a b a b; a a b b;
v v
g g; a
a a b; a a a a
tarzda qofiyalanadi.
Qo'shiqning kuyi bo‘ladi. Biror asbob jo ‘rligida aytiladi. Aksari xalq
qo‘shiqlari ijrosida asbob j о ‘rligi shart emas. Ijrochi xonish usulida
qo'shiq aytishi mumkin.
Oo'shia tarixisa bir nazar.
Turkiy xalqlar tarixi avval sak, massaget,
so‘g ‘d, keyinchalik turklar, turkmanlar, o‘g ‘uzlar, chigillar, yag‘molar,
qirg‘iz qabilalaridan tashkil topgan mahalliy aholi o ‘tmishidan iborat.
Bugungi kunda mazkur qabilalardan 20 dan ortiq millat vakillari ajralib
chiqqan. XIV-XV asrgacha turkiylar tarkibida yashagan har bir xalq bu
davrgacha yaratilgan ilmiy, madaniy xazinaga merosxo‘r hisoblanadi.
0 ‘zbeklar ham ana shu bebaho ma’naviy boylikni yaratgan iqtidorli
ajdodlaming avlodidir. Bu jihatdan qaraganda, xalq yaratgan qo'shiqlar
tarixi ming-ming yillar bilan o ‘lchanadi desak, xato bo‘lmaydi.
Taniqli uyg‘ur olimi Turg'un Olmos 1986 yil «Qashqar-uyg‘ur»
nashriyotida chop etilgan «Hunlaming qisqacha tarixi» asarida miloddan
123
oldingi 119-yil yurtning ijtimoiy vaziyati yomonlashishi oqibatida
quyidagi qo‘shiq to‘qilganini ma’lum qiladi:
Ayrilib qolg‘onda Tilav tog‘idan
Avumas bo‘p qoldi chorva molimiz.
Ayrilib qolg‘onda Alchi tog‘idan
Munglanib sarg‘aydi qiz, ayolimiz45,
Shubhasiz, qo‘shiq matnidagi so‘zlaming olim tomonidan o ‘quvchi
qulayligi uchun o ‘zgartirilgan bo'lishi mumkinligini qayd qilgan holda,
ajdodlar ikki ming yil avval ham hayotdagi xoh ijobiy, xoh salbiy
vaziyadarga o ‘z munosabatlarini bildirishganiga ishonch hosil qilamiz.
Qolaversa, Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘oti-t-turk» asaridagi
o ‘nlab qo‘shiqlami olim XI asrda yozib olgan. Ammo bu namunalar olim
qalamiga tushguniga qadar qadimdan xalq orasida aytilganini hech kim
inkor qilolmaydi. «Devonu lug‘oti-t-turk»da esa biz qahramonlik,
mehnat, mavsum-marosim, lirik qo‘shiqlar bilan tanishamiz va XI asr
turkiy xalqlar og'zaki ijodida bu janr namunalari boy va mavzuga ko‘ra
xilma-xil ekanini ko'ramiz.
Filologiya fanlari doktori, professor B.Sarimsoqov «Alpomish»
dostonining xalqimiz o'tmishidagi ahamiyatini ta’kidlab shunday deydi:
«...o‘zbek xalqi eposi ham ko‘pgina xalqlar eposlari bosib o ‘tgan uchta
taraqqiyot bosqichlarini bosib o ‘tib, bizgacha yetib keldi. Birinchi bos-
qichda - qahramonlik, ikkinchi bosqichda - romanik, uchinchi bosqichda
esa tarixiy epos tiplari vujudga keldi. Qahramonlik eposi patriarxal -
urug'chilik munosabatlarining yemirilishi natijasida muayyan elat va
xalqning vujudga kelishini badiiy tafakkur nuqtai nazardan asoslab,
o'zining syujeti asosidagi voqealami real etnik birliklar hayotidagi ulkan
voqealardan oladi»46. E’tibor bering. Olim qahramonlik eposini elat va
xalqning vujudga kelishini badiiy tafakkur nuqtai nazardan asoslovchi
omil ekaniga diqqatni qaratmoqda. Ikkinchi masala epos syujetidagi
asosiy voqealar real etnik birliklar hayotidagi ulkan voqelardan olinishini
qayd etmoqda. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, mazkur «ulkan
voqealar» eposga asos bo'lguniga qadar xalq qo‘shiqlarining yaratilishini
taqozo etgan. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘oti-t-turk» asarida
45 оЫ1 O
jc
j j j
.
ОДЗД*.
j
LS
s
. 1986.64-бет.
46 Саримсоков Б. «Алпомиш» эпоси х,акдца уч этюд / «Алпомиш» - узбек халк одрамонлик
эпоси. - Т.: Фан, 1999.-Б . 118-119.
124
bugungi kunda xalq repertuaridan mutlaqo o‘chib ketgan o‘nlab qah
ramonlik qo'shiqlaridan namunalar keltirilgan. Abdurauf Fitrat o ‘zining
«Eng eski turk adabiyoti namunalari» kitobida bu qo‘shiqlami mavzu
jihatdan ajratib tasnif qiladi. Namunalar qatorida shunday to‘rtlik bor:
Qo‘zi qiyqirib o ‘g ‘ush tirdim.
Yog‘i qaru kirish qo‘rdim.
To‘qush ichra urush berdim.
Aran ко‘rib bashi tig‘di.
Mazmuni:
Tog‘ tepasidan tubanga qarab qichqirdim, qabilamni to‘pladim.
Yov tomon sakrab yugurdim-da yoyimni
Kirishladim (otishga tayyorladim. - muallif.)
Maydong‘a kirib urush ochdim.
Yov botirlari meni ko‘rgach, boshlarining
0 ‘tkurligi ketdi (boshlarini ko'tarolmay qoldilar)47.
Yuqorida keltirilgan to‘rtlik mazmunini to‘ldiruvchi o‘nlab misollar
Fitrat kitobidan o ‘rin olgan. Agar qadimgi qo‘shiqlarda lirik yo‘nalish
bilan bir qatorda epik mazmun ham ifodalanishi mumkinligini nazarda
tutsak, «Devon»dagi ko‘plab parchalami ma’lum syujet chizig‘iga joy-
lashtirish mumkin bo'Iadi. Ularda dushman ustidan g ‘alaba qozonishning
sirlari, raqibni avval do‘q-po‘pisa bilan ruhan yengib olish usullari, uni
g ‘aflat uyqusida ekanida to‘satdan mag‘lub qilish taktikasi, g‘alaba oson-
likcha qo'lga kiritilmasligi, kiritilganda esa butun xalq yayrashi hikoya
qilinadi. Aytish mumkinki, Mahmud Koshg‘ariy «Alpomish» eposi pay-
do bo‘lishidan oldin ajdodlarimizning mustaqillikka erishishida muhim aha-
miyat kasb etgan og‘zaki qo‘shiqlar tizimini bizga atayin meros qoldirgan
va epos paydo bo‘lishidan avvalgi ijodiy jarayon haqida ma’lumot bergan.
Keyinchalik esa bu asariardagi qahramonlik ifodasi «Alpomish»dan,
yanakeyinroq Go‘ro‘g‘li turkumi dostonlaridan o‘rin olgan.
Fikrimizni yanada dalillash uchun quyidagi to‘rtlikka murojaat
qilamiz:
Takra avib akralim,
Attin tushub yukralim,
47 Фиграт. Энг эски турк адабиёти намуналари. - Т.: MUMTOZ SO‘Z, 2008. - Б. 46.
125
Arslanlayu kukaralim,
Ko‘ji ani kavilsin.
Mazmuni:
Yovning atrofini aylantirib olaylik-da,
Otdan tushib,
Arslonlar kabi baqirishib yuguraylik.
Oning кисЫ bo‘shashib qolsun48.
Bu misolda qadimgi ajdodlarimizning dushman ustidan g ‘alaba
qozonishini ta’minlaydigan usul aks etgan. Bizningcha, bor-yo‘g ‘i shu
to‘rt misrada uchta harbiy san’at ifodalangan. Birinchidan, dushman qo‘-
shinini qamal holida tor-mor qilish. Dddnchidan, otdan tushib ovoz chi-
qarmay hujumga tayyorlanish. Uchinchidan, ruhiyatiga ta’sir qilgan vazi-
yatda raqibni na’ra tortib talvasaga solish. Lekin ijodkor yana voqeaning
oddiy bayonini emas, emosional ko'tarinki rahiy sharoitni ko‘z oldimizga
keltirmoqda. Shuning uchun ham qahramonlik qo‘shiqlari qahramonlik
eposi uchun ijodiy tayyorgarlik belgisi sifatida baholansa, arziydi.
0 ‘zbek folklorshunosligida M.Alaviya, B.Sarimsoqov alohida e’tibor
bilan o ‘rgangan mavsum-marosim qo‘shiqlarining tarixi uzoq qadimga
borib taqalar ekan. Yil fasllaridagi o ‘zgarishlar hozirgi paytdagidek
odamlami loqayd qoldirmagan. «Devon»da bahor ayyomidagi go‘zal
manzara badiiy misralarda aks etganidan tashqari yoz va qish o'rtasidagi
munozara ham o ‘rin olgan:
Yoy qish bilan qarishti.
Ardam yosin qurishti.
Chirik tutib ko‘rushti
0 ‘qtag‘ali o‘trushur.
Mazmuni:
Yoz qish bilan qarama-qarshi bo‘ldi.
(ulaming har biri) maqtanish yoyini qurishti.
Qo‘shin tuzib (bir birini) ta’qib qilishti.
(Yoy) otish uchun (bir biriga) yaqinlashdi.
48 Уша жойда. - Б. 65-66.
126
Munozarada qish o'zining hokim paytida odamning, hayvonlaming
kuchga kirishini, kasallaming yo'qolishini aytib maqtanadi. Yozda
chivin, pashshalar ko‘payishini, kasallar kuchayishini tanqid qiladi. Qor
qishda yog'adi, bug‘doy qordan foydalanib unadi, hosii beradi. Yoz esa
odamlar uning faslida yayrashini, bulbullar sayrashini aytib qishga e’tiroz
bildiradi. Qo'shiqlarda marsiya namunalari ham uchraydi. Afrosiyob
(Alp Erto‘nga - Artunga)ning o'limi munosabati bilan to‘qilgan aza
qo‘shig‘i keltiriladi:
Ulishib eran bo'rlayu,
Yirtin yaqo urlayu,
Siqrib uni yurlayu,
Siqtab ko‘zi o'rtilur.
Mazmuni:
Mardlar yigMab, bo ‘ridek uvlashdilar.
Yoqalarini yirtib baqirishdilar.
Faryod chekdilar.
Qattiq yig‘idan ko‘zlari xiralashib, (go‘yo) parda bosdi.
Mazkur qo'shiqda so‘g‘d elining botir farzandi Alp Erto'nga
(Afrosiyob) o‘limidan keyingi marosim payti ifodasini topgan. Bu jasur
va mard insonning eramizdan avval bosqinchilik urushlarini qilgan Iskan-
dar Makedonskiy (eradan avvalgi 356-323)ga qarshi yurtini himoya qil-
ganini nazarda tutsak, marsiyaning tarixi ikki ming yildan ziyod ekani,
ayni chog‘da marosim qo‘shiqlari ham boshqa mazmundagi qo‘shiqlar
singari uzoq o'tmishga egaligi ma’lum bo‘ladi.
Marosimlar qatorida to‘ylar ham muhim ahamiyatga ega. El-yurt bor
ekan, jamoa bo‘lib yashash bor ekan, to‘y qilish odati yashayveradi.
Tabiiyki, to‘y marosimi o ‘yin-kulgilar, raqslar, teatrlashtirilgan sahnalar-
dan iboratdir. Ulaming asosini o ‘lan aytishlar, yor-yorlar tashkil etadi.
Mumtoz adabiyotimiz vakillarining badiiy ijodiga nazar tashlasak, ba’zan
o‘sha asarlardan namunalar uchraydi. Masalan, Alisher Navoiy «Xamsa»ning
beshinchi dostoni «Saddi Iskandariy»da Iskandaming uylanish to‘yida
o ‘lan, yor-yor aytish bilan tomoshalar ko‘rsatilganini tasvirlaydi:
127
Mug‘anniy tuzib chinga vaznida chang
Navo chekki, hay-hay o'lang, jon olang
Desang senki: «Jon qardoshim, yor-yor!»
Men aytayki:'«Munglug‘ boshim, yor-yor!»
Albatta, hayot rivoji ta’sirida marosimlar ham doimiy ravishda o‘z-
garib boradi. Marosim qo‘shiqlari ijrosi ham, an’anasi ham yangilanadi.
Lekin Alisher Navoiy baytlari zamonamizdagi o ‘lanlar, yor-yorlar ham
qadim tarixga ega so‘z san’ati namunalari ekani haqida tasavvur
uyg'otadi.
Shunday qilib, qadimgi qo'shiqlar mavzu rang-barangligi jihatidan
zamonaviy xalq qo‘shiqlaridan qolishmasligi ma’lum bo‘ladi. Bu na-
munalar til jihatdan biz aytadigan qo‘shiqlardan farq qilishiga qaramay,
umuman olganda, hozirgi qo‘shiqlarga o xshashdir. Ularning hammasini
inson ichki kechinmalarini ifodalash fazilati birlashtirib turadi. Chunki bu
lirik asarlarda bevosita hayotda ro‘y bergan hodisalargina emas, balki ana
shu hodisaga his-tuyg‘u orqali munosabat bildirish yetakchidir. Xalq qo‘-
shiqlarining bugungi kunda ijro etilayotgan namunalari asosini qadimgi
zamonlarda omma orasida yashagan qo‘shiqlar tashkil etadi. Qo‘shiq
xalqimizning quvonchli va tashvishli kunlarida, mehnatida hamroh
bo‘lgan. Shunday ekan, xalq qo‘shiqlarini millatimiz tarixi sahifalarining
go‘zal kuzatuvchilari deyishimiz mumkin. Shuning uchun ham ular xalq
qadriyatlarinmg ajralmas tarkibiy qismini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |