1.
Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-u hunarli kishilar bilan
do‘st bo‘l. Mehnatdan, ilm-u hunar o‘rganishdan uzoqlashma.
Ushbu parchada nechta yasama so’z bor?
A) 4 ta B) 6 ta C) 3 ta D) 5 ta
2. Qaysi javobda keltirilgan so‘zlar tarkibida ikkita so‘z
yasovchi ishitirok etgan?
A)
eslaganlik, yamoqchilik, yig‘loqi
B)
yarqiroq, atama, qiynoq
C)
sanoqsiz, o‘ynoqi, tinimsiz
D)
changitmoq, tinchimoq, qiynoq
3. O.Yoqubovning "Ulug'bek xazinasi" romanida yozilishicha, shahzoda Abdulatif "Padarkush ... toju taxt ... olti oydan oshmaydur ..." degan dahshatli fikrni kimning kitobidan o'qiydi? A) Xusrav Dehlaviyning B) Amir Temurnning C) Nizomiy Ganjaviyning D) Ali Samarqandiyning
4. Qaysi qatorda qo‘shma gapning ikkinchi qismida keladigan sof teng bog‘lovchilar qo‘llangan?
A)
ammo, lekin, biroq, va, hamda B)
ammo, lekin, biroq
C)
ammo, lekin, biroq, balki D)
balki, negaki, chunki
5. Ko‘z ochgani qo‘ymaydi alam,
Boshim
qo‘ysam kuydirar bolish.
Ushbu gapdagi tagiga chizilgan so‘zlar tarkibi haqidagi
to‘g‘ri fikr(lar)ni aniqlang.
1.So‘z yasovchilar bilan omonim bo‘la
oladigan munosabat
shakllari qatnashgan.
2. Undosh bilan tugagan ism asoslariga qo‘shiladigan egalik
shakli bilan omonim bo‘la oladigan munosabat shakli
qatnashgan.
3. Ismning munosabat shakllari bilan omonim bo‘la
oladigan
qo‘shimcha qatnashgan.
4. Qo‘shimcha-yuklama bilan omonim bo‘la oladigan
munosabat shakli qatnashgan.
A) 2, 4 B) 1, 2 C) 1, 3 D) faqat 4
6. Furqat Istambulda yozgan "Sabog'a xitob" she'rida qaysi shahardagi do'stlarini eslaydi? A)Yorkentdagi B)Toshkentdagi
C)Qo'qondagi D) Marg'ilondagi
7. Tarkibi faqat unli va portlovchi undoshlardan tashkil topgan yasama so‘zlarni aniqlang.
1) iliq; 2) bolalik; 3) do‘stona; 4) tiniq; 5) baqao‘t; 6) katta;
7) jirkanch
A) 2, 3, 4, 5 B) 4, 5 C) 4, 5, 6 D) 1, 2, 4, 7
8. Odamlarning ma’naviy, madaniy, siyosiy fikr maydonlariga tortish, har bir fuqaroning uni yoshidan qat’i nazar, shu maydonni qatnashchisiga aylantirish bizni eng samarali yo‘limizdir.
Berilgan gapda noo‘rin qo‘llangan tushum va qaratqich
kelishiklarining sonini toping.
A) 2 o‘rinda tushum, 1 o‘rinda
qaratqich kelishigi
B) 3 orinda tushum, 3 o‘rinda qaratqich kelishigi
C) 3 o‘rinda tushum, 1 o‘rinda qaratqich kelishigi
D)3 o‘rinda tushum, 2 o‘rinda qaratqich kelishigi
9. Qaysi javobda orttirma nisbat shakllari yasama o‘timsiz
fe’llarga qo‘shilgan?
A) o‘ynatmoq, sarflatmoq B) o‘xshatmoq, sakratmoq
C) bo‘shatmoq, bellashtirmoq D)
yuvintirmoq, bezantirmoq
10. Qaysi ijodkor “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “Ruhim”, “Xotirot”, “Yurtim shamoli” she’riy asarlari muallifi hisoblanadi?
A) Abdulla Oripov B) To‘ra Sulaymon
C) Muhammad Yusuf D) Asqad Muxtor
11. Bu - men tug'ilgan tuproq. Ha, men tug'ilgan tuproq,
Tog'lar, ko'm-ko'k adirlar, daryolar, cheksiz qumloq,
Bo’ronlar qamchilashar, yomg'irlar tomchilashar,
Qishda qalin qordan oq, kuzda-chi, paxtadan oq. (Mirtemir)
Ushbu she'riy parchada ot turkumiga mansub nechta so'z
unli(lar) hamda hosil bo'lish o'rniga ko'ra bir umumiy guruhga kiruvchi undoshlardan tashkil topgan?
A) 6 B) 8 C) 5 D) 7
12. Ostingda bedoving halloslar qushday,
Achchig'ing chillali, muzlagan qishday.
Norkalla kelgansan, chuydang qo'shmushday.
Norkalla polvonim, qaydan bo'lasan?
Ushbu parcha qaysi xalq dostonidan olingan va qaysi qahramon tilidan bayon etilgan?
A) "Ravshan", kampir B) "Alpomish", Qorajon
C) "Kuntug'mish", Xolbeka D) "Rustamxon", Sultonxon
13. Biz atrofmizdagi davlatlar bilan faqat do'stona aloqalarni bog'lashga tayyormiz.