2-mashq: Bu mashqda 3-va 4-mashqlardagi ritmik shakllarni o’ng va chap qo’llarda navbat bilan bajarilishi ko’zda tutilgan.Ya’ni birinchi taktda chap qo’lda ikkita nuqtali yarimtalik notalar bir-biriga liga bilan bog’langan holda berilgan. O’ng qo’lda oddiy choraktalik notalar berilgan. Ikkinchi taktda o’ng qo’lda ikkita nuqtali yarimtalik notalar bir-biriga liga bilan bog’langan holda berilib, chap qo’lda oddiy choraktalik notalar berilgan. Demak birinchi taktda chap qo’lda bir-biriga liga bilan bog’langan nuqtali yarimtalik notalar saqlab ko’rsatilib, o’ng qo’ldagi choraktalik notalar dirijorlik qilinadi. Ikkinchi taktda o’ng qo’lda bir-biriga liga bilan bog’langan nuqtali yarimtalik notalar saqlab ko’rsatilib, chap qo’ldagi choraktalik notalar dirijorlik qilinadi. Shuni ta’kidlash lozimkim, har ikkala qo’llarda ham bir-biriga liga bilan bog’langan nuqtali yarimtalik notalar saqlab ko’rsatilgandan so’ng, kelgusi taktning 1-hissasiga aniq auftakt ko’rsatiladi.
3-mashq: Bu mashqda har ikkala qo’llarda ham bir xil ritmik shakl berilgan. Ya’ni har ikkala qo’llarda ham taktning 1-2-3-hissalarida nuqtali yarimtalik nota berilib, 4-5-6-hissalarida oddiy choraktalik notalar berilgan. Demak har ikkala qo’llar bilan ham taktning 1-2-3- hissalaridagi nuqtali yarimtalik notalar saqlab ko’rsatilib, 4-5-6- hissalardagi oddiy choraktalik notalar dirijorlik qilinadi. Ta’kidlash lozimkim, har ikkala qo’llarda ham 1-2-3-hissalardagi nuqtali yarimtalik notalar saqlab ko’rsatilgandan so’ng, 4-hissaga aniq auftakt ko’rsatilishiga e’tibor qaratish lozim.
Bu mashqda har ikkala qo’larda turli xil ritmik shakllar berilgan. Ya’ni chap qo’lda taktning 1-2-3-hissalarida nuqtali yarimtalik nota 4-hissadagi choraktalik notaga liga bilan bog’langan holda berilgan va 5-6-hissalarida choraktalik pauzalar berilgan. O’ng qo’lda esa, oddiy choraktalik notalar berilgan. Demak chap qo’lda taktning 1-2-3-4- hissalaridagi bir-biriga liga bilan bog’langan nuqtali yarimtalik nota va choraktalik notalar saqlab ko’rsatilib, 5-hissasiga aniq auftakt bilan uziladi va pauza vaqti ichki hissiyot bilan sanalib, kelgusi taktning 1-hissasiga yana aniq auftakt bilan tushishga e’tibor qaratish lozim. O’ng qo’lda esa, oddiy choraktalik notalar dirijorlik qilinadi.
4-mashq: Bu mashqda ham har ikkala qo’llarda turli xil ritmik shakllar berilib, o’ng va chap qo’llarda taktning 2-hissasiga uzishga ko’nikma hosil qilishga qaratilgan. Ya’ni chap qo’lda birinchi taktdagi ikkita nuqtali yarimtalik notalar ikkinchi taktning 1-hissasidagi choraktalik notaga o’z aro liga bilan bog’langan holda berilgan. O’ng qo’lda esa, birinchi taktda 6 ta va ikkinchi taktning 1-hissasida choraktalik nota berilgan. Demak Chap qo’lda birinchi va ikkinchi taktlardagi bir-biriga liga bilan bog’langan ikkita nuqtali yarimtalik notalar va choraktalik nota saqlab ko’rsatilib, ikkinchi taktning 2-hissasuga aniq auftakt bilan uziladi. O’ng qo’lda esa, birinchi taktdagi oddiy choraktalik notalar va ikkinchi taktning 1-hissasidagi choraktalik nota dirijorlik qilinib, ikkinchi taktning 2-hissasuga chap qo’l bilan birgalikda aniq auftakt bilan uziladi. Ta’kidlash lozimkim, har ikkala qo’llarda ham taktning 2-hissasiga uzgandan so’ng, pauzalar ichki hissiyot bilab sanalib, kelgusi taktning 1-hissasiga yana aniq auftakt ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |