2
SHARTLI BELGILAR:
— savollar va topshiriqlar
— bilib oling
—
eslab qoling
— iqtidorli î‘quvchilar uchun
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan ijara uchun chop etildi.
Ushbu nashrga doir barcha huquqlar muhofaza qilinadi va nashriyotga
tegishlidir. Undagi matn va rasmlarni nashriyot roziligisiz to‘liq yoki qisman
ko‘chirib bosish taqiqlanadi.
© «TASVIR» NASHRIYOT UYI, 2010, 2014
Ó¤Ê: 372.811.512.133(075)
ÊÁÊ 81.2 Óçá-922
Ì 3 2
ISBN 978-9943-4306-5-5
3
KIRISH
Aziz o‘quvchilar !
Shu kungacha Sizlar «Ona tili»
fanining fonetika, leksikologiya,
morfologiya, sintaksis bo‘limlari bo‘yicha izchil ma’lumot oldingiz.
Fonetika bo‘limida tovush va harf, ularning o‘zaro munosabati,
so‘z tarkibida yonma-yon kelgan tovushlarning bir-biriga ta’siri,
talaffuzi
va imlosi, leksikologiya bo‘limida so‘zlarning ma’nolari,
bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar, ma’nodosh, shakldosh va
zid ma’noli so‘zlar, iboralar, morfologiya bo‘limida so‘zning
shakllari, so‘z turkumlari, sintaksis bo‘limida so‘zlarni
bir-biriga
to‘g‘ri bog‘lash va gap tuzish qoidalari bilan tanishdingiz.
Gaplarning tuzilishiga ko‘ra sodda va qo‘shma gaplarga bo‘linishi
haqida ma’lumot oldingiz va sodda gapning o‘ziga xos xususiyatlari
haqida fikr yuritdingiz.
IX sinfda sintaksisni o‘rganishda davom etasiz. Unda sodda gap
bilan qo‘shma gapning farqi, qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi
vositalar, qo‘shma
gapning turlari, bir fikrni qo‘shma gapning
turli ko‘rinishlari bilan ifodalash mumkinligi, ularda tinish
belgilarining ishlatilishi bo‘yicha bilimga ega bo‘lasiz.
Ona tilimizning keng imkoniyatlarini o‘rganishda
Sizga omad
yor bo‘lsin!
4
AYTGIL, DO‘STIM,
NIMA QILDIK VATAN UCHUN?
Boshing egib, ta’zim ayla, shukrona ayt,
Seni guldek erkalagan chaman uchun.
Osmonlarda yurgan bo‘lsang, tuproqqa qayt,
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
Ko‘zi qora, yuragi oq shu el uchun,
Òuproq uchun,
shu yurt uchun, chaman uchun.
Ulug‘ inson boshlab bergan shu yo‘l uchun,
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
Eldan ketib el bo‘lganni kim biladi?
Don axtargan go‘shtxo‘rlarga yem bo‘ladi.
Dil qonasa, ona tuproq em bo‘ladi,
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
Qachongacha qorning o‘ylab o‘tadirsan?
Qachongacha ko‘kdan chalpak kutadirsan?
5
Axir, Vatan bitta, sen ham bittadirsan!
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
Buncha bino qo‘yma zarrin choponlarga,
Saratonda yaproq bo‘lgin dehqonlarga.
Suyangani tayoq bo‘lgin cho‘ponlarga,
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
Hech kimdan kam emassan, kam bo‘lmagaysan,
Yerda qolsang, oftob bo‘lib
kulmagaysan,
Qachon belni mahkam tortib bog‘lagaysan?
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
Shu soylarda suvlar urgil yuzingga sen,
Bir bor nazar solgin bosgan izingga sen,
Shu savolni berib ko‘rgin o‘zingga sen,
Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun?
(
Iqbol Mirzo)