70
–
Tepaliklar, qirralar va topologiya chegaralari bo‘yicha ko‘chib yurish
uchun topologik munosabatlardan foydalanish yoki uni modellashtirishni
istaysizmi? Obyekt geometriyasini ajratish sizga fazoviy obyektlarni yanada
to‘laroq modellashtirishga yordam bera oladimi? Masalan, yer yuzasi to‘g‘risidagi
ko‘plab maʼlumotlarning poligonal yoki chiziqli chegaralari (misol uchun, tuproq
turlari, ekspozitsiyalar,
qiyaliklar, o‘simliklar fazoviy obyektlari sinflari,
geologiya, suv obyektlari, ekologik hududlar va boshqa atrof muhit
to‘g‘risidagiumumiy chegaralarga ega qatlamlar). Ularning
umumiy chegaralarini
topologiya
yordamida integratsiya qilish sizga yanada to‘liq va yaxlit atributlar
to‘plamini
yaratish
imkonini
beradi.
Bu
modellarning
yaroqliligiga/funksionalligiga,
shuningdek, mavjud muammo to‘g‘risida real
tasavvur hosil qilish qobiliyatiga sezilarli ta’sir etishi mumkin. Topologiya,
shuningdek,obyektlarni
yer uchastkalari tizimlariga, aholini ro‘yxatga olish
maʼlumotlariga, ma’muriy chegaralar va boshqa ko‘plab maʼlumotlar
to‘plamlariga integratsiya qilishda yordam berishi mumkin. GATfoydalanuvchilari
gohida topologiyadan foydalanishni GAT maʼlumotlar qatlamlarini vertikal
integratsiyalash deb atashadi.
– Transport tarmog‘i modelini yaratishni xohlaysizmi? Geomaʼlumotlar
bazalari
bunday
holatlarni
tarmoq
maʼlumotlar to‘plami
yordamida
modellashtiradi. Tarmoq maʼlumotlar to‘plami o‘zidan qovurg‘alar, burilishlar va
bog‘lanilashlar to‘plamlari yordamida
navigatsiya tizimlari, yuk oqimlari va
mavjud resurslarni modellashtirishni aks ettiradi. Har bir tarmoq navigatsiya
o‘lchamlari to‘plamiga ega. U o‘z ichiga har bir qovurg‘a bo‘ylab harakatlanish va
boshqa qovurg‘a tomon harakatlanish «narxi» singari o‘lchamlarni oladi, undan
tashqari
bir taraflama harakat, chap tomonga burilishlar va boshqa harakat
cheklovlari va multimodal tarmoqlarni (avtomobil, avtobus va piyoda yo‘laklari
yordamida harakatlanish operatsiyalarini birlashtiruvchi tarmoqlar) modellashtirish
imkoniyatiga ham ega.
Tarmoq maʼlumotlar to‘plami fazoviy obyektlar sinflarini qovurg‘a
obyektlari (edge), bog‘lanishlar (junction) va burilishlar (turn) uchun ma’lumot
71
manbalari shaklida foydalanadi (3.8-rasm). Siz ushbu tarmoqdagi har bir fazoviy
obyektlar sinfining rolini, shuningdek, uning navigatsion xususiyatlarini ham
belgilashingiz mumkin. Bitta tarmoqda ishtirok etuvchi fazoviy obyektlar sinflari
bitta obyektlar sinflari to‘plamiga joylashtirilishi zarur.
3.8-rasm
. Tarmoq maʼlumotlar to‘plami
– Muhandislik tarmog‘i modelini yaratishni xohlaysizmi? Elektr va suv
ta’minoti tarmoqlari, oqava suvi tarmoqlari geomaʼlumotlar bazasida
geometrik
tarmoqlar
yordamida modellashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: