Kimyo fanlar nomzodi, dose nt
TOJIMUHAMEDOV HABIBULLA SAYFULLAYEVICH
H.S. Tojimuhamedov 1944 yil 25 avgustda Shaxrisabzda o‘qtuvchi oilasida tug‘ilgan. U 1951 yilda Toshkentdagi 13-o‘rta maktabning 1-sinfga o‘qishga kirib, 1961 yilda maktabni oltin medal bilan bitirgan. Maktabda o‘qib yurgan kezlarida shu maktabning mohir pedagogi A.N.Nabiyevning say‘ixarakatlari tufayli unda kimyo faniga alohida qiziqish uyg‘ongan. U 1961-yilda mazkur maktabni bitirib, Toshkent Davlat unversitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy unversitetining ) kimyo fakultetiga o‘qishga kirgan.
U ToshDU organik kimyo kafedrasining dosenti A.D.Grebenyuk rahbarligida " To‘rtxlorli uglerod va bromtrixlormetanning akrilonitrilga gomolitik birikishi va 1,1- adduktlarni degidrogalogenlash " mavzusidagi diplom ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
H.S.Tojimuhamedov 1966 yilda mazkur unversitetni imtiyozli diplom bilan tugatib, ilmiy va pedagogik faoliyatni unversitetning organik kimyo kafedrasida boshlagan. H.S.Tojimuhamedov 1966-1967 yillar mobaynida armiya saflarida hizmat qilgan. Xarbiy xizmatdan qaytganidan so‘ng ToshDU organik kimyo kafedrasida katta laborant vazifasida ishlay boshlagan. 1969-1972 yillarda kafedrada aspiranturada o‘qigan. Aspiranturani muvaffaqiyatli tugatgach, assistent, katta o‘qtuvchi lavozimlarida ishlagan.
1972-1981 yillar mobaynida O‘zbekiston televidensiyasida ‘‘ O‘quv televidensiyasi ‘‘ telekanali orqali abiturient va talabalarga organik kimyodan o‘quv mashg‘ulotlar olib borgan.
1978 yilda H.S.Tojimuhamedov ‘‘Fenol va anizolni kam miqdordagi katalizatorlar ishtirokida almashingan benzilxloridlar bilan benzillash ‘‘ mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan.
1981 yildan buyon u kafedra dosenti, 2009 yildan 2014 yilgacha esa organik kimyo kafedrasining mudiri vazifalarida ishlagan. H.S. Tojimuhamedov o‘z ish faoliyati davomida kimyo fakulteti kasaba uyishmasi qo‘mitasining raisi, ilmiy, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha fakultet dekani muovini vazifalarini bajargan. H.S.Tojimuhamedov jamoatchilik orasida kamtarin, mehnatsevar, xalol va to‘g‘ri so‘zligi bilan barchaga o‘rnak bo‘la oladi va shu bilan birga malakali mutaxassis sifatida organik kimyo fanini o‘qitishga yuqori pedagogik maxoratga ega bo‘lgan, ilmiy izlanishlar borasida o‘z bilimi va mahorati bilan ajralib turgan shaxsdir. U bir necha ilmiy grantlarning rahbari va ishtirokchisi bo‘lgan.
H.S. Tojimuhamedov unversitet talabalariga shu fanlaridan ma‘ruzalar o‘qigan:
‘‘ Kimyoviy birikmalarning tuzilishi va reaksion qobilyati ‘‘
‘‘ Organik birikmalarning tuzilish nazaryasi ‘‘
‘‘ Organik kimyo ‘‘
‘‘ Organik kimyo usullari‘‘
‘‘ Organik reaksiyalarning mexanizmlari ‘‘
‘‘ Tabiiy va sintetik bo‘yoqlar ‘‘
U 1981-2001 yillar mobaynida O‘zRFA akademik S.Y.Yunusov nomidagi O‘MKI (O‘simlik moddalari kimyosi instituti )da va inatitut ilmiy xodimlari va aspirantlariga organik kimyoning nazariy asoslaridan ma‘ruzalar o‘qigan. Maktab o‘qtuvchilarining shaxar, viloyat va respublika malaka oshirish institutlarida hamda O‘zMU qoshidagi Oliy pedagogika institutlarida o‘qtuvchilarga dars olib borgan. H.S.Tojimuhamedov 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, ilmiy ixtirolar va o‘quv qo‘llanmalar muallifidir. H.S. Tojimuhamedov organik kimyoning asosiy nazaryasi bo‘lgan organik birikmalarning tuzilish nazaryasiga yangilik kiritgan olimdir. Organik birikmalar xossalariga birikma tarkibi, kimyoviy, fazoviy va elektron tuzilishlaridan tashqari uning atrofidagi muhit va sharoit ham ta‘sir etishini ko‘rsatdi va organik birikmalarning zamonaviy tuzilish nazariyasining yangi ta‘rifini ishlab chiqdi.
Bu ta‘rif 2010 yilda Kimyo II qism.Organik kimyo o‘quv qo‘llanmasida, 2012 yilda O‘zMU xabarlari jurnalining 3/1-sonida, 2019 - yilda ‘‘ Organik birikmalarning tuzilishi va reaksiyaga kirishish qobilyati ‘‘, ‘‘ Organik kimyoning zamonaviy tushunchalari va qonuniyatlari ‘‘ nomli o‘quv qo‘llanmalarida e‘lon qilindi.
Uning sho‘r yerlarni, sho‘r va oqava suvlarni tozalash sohasida ishlab chiqqan usullari e‘tiborga loyiqdir. Uning o‘rta maktab, akademik litsey va oliy o‘quv yurtlari uchun chiqargan o‘quv qo‘llanmalari talabalar va o‘qituvchilar tomonidan ilmiy va pedagogik maqsadda keng qo‘llanilib kelinmoqda.
‘‘ Molekulada atomlarning o‘zaro ta‘siri ‘‘
‘‘ Organik reaksiyalarning mexanizmlari ‘‘
‘‘ Organik kimyodan praktikum ‘‘
‘‘ Kimyo ‘‘ II qism
‘‘ Organik kimyo ‘‘
‘‘ Organik kimyodan testlar ‘‘
‘‘ Neft kimyosi asoslari ‘‘
‘‘ Organik kimyo ‘‘ darsligi
‘‘ Zamonaviy organik kimyo ‘‘
‘‘ Organik birikmalarning tuzilishi va reaksiyaga kirishish qobilyati ‘‘
‘‘ Organik birikmalarni nomlash ‘‘
Uning o‘quv qo‘llanmalari shular jumlasidandir. H.S. Tojimuhamedovfakultetda sifat komissiyasining raisi sifatida o‘qish sifatini oshirish yo‘lida olib borilayotgan ma‘naviy - ma‘rifiy ishlarda faol qatnashib kelmoqda, jamoa orasida o‘z o‘rniga va obro‘siga ega. H.S. Tojimuhamedov oddiy inson sifatida talaba va shogirtlar ko‘ngliga yo‘l topa oladigan mehribon ustoz, maslahatchi va do‘stdir. Uning raxbarligi hamda ishtirokida 10 ta fan nomzodi (kimyo bo‘yicha falsafa doktori PhD), 1 ta kimyo fani doktori tayyorlangan. U 1981 yildan buyon iqtidorli talabalarni o‘qitish va tarbiyalashda samarali mehnat qilib kelmoqda.
H.S. Tojimuhamedov maktab o‘quvchilarning shahar, viloyat, respublika kimyo olimpiadalarini o‘tkazishda hakamlar hay‘atining a‘zosi, raisi sifatida faol qatnashib keladi . U 1987 va 2008 yillarda o‘quvchilar o‘rtasida Toshkent shahrida kimyo fanidan o‘tkazilgan 21- va 42- Xalqaro Mendileyeyev olimpiadasi hakamlar xay‘atining a‘zosi va raisi, shuningdek Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston va Belorusiyalarda kimyo fanidan o‘tkazilgan xalqaro olimpiadalarda O‘zbekiston o‘quvchilar jam oasining rahbari bo‘lgan.
Yuqorida aytib o‘tilganidek H.S.Tojimuhammedov maktablik chog‘idayoq kimyo faniga nisbatan intilish, harakat ijobiy tomonga yo‘nalgan bo‘lgan. Maktabni tamomlagach Toshkent davlat unversiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy unversitetining) kimyo fakultetiga o‘qishga kiradi va orzulari, maqsadlari sari olg‘a samarali yurish qiladi.
H.S.Tojimuhamedov 1966 yilda yilda bakalavrni imtiyozli diplom bilan tugatgach, so‘ng u ilm-fandan tashqari 1966-1967 yillar oralig‘ida hizmat qilish uchun armiyaga borgan. U yerda butun shijoati, shaxdi Vataniga bo‘lgan muhabbati bilan mardanovor hizmat qilgan
Armiyadan qaytgach ishlarini, o‘qishini davom ettiradi. 1969-1972 yillar aspiranturani tugallaydi va assistent , katta o‘qtuvchi lavozimlarida ishlay boshlaydi.
Hozirgi kunga kelib H.S. Tojimuhamedov takidlanganidek 300 dan ortiq ilmiy mqolalar, ilmiy ixtirolar va o‘quv qo‘llanmalar soxibidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |