Mmt-83 guruh talabasi Jurayev Umaraling



Download 14,86 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi14,86 Kb.
#663640
Bog'liq
2 5193051460174093008


MMT-83 guruh talabasi
Jurayev Umaraling
Fuqarolar o’zinini o’zi boshqarish fanidan
1-Oilaviy tadbirkorlik guvoxnomasini olish tartibi qanday?
Oilaviy korxona ta’sis shartnomasiga muvofiq ixtiyoriylik asosida shakllantiriladi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng tashkil etilgan hisoblanadi.
Ta’sis shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
er-xotin va oilaviy korxonaning boshqa ishtirokchilarining, er-xotinga nisbatan tug‘ishganlik darajasini ko‘rsatgan holda, familiyasi, ismi, otasining ismi va doimiy yashash joyi;
ustav fondining miqdori;
oilaviy korxona boshlig‘ining familiyasi, ismi, otasining ismi;
oilaviy korxonaning firma nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
oilaviy korxonaning vakolatxonalari va filiallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
oilaviy korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlari (turlari);
tadbirkorlik faoliyatidan olingan, shuningdek oilaviy korxona tugatilishi va qayta tashkil etilishi munosabati bilan daromadlarni oilaviy korxona ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanishi tartibi;
xo‘jalik oborotiga jalb qilingan umumiy mol-mulkning ro‘yxati;
ishtirokchilar tomonidan muhim sanalgan boshqa shartlar.
Ta’sis shartnomasi oilaviy korxonaning barcha ishtirokchilari tomonidan imzolanadi.
Agar, umumiy mol-mulk egasi bo‘lgan er-xotinlar nikohi bekor qilingan taqdirda, ta’sis shartnomasi qayta tuziladi, bunda oilaviy korxonani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.Agar, oilaviy korxona tarkibidan uning ishtirokchisi ixtiyoriy ravishda chiqadigan yoki vafot etadigan bo‘lsa, u holda ta’sis shartnomasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi va bunda, oilaviy korxonani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydiOilaviy korxona o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.
Oilaviy korxonani ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagi hujatlar taqdim etilganda amalga oshiriladi:
oilaviy korxona boshlig‘ining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash manzili hamda oilaviy korxona ishtirokchilarining pasport ma’lumotlari yoki ularning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ko‘rsatilgan o‘rnatilgan shakldagi ariza;
ta’sis shartnomasi;davlat bojining belgilangan miqdori to‘langanligi haqidagi bank to‘lov hujjati.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar ariza beruvchiga oilaviy korxona sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha talablarni belgilashga haqli emas.
Ariza beruvchini oilaviy korxona tariqasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etganlik, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda, ular ariza beruvchiga ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etganlik yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzganlik tufayli yetkazilgan zarar o‘rnini qoplaydilar.Tadbirkorlik qilish istagi bo‘lgan shaxs ishni avvalo nimalardan boshlash kerakligini bilishi, sohadagi maxsus bilimlar, tadbirkorlik ko‘nikmalaridan tashqari bank sohasidagi moliyaviy bilimlarning yetarliligiga e'tibor qaratishi muhim. Zero, tijorat banklari hisobidan ajratilgan kreditning to‘g‘ri ishlatilishi tadbirkorga daromad olib kelishdan tashqari biznesini kengaytirishga yo‘l ochadi.
Ushbu maqolamizda oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha davlat tomonidan yaratilgan imtiyozlar to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Tadbirkorlik – aniq maqsadli va doimiy sa'y-harakatni talab qiluvchi tavakkalchilikka asoslangan hamda daromad topishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi.
Tadbirkorlikning muvaffaqiyat kaliti: tadbirkorlik ko‘nikmasini inobatga olib, bozordagi talabni o‘rgangan holda o‘zi uchun qulay bo‘lgan istiqbolli sohani tanlash eng kichigidan boshlash faoliyatni kengaytirishga moyillik xatarlarni baholay olish tavakkalchilikka asoslangan oqilona (rasional) qarorlar qabul qila olish
Tadbirkor – hisob-kitobli tavakkalchi, yangilik va rivojlanishga intiluvchi, mustaqil va mas'uliyatli qarorlar qabul qiladigan va ularning oqibati hamda natijasini oldindan ko‘ra oladigan shaxs hisoblanadi.
Tadbirkorlikni oila a'zolari bilan birgalikda boshlash amaliyotda o‘z samarasini ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu yo‘nalishda “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi asosida Agrobank ATB, Mikrokreditbank ATB, Xalqbanki ATB tomonidan kreditlar ajratilmoqda.[1]
Ushbu dastur doirasida kreditlar oilaviy tadbirkorlikning har qanday turiga (masalan, issiqxona tashkil etish, parrandachilik, xizmat ko‘rsatish, tikuvchilik) shartnomaga asosan pul ko‘chirish yo‘li bilan quyidagi shartlarda ajratiladi
jismoniy shaxslarga - bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda (bugungi kunda 36,7 mln.so‘mgacha)
davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub'ektlariga - bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha miqdorda (bugungi kunda 245,0 mln.so‘mgacha)
kredit foizi: 14 foiz
muddati: 3 yilgacha
imtiyozli davr: 6 oygacha.
Tadbirkorlik sub'ektlariga ajratiladigan kreditlar ushbu kredit hisobiga amalga oshiriladigan loyihaning biznes-rejasiga muvofiq o‘zini o‘zi qoplash jihatlaridan kelib chiqib 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yil muddatgacha ajratilishi mumkin. Bunda berilayotgan imtiyozli davr va kreditni qaytarish muddati batafsil asoslantirilishi kerak.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 martdagi PQ-5041-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq kreditlar bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga sektor rahbarlari va tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi xulosasi asosida berilishi mumkin.
Bugungi kunda, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar bo‘yicha arizalarni qabul qilish Yagona elektron platformasi oilakredit.uz ishga tushirilgan.
Ushbu platformada arizalarni yuborish 4 bosqichda amalga oshiriladi:
Shaxsiy ma'lumotlarni kiritish.
Qarzdor bilan bog‘lanish uchun ma'lumotlarni kiritish.
Olinayotgan kredit bo‘yicha ma'lumotlarni kiritish.
Ariza tartib raqami (ID) raqamini saqlab qo‘yish.
Masalan, agar iste'molchi o‘z tomorqasida issiqxona qurish uchun kredit olmoqchi bo‘lsa, kredit olish uchun oilakredit.uz platformasida ariza berish ushbu videotahlilda batafsil tasvirlangan ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Download 14,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish