Ommaviy madaniyat


Ommaviy madaniyat hozirgi yoshlarga qanday qahramonlarni zo‘rlab qabul qildirmoqchi bo‘ladi?



Download 221,03 Kb.
bet8/14
Sana21.12.2022
Hajmi221,03 Kb.
#893694
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
11 mavzu “Ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashda milliy g‘oya va etnomadaniy

Ommaviy madaniyat hozirgi yoshlarga qanday qahramonlarni zo‘rlab qabul qildirmoqchi bo‘ladi? Bugungi kunda ommaviy madaniyat o‘z qahramonlariga ega. Chindan ham, ommaviy madaniyat qahramonlari qahramonlik ko‘rsatilmaydigan davrda, shuningdek, qahramonsiz muhitda yashab, faoliyat yuritishadi. Bular, odatda, axloqiy qoidalardan mahrum gangsterlar, politsiyachi detektivlar, josuslar, uddaburon qalloblar yoki “yovvoyi G‘arb”ni o‘zlashtirayotgan frontir kashshoflari yohud komikslar va komik «sayoz operalar»ning fantastik personajlaridirlar. Reklamada ularning nomlari tinmay takrorlanadi. Ular orasida Billi Kid ham, qudratli josus Jeyms Bond ham, romantik bosqinchilar Bonni va Klayd ham, har narsaga qodir Supermen, Spayder- men, Mushuk ayol va boshqalar.
Darvoqe, «ommaviy madaniyat» personajlarining ommalashganligi uzoqqa bormaydi. «Ommaviy madaniyat» davrida qahramonlar tezda yo‘qqa chiqadi, ularning o‘rnini «mashhurlar» egallaydi. Qahramon o‘z ishlari, xatti-harakati, yuksak maqsad yo‘lidagi xizmati bilan o‘zini o‘zi yaratgan. Mashhurlar esa reklama va ommaviy kommunikatsiya vositalari yordamida yaratiladi.
Ommaviy madaniyat qahramonlari aynan soddaligi tufayli yoshlarga hech bir to‘siqsiz ta’sir ko‘rsatadigan imijlar tizimi orqali yuzaga keltirilib, iste’molchilarga tiqishtiriladi.
Giyohvandlar muammosi - serqiyofa. Bu ofatning bizning jamiyatga kirib kelishi ham ommaviy madaniyat bosqinchiligi bilan bog‘liq.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda giyohvandlik kasaliga mubtalo bo‘lgan 70 million kishi bor ekan. Shu munosabat bilan, ekspertlar narkotik modda — genotsid quroli, aslida allaqachon boshlanib ketgan to‘rtinchi jahon urushining ta’sirchan quroli, degan fikrda yakdildirlar.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, giyohvand moddalarni asosan 12-25 yoshlilar iste’mol qilishar ekan. Binobarin, bu - giyohvand moddalarni tarqatish uchun maxsus tanlangan auditoriya yoshlar. Bolalarni maqsadli tanlash benihoya axloqsizlikdir. Biroq, marketing strategiyasi nuqtai nazaridan, u benuqson, chunki nima qilarini bilmay yurgan o‘smirlar son-sanoqsizdir. Axir, yoshlar yetarli bilimga va dunyo manzarasi haqida o‘z tajribasiga asoslangan tasavvurga ega emas-da31.
Shunday qilib, rejalashtirilgan narkotiklashtirish jarayonining asosiy nishoni - yosh avlod. Tadqiqotchilar giyohvandlik submadaniyatiniig yoshlar submadaniyati bilan qo‘shilib ketishiga alohida e’tibor qaratishmoqdalar. Bugungi kunda giyohvand moddalarni targ‘ib qilish, shu jumladan giyohvandlar submadaniyatini muayyan maqsadni ko‘zlab shakllantirish mafkuraviy qo‘poruvchilik va madaniy intervensiya shakli sifatida talqin qilinadi.
Bugungi kunda mavjud turli ijtimoiy tadqiqotlar giyohvand moddalar to‘g‘risidagi axborotni tarqatishda ommaviy axborot vositalari bosh rolni o‘ynashini, ya’ni o‘smirlarning 56,6 foizi giyohvand moddalar haqidagi dastlabki ma’lumotlarni aynan OAVdan olishini, 31,1 foizi - OAVdan axborot oladigan tengdoshlaridan olishini ishonch bilan ta’kidlash imkonini beradi32. 12 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan maqsadli auditoriyaga turli kanallardan kelib tushadigan axborot tadqiq etilganida qat’iy bir qonuniyat - barcha kommunikatsiya kanallari yoshlar auditoriyasiga mafkuraviy bo‘yoq berilgan mavzularning bir xilda majmuasini taqdim etishi ma’lum bo‘ladi. Bular:
1. Shahvoniy his-tuyg‘ular targ‘iboti. Shaxsiy muhabbat bilan bog‘liq jinsiy aloqa bo‘lgan seksni obro‘sizlantirish hamda seksdeviatsiyani: Fast Love (oniy qo‘shilish), parafiliya (buzuqlik), gomoseksualizm, o‘smirlarning shaxsiy emas, balki ko‘pchilik bo‘lib jinsiy aloqa qilish tajribasini ko‘ngilxushlik sifatida targ‘ib qilish.
2. Yoshlar modasi. Turli submadaniyatlar elementlari ham bo‘lgan, uyatga qo‘yuvchi, xijolatga soluvchi modani, umum qabul qilingan libosni buzuvchi «diskoteka uchun moda»ni, uniseks (jinslar o‘rtasidagi farqni aks ettirmaydigan uslubdagi kiyim)ni targ‘ib qilish.
3. Deviantlik (to‘g‘rii yo‘ldan ozish) va jinoyat. Taqiqni va umum qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini buzish (oshkora jinsiy aloqa, so‘kish va h.k.).

Download 221,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish