Омонат са+лаш шартномаси


Lombardda omonat saqlash (shartnomasi)



Download 360 Kb.
bet3/11
Sana29.03.2022
Hajmi360 Kb.
#516947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURS ISHI. Omonat saqlash shartnomasi.........

Lombardda omonat saqlash (shartnomasi). Lombardda omonat saqlash uchun fuqarolardan shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char ashyolar qabul qilinishi mumkin.

Ashyoni lombardda omonat saqlash shartnomasi lombard tomonidan yuk topshiruvchiga (mijozga) uning nomi yozilgan saqlov pattasi berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Lombardda omonat saqlash shartnomasiga muvofiq, fuqarolar o‘zlariga tegishli bo‘lgan iste’mol qilinmaydigan ashyolarni haq evaziga kelajakda ashyoni, mulkni egsiga qaytarish sharti yoki mulk egasiga qaytarib olish sharti bilan topshiradi.
Lombard shartnomasi ommaviy xarakterga ega, chunki bu shartnomadan qonun hujjatlarida boshqacha hol qayd qilingan bo‘lmasa, hamma fuqarolar foydalanish huquqiga ega.
Lombardlar maxsus ruxsatlar asosida faoliyat ko‘rsatadilar, ularni tashkil qilish hamda bekor qilish tegishli organlar va qonun-qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Ayrim turdagi ashyolarni lombardlarga qabul qilishda maxsus qoidalar tatbiq qilish asosida rasmiylashtiriladi.
Lombardlarga fuqarolar tomonidan ashyolarni topshirish ular o‘rtasidagi tuziladigan shartnomalarga asosan amalga oshiriladi, ashyoni topshirish vaqtida tegishli kvitensiya (patta) ashyoni topshirgan tarafga beriladi.
Lombardga ashyoni topshirish vaqtida topshirilayotgan narsani baholash asosida qabul qilinadi. Topshirilayotgan ashyoni baholash qabul qilish vaqtdagi narxlar asosida amalga oshiriladi.
Lombard saqlash uchun qabul qilingan ashyolarni FKning 894-moddasi 3-qismiga muvofiq chiqarilgan narxning to‘liq summasida o‘z xisobidan yuk topshiruvchi foydasiga sug‘urtalashi shart.
Lombardlarda ashyolar qonun hujjatlari, shartnomalar va tegishli qoidalarga muvofiq aniq belgilangan muddatlar asosida saqlanadi.
FKning 895-moddasiga muvofiq yuk topshiruvchi ashyolarni qaytarib olishdan bosh tortgan taqdirda, lombard ularni 3 oy mobaynida saqlab turishi shart. Bu muddat o‘tganidan keyin talab qilib olinmagan ashyolar lombard tomonidan FKning 289-moddasi 7-qismida belgilab qo‘yilgan tartibda sotilishi mumkin.
Ashyolarni sotishdan tushgan puldan saqlash haqi va lombardga tegishli boshqa to‘lovlar qoplanadi. Pulning qolgan qismi lombard tomonidan saqlov pattasining egasiga u taqdim etilganida qaytarib beriladi.
Omonat saqlash shartnomasiga binoan ashyoni qo‘iqlashdan iborat bo‘lgan asosiy vazifa, shu ashyo omonat saqlovchining bevosita ixtiyoriga o‘tganidan keyingina amalga oshiriladi. Demak, omonat saqlash shartnomasini tuzilgan deb hisoblash uchun taraflarning o‘zaro kelishuvlaridan tashqari, ashyoning topshirilishi ham talab qilinadi.
Omonat qabul qiluvchining asosiy burchi omonat tarzida qo‘yilgan narsani saqlashdir. Uning boshqa burchlari o‘sha asosiy burchga bog‘liq bo‘ladi. Omonat saqlovchi mulkni saqlashi uchun shartnomada nazarda tutilgan yoki zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishga majbur. Ayoshani saqlash yuzasidan ko‘riladigan zarur choralarning xarakteri har qaysi omonatnin aniq shartnomalarga qarab yo amaldagi maxsus qoidalar bilan yoki o‘zaro kelishuv bo‘yicha belgilanishi mumkin. Agar shartnomalarda yoki maxsus qoidalar omonatga qo‘yilgan ashyoning qanda saqlanishi lozimligi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, omonatga oluvchi mulkni saqlash uchun qay tarzda olgan bo‘lsa, keyinchalik shu tarzda to‘la-to‘kis holda omonat qo‘yuvchiga qaytarishi kerak. Agar shartnomada boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, omonat saqlovchi chaqlash uchun o‘ziga topshirilgan mulkdan foydalanishga haqli emas. Bundan tashqari, omonat saqlovchining ashyoni qaytarish bilan vaqtda, basharti omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartibnazarda tutilgan bo‘lmasa, saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, uni saqlash vaqtida olingan hosil va daromadlarni ham topshirishi shart. Lekin omonat saqlovchi o‘ziga saqlash uchun topshirilgan ashyodan yuk topshiruvchining roziligisiz foydalanishga, shuningdek, uchinchi shaxslarga undan foydalanish imkoniyatini berishga haqli emas, saqlanayotgan ashyodan foydalanish uning to‘liq saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Omonat saqlash shartlarini o‘zgartirish lozim bo‘lib qolsa, omonat saqlovchi ashyoni saqlash shartlarini o‘zgartirish zarurligi haqida darhol yuk topshiruvchini xabardor qilishi va uning javobini kutishi shart.
Ashyoning yo‘qolishi yoki shikastlanishi xavfi bo‘lgan taqdirda, omonat saqlovchi saqlash shartnomasida nazarda tutilgan saqlash usuli, joyi va boshqa shartlarni bk topshiruvchining javobini kutmasdan o‘zgarishi shart.
Agar saqlash vaqtida ashyoning buzilishi xavfi aniq bo‘lib qolsa yoki ashyo buzilgan bo‘lsa yoki uning to‘liq saqlanishini ta’minlashga imkon bermaydigan vaziyatlar vujudga kelgan bo‘lsa, yuk topshiruvchi esa o‘z vaqtida choralar ko‘rishini kutish mumkin bo‘lmasa, omonat saqlovchi amalda bo‘lgan bahoda, narxda mustaqil sotishga haqli. Agar mazkur vaziyatlar omonat saqlovchi aybdor bo‘lmagan sabablarga ko‘ra vujudga kelgan bo‘lsa, u sotish uchun o‘z harakatlarini xarid bahosidan undirish huquqiga ega.
Ma’lumki. qonun hujjatlari va fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan hamda omonat saqlash qoidalariga zid bo‘lmagan har xil ashyolar va mol-mulklarni saqlash mumkin. SHulardan xavli xossalarga ega bo‘lgan ashyolarni saqlash, agar yuk topshiruvchi tez yonadigan, portlash xavfi bo‘lgan yoki o‘z tabiatiga ko‘ra xavfli bo‘lganashyolarni saqlash uchun topshirayotgan vaqtda saqlovchini ularning xossalari haqida ogohlantirmagan bo‘lsa, omonat saqlovchi bu ashyolarni ko‘rilgan ziyonni yuk topshiruvchiga to‘lamagan holda istagan vaqtda zararsizlantirishi yoki yo‘q qilib tashlashi mumkin. Yuk topshiruvchi bunday ashyolar saqlanishi munosabati bilan saqlovchiga va uchinchi shaxslarga etkazilgan zarar uchun javob beradi.
Agar xavfli xossalarga ega bo‘lgan ashyolar saqlash uchun professional omonat saqlovchiga topshirilgan vaqtda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bunday ashyolar saqlash uchun noto‘g‘ri nom bilan topshirilgan va omonat saqlovchi ularni qabul qilib olish chog‘ida sirtdan ko‘zdan kechirish yo‘li bilan ularning xavfli xossalarga egaligini bila olmagan taqdirda qo‘llaniladi.
Agar ashyolar haq evaziga saqlangan taqdirda, FKning 883-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda ashyolarni saqlash uchun to‘langan haq qaytarib berilmaydi, bordi-yu bu haq to‘lanmagan bo‘lsa, omona saqlovchi uchun to‘la-to‘kis undirishi olishi mumkin.
Agar omonat saqlovchi xabardor bo‘lgani holda va uning roziligi bilan saqlashga qabul qilinganda, FKning 883-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan ashyolar, garchi ularni saqlash shartlariga rioya etilgan bo‘lsa-da, atrofdagilar uchun yoki omonat saqlovchi yoxud uchinchi shaxslarning mol-mulki uchun xavfli bo‘lib qolgan bo‘lsa hamda vaziyat omonat saqlovchining yuk topshiruvchidan ularni darhol bu talabni bajarmasa, ushbu ashyolar omonat saqlovchi tomonidan yuk topshiruvchiga ziyonni to‘lamagan holda zararsizlantirilishi yoki yo‘q qilib tashlanishi mumkin. Bunday hollarda yuk topshiruvchi ushbu ashyolarni saqlash munosabati bilan keltirilgan zarar uchun omonat saqlovchi va uchinchi shaxslar oldida javobgar bo‘lmaydi.
Agar qonun hujjatlarida yoki omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, omonat saqlovchi yuk topshiruvchining roziligisiz ashyoni saqlash uchun uchinchi shaxsga topshirishga haqli emas. Basharti uni yuk topshiruvchining manfaatlari zarur qilib qo‘ygan va omonat saqlovchi uning roziligini olish imkoniyatidan mahrum bo‘lmasa, omonat saqlovchi ashyoning uchinchi shaxsga topshirilganligi haqida yuk topshiruvchini kechiktirmay xabardor qilishi shart.
Saqlash uchun ashyo topshirilgan uchinchi shaxsning harakatlari uchun omonat saqlovchi javob beradi.
Yana omonat qo‘ygan shaxsning burchlaridan biri-omonat saqlaganlik uchun saqlovchiga saqlash tamom bo‘lgandan keyin haq to‘lsh hisoblanadi va bunda agarda omonat saqlash uchun davrlar bo‘yicha tamom bo‘lishi bilan to‘lanishi shart. Agar omonat saqlash omonat saqlovchi javobgar bo‘lmagan vaziyatlar tufayli shartlashilgan muddatidan oldin to‘xtatilsa, omonat saqlovchi haqining munosib qismini, FKning 883-moddasining 1, 2 va 3-qismlarda nazarda tutilgan hollarda esa, haqning hammasini olish huquqiga ega bo‘ladi.
Agar omonat saqlash omonat saqlovchi javobgar bo‘ladigan vaziyatla tufayli muddatidan oldin to‘xtatilsa, u saqlanganlik uchun haq talab qilish huquqiga ega bo‘lmaydi, aksincha, bu haq ustidan olgan summalarni esa yuk topshiruvchiga qaytarishi shart.
Bundan tashqari, taraflar o‘rtasida omonat saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash masalasi ham nazarda tutiladi. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ashyoni saqlash xarajatlari to‘lanadigan haq summasiga kiritiladi.
Agar omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ashyo tekinga saqlanganiga yuk topshiruvchi amalda qilingan zarur xarajatlarni omonat saqlovchi to‘lashi shart.
FKning 887-moddasida aytilishicha, agar ashyoni saqlash uchun qilingan, odatdagi bunday xarajatlardan ortiq bo‘lmagan hamda omonat saqlash shartnomasi tuzish chog‘ida taraflar oldindan ko‘rishi mumkin bo‘lmagan xarajatlar (alohida xarajatlar), basharti yuk topshiruvchi ushbu hujjatlarga rozilik bergan yoki ularni keyinchalik ma’qullagan bo‘lsa, shuningdek, qonun hujjatlarida yoki sharnomada nazarda tutilgan boshqa hollar omonat saqlovchiga to‘lanadi.
Alohida xarajatlarni qilish zarur bo‘lib qolganida omonat saqlovchi yuk topshiruvchidan ushbu xarajatlarga rozilik so‘rashi shart. Agar yuk topshiruvchi omonat saqlovchi ko‘rsatgan muddatda yoki javob berish uchun etarli bo‘lmagan vaqtda o‘zining rozi emasligini xabar qilmasa, u alohida xarajatlarga rozi bo‘lgan deb hisoblanadi.
Agarda ishning holatlariga ko‘ra yuk topshiruvchining roziligini oldindan olish mumkin bo‘lsada, omonat saqlovchi bunday rozilikni olmasdan turib saqlash uchun alohida xarajatlar qilgan va yuk topshiruvchi keyinchalik ularni ma’qullamagan taqdirda, omonat saqlovchi alohida xarajatlarni faqat ushbu xarajatlar qilinmasa ashyoga etkazilishi mumkin bo‘lgan zarar doirasida qoplashni talab qilishi mumkin.
Agar saqlash shartnomasida boshqa hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, alohida xarajatlar saqlash haqiga qo‘shimcha ravishda to‘lanadi.
YAna bir muhim burchlardan biri yuk topshiruvchining shartnomada nazarda tutilgan saqlash muddati tamom bo‘lgach, saqlash uchun topshirilgan ashyoni qaytarib olishidir.
Agarda yuk topshiruvchi ashyoni olishdan bosh tortgan taqdirda, agar omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, omonat saqlovchi ashyoni mustaqil suratda sotishga, uning qiymati belgilangan eng kam ish haqining ellik baravariga teng summadan ortiq bo‘lgan taqdirda esa nazarda tutilgan tartibda sotishga haqli.
Lekin ashyoni sotishdan tushgan suma omonat saqlovchiga tegishli haq chegirib tashlangach, yuk topshiruvchiga beriladi.
Omonat saqlovchi saqlash uchun qabul qilingan ashyo yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun FKning 333-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra javobgar bo‘ladi.
Agarda pofessional omonat saqlovchi ashyoning yo‘qolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishi engib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida;
ashyonin uni saqlash uchun qabul qilish chog‘ida omonat saqlovchi bilmagan va bilishi shart bo‘lmasagan yashirin xossalari tufayli;
bundan tashqari, saqlanayotgan ashyoning yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi yuk topshiruvchining qasddan qilganligi yoki qo‘pol ehtiyotsizligi natijasida yuz berganligini isbotlamasa, javobgar bo‘ladi.
Agarda shartnomada nazarda tutilgan saqlash muddati yoki omonat saqlovchining talabiga ko‘ra ashyoni qaytarib olishi shart bo‘lgan vaqt tugagach, yuk topshiruvchi saqlanayotgan yoshani qaytarib olmasa, omonat saqlovchi bundan buyon ashyo yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun qasddan harakat qilgan yoki qo‘pol ehtiyotsizlik qilgan taqdirdagina javob beradi.
Omonat saqlovchining javobgarlik darajasi ham muhim ahamiyatga egadir. Omonat saqlovchi saqlash uchun topshirilgan ashyoning yo‘qotilishi yoki kam kelishi uchun yo‘qotilgan yoki kam kelgan mulk qiymati miqdorida yoki uning zararlantirilishi natijasida qiymati qanchalik kamaygan bo‘lsa, shu summa miqdorida javobgar bo‘ladi. Ashyo yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi tufayli yuk topshiruvchiga etkazilgan zarar, agar qonunda yoki omonat saqlash shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, FKning 324-moddasiga muvofiq omonat saqlovchi tomonidan qoplanadi.
Ashyo tekin saqlanganida uning yo‘qolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishi tufayli yuk topshiruvchiga etkazilgan zarar yo‘qolgan yoki etishmayotgan ashyolarning qiymati miqdorida;
ashyolar shikastlanganligi uchun ularning qiymati qancha summaga kamaygan bo‘lsa, shuncha summa miqdorida qoplanadi.
Agar omonat saqlovchi javobgar bo‘lgan holda shikast etishi natijasida ashyoning sifatida dastlabki vazifasi bo‘yicha foydalanish mumkin bo‘lmaydigan darajada o‘zgargan bo‘lsa, yuk topshiruvchi undan voz kechishga va omonat saqlovchidan ushbu ashyoning qiymatini, shuningdek, agar qonunda yoki omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, boshqa zararni ham qoplashni talab qilishga haqli.
Agar omonat saqlovchi ashyoni saqlash uchun qabul qilib olayotgan paytida uning xossalarini bilmagan va bilishi shart bo‘lmagan bo‘lsa, yuk topshiruvchi saqlash uchun topshirilgan ashyoning xossalari tuayli etkazilgan zararni omonat saqlovchiga to‘lashi shart.
Qonun hujjatlarida, shartnomada yuk topshiruvchining talabi bilan omonat saqlash majburiyatining bekor bo‘lishi ham nazarda tutiladi.
Agar shartnomada yukni qaytarib berishning boshqacha muddati belgilangan bo‘lsa ham omonat saqlovchi yuk topshiruvchining talabi bilan saqlashga qabul qilingan ashyoni darhol qaytarib berishi kerak. Bu holda agar omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, yuk topshiruvchi majburiyatni muddatidan oldin bekor qilishi tufayli omonat saqlovchiga etkazilgan zararni to‘lashi shart.
Mulkni omonat saqlash burchi transport huquqiga oid normalarda ham nazarda tutiladi (yuk, yo‘lovchi va bagaj tashish shartnomalari bo‘yicha me’yorlarda).
Bunda hollarda omonat saqlash asosiy burch bo‘lib belgilanmasdan, balki shu shartnomalar bo‘yicha nazarda tutiladigan qo‘shimcha burch bo‘lib hisoblanadi.
Masalan, ta’minot shartnomasi bo‘yicha yuborilgan mahsulotlar uchun oluvchi tomonidan sabab bilan haq to‘lanmagan taqdirda ham, shuningdek, buyurtma qilinmagan mahsulotlar olinganida ham oluvchi bu mahsulotlarni saqlab turishga majbur bo‘ladi.


  1. Download 360 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish