsalar tashlamaganlar. "Pokiza suv
va yonib turgan olov qarshisida gustoxlik qilgan zotning dо‘zaxda topgusi jazosi
bu dunyoning jamiyki dardu ozorlaridan mudhishdir", - deb uqtirilgan va
kishilarga ekologik tarbiya berganlar.
Hozirgi kunda ham gruppa va boshqa kasalliklar tarqalganda isiriq tutatish
orqali mikroblardan zararsizlantirish vositasi sifatida foydalanish qadimgi
ajdodlarimiz yetib kelgan. "Navruzi olam" ni kutib olishdagi marosimlar, barcha
о‘simlik va hayvonlarni yerni suvni, havoni e’zozlash, Yangi uyga kelgan kelinni
olovdan aylantirish kabi ishlar qadimgi zamonlardan buyon ajdodlarimizdan bizga
meros bо‘lib kelayotgan urf-odatlardir. Uzoq о‘tmishdan yerga va nonga bо‘lgan
hurmat hozir ham sharq xalqlari, ayniqsa keksalar tasavvurida saqlangan.
"Avesto" ning barcha qismlarida yeru kо‘kdagi barcha hayotiy nozu-
ne’matlarni sevish va ardoqlash barcha insonlar uchun muqaddas burch va ibrat
ekanligini har birimiz unutmasligimiz kerak. Uzoq о‘tmishdagi avlodlarimiz
asarida inson ekologiyasiga taalluqli muhim fikrlarni olish mumkin.
Buyuk sarkarda Amir Temur tuzuklarida ham bunday hikmatlar о‘z о‘rnini
topgan. Bu borada unda shunday satrlarni о‘qiysiz "… kimki biron saxroni obod
qilsa yoki biron bog‘ kо‘kartirsa, yoxud biron xarob bо‘lib yotgan yerni obod qilsa,
birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat о‘z roziligi bilan
berganini olsinlar, uchinchi yili esa qonun-qoidagi muvofiq xiroj yig‘ilsin", deb
bog‘-rog‘ yaratgan kishilarga imtiyozlar berilgan.
A.Temur bog‘ga katta e’tibor berib, Samarqand shahri va uning atrofida qator
bog‘lar barpo etilgan. О‘sha yillari shahar tashqarisida temuriylarning 15 dan ortiq
– Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Chinor, Bog‘i Shamol, Bog‘i Bexisht, Bog‘i Nav kabi
chorbog‘lari barpo etilgan bо‘lgan. Ularda tut, olma, о‘rik, shaftoli, uzumlarning
xilma-xil navlari о‘stirilgan.
Buyuk Alisher Navoiyning asarlarida tabiat ajoyibotlari, odamlarning tabiat
haqidagi hikoyalari, rivoyatlar kо‘p keltirilgan. Ayniksa, uning "Xamsa"
dostonlari, "Lison ut-Tayr" va boshqa asarlari inson hayoti uchun tabiat omillarini
ahamiyati borasidagi hikmatlarga boy. Shoirning "Saddi Iskandariy" dostonida
olam va uning tuzilishi tabiat bilan inson munosabatlari, hayvonlar xatti-
harakatidagi ayrim ibratomuz lavhalar, donolarning maslahatlari kabi hikmatli
fikrlar kitobxonlarni, ayniqsa, yoshlarni ma’naviy dunyoqarashini, hayot mazmuni
haqidagi bilimlarini kengaytirishga olib keladi. Shoir insonnin о‘ynab kulishi,
yoshlik gashtini surishi kerak. Kishi nafaqat uynab kulishi, u bilim olib, hunar
о‘rganib, о‘z hayoti uchun zamin tayyorlashi kerak. Tabiatda sodir bо‘ladigan
mavsumiy о‘zgarishlar inson vujudida ham sodir bо‘ladi, chunki inson tabiat
farzandi. Shuning uchun u о‘zini о‘rab turgan tabiat bilan uyg‘un munosabatda
bо‘lishi kerak.
Shoir hayotining oxirgi yilida yozgan g‘oyat mazmunli, hikmatlarga boy
"Mahbubul-qulub" asarida umr davrida katta-kichik, yaxshi-yomonni, fe’l-atvorini,
hislatlarini hayotda о‘rganib, barchani ulardan ogoh va xabardor qiladi.
Shoirning hayoti davomida tо‘plagan boy tajribasi va xulosalarini yig‘indisi
bо‘lgan "Mahbubul-qulub" asarida dehqonlarning yaratuvchilik va barakotli
mehnati haqida katta hurmat bilan quyidagilarni yozadi: olamning obodligi
dehqonlardan, mehnat aholi shodonligi ulardan. Dehqon har qanday ekin ekishga
qilsa harakat – elga ham oziq-ovqat yetkazur, ham barakat. Dehqonki, halol
mehnat bilan don sochadi, haq bir donini yetti yuzga yetkazadi. Sochgan doni
kо‘karguncha uni urib, xirmon о‘ilib hosil kо‘targuncha qurt-qushlar undan
bahramand bо‘ladi: dasht vahshiylari uning bilan hursand. Chumolilar uyi undan
obod, kabutarlar mastligiyu, turgaylarning shо‘x navosi shu donlardan.
Uroqchining tirikchiligi shuning orqasidan: boshoqchining kо‘zi tо‘qligi shuning
orqasidan. Qushchining undan murodi hosil, somonchi undan maqsadga vosil.
Gadoylar u bilan tuk, xonadon esa ma’mur. Novvoyning tandiri u bilan issiq, allof
unfurushning bozori u bilan qiziq. Don tufayli gadoy xaltasi burda nonga tо‘la.
Shox hazinasi don orqasidan inju va oltinga boy. Dehqonning sepgan donida
shunchalar hikmatlar borligini Navoiydan boshqa hech kim ta’riflay olmagan
bо‘lsa kerak.
Bug‘doy haqida shoir shunday yozadi: "Uning bog‘i jannatni eslatadi;
polizida Rux ozig‘i kо‘rinadi. Daraxtining har biri kо‘k osmondek ulkan; u
daraxtlardagi gul mevalar falakdagi yulduz va yulduzchalardek faqirlarning sirka
va shinnisi u mevalardan; boyonlarning gazagi va a’lo sharobi u mevalardan, turli-
tuman mevalar yetilgach, bog‘da gо‘zallik va tartib seziladi. Bunday dehqon Odam
Ato farzandi, balki undan rizq yeganlar – shu dehqonning farzandiyu, uning о‘zi
Odam Atodir" deb shoir dehqonni xatto Odam Atoga tenglashtirib, uni ulug‘laydi.
Buyuk A.Navioyning bu asarini har bir yosh о‘qishni, о‘rganishi kerak.
Chunki bundan 500 yil oldin yozilgan asar hozir ham о‘z ahamiyatini
yо‘qotmagan, balki u yanada aktualrok bо‘lgan.
Xalqimizda shunday maqol bor. "Musofir bо‘lmagan, musulmon bо‘lmaydi".
Har xil mamlakt va joylarga sayoxat qilish kishining axloqiy, ma’naviy, jismoniy
sog‘lom bо‘lib shakllanishida katta о‘rin tutadi. Tilimizda shunday ibora bor:
sayohat – tanga rohat. Sayohat dunyoni tasavvur etish, tabiatni siru-sinoatini, uning
ajoyib-g‘aroyib hodisalarini xilma-xil muhitni kо‘rish uchun kishilar sayohatga
chiqadilar. Ulug‘ A.Navoiyning "Sab’ai Sayyor" dostoni va boshqa asarlarida
dunyoni kо‘rish (kezish) borasida kо‘plab hikoyatlar, hikmatlar keltiriladi. Unda
kimgaki valiylik-bilimdonlik nima deb sо‘rasalar, barcha ishlardan eng buyugi
Dunyo kezmoq – deb javob beradilar. Sayr qilmagan inson tuproqdek past bо‘ladi,
deyiladi.
2001 yil "Nasaf" nashriyoti ulkamiz tabiatini bilimdonlari Qarshi DU ning
olimlari A.M.Mamatov va B.X.Kalonovlarning "Navoiy tasavvurida yurt tabiati va
jahon geografiyasi" nomli asarini chop etdi. Mualliflar A.Navoiyning asarlarini
chuqur о‘rganib, uning mazmunini atroflicha taqlin qilganlar ulug‘ A.Navoiy
nafaqat she’riyat sultoni, u tabiat bilimdoni, uni о‘qigan har bir kishi о‘zi voyaga
yetgan yurtni sevishi, tabiatni asrab-avaylash kerak degan ekologik tarbiya oladi.
Ushbu asarni barcha о‘quv yurtlarida (maktablar, kollejlar, universitet) talabalari
о‘rgansa foydadan holi bо‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |