Omonulla madayev o zbek xalq og'zaki ijodi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/68
Sana20.07.2022
Hajmi6,87 Mb.
#827209
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68
Bog'liq
o.madaye x.o i

Loflar.
Badiiy adabiyotda qo‘llanadigan san’atlardan biri «mubolag‘a» 
deyiladi. Arab tilidan olingan bu so‘z kuchaytirish, bo‘rttiiish, giperbola ma’- 
nolarini anglatadi. Adabiyotshunoslikda mubolag‘aning uch turi belgilangan:
Tablig4 - biror og‘ir ishni bajarish qayd etiladi, ammo shaxsning 
irodasi, xohishi va matonati bilan amalga oshirilsa, tablig1 san’ati 
qo‘llangan bo‘ladi.
Ig‘roq - bajarilgan qiyin ishni tasavvur qilishimiz mumkin, ammo 
haqiqatda esa uni amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi.
G‘uluvv - mubolag‘aning bu turida tasvirdagi bo‘rttirish holatini ko‘z 
oldimizga keltirish ham, uning hayotda ro‘y berishi ham mumkin emas.
Xalq og‘zaki ijodidagi loflar mubolag‘a san’atiga asoslanadi. 
Lug‘atda «lof» - fors tilidan olingan so‘z bo‘lib, qumq (puch) gap, 
safsata, maqtanchoqlik. 1 .Folklordagi hajviy-yumoristik janrlardan biri:
101


haddan tashqari bo‘rttirilgan, haqiqatga to‘g ‘ri kelmaydigan yolg'on 
gap»28 deb izohlangan.
Loflar xalq og'zaki ijodining latifalar va askiya kabi kulgi uyg‘otuv- 
chi ommaviy janri hisoblanadi. Asosan, janrda qo‘llanadigan san’at mu- 
bolag‘aning ig‘roq va g‘uluvv turi hisoblanadi. Bu janr mohiyatida mu- 
bolag‘a yetakchi o ‘rinni egallasa ham, badiiy adabiyotdagi mazkur san’at- 
ni qo‘llash maqsadi bilan farqlanadi. Chunki xalq ijodidagi dostonlar, er­
taklar, yozma adabiyotdagi she’rlar, dostonlarda mubolag‘a qahramon- 
ning zimmasidagi og‘ir vaziyat, u bajargan vazifa oddiy emasligini 
ta’kidlash maqsadini ko‘zlaydi. Xususan, «90 molning terisidan po‘stini, 
15 molning terisidan kovushi», «14 botmon yoyni qo‘Iiga ushlab, yetti 
yashar bola ko‘tarib tortdi, tortib qo‘yib yubordi... Asqar tog‘ining katta 
cho‘qqilarini yulib o ‘tdi, ovozasi olamga ketdi» («Alpomish»). Yoki:
Mehr emas, ohim o ‘tidin ko'kka yetmish bir sharar,
Ayb emasdur gar desam: «Dam ursam aflok o‘rtanur»
baytida Alisher Navoiy osmondagi quyosh aslida men - oshiq ohining bir 
uchqunidir. Agar rostmana dam ursam, oh cheksam, falak kuyib ketadi, 
demoqchi. Yuqoridagi misollarda xalq ijodkori, yozma adabiyot vakili 
tomonidan tasvirlanayotgan voqea ta’sirida tinglovchi, o ‘quvchida hayrat 
uyg‘onishi uchun mubolag‘a san’atidan foydalanilgan. Loflardagi qo‘l- 
langan mubolag‘ada esa ikki maqsad nazarda tutiladi: birinchidan, 
lofdagi bo‘rttirishning o ‘ylab topilganidan qoyil qolishimiz, hayratga 
tushishimiz kerak; ikkinchidan, bizda kulgi uyg‘otishi ham zarur. Demak, 
loflardagi mubolag‘aning bajaradigan vazifasi oddiy badiiy san’atnikidan 
murakkab ekan.
Hayot tajribasidan ma’lumki, inson odatda bajargan ishini, ko‘pin- 
cha, bo‘rttirib ko‘rsatishga moyil bo'ladi. Kimdir shaxmat o‘ynab, 
umrida yutqizmagani bilan, kimdir bir quloch baliq tutgani bilan, kimdir 
yigirma kosa norin egani bilan maqtanadi. Ammo bu gaplami eshitgan 
ikkinchi kimsa, albatta: «Siz men bilan shaxmat o‘ynamagan ko‘rinasiz» 
yoki «Siz tutgan baliqlar bizning daryodagi baliqlaming yangi urug‘dan 
chiqqaniga o ‘xshar ekan», yo «Norin yegan kosalaringizni angishvo-
28 Узбек тилининг изохли лугати. Беш жилдли. Иккинчи жилд. - Т.: Узбекистон мшший 
энциклопедияси Давлат ютмий нашриёти, 2006. - Б. 509.
102


naning ichiga joylab berishgandir» deb javob qaytargisi keladi. Natijada, 
xalq og‘zaki ijodidagi loflar janriga asos hosil bo‘ladi.
Loflar badiiy adabiyotning epik turi (jinsi)ga mansub janr. Uning 
hajmi cheklangan: ikki-uch, uch-to‘rt jumladan iborat. Asosan, dialogda 
qatnashgan ikki lofchi suhbatidan bir lavha tarzida boiadi. Ularda 
bo'rttirilgan yolg'on voqea to'qishda mohir, tajriba to'plagan lofchi deb 
hisoblangan shaxslar musobaqalashadi. Har ikki taraf aytayotgan 
voqeasining yolg‘on va to'qima ekanini juda yaxshi biladi, lekin mutlaqo 
bu fikrini ochiq aytmaydi. Bu shart buzilsa, lof butun mohiyatini, 
jozibasini yo'qotadi. Aksincha, bir lofchi suhbatdoshining bo‘rttirilgan 
yolg‘on gapini aksariyat hollarda tasdiqlaydi, e’tiroz bildirmaydi. Faqat 
lofning mazmunidan xabar topganidan so‘ng unikidan o ‘tkirroq, yana 
ham mubolag‘ali, yolg‘onroq javob topishi lozim. Muhimi, ikkinchi 
lofchi keyin javob bergani uchun lof shu o ‘rinda tugaydi. Ba’zan 
dialoglar bir oz davom etishi mumkin, lekin bari bir so‘nggi fikr bildirgan 
lofchi g‘olib chiqaveradi.
Latifalarda, lofda, askiyada kulgiga sabab bo‘lgan jumlani kashfiyot 
darajasida baholash mumkin. Ulami o ‘ylab topgan shaxs katta hayot 
tajribasiga ega bo‘ladi, ayniqsa, vaziyatni to‘g ‘ri baholab kulgi hosil 
qilish mahoratini namoyish etadi. Buning uchun u til boyligidan ham 
yaxshi foydalana olish fazilatiga ega bo‘lishi zarur. Lof to‘qilganidan 
so‘ng vaqt o ‘tishi, birinchi ijodkor nomining ma’lum emasligi oqibatida 
mazkur asarga jamoa, ya’ni xalq muallif bo‘lib qoladi. Shuning uchun 
ham millat vakili o ‘ylab topgan asar o'zbek xalqining zukkoligi, 
hoziijavobligi, topqirligi, mohir ijodkor ekanligini dalillaydi.
Loflami, ko‘pincha, latifago‘ylar, askiyachilar, qiziqchilar ijro etish- 
gan. Turli sayillarda, yig‘inlarda, gap-gashtaklarda kimdir lof aytishni 
boshlagani zahoti vaziyat o ‘zgargan, fikriy musobaqa boshlangan. Masa­
lan, qiziqchilik va askiyadan ustoz san’atkor hisoblangan marg'ilonlik 
Yusufjon qiziq mohir askiyaboz Mamajon maxsum bilan lof aytishib 
qolibdi:
Yusufjon qiziq:
- Marg'ilonning yen xo‘b yer-da, bir bosh uzumi ikki zambar keladi-ya!
Mamajon maxsum:
- Tokini Andijondan parxish qilib olib ketgandirsiz-da, - debdi.
Bu misolda Mamajon maxsum fikriy kashfiyot jihatdan Yusufjon 
qiziqni yengdi. Chunki parxish qilingan tokning ildizi Andijonda qoladi.
103


Binobarin, Mamajon maxsum o'zining viloyatidagi yer hosildorligini 
Marg‘ilonnikidan ustun qo‘ygan.
Yana bir misolga e’tibor qiling:
Bir lofchi ikkinchi bir lofchining eshigini taqillatibdi. Lofchi chiqib 
so'radi:
- Men bilan chandishaman deysan, yoshing nechada?
- Odam Atodan yetti muchal kattaman, - deb javob beribdi chaqirib 
kelgan lofchi. Bu javobdan uy egasi - lofchi ho‘ngrab yig'lay boshladi.
- Nega muncha to‘lib yig‘layapsiz? - so‘rabdi mehmon.
- Sen tug‘ilgan yili mening bir uyli-joyli o ‘g ‘lim o'lgan edi. Shu 
esimga tushib ketdi, - deb javob beribdi mezbon.
Mazkur lofda eshikni taqillatgan lofchi shunday bir vaqt chegarasini 
tilga oldiki, undan oldingi muddatni topish mumkin emasdek tuyiladi. 
Chunki Odam Ato, umuman, odamzodning birinchi vakili hisoblanadi. 
Birinchi lofchi o'zini Odam Atodan ham yetti muchal katta ekanini aytdi. 
Ikkinchi lofchi - uy egasi unga mutlaqo e’tiroz bildirgani yo‘q. Uning 
yolg‘on gapini haqiqatdek qabul qildi. Ammo shu zahoti raqibi tug‘ilgan 
yili uyli-joyli o ‘g‘li o'lganini eslab yig‘lay boshladi. Demak, uy egasi 
mehmondan kamida qirq yosh katta ekanini ta’kidlamoqda.
Xalq o ‘z loflarida maqol, topishmoq, latifalarda bo‘lganidek, maishiy 
hayotdagi turli lavhalar, vaziyatlar, voqea-hodisalar yuzasidan o ‘z mulo- 
hazalarini kulgili qilib ifodalaydi. Bu esa xalqning bunday holatlarga 
nisbatan munosabatini bilib olish imkonini beradi. Masalan, ba’zan ikki 
tanish nogoh uchrashib qolganida, dunyodagi bor-yo‘q gaplarni eslab, 
soatlab gaplashib qoladi. Loflaming birida bu haqda shunday deyiladi:
«Toshkentlik bir mashhur lofchi Andijondagi do‘stinikiga kelib, uni 
lof bilan mot qilmoqchi bo‘libdi. Eshigini taqillatsa, haligi do‘sti ustiga 
po'stin, boshiga telpak, oyog'iga etik kiyib chiqib qarshi oladi.
- Ha, yoz saratonida bu nima qilganing? - deb so‘rabdi toshkentlik 
lofchi.
- Sen bilan bo'ladigan suhbat qizib ketib, shu bilan qishga kirib 
qolsak, sovqotib qolmay deb, bir yo‘la kiyinib chiqdim, - deb javob 
beribdi andijonlik mezbon». Har holda loflarda ham latifalardagi kabi 
kutilmagan yakuniy xulosalarga kelish vositasida kulgi hosil qilmadi, bu 
bilan muvaffaqiyat qozoniladi.
Shubhasiz, yozma adabiyot vakjllari loflardagi go‘zal va jozibali 
lavhalardan foydalanishga harakat qilganlar. Agar, ko'pincha, adiblar 
mubolag‘a san’atini qo‘llashda turli yangiliklar o ‘ylab topgan bo‘lsalar,
104


I keyinchalik loflardagi kulgi uyg‘otish usulidan ham foydalanishga 
erishganlar. Masalan, Maxmur «Avsofi Karimqul mehtar» hazilida 
qirchang'i otni tasvirlashda shunday yozadi:
Suv ham ichsa, tomog‘iga tiqilur 
Pashsha gar qo‘nsa yolig‘a yiqilur.
Zamondoshimiz Erkin Vohidov esa «Boshindadur» hajviyasida 
o ‘tgan asming 60-yillarida o ‘zini zamonaviy yigit qilib ko‘rsatmoqchi 
bolgan kimsalaming kulgili qiyofasini shunday aks ettiradi:
Nay misol shim kiygan ul 
Sandiqdayin tufli bilan.
Hurpayib turgan savatdek 
Soch aning boshindadur.
Ma’lum bo‘ladiki, yozma adabiyotimiz vakiliari o ‘zbek xalqi 
tarbiyasida voyaga yetar ekanlar, og‘zaki ijodimiz xazinasidan, xususan, 
loflardan ham unumli foydalanish yo‘llarini izlaganlar.
Shunday qilib, loflarda o'zbekning kulgisevar xalq ekani yana bir bor 
o ‘z isbotini topganiga guvoh bo‘lamiz. Loflar xalqimizning badiiy ijod 
sirlarini mukammal egallagan ijod sohibi ekanini dalillaydi. Xalq 
vakillarining so‘zga chechanligini namoyish qilishda loflar yaxshigina 
vosita vazifasini bajargan.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish