Ommaviy madaniyat


ommaviy madaniyat - mafkuraviy urush quroli sifatida namoyon bo‘lishi, unga qarshi kurashishni zarurligi



Download 221,03 Kb.
bet5/14
Sana21.12.2022
Hajmi221,03 Kb.
#893694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
11 mavzu “Ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashda milliy g‘oya va etnomadaniy

2.ommaviy madaniyat - mafkuraviy urush quroli sifatida namoyon bo‘lishi, unga qarshi kurashishni zarurligi
Yuqorida keltirganimizdek, “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar ham paydo bo‘ldi13.
Goho “Ommaviy madaniyat” ta’siriga tushib qolish oqibatida axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimaslik, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlarni vujudga kelishi nafaqat bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi, yoshlar tarbiyasiga balki keljak taqdirini jiddiy xavf ostida qoldirmoqda. Bunday xatarli xurujlarga qarshi kurashishda zamonlar sinovidan o‘tgan sharqona-o‘zbekona qadriyatlarimiz, ma’naviy – axloqiy fazilatlarimiz: or-nomus, uyat va andisha, sharmu hayo, ibo va iffat kabilar hamda milliy g‘oyamiz muhim ahamiyatga egadir. Ular bizga o‘zligimizni, ezgu maqsad-mudolarimizni, fazilatlarimizni anglatgan holda fikrga qarshi - fikr, g‘oyaga qarshi - g‘oya, jaholatga qarshi - ma’rifat bilan kurashlarda muhim omil bo‘ladi.
Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda mafkura poligonlari - yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuch-qudratga egadir. Buning kishini doimo ogoh bo‘lishga chorlovchi tomoni shundaki, agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo‘lsa, buni sezish, ko‘rish, oldini olish mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta’siri va oqibatlarini tezda ilg‘ab yetish nihoyatda qiyin masaladir. Zero, Birinchi Prezident I.A.Karimov keltirganidek: “Mana shunday vaziyatda odam o‘z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o‘tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, har turli ma’naviy tahdidlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi ta’siriga bardosh berishi amrimaholdir14.
Muxtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev keltirganlaridek, bu borada yana bir narsani unutmasligimiz kerak: “Agar ommaviy madaniyat tahdidi faqat chetdan - G‘arbdan kirib keladi, desak, qattiq adashamiz. Bu balo, afsuski, o‘zimizdan, o‘z oramizdan ham chiqishi mumkin. Men bu gaplarni osmondan olib aytayotganim yuq. Yurtimizda nashr etilayotgan ayrim gazeta-jurnallar, kitoblarni, suratga olinayotgan ba’zi klip va kinolarni, efirga berilayotgan qo‘shiq va raqslarni kuzatib, sog‘lom fikrlaydigan har qanday odam shunday xulosaga kelishi tabiiy. Eng yomoni, badiiy ijod sohasida jaholat ko‘rinishlari kuchayib bormoqda. Biz “jaholat” deganda odatda diniy jaholat, aqidaparastlikni tushunamiz. Lekin bugungi hayotiy jarayonlar jaholat hamma sohada ham uchrashi, agar unga qarshi o‘z vaqtida kurash olib borilmasa, o‘ta og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatmokda15.
Hozirgi dunyo - murakkab mafkuraviy ziddiyatlar dunyosidir. Globallashuv bir tomondan mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog‘lom fikrlaydigan har qanday odam ilg‘ashi qiyin emas.16. Buday xavf-xatalarni vujudga keltirishda “Ommaviy madaniyat” turi alohida rol o‘ynayotganligini ta’kidlash lozim.
Mafkuraviy urushlar haqida gap borganda, omma ongiga ta’sir ko‘rsatish orqali bo‘ladigan bunday ko‘rinmas urushlar ham davrlarda bo‘lganini ishonch hosil qilish mumkin. Mafkuraviy tahdidilardan ko‘zlangan asl maqsad biror bir mamlakatni iqtisodiy va siyosiy tanazzulga yuz tutitirishidan oldin millat axloqiy, ma’naviy jihatdan buzishga qaratilgan hatti-harakatdir. Buning uchun yolg‘on axborot, targ‘ibotlarni qo‘llash, axborot oqimidan g‘arazli niyatda foydalanish va boshqalar shular jumlasidandir.
Avvalgi mavzumizda keltirganimizdek, globallashuv sharoitida mafkuraviy kurashlar rivojlanishni yangi bosqichiga kirdi. Amerikalik siyosatshunos J. Nay davlatlar tashqi siyosatida “yumshoq kuch” ahamiyatli ta’sirchan ekanligi haqida to‘xtaladi. J. Nay “Qattiq kuch” deganda siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy qudrat bilan harbiy kuchni nazarda tutgan. “Yumshoq kuch”ni esa uch asosiy tarkibiy qism: madaniyat, siyosiy mafkura hamda tashqi siyosat bilan tavsiflagan.
“Yumshoq kuch - bu boshqalarni siz qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan natijalarni istashga majburlash”. Biroq bu “ta’sir ko‘rsatishning o‘zi emas. Yumshoq kuch - shunchaki ishontirish, ko‘ndirish yoki, garchi bular bari ushbu kuchning muhim elementlari bo‘lsa-da, dalil-isbotlar yordamida biron ishni qilishga undash qobiliyatidir. Yumshoq kuch, shuningdek, jalb etish qobiliyati hamdir, jalb etish esa, ko‘pincha o‘zaro tushunishga olib keladi. Oddiy qilib aytganda, xulq-atvor ma’nosida yumshoq kuch - jozibador kuch”17.
Z.Bjezinyokiy mashhur “Buyuk shohmot taxtasi” asarida jahonga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqchi bo‘layotgan kuchlarni to‘rt xususiyati: harbiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy qismlar bilan birga, madaniyatni ham ajratib ko‘rsatagan edi18.
Shu o‘rinda amerikalik taniqli sotsiolog va siyosatshunos D. Burstin so‘zlarini keltirib o‘tish zarur. “Biz, - deydi Burstin, - ehtimol, tarixda ommaviy ko‘lamda yaratilayotgan xalq (omma) madaniyatini markazlashtirilgan nazorat ostiga olgan birinchi millat bo‘lsak kerak”19. Uning yozishicha, AQShda “yuksak madaniyat” doimo markazlashuvdan xoli bo‘lgan, “ommaviy madaniyat” esa yuzaga kelgan davrdan boshlaboq qat’iy nazorat ostiga olingan. Agar Yevropada “ommaviy madaniyat” (uni xalq ko‘ngil ochadigan san’ati deb tushuniladigan bo‘lsa) doimo davlat va cherkov tomonidan nazorat qilinadigan rasmiy madaniyatga qarshi turgan bo‘lsa, AQShda “ommaviy madaniyat” avvalboshdanoq rasmiy va davlat siyosati g‘oyalari hamda stereotiplarini ifodalagan. “Ommaviy madaniyat” xuddi reklama kabi, targ‘ibot va manipulyatsiya uchun juda qulay mexanizmga aylandi.
Hozirgi madaniyat industriyasi erkinlik bilan emas, balki ijtimoiy buyurtma kuchlari ta’siri ostida rivojlanayotgani haqidagi nazariya ko‘plab zamonaviy faylasuflarni ommaviy madaniyatni salbiy baholashga undaydi. Faylasuflar hamda olimlar (F.Nisshe, M.Veber, N. Berdyaev, 3.Freyd, E.Fromm, K.Yung, J.Bentam, D.Rismen, F.Livis, D.Tompson, R.Vilyams, R.Xoggart) asarlarida “ommaviy madaniyat” ma’naviy erksizlikning eng yuqori ifodasi, inson shaxsining begonalashuvi hamda jabrlanishining ijtimoiy mexanizmi sifatida talqin qilinadi.
Shuni qayd etib o‘tish zarurki, ommaviy madaniyatni boshqarish metodi bo‘lgan ijtimoiy buyurtma barcha jamiyatlarda mavjud, biroq jamiyat tipiga qarab turlicha ish olib boradi.
Industrial davrida vujudga kelgan va XX asr boshida tugal shakllangan ommaviy madaniyat XX asr o‘rtalarida mafkuraviy kurashning chinakam quroliga aylandi. Hozirgi sharoitda axborot uzatishning texnik vositalari bilan moslashuvchanlik roli ortib xalqaro munosabatlar tizimiga ta’siri jiddiy ravishda ortib bormokda.
Shu munosabat bilan davlatlar o‘z siyosatida madaniyat sohasiga tobora ko‘proq e’tibor berishmokda hamda “tashqi siyosiy madaniyat” atamasini tez-tez istifoda etishmokda. Biron- bir davlatning tashqi madaniy siyosatidan ko‘zlangan asosiy maqsad boshqa xalqlarni o‘z madaniy qadriyatlari bilan tanishtirish orqali xorijda davlatning pozitiv qiyofasini shakllantirishdan, shuningdek, xalqlar o‘rtasida madaniyatlararo ta’sir hamda o‘zaro tushunish jarayonini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat. Bundan tashqari, tashqi madaniy siyosatning farqli xususiyatlaridan biri davlatning madaniyatini biron-bir hajmda “eksport” qilishdir.
Bundan tashqari, tashqi madaniy siyosat o‘zining qudratli mafkuraviy zamini bilan milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish va ular uchun kurashish vositasi sifatida davlatga juda ta’sirchan qurol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bunday holatda agressiv madaniy siyosat haqida gap yuritish rasm bo‘lgan. Agressiv madaniy siyosatning quyidagi asosiy xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:

  1. Rivojlangan mamlakatlar madaniy andazalarini rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chirish.

  2. Bir milliy madaniyatni boshqa mamlakatlar milliy o‘ziga xosligiga tahdidi soluvchi universal va hukmron madaniyat sifatida qaror toptirish.

  3. Madaniyatdan siyosiy maqsadlarga erishish, mafkuraviy targ‘ibot hamda ijobiy imij orttirish uchun foydalanishga intilish.

  4. Madaniyat industriyasini global ko‘lamda nazorat qilishga intilayotgan transmilliy monopoliyalarga bo‘ysundirish.

  5. Madaniy almashuvni madaniy bosqinchilikka, axborot almashuvni bir tomonlama axborot oqimiga aylantirish, madaniy bozorlarni egallash, “madaniy djingoizm”.

Ommaviy madaniyatni eksport qilish deganda, ommaviy madaniyatning nazorat qilinmaydigan, ommaviy axborot vositalari yordamida sayyoraning barcha burchaklarigacha yoyilishi tushuniladi. Uning ta’siri sayyoraning katta qismida kuzatilayotgani haqidagi dalilni rad etib bo‘lmaydi. Biroq, uni hamma joyda ham qabul qilinavermaydi.
Madaniy siyosatni yurituvchi eng qudratli vositalardan biri kinematografiyadir. Bu tasodifiy emas. Kino inson ongi va xulqiga ta’sir ko‘rsatishda o‘ziga xos uslublari va imkoniyatlariga ega. Bunday ta’sirning natijalarini kishilarning mashhur kinoqahramonlarga taqlid qilishlarida, ularning xatti-harakatlari, qiliqlari va hatto kiyinishlarini takrorlashga intilishlarida ko‘rishimiz mumkin. O‘z davrida mashhur bo‘lgan “Tarzan” va “Fantomas” filmlari qahramonlariga taqlidan ularning xatti-harakatlarini takrorlamoqchi bo‘lgan ko‘plab kishilar halok bo‘lgani esa, bunday ta’sir hamma vaqt ham ijobiy emasligini ko‘rsatadi. Mafkuraviy globallashuv sharoitida ulkan industriyaga aylanib ulgurgan kinematografiya inson ongi va qalbi uchun kurashning muhim bo‘g‘iniga aylandi”20.
Kino tomoshabin tasavvurida olamning xayoliy manzarasini juda ideallashtirib yaratadi. Kino muallif niyatiga muvofiq tomoshabinda biron-bir personajning tarixdagi haqiqiy rolidan qati nazar, uning “adolatliligi” hamda axloqan haqligi tuyg‘usini o‘z-o‘zidan hosil qila oladi. Bunda kishiga targ‘ibot ta’siri yashirin ravishda, emotsional darajada, ong nazoratidan tashqarida yuz beradi. Bu holatda hech qanaqa oqilona qarshi dalil-isbotlar ish bermaydi. Kino tomoshabin fikrini o‘zi kutgan tomonga o‘zgartirib yuboradi.
Bundan tashqari, kinolarni o‘ziga xosligi ham bor. Masalan, Amerika kinosining farqli xususiyati obrazlarning - bir qolipdaligidir. Buni amerikalik sotsiolog U. Lippman “Ijtimoiy fikr” tadqiqotida stereotipni oddiy ongning voqelikni soddalashtirishga va bir sxemaga solishga intiluvchi hodisasi sifatida ta’riflaydi. “Stereotip” so‘zining o‘zi lotincha “stereo” – “qattiq”, “barqaror”, “o‘zgarmas” so‘zidan kelib chiqqan. Shunday qilib, stereotiplar - baholash va fikr yuritish normalariga aylangan xurofotdir.
So‘nggi vaqtlarda yuzaga kelgan an’anaga ko‘ra, arablar va amerikalik arablar kinoda, ehtimol, eng jirkanch hamda pastkash qiyofa kasb etishmoqda. Odatda, ular badkirdorning, mutaassib terrorchi yoki fosiq neft sohibining eng yaxshi varianta hisoblanadi. Muhimi, bu toifa salbiy obrazlar ijobiy obrazlar bilan tenglashtirilmaydi, bu esa ushbu etnik guruhning obro‘si tushishiga olib keladi. Kinematografiyada bunday ahvol so‘nggi o‘n yillarda xalqaro terrorizmga qarshi avj olgan urush bilan bog‘liq bo‘lib, unda go‘yoki asosiy rolni arab mamlakatlaridan chiqqan shaxslar o‘ynaydi. Bu hol terrorizmga qarshi koalitsiya ishtirokchilari bo‘lgan mamlakatlar kinematografchilari oldiga arablar qiyofasida dushman obrazini yaratishdan iborat aniq-tiniq vazifani qo‘yadi. Ular esa bu vazifani muvaffaqiyat bilan uddalashmoqda21.
Sovuq urush davrida Sharq bilan G‘arb kurashi mavzuidagi filmlarda kinematografiyadan dushman obrazini shakllantirishda foydalanish tamoyili juda aniq ko‘rindi. Bunday filmlarda amerikacha va sovetcha qadriyatlardan “iborat” andazalar kurashi boradi. Agar Gollivudda yaratilgan filmlarda amerikaliklar g‘olib chiqsa, sovet kinematografiyasida aksincha manzara ko‘zga tashlanadi.
AQShda hukmron elita kinematografiyaning butun targ‘ibotchilik salohiyatini darhol anglab oldi. Masalan, AQSh Davlat departamenta bir tahliliy maktubni e’lon qildi. Unda aytilishicha: “Amerika filmlari yaxshi niyatlar elchisi bo‘lib, soliq to‘lovchilarga ularning bir sentlik ham og‘irligi tushmaydi. Ular jahon ahliga amerikacha turmush tarzini tushuntirib beradi, bu esa siyosiy, madaniy va tijorat nuqtai nazaridan bebaho ishdir”. Shu vaqtdan boshlab Gollivud Amerikaning targ‘ibot maqsadlariga erishish yo‘lida uning siyosatining qudratli va ishonchli quroliga aylandi22.
Bu, ayniqsa, 1980 yillarda Amerikada juda ommalashib ketgan Vetnamdagi urushdan keyin yaratilgan filmlarda yaqqol ko‘rinadi. AQShning Vetnamga qarshi olib borgan urushdagi mag‘lubiyati aholi orasida o‘z rahbariyatining siyosatidan norozilik tug‘dirdi. Shu bois bunday filmlarning paydo bo‘lishi muhim ijtimoiy muammolar hamda yaqin o‘tmishdagi tarixni “qayta yozish, urushni boshqacha hal etish” hamda AQShning qudrati va axloqiy ustunligiga darz ketgan ishonchning o‘rnini ekranda namoyon bo‘ladigan qahramonlar jasorati hisobiga to‘ldirish bilan asoslandi. “Rembo, Dastlabki to‘kilgan qon” (1985) va “Qora yo‘lbarslar” (1978) o‘z janri bo‘yicha kult darajasidagi filmlardir. Ularning syujeti o‘xshash: bosh qahramon o‘n yillar o‘tgach, avvalgi Amerika hukumati “sotgan” o‘z jangovar o‘rtoqlarini asirlikdan qutqarish uchun Vetnamga qaytib boradi. Bu filmlarda vetnamliklar obrazi iblislarcha tasvirlangan, shu bois amerikalik harbiy asirlarni qutqarish jarayonida ularning qirib yuborilishi go‘yo adolat tantanasidek ko‘rinadi. Umuman olganda, bu kartinalarning mafkuraviy vazifasi Reygan davri qadriyatlarini qayta baholash boshlanganini namoyish etadi.
Ijtimoiylashuv vositalaridan biri bo‘lgan televidenie barcha yoshdagi va ijtimoiy toifadagi kishilar taqlid qilishga moyil bo‘lgan xulq-atvor namunalarini belgilab beradi. Bu hol televidenieni ijtimoiy boshqaruv hamda turli ijtimoiy normalarni shakllantirishning qudratli quroliga aylantiradi. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, bugungi kunda ko‘pchilik kishilar faqat ommaviy kommunikatsiya vositalari, jumladan, televizion qahramonlar obrazlari tufayli ham bilim va tajribaga ega bo‘lishmoqda, xulq-atvor namunalarini, etikaviy hamda axloqiy normalarni o‘zlashtirishmokda. “Teleekran juda muhim axborot manbaiga aylanayotgan ekan, - deb yozadi Oberreyter, - bilimdonlik hissiga ega bo‘lish uchun o‘qish va yozishni o‘rganish shart emas. Va bu hisni turli-tuman kechinmalar, ularning harakatlanayotgan suratlar vositasida yengil va sodda tasvirlanayotgani rag‘batlantiradi”23.
Boshqacha aytganda, tomoshabinlar seriallardan tayyor xulq-atvor modellarini olishadi, teleqahramonlar ularga yangicha hoyu havaslarni singdirishadi, kasb- kor, moda, atrofdagilar bilan muloqotga kirishish uslubi bo‘yicha tasavvurlarni shakllantirishadi. Shu tariqa, serial - kishilarni hayotni “mustaqil o‘rganish”ga yetaklovchi vosita bo‘lib, tomoshabin undan syujet mavzulari hamda televizion qahramonlar xatti-harakati orqali beriladigan maslahatlar va turli axborot oladi.
Hozirgi zamonda ommaviy ongni boshqaruvchilar televidenie sharofati bilan qanday samaralarga erishish mumkinligini yaxshi tushunib qolishdi. Shuning uchun ham hozirgi televidenie ekranlariga bir olmaning ikki pallasidek o‘xshaydigan teleseriallar tobora ko‘proq chiqarilmokda. “Odamlar oilaviy hayotni tasvirlovchi teleseriallarni jon-jon deb ko‘rishadi, - degandi taniqli nemis kinorejissyori R. Fassbinder. Shu munosabat bilan shunday serialda ishtirok etadigan oila ularning xonadoniga muntazam tashrif buyuradi, tomoshabin tez orada o‘sha oilaning hayot yo‘lini yaxshi tushunib oladi. Shu lahzadan boshlab teleserial mazmuniga siyosiy bo‘yoq baxsh etish mumkin va tomoshabinlar o‘z idroklarida uning personajlarining sodda, tor ko‘lamda mulohaza yuritishlaridan foydalana boshlashadi”24.
Ommaviy madaniyat kishilar hayotining turli tomonlarini o‘ziga bo‘ysundirib, zamonaviy jamiyat kishilarining turmush tarzi va uslubini shakllantirib, ijtimoiy muammolar hamda antagonizmlarni anglash yo‘lida kuchli to‘siqqa aylanadi.
Ommaviy madaniyat mahsuloti insonni voqelikdan har tomonlama chalg‘itadi, uning intellektini zanjirga soladi, muammoli narsalar o‘rniga qiziqarli narsalarni taqdim etadi. Ommaviy kommunikatsiya vositalarining ko‘ngilochar dasturlarga katta o‘rin berishi ko‘proq shu holat bilan izohlanadi. Umuman olganda, ommaviy madaniyat har qanday yuksak madaniy qadriyat, axloq-odob qoidalarini tan olishdan bosh tortadi.
Ommaviy madaniyatning bir ko‘rinishi bu reklamadir. Reklama - lotin tilidan olingan ibora bo‘lib, “baqirish, jar solish” degan ma’noni anglatadi. Eng qadimiy reklama matni toshda yozib qoldirilib, arxeologlar tomonidan topilgan: “Men, Krit orolilik Rino, xudoning irodasi bilan tush ta’birini ayta olaman”, - reklamasi 2500 yil muqaddam bitilgan ekan.
Reklama sohasidagi ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, uning asosiy maqsadi - xalq ommasining ongiga kirib borib, uni ma’lum tomonga o‘zgartirish, agar u tovar reklamasida bo‘lsa, ushbu tovarning xarid qilinishiga erishish, agarda u ijtimoiy yo‘naltirilgan bo‘lsa, xalq ommasini o‘z mavzusi yo‘nalishida harakat qildirishdir25. Ayniqsa, jahonda reklama bilan bog‘liq mashhur “AIDA” formulasining mazmuni quyidagichadir: Attention (diqqat) - e’tiborni jalb etish; Interest (qiziqish) - qiziqtira olish; Desire (xohish) - xohish, istak uyg‘otish;
Reklama hayotimizning deyarli barcha sohalarini shu tarzda, asta-sekin qamrab oldi. Hatto, siyosat ham millionlar uchun kundalik reklamali shouga aylanib qoldi. Reklama yordamida “ommaviy madaniyat” biron-bir mamlakat ichidagina emas, balki global miqyosda ham tarqaladiki, bu holat bizning tadqiqot uchun, ayniqsa, muhim. A.Meyerxof o‘zining “Ishontirish strategiyasi” kitobida ta’kidlaganidek, “amerikaliklar professional reklama metodlaridan mutlaqo yangicha foydalanib, chegaradan tashqarida tashqi siyosiy urushda g‘olib chiqishi mumkin”26. Shu maqsadda transmilliy reklama agentliklari ochilmokda, ular ulkan moddiy mablag‘larni, mutaxassislar: psixologlar, sotsiologlar, dizaynchilar, rassomlarning keng miqyosdagi apparatini o‘zida jamlamoqda. Shunday qilib, AQShda reklama industriyasi alohida rivoj topdi, natijada u nafaqat “ommaviy madaniyat” bilan, balki tijorat, siyosat, targ‘ibot, jamoatchilik fikrini shakllantirish bilan qo‘shilib ketdi.
Shu munosabat bilan jahon jamoatchiligi reklama butun dunyoda ijtimoiy ongga ko‘rsatayotgan ta’sirdan allaqachon tashvishga tushib qolgan. XX asrning 70-yillaridayoq YuNESKO doirasida Sh.Makbrayd boshchiligida hozirgi dunyoda axborotning ta’siri masalalari bo‘yicha komissiya tuzilgandi. Makbrayd komissiyasi tayyorlagan ma’ruzasida reklamani foydali, yaxshi tomonlari bilan birga, kishilarga yot axloqiy qadriyatlarni tiqishtiradi, butun bir turmush tarzini va uslubini buzishga qodir kuch sifatida voqe’ bo‘ladi, degan xulosa ham chiqarilgan. Reklama qo‘l yetmas narsalarga egalikni ko‘pchilik uchun umumahamiyatli normaga aylantirib, psixikaga jarohat yetkazishga, kamsitilganlik, norasolik hissini hosil qilishga qodirdir.
Makbrayd komissiyasining tashvishi juda asosli. Rivojlanayotgan mamlakatlar, masalan, Lotin Amerikasi mamlakatlari teleko‘rsatuvlarining umumiy hajmida reklamaning hissasi ko‘pincha industrial rivojlangan mamlakatlardan ancha ko‘p. Ya’ni, bu haqiqiy turmush darajasiga teskari nisbatdadir. Ayni mahalda, ko‘pincha amerika tovarlari, mahalliy xususiyatlarga moslab bo‘lsa-da, reklama qilinadi. Bunda reklama ommaviy ongga o‘z idealini - buyumni cheksiz iste’mol qilish inson hayotining pirovard maqsadi ekanligini kundan-kun singdirib boradi.
D. Burstinning “Imij” asarida reklama biznesi juda qattiq fosh etildi. “Biz o‘z haqimizda yaratgan imijlarni butun jahon bo‘ylab yoyib, o‘zimiz ham unga ishonib qoldik”. O‘zini o‘z reklama imiji bilan aynanlashtirgan hamda qolgan dunyo ulardan faqat minnatdor bo‘lishi lozim, deb hisoblaydigan amerikaliklarning bolalarcha soddaligi Burstinni hayratga soladi27.
Sirasini aytganda, inson psixikasining ongsiz taraflariga ta’sir ko‘rsatuvchi imijdir. Imijning ommaviy ongga ta’sir etish kuchiga shubha qilganlar uchun kichkina bir misol keltirish mumkin. XX asrning 60-yillari o‘rtalarida ko‘proq Tviggi (“Noziknihol”) jahondagi qizlar uchun sajda va taqlid qilish namunasi bo‘lib qolgandi.
Bo‘yi 173 sm bo‘lgani holda, vazni 27 kg bo‘lgan qiltiriq qiz qaddi-qomati o‘g‘il bolalarniki kabi bo‘lgan ayollarni modaga olib kirdiki, keyingi bir necha o‘n yil ichida bu moda chinakam go‘zallikning so‘zsiz alomati bo‘lib qoldi. Dizaynchilar o‘z manekenchilarining parametrlarini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqa boshlashdi. Butun jahonda qizlar Tviggiga o‘xshash uchun shafqatsiz parhezga o‘tib olib, ochlikdan hushdan keta boshlashdi. Shundan so‘ng tez orada bu paytgacha ma’lum bo‘lmagan kasallik - anoreksiya jahonda muzaffar yurishini boshladi. Bir vaqtlar kishilar ovqat yo‘qligi tufayli ochlikdan o‘lgan bo‘lishsa, XX asr o‘rtalaridan yosh qiz-juvonlar o‘zlari istagan «barkamollikka» intilib, ovqatdan voz kechib o‘la boshlashdi. Anoreksiya jismoniy emas, psixologik kasallik ekanligi bugungi kunda mutaxassislarga mutlaqo ma’lum. Aks holda, bo‘yi 173 sm va vazni bor-yo‘g‘i 27 kg bo‘lgan xasta qiz o‘zini to‘la deb hisoblashini nima bilan izohlash mumkin? Hozir rivojlangan mamlakatlarda 12 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan 100 nafar qizdan 2 tasi anoreksiyadan azob chekmoqda, vaholanki, bor-yo‘g‘i o‘n yil ilgari anoreksiyadan o‘lish statistikasi bugungi kundagiga nisbatan 4 baravar kam edi. Lekin hozir anoreksiyadan o‘lganlar sonini turli halokatlar - suv toshqini, zilzila, yong‘in va yo‘l-transport hodisalaridan o‘lganlar soni bilan mutlaqo taqqoslasa bo‘ladi. Vaholanki, hammasi noziknihol qizning soddagina imijidan boshlanib, u ommaviy madaniyat vositalari orqali millionlab kishilarga yuqtirildi.
Yuqorida tavsiflangan ommaviy ongga ta’sir etish mexanizmlarining bu qadar yuqori samaradorligi butun hayotiga ommaviy kommunikatsiya vositalari singib ketgan hozirgi zamon jamiyatidagina mumkin bo‘lganligini sezish qiyin emas. Shunday qilib, inson psixikasi ishontirishga moyil ekanligi ma’lum bo‘lgach, axborot targ‘ibot va tashviqot shaklida kishilarni boshqarish vositasiga aylandi. AQShning sobiq prezidenta, marhum Richard Nikson “Axborot va targ‘ibot uchun sarflangan 1 dollarni qurol-yarog‘ tizimini yaratishga sarflangan 10 dollardan qimmatliroq deb hisoblashini, chunki axborot har soatda har qaerda ishlashini, qurol-yarog‘ tizimi qachondir ishga solinadimi-yo‘qmi, noma’lumligini aytgandi”28.
Biror yovuz maqsadni ko‘zlagan ko‘chlar o‘z mudosiga yetmoq uchun ommaga turli mish-mishlar tarqatadi. Mish-mishlar ko‘pincha OAV orqali emas, balki OKV kanallari orqali tarqatiladi. Mish-mishlar omma ongini boshqaruvchi juda kuchli vosita hisoblanadi, shu bois ulardan manipulyativ texnologiyalarda yoki manipulyatorlar uchun zarur bo‘lgan qandaydir ko‘rsatmalarni qisqa vaqt ichida omma ongiga singdirish zarur bo‘lganda axborot-psixologik urush deb atalmish ishda foydalaniladi.
Mish-mish syujeti hamda ekspressiv xususiyatga ko‘ra, “qo‘rqituvchi mish-mish” va “agressiv mish-mish” deb belgilanadi. Ma’lumki, mish-mishlar mafkuraviy urush metodlaridandir. Mish-mishlar yordamida jamoatchilik fikrini o‘zgartirib, uni manipulyatorlar uchun zarur bo‘lgan o‘zanda shakllantirish mumkinligidan kelib chiqilsa, u ancha dahshatli qurol bo‘lib chiqadi29.
Avvalgi mavzumizda keltirganimizdek, “Ommaviy madaniyat” mafkuraviy urush quroli sifatida bir necha prinsip asosida ish olib boradi:
1. Har qanday asar maqsadli qurilgan strukturadan iborat. Har qanday san’at asari qandaydir tuzoqdir: kishi unga ilinishi, muayyan emotsional va energetik burilishni his etishi va boshqacha holatga chiqishi lozim. Buzg‘unchi madaniyat kishini poklanishga olib kelmaydi, balki juda kuchli buzg‘unchilik kechinmasini keltirib chiqaradi. U taqdim etiladigan mushtlashuv, zo‘rlik, quvish kabi sahnalari kishi ma’naviy-ruhiy olamiga o‘zining albatta, salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.
2. Tasvir materialini almashtirib qo‘yish. Hozirgi tomoshabin zo‘ravonlik sahnalarini bir kecha-kunduzda yuz martadan ziyod ko‘rishi yoki ular haqida eshitishi hisoblab chiqilgan. Inson ta’sirchanlik bo‘sag‘asidan bir necha bor o‘tar ekan, emotsional jihatdan gangib qoladi, uning hissiyoti tugab bitadi, tabiiy hamdardlik hissini yo‘qotadi, jonli munosabat tuyg‘usidan judo bo‘ladi. Natijada u yovuzlik ko‘rinishlariga nisbatan mutlaqo loqayd ham bo‘lib qoladi. Shunday qilib, buzg‘unchi madaniyatning mohiyati o‘limga chorlash, hayotni bemazmun va qadrsiz qilib qo‘yish, o‘limni ko‘plab, befarq ko‘paytirishgina emas, balki bu g‘oyani singdirishdir.
4. Patologik tasavvur, nosog‘lom xayolot. Gallyusinatsiya, alahsirash aralash kechinmalarni eslatuvchi son-sanoqsiz xayolot namoyish etiladi, kishilar og‘ir ruhiy patologiyaga holatlarni kechirishga majbur etiladi.
5. Muqaddas tutiladigan narsalarning yo‘qligi. Ommaviy madaniyat insonni-inson qilib turgan, juda nozik va maxfiy barcha sirlar pardasini ochib tashlaydi. Barcha narsaning ochiq-oydinligi va ulardan bahramand bo‘lish mumkinligi behayolikka olib keladi. Behayolik yonidan esa, axloqsizlik joy oladi. Kuchli, ya’ni g‘olib odam amalga oshirayotgan ish yaxshi hisoblanadi. Shuning uchun shok elementi ko‘pincha xiyonatning g‘alabasini namoyish etishga asoslanadi. Xoinlik madh etiladi - eng dahshatli yirtqichga aylangan haq hisoblanadi. Ushbu madaniyatning yana bir xususiyati - shahvoniylik va inson hayotining intim tomonlarini muntazam oshkora namoyish etish.
6. Ommaviy madaniyatning yana bir xususiyati - mexanistiklik. Undagi bironta ham asar yagona, noyob va betakror, uzviy yetilgan emas. Chunki ijodkor ommaviy didni qondirish uchun jangari filmlar, seriallar va boshqalarni suratga olishga oshiqadi. Didi, saviyasi past mahsulot bilan shakllantirilgan ommaviy odam, o‘z navbatida, individual ishni emas, balki yemirilayotgan ongdagi ma’lum nuqtalarga zarba beradigan yangi kombinatsiyalar, taniqli bloklarni kutadi. Hayotga, kishilarga munosabatning soddalashishi, yuksak tuyg‘ulardan voz kechish, yuksak kechinmalar ustidan kulish ommaviy madaniyatning mexanistikligi oqibati sifatida namoyon bo‘ladi. Mexanistik madaniyatga voyaga yetgan inson ongining murakkab tuzilmalari kerak bo‘lmay qoldi. Intellektual soddalashuv, yuz berdi. Shu bilan birga, ommaviy ongga intellektualizmga, aqlli, ma’lumotli kishilarga ishonchsizlik singdiriladi.
7. Ommaviy madaniyatning jamiyatga ta’sirining yana bir jihati bu - avlodlar o‘rtasidagi aloqaning uzilishi. Ommaviy madaniyat ko‘pincha o‘smir bilan uning ota-onasini bir-biriga qarshi ko‘yadi. Bu bilan o‘smirlar nigilizmini qo‘llab-kuvvatlash foydasiga ish olib boradi.
Unda namoyish etilayotgan qayerdagi tengdoshini bekam-kust yengil hayoti, kimmatbaho narsalari, kiyim- kechagi, poyabzali, o‘yinchoqlargacha yoshlarni ishtahasini qitiqlashga qaratilgan bo‘lib, bu o‘smir oilasining iqtisodiy ahvoliga zid bo‘lib, o‘smirni kiyintirishga emas, uning sotsiumdagi o‘rnini sotib olib berishga qilinadigan xarajatlarining eng kattasidir. Buni uddasidan iqtisodiy jihatdan chiqa olmagan byudjetchi ota-onalariga, ziyoliylarga nisbatan o‘smirda dushmanlik pozitsiyasi vujudga keltiriladi. Bu etnosning tabiiy ma’naviy an’analar buzilishiga, ma’lumotli, insofli kishilarning o‘g‘li yoki qizi bo‘lish foydasiz va nufuzsiz bo‘lgan avlodlarning intellektual vorisiyligiga to‘siq bo‘ladi.

Download 221,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish