65
burchaklari
uchastkalari poligonlari balandliklari; obyekt
sinflari
topologiyada
chegaralar
va
yer
uchastkalari obyektlari sinflari bilan birgalikda
ishtirok etadi.
Yer
uchastkalari
annotatsiyalari
Annotatsiya
Yer uchastkalari o‘lchovlarining, soliq va yuridik
axborotlarning
aniqlovchili
yozuvlari
aks
ettirilishini ta’minlaydi.
Qurilmalar konturlari Poligon
Binolar
va
boshqa
qurilishlar
konturlarini
saqlaydi.
Uchastkalar maʼlumotlari to‘plami shunday fazoviy obyektlar sinflari uchun
yer uchastkalarining ixtisoslashtirilgan topologiyasini va yer uchastkalarining
xususiyatininamoyish etadi.
Fazoviy obyektlar sinflarining dastlabki ro‘yxatini tuzishingiz bilanoq,
quyidagilarni aniqlashga harakat qiling:
– nuqta, chiziq, poligon yoki annotatsiya singari geometriya turini
(shuningdek,obyektlar sinfi turi deb ham ataladi) tanlang. Siz barcha fazoviy
obyektlar uchun har bir obyektlar sinfida bitta
umumiy geometriya turidan
foydalanishingiz kerak bo‘ladi;
– ustunlar turlari va atributiv maydonlarni aniqlang;
– geometriya xususiyatlarini aniqlang. Z koordinatalarini ishlatasizmi yoki
yo‘qmi? M koorditalarini-chi? Koordinatalar aniqligining qaysi turi, chiziqli va
poligonli obyektlar sinflari uchun chiziqlar segmentlarining qanday turidan
foydalaniladi? Ko‘pchilikholatlarda foydalanuvchilarga to‘g‘ri
chiziqlardan iborat
segmentlardan foydalanuvchi standart chiziq turlari kerak bo‘ladi. Lekin ba’zida
sizga egri segmentlardan foydalanish ham kerak bo‘ladi, masalan, yo‘llar va boshi
berk ko‘chalarni namoyish etish uchun;
– har bir fazoviy obyektlar sinfi uchun koordinatalar tizimini aniqlang;
– shu maʼlumotlar to‘plamini bir nechamashtablarda ishlatish sizga kerak
bo‘ladimi? Kartamashtabining har birida obyektlar namoyishi qanday o‘zgarib
boradi? Shunday bo‘lishi mumkinki sizga mashtabning har xil diapazonlarida
foydalanish uchun fazoviy obyektlar sinflarining bir necha xil namoyishlari kerak
66
bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda bitta mavzudagi maʼlumotlarni mashtabning
har bir diapazonida namoyish etish uchun qo‘shimcha obyektlar sinflarini yaratish
imkoniyatlarini ko‘rib chiqishingiz mumkin.
Gohida sizning GATingizga maʼlumotlarni bor holaticha yuklash kerak
bo‘ladi. Shunday holatlardakeltiriladigan modellashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
harakatlarni bajarmasangiz bo‘ladi. Lekin geomaʼlumotlar
bazangizda fazoviy
maʼlumotlar bilan ishlash davomida kengaytirilgan GAT-funksionallikni
qo‘shishning ustunliklarini baholash judayam muhim. Uzoq muddatli kelajakda
bunday kengaytirish imkoniyatlarimaʼlumotlar bilan ishlashning yanada samarali
va qulay bo‘lishini ta’minlashi, shuningdek, ularga xizmat ko‘rsatish
jarayonini
osonlashtirishi mumkin. Bu imkoniyatlar sizga fazoviy maʼlumotlaringiz
yaxlitligini ta’minlashingizga yordam beradi; ular sizga maʼlumotlaringizdan
foydalanishingizda ko‘maklashadi va eng muhimi, ehtiyojlaringizni qondirish
uchun maʼlumotlaringizning qay darajada haqiqatga yaqinligi va aniqligini
ta’minlay olishingizni tushunishingizga yordamlashadi.
Quyida oddiy fazoviy maʼlumotlar modelini kengaytirish
imkoniyatlarini
ko‘rib chiqishingizga olib keladigan bir necha sabablar keltirilgan:
– agar sizga maʼlumotlar to‘plamini import qilgungacha va o‘z tizimingizda
foydalangungacha tekshiruvni amalga oshirish kerak bo‘lsa (masalan, maʼlumotlar
to‘plami fazoviy yaxlitlik qoidalari to‘plamiga rioya qilishiga ishonch hosil qilish
uchun);
– agar sizga maʼlumotlarni muharrirlash va ularning fazoviy yaxlitligini
qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lsa;
– agar siz fazoviy obyektlar sinflaridan GAT bilan kengaytirilgan ishlar
bajarish uchun foydalanishni istasangiz, masalan,
tahlillarni bajarish yoki
modellashtirish uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: