Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sadulla Avezbayev, Otabek Sadullayevich Avezbayev geoma’lumotlar bazasi va arxitekturasi



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/131
Sana15.04.2022
Hajmi2,63 Mb.
#554310
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   131
Bog'liq
V8xRJw0Jh3k7eLLeXMnEoXt9RMkgC0PCmuG8XA08

chiziqli koordinatalar tizimi
deb ataladi. Bunday o‘lchov tizimlarida 
hodisalar koordinatalarini topish jarayonini 
dinamik segmentatsiya
deb ham 
atashadi. Chiziqli o‘lchovlar koordinatalari shunday tizimlarni qurish uchun 
bloklarni shakllantiradi. ArcGIS da chiziqli bog‘lanishni amalga oshirishda, 
«marshrut (yo‘nalish)» termini istalgan chiziqli obyektga, masalan, shahar 
ko‘chasiga, shosse, daryo yoki quvur singari noyob identifikatorga va har bir 
chiziqli obyekt bo‘ylab umumiy o‘lchov tizimiga ega chiziqli obyektga tayanadi 
(3.11-rasm). 
3.11-rasm
.O‘lchov birligiga ega chiziqli obyektlar va noyob identifikatorlarning 
atribut jadvalidagi ko‘rinishi 


74 
3.5. Geoma’lumotlar bazasi loyihalari uchun Yagona modellashtirish tili 
modellari 
ArcGIS dasturi geomaʼlumotlar bazasini loyihalash uchun modellarni 
Yagona modellashtirish tilida(Unified Modeling Language (UML)) import qilishga 
yordam beradigan CASE uskunalaridan foydalanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo 
UML tilida modellashtirilganda munosabatlar va geografik maʼlumotlarning to‘liq 
barcha turlari qo‘llab-quvvatlanmaydi. UML ning geomaʼlumotlar bazasi 
sxemasining relatsiontamoyillarini hujjatlashtirishda (masalan, jadval tarkibi va 
ular o‘rtasidagi munosabatlar) juda qulay qurolligiga qaramasdan, qoidaga asosan, 
geomaʼlumotlar bazasini loyihalash jarayonida faqat birgina UML tilidan 
foydalanish tavsiya etilmaydi. 
UML tili relatsionmaʼlumotlar bazasini loyihalashda (masalan, asosan 
fazoviy obyektlar sinflaridan, atribut jadvallaridan va geomaʼlumotlar bazasining 
bir qancha boshqa elementlaridan tashkil topgan tizimni yaratishda) juda qulay 
bo‘lishi mumkin. Ammo UML tili, odatda, kengaytirilgan geografik, fazoviy, 
topologiya, tarmoqlar, relyefmaʼlumotlari to‘plami, rastr kataloglari, kartografik 
qatlamlar, kartografik shartli belgilar, metamaʼlumotlari, kartografik tasvir, 
semantik sinflarga ajratish, manzil lokatorlari, kadastr maʼlumotlari to‘plami, 
chiziqli koordinatalar tizimi va geoishlov berish modellarini tavsiflashning 
kengaytirilgan modellarini loyihalashda unchalik qulay sanalmaydi. Ushbu 
maʼlumotlar elementlari fazoviy harakat va fazoviy aloqalar modellarini aniqlash 
uchun ishlatiladi. 
Bunday kengaytirilgan geomaʼlumotlar bazasi modellarining katta qismini 
UMLmodeli loyihalarida universal tarzda aks ettirib bo‘lmaydi. Undan tashqari
UMLmodeli loyihasi yordamida maxsus GATmodelini yaratishning ham imkoni 
yo‘q. UMLmodeli sizning fazoviy maʼlumotlar to‘plamingizga fazoviy 
munosabatlar modelini o‘tkazib berolmaydi, masalan: 
– Yer uchastkalari chegaralari chiziqlari yer uchastkalarining yopiq poligon 
shaklini vujudga keltirish uchun qay tarzda bog‘lanadi? 


75 
– Qanday qilib yer uchastkalari, chegaralar va maydonlar umumiy 
geometriyanio‘zaro taqsimlashadi? 
– Siz o‘z tizimingizda yaxlitlikni ta’minlashning qaysi qoidalarini ularni 
geografik aks ettirishning qismi sifatida qo‘llashni mo‘ljallamoqdasiz?
Ko‘plab holatlarda UML maʼlumotlar bazasi loyihachilariga fazoviy harakat 
va fazoviy munosabatlarning muhim modellarini yanada aniq va to‘liq tasvirlashda 
yordam berishi mumkin bo‘lgan (use case) foydalanish variantlarini aniqlashga 
xalaqit beradi. Shubhasiz, foydalanuvchilar o‘z geografik maʼlumotlari 
elementlarini UMLmodeli ko‘rinishida taqdim qilish vositalarini ham topishlari 
mumkin, aniqrog‘i, siz o‘z geomaʼlumotlar bazangiz loyihasining ko‘plab 
elementlarini (lekin barchasini emas) UML tili yordamida hujjatlashtirishingiz 
mumkin. 
Shuningdek, ko‘plab modellar loyihachilari qisman bo‘lsa ham UML tilidan 
foydalanishga ehtiyoj sezishadi va ularning GAT maʼlumotlar bazasi loyihalari 
MBBT dagi boshqa maʼlumotlar bazalari loyihalari bilan to‘g‘ri va o‘zaro mos 
ishlashini istashadi. Bunday holatlarda sizo‘z geomaʼlumotlar bazangiz 
sxemasining alohidaqismlarini UML tili yordamida loyihalashingiz mumkin.
Bundan tashqari, aksariyat foydalanuvchilar UML tilidan o‘z sxemalari va 
qoidalarini ajratish uchun vosita sifatida foydalanishni istashadi. ArcGIS dasturida 
sxemalarni hujjatlashtirish va ularni ajratishni qo‘llab-quvvatlash mumkin bo‘lgan 
boshqa mexanizmlar ham mavjud, masalan, geomaʼlumotlar bazalari uchun XML 
yordamida.
Xulosa qilib aytganda, UML tili relatsion va jadvalli modellashtirish uchun 
samarali foydalanilishi mumkin bo‘lgan ko‘plab uslubiyatlar vositalari (masalan, 
«mohiyat-aloqa» munosabatlarini modellashtirish) dan biridir. Ammo faqat UML 
tilidan foydalanishning o‘zi yetarli emas. UML tili vositalari yordamida kerakli 
bo‘lgan geografik maʼlumotlarni modellashtirishda fazoviy harakat modellarini va 
fazoviy munosabatlarni qo‘llash varianlarini amalga oshirishning iloji yo‘q. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish