8.Ommaviy madaniyatda yuksak qadriyatlarning yo‘qligi.
Kishi borishi mumkin bo‘lgan ziyoratgoh bor bo‘lsa, demak, u qila olmaydigan, man etilgan narsa ham bor. Ommaviy madaniyat aslida yuksak narsalarni tan olmaydi. “Odatdagi”, “oddiy” inson tushunadigan darajadan yuqori turgan barcha narsa - kulgili, nomunosib. Shuning uchun bu yerda insonning oliy qadriyatlarga murojaat qilishi, ularga intilishi kulgi qilinadi hamda pastga uriladi. Ommaviy madaniyat mohiyatan yuqori maqomdagi insoniy munosabatlarni umuman nazarda tutmaydi, chunki xulq-atvor andazasinigina yaratadi.
9. Ommaviy madaniyatning bosh tamoyillaridan biri — insonning inson tomonidan, insonning olam tomonidan va insonning o‘zi tomonidan qabul qilinmasligi, ular orasida uyg‘unlikning yo‘qligidir. Ommaviy madaniyat negizida ham tayanch nuqtalar mavjud. Bu - ishonch-e’tiqod o‘rniga- shaydolik, muhabbat o‘rniga - ko‘ngil ochish. Bunday almashtirib qo‘yish qadriyatlar tizimini xatar ostiga solib qo‘yadi.
Ommaviy madaniyat yetishtiradigan muhabbat sodda, zo‘ravonlik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, muhabbatdan qoniqishga ko‘pincha ana shu zo‘ravonlik vositasida erishiladi. Ommaviy madaniyat miqyosidagi sadoqat faqat jamoaga nisbatan. Ezgulik kulgili qiliqdek va ojizlikdek ko‘rinadi. Yovuzlik doimo g‘olib chiqadi, chunki kuch - uning tomonida. Yolg‘on-yashiq omon qolish usuli. Makkor hamma vaqt yutub chiqadi. Bilim va ta’limga intiladigan o‘smir “ojiz, tentak va botanik” va boshqalar. Bunday versiyalar kishilar ongini zabt etib zaharlamoqda, ularning bir-biri bilan munosabatini buzmoqda, inson ma’naviy olamiga putur yetkazmoqda.
Shunday qilib, avvalboshdayoq, ko‘ngilochar vosita sifatida vujudga kelgan ommaviy madaniyatning ommaviy ongga ta’sir ko‘rsatib, uni manipulyatorlarga zarur bo‘lgan yo‘nalishda shakllantirishga ko‘maklasha olishi singari noyob xususiyatlari ma’lum bo‘ldi. Natijada, XX asrning o‘rtalariga keliboq, manfaatdor tuzilmalar ommaviy madaniyatdan mafkuraviy kurash element, butun-butun mamlakatlar hamda mintaqalar aholisi ongiga jadallik bilan ishlov berish usuli sifatida foydalana boshlashdi.
G‘arbda dastavval kinematografiya “transmilliylashtirilishi”, Gollivud kinokompaniyalari Yevropadagi ko‘plab mamlakatlar kino ishlab chiqarishi hamda prokatini, so‘ng reklama korporatsiyalari, radioeshittirish va televidenieni idora qiladigan axborot agentliklarini o‘ziga bo‘ysundirilishi va mafkurachilar ushbu qudratli korporatsiyalar manfaatlarini aks ettirib, axborotning “erkin oqimi” konsepsiyasini olg‘a surishi, bu “erkin oqim”ni nazorat qilib bo‘lmasligi ayrim mamlakatlar, ayniqsa, zaif rivojlanayotganlarning ijtimoiy va madaniy taraqqiyotiga ziyon yetkazdi. Bugungi kunda monopoliya axborot uzatishning televidenie singari muhim vositasini ham o‘ziga bo‘ysundirgan. Televizion filmlarni ishlab chiqarishning qimmatligi, mutaxassislar hamda tegishli texnologiyaning yo‘qligi ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarni ko‘plab televizion ko‘rsatuvlarni chetdan keltirishga majbur etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |