4. Mifologiya. Ekstremallik, g‘aybga oshno bo‘lganlik, g‘ayrihissiy hodisalar, shayton vasvasasi niqobi ostida giyohvand moddalarni yashirin targ‘ib qilish; astrologiya (munajjimlik, dahshat, o‘zga olamlardan kelganlar, NUJ).
5. Rok-yulduzlar va rok-musiqa. Yulduzlarni reklama qilish, gonorarlar, muxlislar to‘g‘risida ma’lumot berish, muvaffaqiyatni, boylikni, ishqiy mojarolarni tasvirlash. Deviant xatgi-harakatlar (jinoyatlar, giyohvandlik) haqida ular hayotining tarkibiy qismi sifatida xabar tarqatish.
6. Ko‘ngilxushlik qilinadigan joylar. Klublar, rok-konsertlar, diskotekalar, ommaviy bayramlar va boshqa xilma-xil «bazmi jamshidlar».
Shunday qilib, ommaviy madaniyat jamiyatning asosiy qonunlari va normalarini rad etadi, ming yillik taqiqlarga barham beradi, asosiy hayotiy qadriyatlarni va eng yuksak qadriyat bo‘lgan hayotning o‘zini shubha ostiga oladi hamda badnom qiladi. Uning maqsadi - o‘smirni jamiyatga qarshi qo‘yish, to‘g‘ri yo‘ldan og‘dirish, o‘zini o‘zi yemiruvchi mexanizmni ishga solish, ongga giyohvandlik haqidagi afsona singishi uchun yo‘l ochish.
Bugungi kunda biz ommaviy kommunikatsiya, targ‘ibot va axborot vositalarining go‘daklar, o‘smirlar va yoshlar psixikasiga o‘ta salbiy ta’siriga e’tibor qaratishimiz darkor. Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Bugun yon-atrofimizda, uzoq-yaqin mintaqalarda yuz berayotgan voqealarni inobatga oladigan bo‘lsak, hali ongi, hayotiy karashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg‘itishga qaratilgan g‘arazli kuchlar ham Internet imkoniyatlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga urinayotgani va bunday intilishlar qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini e’tibordan soqit qilib bo‘lmaydi”33. Ushbu yosh kategoriyasining psixikasi ommaviy kommunikatsiya vositalari ta’siri tufayli o‘ta og‘ir yuk ostida qoladi. Bu hol psixikaning bunday tuzilishi senzura yoki tanqidiylik tashqi olamdan kirib kelayotgan axborot yo‘lidagi o‘ziga xos to‘siq sifatida hali to‘liq shakllanmaganligi bilan bog‘liq. Ommaviy kommunikatsiya vositalari ularning turli komponentlari: yaltiroq jurnallar (ayniqsa, o‘smirlarga mo‘ljallangan, aslida, ularda kattalarga mo‘ljallangan shu yo‘nalishdagi jurnallarda keltirilgan modellar takrorlanadi), televidenie (turli tok-shoular) o‘smirlar va yoshlar ost ongida salbiy xulq-atvor modellarini shakllantiradi. Ehtimol, shunday ko‘rsatuvlarni tomosha qilgan individning hayotida keyinchalik o‘xshash vaziyatlar sodir bo‘lganida, u o‘z ost ongida ilgari shakllantirilgan ko‘rsatmalar o‘zanida ongsizlik bilan fikrlaydi va harakat qiladi.
Binobarin, «ommaviy madaniyat»ning turmushimizda ta’sirini ko‘rish uchun uzoqqa borish shart emas. Yonimizga, o‘zimizga teranroq nazar solsak kifoya. «Alpomish»ni o‘qib savod chiqargan, pana-pastqamlarda «O‘tkan kunlar»ni mutolaa qilib katta bo‘lgan ota-bobolarimiz yoshligimizdanoq bizga «Uch og‘a-ini botirlar» jasoratidan, «To‘g‘ri va egri» qismatidan saboq berardi. Qadim alyorlardan, matallardan so‘ylardi. Xo‘sh, biz-chi? O‘g‘limiz kimning qo‘shig‘ini eshitib ulg‘aymoqda? Ekranda qo‘shiq kuylayotgan yigitning qiliqlariga qarang, kimga taqlid qilyapti. «Og‘zidan chiqqan gapni qulogi eshitmayotgan», bachkanalikni kulgi deb o‘ylaydigan, saviyasizlikni ommaviylashtirayotgan kinoasarlarga qarang, yoningizda «shortik» va maykada yurishni kiborlik bilib, mahalla guzariga chiqayotgan «akaxon»ga razm soling. Yoshgina kelin-kuyovning ota-ona yonida quchishib turganiga e’tibor qiling. Axir quyun kabi ostonamizga kirib kelayotgan bu unsurlarga munosib javob berish uchun ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy aytganidek: “Tarbiya - yo hayot, yo mamot” yo‘li ekaniga amin bo‘lmoq kerak emasmi? To‘g‘ri, ba’zan biz bolalarimizning tunda sang‘ib yurishi, qizimizning yarimyalang‘och kiyimda yonimizda o‘tirishi, nevaramizning zo‘ravonlikni, johillikni targ‘ib qiladigan kompyuterdan ko‘z uzolmasligiga ko‘nikib qolganimiz tabiiy hol bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin bunday “mayda muammo”lar bir kun kelib, katta tashvishlar, tahdidilar keltirib chiqarishi turgan gap34.
Zamonaviy reklama hozirgi yigitlarga idealni - «eksklyuziv» kostyum kiyib, «elita» avtomobilda klubga ketayotgan basavlat janobni yoki firma yohud bankning rahbarini taqdim qilar ekan, nazarimizda, ijtimoiy andazani shakllantiradi va bu bilan hayotiy yutuqni yoki yutuqsizlikni prognoz qilibgina qolmay, balki, ta’bir joiz bo‘lsa, bo‘lajak nevrozga asos soladi.
G‘arb OAVning bugungi kundagi kishini yemiruvchi holatlar bilan bog‘liq, qattiq kechinmalar va qo‘rquv, dahshat singari keskin salbiy his- tuyg‘ularga, yohud shahvoniy his-tuyg‘u bilan bog‘liq behayo tasvirlar va tavsiflarga yo‘naltirilgan, asosan salbiy, shubhali faktlar, voqealarni tanlab olishdan iborat bo‘lib qoldi. Bu kishida juda kuchli, keskin munosabat uyg‘otishi, uni muvozanat holatidan chiqarishi, halovatdan mahrum etishib, junbishga solmoqda.
Aslida soxta stressli voqelik, xavf-xatar, tahdidi, agressiyaga boy virtual fojiaviy olam kishida tahdidi, dahshat, ranj, taajjub, ojizlik, umidsizlik, kabilarni vujudga keltirib intellektual, ijodiy, axloqiy faolligi to‘xtab qolishiga olib keladi, uning shaxs sifatida o‘sishini hamda mustaqil individualligi shakllanishini sekinlashtiradi yoki buzib yuboradi. Iste’molchilik sivilizatsiyasi- ruhan ezilgan, ko‘zni o‘ynatadigan taassurotlar og‘ushida qolgan - patologik xasta kishi bozor uchun ideal iste’molchidir. Shu o‘rinda Internet, ayniqsa, faollashib ketganini qayd etish zarur. Ma’lumki, Internet bugungi axborot makonining muhim va yetakchi bo‘g‘inlaridan biriga aylandi, hayotning ajralmas va zarur qismi bo‘lib qoldi. Yer yuzida 1,5 milliard kishi Internetdan foydalanayotgan bo‘lsa, O‘zbekistonning qariyb 30 million aholisining 8 milliondan ortig‘i undan foydalanayotganligi fikrimizning isbotidir. Birinchi Prezident Islom Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida “Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday sharoitda bolalarimizning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘rii kelmaydi”35 deb haqli e’tirof etgan holda, bunday deb ogohlantiradilar ham: “Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda insoniyat ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuchli, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin”36. Bu fikrning naqadar jiddiy asosga ega ekanligini Internetda mavjud salbiy va zararli saytlar, ya’ni o‘z-o‘zini o‘ldirish - xudkushlikning oson yo‘llarini targ‘ib etuvchi saytlar qariyb 10.000ga yaqinlashganligi, shundan ziyod terrorchilik va ekstremistik saytlar, qariyb 5 ming erotik saytlar va boshqa tarbiyaga zid saytlar ko‘payganligi ham tasdiqlaydi. Internetdan g‘arazli siyosiy kuchlar o‘zlarining manfur maqsadlari uchun ustalik bilan foydalanmoqdalar, zero, kimki axborotga ega bo‘lsa, u dunyoga egalik kiladi, degan fikr barcha tomonidan e’tirof etilgan.
Binobarin, hozirgi sharoitda ayrim yoshlarimizning virtual dunyoga tushib qolishi, ularning real dunyodan ajralib qolayotganliklarining ikki sababi bor, - deb haqli ravishda ta’kidlaydi faylasuf olim A.Mavrulov, - birinchidan, undaylar o‘zining mustaqil ma’naviy qiyofasiga ega emas. Natijada «chetda»gi narsalar uni o‘ziga tortadi, asta-sekin real dunyodan oyog‘i uzilganini sezmay qoladi. Ikkinchidan, bunday toifadagi yoshlarda o‘zini o‘zi rivojlantirishga ehtiyoj yo‘q, shuningdek, bu narsa ularni moslashuvchanlik, ergashuvchanlik kayfiyatiga tushirib qo‘yadi37.
«Goog1e» kompaniyasi tahdillariga ko‘ra, O‘zbekistondan kuniga «Odnoklassniki» saytiga 200000 dan ziyod, «G‘asebook» saytiga 90000 ga yaqin, «Moy mir» saytiga 40000 dan ortiq kishi kirayotir. Internet tarmog‘ini milliy qadriyat va an’analarimizni o‘zida aks ettiruvchi veb- sahifalar bilan boyitish, ta’lim muassasalarini Internet tarmog‘iga ulashda odob-axloq qoidalariga muvofiq bo‘lmagan veb-sahifalaridan foydalanishga cheklovlarni joriy etish, yoshlarda axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish kerak. Aholining xolis va haqqoniy axborotga ega bo‘lishini ta’minlash, har bir fuqaro tafakkurida mafkuraviy immunitetni shakllantirishga sharoit yaratish, g‘oyaviy muxoliflarimizning harakatlariga qarshi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotni kuchaytirish, voyaga yetmagan yoshlarga oid milliy qonunchiligimizga ma’naviy tahdidilar, axborot xurujlarining oldini olishga qaratilgan o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritish zarur. Bu borada xorij tajribasi bilan tanishish ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Masalan, Buyuk Britaniyada «O‘zini tutish kodeksi» va «Xavfsiz tarmoq» mustaqil jamg‘armasi zararli, noqonuniy axborotlar oqimini nazorat qiladi. Ayrim Yevropa davlatlarida qonun asosida saytlarni blokirovka qilish belgilab qo‘yilgan. Xususan, Germaniyada bu masala sud qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Rossiyada esa turli axborot xurujlariga qarshi kurashish maqsadida «Xavfsiz Internet markazi» tashkil etilgan. Umuman, Yevropa Ittifoqi tomonidan 6 ta qonun hujjati qabul qilingan va «Xavfsiz Internet» dasturi ishlab chiqilgan.
Rivojlangan mamlakatlarda ota-ona nazoratini amalga oshirish uchun ko‘plab texnologiyalar, filtrlovchi dasturiy ta’minot yaratilgan.
Yurtimizda Internetdan foydalanuvchilar sonining 8 milliondan oshganini hisobga olsak, mazkur axborot tarmog‘ini milliy ma’lumotlar bilan to‘ldirish ham eng dolzarb zaruriyatdir. Ta’kidlash joizki, bu borada bir qator yutuqlarga erishilmoqda. Jumladan, 2002 yilda «112» domenida atigi 587 ta sayt faoliyat yuritgan bo‘lsa, endi ularning soni 12 mingdan oshib ketdi. Shundan 160 dan ortig‘i OAV sifatida ro‘yxatga olingan. Axborot-kutubxona markazlarining fondi ham 21 401 nusxadagi adabiyotga ko‘payib,4 952 132 nusxani tashkil etmoqda38. Bu ma’naviy tarbiyada katta ahamiyat kasb etadi. “Ommaviy madaniyat” tahdidilarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, ilmiy asosda puxta tashkil etilgan, uzluksiz olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish lozim.
Yoshlarning hozirgi jamiyatdagi roli haqida fikr yuritilar ekan, ular o‘zgarishlar salohiyati bo‘libgina qolmay, balki siyosiy barqarorlik omili ham ekanligini qayd etish lozim. Ekstremizmning yoshlar harakati bilan aloqasi asosan yoshlardan iborat bo‘lgan ekstremistik guruhlarning yosh tarkibida aniq aks etadi. Terrorchilar va ekstremistlarning asosiy qismi 20 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lganlardir. So‘nggi paytda, ayniqsa, og‘ir ahvolga tushib qolayotgan ishsiz va yarim ishsiz yoshlar soni tobora ortib borayotgani turli ekstremistik tashkilotlar zahirasidan biridir. Kattalar hayoti muammolari bilan to‘qnashganda yoshlarda yuzaga keladigan gazab, norozilik yoshlar muhitida ko‘pincha chorasizlikka asoslangan turli agressiv kayfiyatlarni keltirib chiqaradi va ular o‘ta ekstremistik shakl kasb etadi.
Butun dunyoda olib borilayotgan mafkuraviy kurashning ta’siri haqida gap borar ekan, hayotimizning so‘nggi o‘n yilliklarida ommaviy hodisaga aylangan, jamiyatda amal qilib turgan xulq-atvor qoidalari hamda normalarini mensimaslikda yoki ularni inkor etishda ifodalanadigan yoshlar ekstremizmi ham ommaviy madaniyat ta’siri oqibati ekanini ham qayd etish zarur.
Shunday qilib, hozirgi paytda asosiy tarkibiy qismi zo‘ravonlik, jinoyat olamini romantiklashtirish, seksual inqilob natijalarini ulug‘lash bilan kechadigan imijlar va reklama obrazlari tizimidan iborat bo‘lgan ommaviy madaniyat, eng avvalo, hayotiy qadriyatlari hamda yo‘nalishlari hali qaror topmagan yoshlar muhitiga tiqishtiriladi. Bu esa hozirgi yoshlarda hayotga iste’molchilarcha munosabatdek passiv ijtimoiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi, oqibatda yoshlar jinoyat, giyohvandlik va ichkilikbozlik olamiga kiradi, axloqiy tubanlashadi.
Ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyo mintaqasida, xususan, O‘zbekistonda ham ommaviy madaniyat g‘oyalari avvalambor yoshlar ongi, xulq-atvoriga o‘zining salbiy oqibatlarini o‘tkazmoqda. Tadqiqotchi B.Umarov o‘zining “Globallashuv ziddiyatlari” deb nomlangan risolasida: «G‘arb ommaviy madaniyati, ba’zan insonning tuban illatlarini junbushga keltiradigan pop va rok-musiqaga mahliyo bo‘lgan ayrim yosh yigit-qizlarimiz xalqimizning bebaho ma’naviy durdonalari, dunyoda qiyosi yo‘q mumtoz qo‘shiq san’atimiz, lapar va aytishuvlar, betakror musiqaviy ohanglarimizni tinglarmikan? Bugun yoshlarimiz G‘arb estradasining «yulduz»larinigina emas, hatto «yulduzcha»larining ham ismi-sharifi, hayotiy kechinmalarini besh qo‘lday biladi, ammo «Shashmaqom»dan birgina kuyning nomini so‘rasangiz yohud Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, al-Xorazmiy kabi ulug‘ ajdodlarimiz jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qanday hissa qo‘shganini bilmoqchi bo‘lsangiz, yer chizib turaveradi. Afsuski, madaniy hayotdagi ayrim noqisliklar, xususan, teatrlarimizda qo‘yilayotgan spektakllar saviyasining talab darajasida emasligi, milliy estradamizda G‘arbona andozalarga taqlidning kuchayib borayotgani, gazeta do‘konlarini ko‘plab oldi-qochdi nashrlar bosib ketayotgani ham yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi, deb bo‘lmaydi”39, - deb haqli ravishda e’tirof etadi.
Ommaviy madaniyat-jamiyatni kriminallashtiruvchi g‘oyalarni targ‘ib etmoqda. Garvard universitetining meditsina fakulteti ma’lumotlariga ko‘ra, amerikalik bola 18 yoshga to‘lgunicha televizor ekranidan 180 ming martadan ko‘proq zo‘ravonlikni ko‘rar, shundan taxminan 80 mingtasi qotillik ekan. Boshqa ma’lumotlarga qaraganda, AQShda bolalar uchun ko‘rsatuvlarning 66 foizida zo‘ravonlik sahnalari bo‘lib, televidenie to‘rtdan uch holatda zo‘ravonlik aslo jazolanmaydigan dasturlarni namoyish etar ekan. Hozirgi ommaviy madaniyat negizida amerikaparastlik yotishi, amerikacha kinolardan ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirilishi yohud uning eng yomon namunalariga taqlid qilinishi hisobga olinsa, mazkur ma’lumotlar ekran zo‘ravonligi va uning ijtimoiy ongga, eng avvalo, yoshlarga ta’siri haqidagi masalani jiddiy qo‘yishga majbur etadi.
Media zo‘ravonlikning yoshlar jinoyatchiligiga ta’sirini aniqlashga dastavval XX asrning boshidayoq urinib ko‘rilgan. A.Latsis va L.Keylina «Bolalar va kino» asarida (1928 y.): «Ayrim o‘smirlar kinoda avantyurali tasvirlarni to‘yib ko‘rib olgach, kinobanditlar va shaykalar rahnamolarining usullarini o‘zlashtirib, hayotga ko‘chirishadi...”40, - deb qayd etishgan edi.
Televideniening salbiy ta’siri o‘shandan buyon tadqiqotchilarni tashvishga solib kelmokda. AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligida, hatto, zo‘ravonlikni jamoatchilikka namoyish qilishning ta’sirini batafsil tahlil qilish maqsadida 1969 yilda Ilmiy-maslahat qo‘mitasi tuzilgan edi.
So‘nggi 40 yil ichida jahonda televidenie va kinematografiyaning bolalarga ta’siriga bag‘ishlangan mingdan ziyod tadqiqotlar o‘tkazildi. Bu tadqiqotlar jahondagi turli mamlakatlarda, turli irq, millat va ijtimoiy guruhlarga kiruvchi o‘g‘il va qiz bolalar orasida o‘tkazildi. Shunga qaramay, natijalari deyarli o‘xshash bo‘lib chikdi: ekran orqali ko‘rsatilgan agressiya bolalarni odamlarga va jonsiz predmetlarga nisbatan yanada agressivroq qilib qo‘yadi.
XX asrning 80-yillarida AQShda mahkum jinoyatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijasida, mahkumlarning 63 foizi televizion qahramonlarga taqlid qilib jinoyat sodir etganligi, 22 foizi esa jinoyatlar “texnologiyasini” telefilmlardan o‘rganganligi ma’lum bo‘ldi.
Kolumbiya universiteti professori Jeffri Jonson rahbarligidagi amerikalik olimlar guruhi 1975 yildan 2000 yilgacha Nyu-Yorkda istiqomat qiladigan 700 dan ziyod oilani o‘rganishdi. 25 yildan keyin yoshlardan anketa to‘ldirib, agressiyaga moyilliklari to‘g‘risidagi savolga javob berish so‘ralgan. Anketa ma’lumotlari jinoyatchilik statistikasi bilan solishtirilganda, jinoyat guruhi 14 yoshida sutkasiga 3 soatdan ziyod vaqt mobaynida televizor ko‘rsatuvlarini tomosha qilgan yoshlarning 45 foizi zo‘ravonlikka moyil, 20 foizi esa jamiyat uchun xavfli va jinoyat sodir etishga tayyor, degan xulosaga kelindi.
Birmuncha avval o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida J.Jonson va uning hamkasblari shunday xulosaga kelishgandi. Ular bolalar sakkiz yoshda ko‘rgan, zo‘ravonlikni tasvirlovchi dasturlar soni bilan shu bolalar 30 yoshda og‘ir jinoyatda ayblanishi mumkinligi ehtimoli o‘rtasida jiddiy aloqa mavjudligini aniqlashdi. 1984 yilda yakunlangan, 875 amerikalikni 22 yil davomida kuzatish natijalari televidenieda namoyish etilgan zo‘ravonlikka qiziqqan o‘g‘il bolalar televidenie bilan qiziqmagan tengdoshlariga nisbatan 4-5 barobar ko‘proq qamoqqa tushish xavfi ostida bo‘lishganini ko‘rsatdi.
Sietldagi Vashington universitetidan bo‘lgan Frederik simmerman to‘rt yoshligida kuniga 3,5 soatga yaqin televizion ko‘rsatuvlarni tomosha qiladigan bolalarning bezori bo‘lish ehtimoli bunday ko‘rsatuvlarni kamroq ko‘rgan bolalarga nisbatan 25 foiz ko‘proq ekanligini aniqladi.
Teleekranlardan shiddat bilan ustimizga yopirilib kelayotgan hozirgi turli seriallarda o‘z raqiblarini chaqqonlik bilan saranjom qilayotgan oddiy banditlarning zo‘ravonligi yoki estrada «yulduzlari» hayoti qahramonlashtirilib, ular barcha narsaga: jip avtomashinasidan tortib, villagacha ega ko‘ngil orzusi bo‘lganlarga aylantiriladi, bu esa intellegensiyada alohida qahr-g‘azab uyg‘otadi. Yaqinda chiqqan qo‘shiqchilar (jumladan, o‘zbek shou-biznesida ham, garchi ularning ko‘pchiligi, hatto, maxsus ma’lumotga ega bo‘lmasada) aktyorlarga aylanib, yoshlar ongiga past saviyadagi turmush tarzi qoidalarini singdirishadi, bularning bari rejissyorlar va ssenariy mualliflari tomonidan hurmat-e’tibor va hayratga loyiq hodisadek taqdim etiladi. Shu kabi «durdona» kinoasarlarning yaratuvchilari bu holni ko‘pincha asar bosh qahramonlari sodir etgan jinoyatlari uchun jazolanishi bilan yakunlanishi ila oqlamoqchi bo‘ladilar, vaholanki, bu ko‘p hollarda hukuqiy (hibsga olish va qamash) emas, balki aynan axloqiy jazo bo‘ladi. Bunday filmlar va seriallar qahramonlari, odatda, oxirida halok bo‘lishadi yoki hamma narsadan - jinoyat olamida egallangan cho‘qqidangina emas, balki do‘stlari, oilasi va h.k.lardan ham mosuvo bo‘lishadi. «Kriminal» kino ijodkorlari fikricha, bu hol tomoshabin esini kiritishi, unga banditlar yo‘lining oxiri voy ekanligini tushuntirishi darkor. Biroq bunday natijaga erishish uchun film g‘oyasini tushunish zarur. Zotan, filmni, ayniqsa, o‘smirlik va ilk yoshlik chog‘ida bo‘lakcha qabul qilish ham mavjud.
Zo‘ravonlikni bunday qahramonlik qilib ko‘rsatishning oxiri voy bo‘ladi. «Jismonan baquvvat va shafqatsiz, qonunlar va axloq normalarini pisand qilmaydigan kishilarni qahramon qilib ko‘rsatish jamiyatni o‘z ma’naviy qadriyatlari hamda axloqiy fazilatlaridan sezilarli darajada mahrum etadi»41. Bu, ayniqsa, yosh avlodga taalluqlidir.
Shu bilan birga, ko‘p holatlarda kinoboeviklarning ijobiy qahramonlari zo‘ravonliklarining qahramonlik sifatida ko‘rsatilishi vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirmaydi, aslo. Psixologiya fanlari nomzodi O.Yu. Drozdovning (Ukraina PFA G.S. Kostyuk nomidagi Psixologiya instituta) tadqiqotlari yoshlarning 58 foizi ko‘proq chet el filmlari teleqahramonlarining xulq-atvoridan nusxa olishga intilayotganini, 37,3 foizi esa, teleqahramonlarga taqlid qilib, umuman qonunga zid harakat sodir etishga tayyorligini ko‘rsatadi. Ayni mahalda, boevikdagi ijobiy qahramon salbiy qahramonga nisbatan o‘rtacha bir necha barobar ko‘proq odam o‘ldirishi ma’lum bo‘ladi (Rembo, Jazirama va boshqalarni yodga oling).
Do'stlaringiz bilan baham: |