Muammoning o‘rganilganlik darajasi. “Ommaviy madaniyat” tahdidi va unga qarshi kurashning zamonaviy usul-vositalarini o‘rganish masalalari mustaqillik yillarida amalga oshirilmoqda. Bu borada fikr yuritganimizda “Ommaviy madaniyat” tahdidi va unga qarshi kurashning zamonaviy usul-vositalarini o‘rganish bilan bog‘liq falsafiy-metodologik masalalar: Sh.Dehqonov, Yo‘ldoshev M., B.Umarov, A.Suyunov 3 kabilarning asarlarida mavzuni ma’lum darajada tahlil qilingan.
Mavzu yondoshimizda avvalo, Muxtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev, Birinchi Prezident I.A.Karimov hamda soha olimlari Abdurahim Erkaev, Sadulla Otamurodov, Shuhrat G‘oyibnazarov, Muhammad Amin Yahyo, Olim Toshboev, Abdug‘afur Rasulov, Ableev S.R., Kuzminskaya S.I.4 kabilarni asarlari va maqolalarida ilgari surilgan bu boradagi ilmiy fikrlar muhim ahamiyatga egadir. Biz mavzuni yoritishda ulardan ijodiy foydalanamiz.
Mavzuga oid ilmiy tadqiqotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgacha “Ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashda Milliy g‘oya va etnomadaniy qadriyatlarning o‘rni alohida tadqiqot mavzusi sifatida o‘rganilmagan.
Albatta jahonda va uning ajralmas qismi bo‘lga bizda ham ommaviy madaniyatga turlicha ta’riflar, yondoshuvlar mavjud. Chop etilgan maqola va risolalarda uning ko‘pqirrali fenomni yoritilmoqda, turlicha munosabatlar bildirilmoqda. Masalan: Falsafa qomusiy lug‘atida: “Ommaviy madaniyat – madaniyat mavjudligining murakkab, hamma vaqt bir xil talqin qilinmaydigan o‘ziga xos shakli. Ommaviy madaniyatni G‘arb madaniyati bilan bog‘liq hodisa deb tushunish, shuningdek, uni g‘oyasizlik, sifatsizlik va didsizlik namunasi sifatida baholash keng tarqalgan”5, - deb ta’riflanadi.
Faylasuf olim A.Erkaev: “Ommaviy madaniyat dunyoda juda tez va keng tarqaldi. Ommaviy madaniyatda ba’zi bir ijobiy jihatlar bilan bir qatorda salbiy jihatlar ham ko‘p.Ommaviy madaniyat insonni barcha sohalarda, madaniyat va dam olish, bo‘sh vaqtni tashkil qilish borasida ham individualligini yo‘qotgan iste’molchiga aylantirib qo‘yadi. Uning iste’mol qilayotgan ma’naviy-madaniy mahsulotlari, san’at asarlari esa standartlashgan milliy qiyofasiz tovarga aylanadi. Ommaviy madaniyat niqobi ostida vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan turli ijtimoiy harakatlar va guruhlar (xippilar, panklar, rokerlar hamda geylar (besoqollar) harakati antiglobalistlar va sh. k.), fahsh va zo‘ravonlikni, vampirlik va jodugarlikni targ‘ib qiluvchi filmlar, ochiqchasiga pornografik sahnalardan iborat kassetalar, disklar va boshqalar ta’siri esa inson shaxsini yemirishga, jamiyatni degumanizatsiya qilishga olib keladi. Bunday sharoitda yosh avlodni, milliy madaniyatni qanday himoya qilish kerak, degan masalaning o‘zi jiddiy siyosiy, ma’naviy va ilmiy muammoga aylanadi”6, - deb haqli ravishda e’tirof etadi.
O‘zbek tili izohli lug‘atida: Ommaviy madaniyatga “Omma o‘rtasida o‘tkaziladigan madaniy ishlarga oid, shunday ishlarni amalga oshiradigan”7,-degan bir izohni o‘qiymiz.
Umumlashtirib aytganda ommaviy madaniyatga ikki xil yondashuv ko‘zga tashlanadi: Birinchisi; miqdoriy yondoshuv. Bunga ommaviy kommunikatsiya vositalari orqali uzatiladigan barcha narsaga ommaviy madaniyat sifatida qarash taklif qilinadi. Bunda tarqatilayotgan narsaning sifati emas, balki ommaviy kommunikatsiya vositalari yordamida erishiladigan ommaviylik asosiy mezondir. Bunda bir narsni hisobga olish zarurki, ommaviy madaniyat ekspertlari azaldan «tuban» deb ta’riflaydigan narsagina emas, shu bilan birga mashhur yozuvchining ommabop haftanomada e’lon qilingan hikoyasi ham, faylasufning cho‘ntakbop shaklda ko‘p nusxada chiqarilgan kitobi ham, opera qo‘shiqchisining radio va televidenie orqali beriladigan konserti kabilar ham bunda bo‘ladi. Shu bois bu yondoshuvni to‘liq deb bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |