5/4 o’lchovi
Biz bilamizkim 5/4 ulchovi ikki ko’rinishda dirijorlik qilinadi. 1-ko’rinish (3+2) ya’ni dirilorlikdagi ko’chli hissalar taktning birinchi va to’rtinchi hissalariga tushadi. Bu holatda 4 chorakli dirijorlik sxemasining birinchi hissasi ikkilantirilib dirijorlik qilinadi. Talabalar dirijorlikdagi bunday elementlarni mukammal o’rganishlarida quyidagi mashqlar katta yordam beradi. Quyidagi mashqlar 1-ko’rinish (3+2) ga asoslangan.
Bu mashqda har ikkala qo’llarda ham, ya’ni chap qo’lda ham o’ng qo’lda ham bir xil shakldagi choraktalik notalar berilgan. Shundan kelib chiqib, har ikkala qo’llar ham bir xil harakatlantiriladi. Ya’ni ikkala qo’llar bilan ham «besh»ga dirijorlik qilinadi. Dirijorlik paytida yuqorida aytilgan kuchli hissalarga ya’ni 1-va 4-hissalarga e’tiborni kuchaytirish lozim. Bu mashq turli dinamikada, turli sur’atlarda va turli xarakterlarda (Legato, stakkato) bajarilsa, talaba uchun yana ham ko’proq ko’nikma olish uchun imkoniyat yaraladi. Masalan: gammaning boshidan oxirigacha P-(piano)da yoki f-(forte)da. Gammaning boshida PP-(pianissimo) bilan boshlab yo’qoriga yu’rishda tovushni tobora kuchaytirib ff-(fortissimo)ga etkazib, yana qaytishda tovushni tobora pasaytirib pp-(pionissimo)ga etkazib tamomlanadi. Qo’llarda dinamikani yanaham mukammal his qilish uchun birinchi takt f-(forte) da ikkinchi takt P- (piano)da va uchunchi takt yana f-(forte)da va hokozo dirijorlik qilinsa kata samara beradi.
1-mashq: Bu mashqda har ikkala qo’llarda ham bir xil ritmik shakl berilgan. Ya’ni har ikkala qo’llarda ham taktning 1-2-3-hissalarida nuqtali yarimtalik nota berilib, 4-5-hissalarida choraktalik notalar berilgan. Demak har ikkala qo’llar bilan ham taktning 1-2-3-hissalaridagi nuqtali yarimtalik nota saqlab ko’rsatilib, 4-5-hissalaridagi choraktalik notalar dirijorlik qilinadi. Har bir taktning 1-2-3- hissalaridagi nuqtali yarimtalik notalarni saqlab ko’rsatilgandan so’ng, 4-hissaga (kuchli hissaga) aniq auftakt bilan tushiladi.
2-mashq: Bu mashqda har ikkala qo’llarda turli xil ritmik shakllar berilgan. Ya’ni chap qo’lda birinchi taktda yarimtalik va nuqtaki yarimtalik notalar hamda ikkinchi taktning birinchi hissasidagi choraktalik nota bir-biriga liga bilan bog’langan holda va 2-3-4-5-hissalarda pauza berilgan. O’ng qo’lda esa birinchi taktdagi 1-2-3-4-5-hissalarda va ikkinchi taktning birinchi hissasida choraktalik nota, 2-3-4-5-hissalarda pauza berilgan. Bundan kelib chiqib, har ikkala qo’llarda ham ikkinchi taktning birinchi hissasida aniq auftakt bilan uziladi. Demak chap qo’lda bir-biriga liga bilan bog’langan birinchi taktdagi yarimtalik va nuqtali yarimtalik notalar hamda ikkinchi taktning 1-hissasidagi choraktalik nota saqlab ko’rsatilib, ikkinchi taktning ikkinchi hissasida aniq auftakt bilan uziladi. O’ng qo’lda esa, birinchi taktdagi 1-2-3-4-5-hissalardagi va ikkinchi taktning 1-hissasidagi choraktalik notalar dirijorlik qilinib, ikkinchi taktning 2-hissasida aniq auftakt bilan uziladi. Ushbu mashq 2-hissasida mukammal uzishga ko’nikma hosil qilishda kata samara beradi. Har ikkala qo’llarda ham ikkinchi taktning 2-hissasida aniq uzilgandan so’ng, taktning 2-3-4-5-hissalari ichki hissiyot bilan sanalib, uchinchi taktning 1-hissasiga aniq auftakt ko’rsatilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |