Ommaviy madaniyat



Download 221,03 Kb.
bet1/14
Sana21.12.2022
Hajmi221,03 Kb.
#893694
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
11 mavzu “Ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashda milliy g‘oya va etnomadaniy


11-mavzu. “Ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashda milliy g‘oya va etnomadaniy qadriyatlarning o‘rni
Reja:
Tayanch tushunchalar: g‘oyaviy xuruj, individualizm, egotsentrizm, mafkura poligon, metodologiya, kommunikatsiya, sariq matbuot, mid, kitch, art.



  1. Mavzuning dolzarbligi va“Ommaviy madaniyat” tushunchasining mohiyati xususidagi qarashlar tahlili.

  2. Ommaviy madaniyat – mafkuraviy urush quroli sifatida. Yoshlar ongi - ommaviy madaniyat mafkurachilari nishoni.

  3. “Ommaviy madaniyat” ta’sirlaridan himoyalanishda milliy g‘oya va etnomadaniy qadriyatlarni roli.

Mamalakatimiz o‘z mustaqillikni erishgacha jahon hamjamiyatiga jadallik bilan integratsiyalasha boshladi. Natijada hamkorlik aloqalari kuchayib, barcha sohada, shu jumladan madaniyat va ma’naviyat sohasida ham harakat erkinligi yuzaga keldi. Bu esa, ijtimoiy hayotning muayyan sohalarida o‘ziga xos muammolar paydo bo‘lishiga ham olib keldi. Zero, Birinchi Prezidenti Islom Karimov qayd etganidek: “Biz yurtimizda yangi hayot asoslarini barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim. Ya’ni, kommunistik mafkura va uning axloq normalaridan voz kechilganidan so‘ng jamiyatda paydo bo‘lgan g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib chetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan “Ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligini unitmaslik kerak. Tabiiyki, “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidilar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi”1.


Yuqoridagi fikrlar dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, “Ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashda milliy g‘oya va etnomadaniy qadriyatlar roli oshirish, jamiyatimiz kishilari va ayniqsa yoshlar qalbi va ongini uning salbiy ta’sirlaridan himoyalashni kun tartibga qo‘ymoqda hamda uni ilmiy o‘rganishga ehtiyoj tug‘dirmoqda.
Qolaversa, “Ommaviy madaniyat”ning genezisi bilish hamda jamiyat taraqqiyotiga ta’sir rolini ilmiy tadqiq etish shuning uchun ham dolzarbki, bozor munosabatlari sharoitida jamiyat hayotining ko‘p tomonlarini tijoratlashuvi, ayniqsa badiiy va kundalik madaniyatida tutruqsiz, bema’ni, axloqqa zid jihatlar paydo bo‘lishini oldini olish muhim ahamiyatga egadir. Ayrim hollarda kishilar “Ommaviy madaniyat”ni ta’sirida qolib, uni dastiyoriga aylanayotganligi jamiyatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarli holatlarni oldini olishdek vazifalarni hal qilish kabilar mazmuni o‘rganishni dolzarb qilib qo‘ymoqda. Zero, Birinchi Prezident Islom Karimov qayd etganidek: “Hayot haqiqati shuni ko‘rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yo‘lida foydalanish mumkin2”. Yuzaga kelayotgan vaziyatning sotsiomadaniy amaliyot nuqtai nazaridan aql bovar qilmas jihati shundaki, yuksak saviyadagi jahon badiiy madaniyati yoyilishi uchun imkoniyat bag‘oyat kengayganiga qaramay, ommaviy iste’molchilar uni istifoda etishmayapti. Buning sababi, bizningcha ommaviy ongga saviyasiga nisbatan tuban bo‘lgan madaniyat mahsulotlari hamda taqlid uchun namunalar havola etayotganidadir. Ko‘pincha “tuban” estetikaga asoslanuvchi axborot vositalari dasturlarining mazmun yo‘nalishi ijtimoiy fikrga, kishilar hatti-harakatiga, dunyoqarash bilan bog‘liq jihatlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ayni paytida globallashuv jarayonlari ommaviy madaniyatni universal hodisaga aylantirib, uning keng tarqalishi uchun sharoit yaratmoqda va an’anaviy madaniy qadriyatlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
Ushbu mavzuga oid tadqiqotlarda “ommaviy madaniyat”ni yuzaga kelishi keng tahlil qilingan bo‘lsa, biz esa, uning xatarli tahdidilari bartaraf etish choralariga e’tibor qaratganmiz. Hozirgi paytda madaniyatni siyosiylashtirish bilan bog‘liq murakkab jarayon sodir bo‘layotganini qayd etib o‘tish lozim. G‘arbdagi ko‘p mamlakatlar uchun bu – odatiy hodisa: Yevropa va AQShda ommaviy madaniyat davlat apparati, shuningdek, qudratli transmilliy kompaniyalar tomonidan moliyaviy va iqtisodiy jihatdan qattiq qo‘llab-quvvatlanadi.
Bugungi kunda mafkuraviy kurash amalda Yer yuzining barcha nuqtalarida olib borilmoqda. Ommaviy madaniyat bu kurashda reaksion kuchlar va nosog‘lom mafkuralar tomonida turib ishtirok etmoqda. U o‘zining sinalgan usullari bilan aslida insoniyatning ko‘p asrlik madaniy tajribasiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan qadriyatlarni abadiylashtirishga urinmoqda. Binobarin, ommaviy madaniyat ta’sirini yetarlicha baholamaslik uni oddiy ko‘ngilochar ish, “ikkinchi nav san’at” tutruqsiz bema’ni bachkana hodisa deb hisoblash aslo to‘g‘ri emas. Umuman olganda yuqoridagilar mavzuni dolzarbligini belgilaydi. Ommaviy madaniyatning nazariy hamda konkret-tarixiy tahlili unga nisbatan choralarni ishlab chiqishga, xalqimizga xos madaniy qadriyatlarni asarab-avvaylashga, uning salbiy ta’siridan himoyalashga va bu borada milliy g‘oya va etnomadaniy qadriyatlarimiz rolini oshirishni taqozo qiladi.
Shu nuqtai nazardan, o‘rganilayotgan mavzuning dolzarbligi:
birinchidan, jamiyatimiz kishilar, yoshlar ma’naviy dunyosiga “Ommaviy madaniyat”ning g‘oyaviy va mafkuraviy ta’sirini funksional jihatlarini falsafiy tahlil qilish;
ikkinchidan, “Ommaviy madaniyat”ning sub’ektiv omil sifatidagi ta’sir oqibatlarini ilmiy asoslash;
uchinchidan, “Ommaviy madaniyat”ni jamiyat kishilari, yoshlar ma’naviy olamiga salbiy ta’sir doirasi ko‘lamini o‘rganish;
to‘rtinchidan, “Ommaviy madaniyat” xarakteri, qonuniyatlarini tahlil qilish;
beshinchidan, “Ommaviy madaniyat” tahdidii bilan bog‘liq muammolarni yechishida ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, milliy g‘oya va etnomadaniy qadryatlarni rolini ko‘rsatish;
oltinchidan, “Ommaviy madaniyat” tahdidi va unga qarshi kurashda milliy g‘oya va etnomadaniy qadriyatlar rolini oshirishning zamonaviy amaliy usullarini izlab topish zaruriyati bilan belgilanadi.

Download 221,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish