Xulosa va takliflar
Omonat saqlash shartnomasini o’rganish mobaynida ma’lum xulosa va takliflarga to’xtalib o’tmoqchiman. Ma’lumki, fuqarolik kodeksining 894-moddasiga ko’ra lombardda omonat saqlash shartnomasi omonat saqlash shartnomasining alohida turi sifatida e’tirof etilgan. Lekin, sof moliyaviy nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak, lombard kreditlash tashkiloti hisoblanadi. Bizning amaldagi fuqarolik kodeksida lombard shartnomasiga ta’rif berilar ekan, uning mijozga tegishli bo’lgan shaxsiy iste’molga mo’ljalangan ko’char ashyolarni qabul qilish bilan bog’liq munosabatlar tartibga solingan xolos. Vaholanki, lombardga ahyolarni vaqtincha qo’yishdan asosiy maqsad moliyaviy mablag’larga ega bo’lish. Lombardda omonat saqlashga nisbatan kredit yoki qarz shartnomasi tadbiq etilishi ko’rsatilmagan. Xorijiy mamlakatlar tajribasi o’rganilganda ham lombardda omonat saqlash aslida kredit shartnomasining bir turi sifatida e’tirof etiladi. Mazkur munosabat fuqarolik kodeksida tartibga solinmagan ekan, yangi qabul qilinadigan fuqarolik kodeksida, lombardda omonat saqlash shartnomasiga moliyaviy kreditlash shartnomasiga oid qoidalar qisman bo’lsada kiritilishi kerak deb hisoblayman. Chunki, lombard tomonidan iste’molchilar moliyalashtirilganda ularning huquqiy himoyasi, shuningdek belgilanadigan foizning maksimal stavkasi ko’rsatilmagan. Shunday ekan, lombard kredit tashkiloti sifatida is’temolchilarning huquqlariga zid holda faoliyat yuritadi. Zero, ularning faoliyatiga nisbatan “Iste’molchlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonunining talablari amal qilmaydi.
Fuqarolik kodeksining 896-moddasinig yettinchi qismiga ko’ra, boyliklarni bankda saqlashning, ya’ni bankning po’lat sandiqda boyliklarni saqlash qoidalari bank o’z po’lat sandig’ini mulk ijarasi shartlari asosida foydalanish uchun boshqa shaxslarag beradigan hollarga tadbiq etilmasligi belgilangan. Bundana kelib chiqadiki, bank o’z binosida joylashgan alohida xonadagi po’lat sandiq agar mulk ijarasi shartlari asosida mijozga taqdim etilsa bank po’lat sandiqda saqlanayotgan ashyolarning butligi va but saqlanishi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Aytaylik, po’lat sandiqchaga nisbatan foydlanish huquqi ijara shartnomasi asosisda olingan, bank tomonidan kalitlar taqdim etilgan, mijoz biror marta ham bankka tashrif buyurmagan, lekin sandiqchadagi ashyolar yo’qolgan. 896-modda talablariga binoan mazkur holatda har qanday holatda ham bank javobgar bo’lmaydi. Shunday ekan, bankning qo’riqlanadigan rejimli obyekt ekanigini hisobga olib, 896-moddaning yettinchi qismi keraksiz deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |