5/4
yoki
5/8
yoki
«Besh»ga dirijorlik qilishda ayrim hollarda taktning birinchi yoki ikkinchi qismi umumlashtirilib ko’rsatilishi mumkin. Shuni ta’kidlash lozimkim, taktning qisqartirilgan qismi qisqartirilmagan holdagi vaqt mobaynida olib borilishi lozim..
(2+3) yoki (3+2)
«Besh»ga dirijorlik sxemasi ayrim hollarda va juda tez sur’atlarda «bir»ga gadirijorlik sxemasi bo’yicha olib borilishi mumkin.
5/8 o’lchovi
1-mashq: Bu mashqda har ikkala qo’llarda ham, ya’ni chap qo’lda ham o’ng qo’lda ham bir xil shakldagi sakkiztalik notalar berilgan. Shundan kelib chiqib, har ikkala qo’llar ham bir xil harakatlantiriladi. Ya’ni ikkala qo’lar bilan ham «besh»ga dirijorlik qilinadi. 5/8 o’lchovi tez sur’tlarda ikkiga dirijorlik qilinadi. Qo’llar pastga harakatlanishiga ikkita sakkiztalik, yuqoriga harakatlanishiga uchta sakkiztalik notalar tushadi. Ya’ni qo’llar yuqoriga harakatlanishida pastga yurishiga nisbatan salgina cho’zibroq harakatlantiriladi. Dirijorlik paytida yuqorida aytilgan kuchli hissalarga ya’ni 1-va 3-hissalarga e’tiborni kuchaytirish lozim. Bu mashq turli dinamikada, turli sur’atlarda va turli xarakterlarda (Legato, stakkato) bajarilsa, talaba uchun yana ham ko’proq ko’nikma olish uchun imkoniyat yaraladi. Masalan: gammaning boshidan oxirigacha P-(piano)da yoki f-(forte)da. Gammaning boshida PP-(pianissimo) bilan boshlab yuqoriga yurishda tovushni tobora kuchaytirib ff-(fortissimo)ga etkazib, yana qaytishda tovushni tobora pasaytirib pp-(pionissimo)ga etkazib tamomlanadi. Qo’llarda dinamikani yanaham mukammal his qilish uchun birinchi takt f-(forte) da ikkinchi takt P- (piano)da va uchunchi takt yana f-(forte)da va hokozo dirijorlik qilinsa kata samara beradi.
2-mashq: Bu mashqda 3-va 4-mashqlardagi ritmik shakllarni o’ng va chap qo’llarda navbat bilan bajarilishi ko’zda tutilgan. Ya’ni birinchi taktda chap qo’lda bir-biriga liga bilan bog’langan choraktalik va nuqtali choraktalik notalar berilib, o’ng qo’lda sakkiztalik notalar berilgan. Ikkinchi taktda esa, buning teskarisi bo’lib, o’ng qo’lda bir-biriga liga bilan bog’langan choraktalik va nuqtali choraktalik notalar, chap qo’lda sakkiztalik notalar berilgan. Demak birinchi taktda o’ng qo’lda oddiy sxema (ikkiga) dirijorlik qilinib, chap qo’lda bir-biriga liga bilan bog’langan choraktalik va nuqtali choraktalik notalar saqlab ko’rsatiladi. Ikkinchi taktda esa, chap qo’lda oddiy sxema (ikkiga) dirijorlik qilinib, o’ng qo’lda bir-biriga liga bilan bog’langan choraktalik va nuqtali choraktalik notalar saqlab ko’rsatiladi. Har ikkala qo’llarda ham bir-biriga liga bilan bog’langan choraktalik va nuqtali choraktalik notalar saqlab ko’rsatilgandan so’ng, kelgusi taktning 1-hissasiga aniq auftakt ko’rsatiladi.
3-mashq: Bu mashqda har ikkala qo’llarda ham bir xil ritmik shakl berilgan. Bu mashqda 5/8 o’lchovida 2-hissaga har ikkala qo’llar bilan ham uzishga ko’nikma hosil qilish ko’zda tutilgan. Ya’ni har ikkala qo’llarda ham birinchi taktdagi choraktalik va nuqtali choraktalik notalar ikkinchi taktning 1-hissasidagi sakkiztalik notalar bir-biriga liga bilan bog’langan holda berilgan. Shundan kelib chiqib, har ikkala qo’llar bilan ham birinchi taktdagi choraktalik va nuqtali choraktalik notalar saqlab ko’rsatilib, ikkinchi taktning 1-hissasiga aniq auftakt bilan uziladi. Qolgan hissalardagi pauzalar ichki hissiyot bilan sanalib, kelgusi taktning birinchi hissasiga aniq auftakt bilan tushiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |