Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,6 Mb.
bet66/67
Sana13.01.2022
Hajmi1,6 Mb.
#356100
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
Kichik biznes va tad. innov 82df3

o’zlari uchun ortiqcha tashvish deb biladilar), respublikada innovatsion tavakkalchilikni hamda venchur biznesni sug’urta qilishning samarador mexanizmini yaratish va uni amaliyotga tadbiq qilish;

  • Mamlakat fuqarolarining aksariyat qismi innovatsiya nima ekanligi, u nimalarga olib kelishi va buning o’ta muhim ekanligini tushunmasligi tufayli ommaviy axborot vositalarida bu haqda doimiy ravishda ma’lumotlar berib turish va innovatsion texnologiyalar bo’yicha internetda on-line portalini tashkil qilish;

  • Korxona, tashkilot, ta’lim muassasalari, ilmiy muassasalar va davlat tashkilotlaridan chet mamlakatlarning innovatsiya sohasidagi tajribalarini har tomonlama o’rganish va ularni o’zlashtirib, respublika iqtisodiyotiga tadbiq qilishni va uning ijobiy tomonlaridan keng foydalanishni qat’iy talab qilish hamda bu jarayonning monitoringini tashkil etish;

  • Iqtisodiyotning turli yo’nalishlariga oid jahon miqyosidagi innovatsiyalar sohasidagi ilmiy va amaliy yangiliklar bo’lgan adabiyotlarni (masalan, oliy va o’rta mahsus ta’lim sohasidai mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilgan xolda) zudlik bilan davlat tiliga tarjima qilib, ularni ilmiy-texnik xodimlar tomonidan tanqidiy ravishda o’rganish hamda tezkorlik bilan amaliyotga tadbiq qilish jarayonini tashkil qilish;

  • Ingliz va rus tillaridan o’zbek tiliga va aksincha sifatli tarjima qila oladigan intellektuallashtirilgan komp’yuter dasturlari va mobil qurilmalarini yaratish va bu dasturlardan barcha mutaxassislarning foydalana olishiga imkoniyatlar yaratish;

  • Jahon miqyosida ishlab chiqilgan va O’zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim bo’lgan sohalardagi innovatsion g’oyalar, fikrlar, qurilmalar, uskunalar hamda ilmiy izlanishlar natijalarining ma’lumotlar hamda bilimlar bazalarini tashkil qilish va ularni barcha ommaviy axborot vositalari orqali tadbirkorlarga hamda korxona rahbarlariga tezkorlik bilan yetkazish;

  • Ilmiy izlanishlar asosida (yoki ilg’or chet el tajribalarini ijodiy ravishda o’zlashtirib, ularni O’zbekiston sharoitlariga moslashtirgan holda) turli hil zamonaviy va samarali innovatsion texnologiyalar yaratishga imkon beradigan hamda tadbirkorlik va kichik biznes rivojlanishi bilan mos tushadigan umumdavlat dasturini ishlab chiqish;

  • Innovatsion tizimlar yaratish, ularni baholash va hayotga tadbiq qilish sohasida faoliyat ko’rsatadigan malakali ekspertlar guruhini tashkil qilish va unining faoliyatini iqtisodiyot va ishlab chiqarishning turli sohalarida bosqichma-bosqich yo’lga qo’yish;

  • Mamlakatning innovatsion yo’ldan rivojlanishi zarurligini va buning respublika kelajagi uchun o’ta muhimligini ommaviy axborot vositalari yordamida bacha aholi qatlamlariga tushunarli va ommabop tarzda yetkazish (Internetda esa innovatsiyalar bo’yicha tashkil qilingan mahsus virtual portalda innovatsion FAQ [tez-tez so’rab turiladigan savollar] ga javoblar bo’limini tashkil qilish lozim);

  • Innovatsion yangiliklarni mamlakat iqtisodiyotiga joriy qilishga moliyaviy ko’mak tariqasida barcha huquqiy va jismoniy shaxslarga innovatsion homiylik imkoniyatlarini yaratib, buning uchun ularni ma’lum miqdordagi soliqlardan ozod qilish (ya’ni, innovatsion xomiylik qilgan ma’um miqdordagi soliqdan ozod bo’ladi) va bundan tushgan mablag’larni to’laligicha markazlashgan “Innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash fondi” ga o’tkazish va bu mablag’larni innovatsiyalarni moliyaviy ta’minlashga hamda bu ishda jonkuyarlik ko’rsatgan ilmiy-texnik xodimlar va mutahassislarga moddiy mukofot tariqasida berishni tashkil qilish;

  • Har bir firma, tashkilot yoki korxonaning biznes rejasida majburiy tarzda innovatsion bo’lim kiritib, unda ishlab chiqilgan yoki hayotga tadbiq qilinayotgan ilmiy-texnik-texnologik yechimlarni uchtadan kam bo’lmagan ilmiy mutahassislar tomonidan tasdiqlash zarurligi talab qilinishi hamda ularga buning uchun firma, tashkilot yoki korxona tomonidan tegishli mukofot

(kelajakdagi foydadan yoki xosirgi daromaddan) to’lanishi - birinchidan,

innovatsiyalarning ilmiy-texnik ekspertizasi bo’lsa, ikkinchidan, ilmiy-texnik xodimlarning jamiyatdagi mavqeini ko’tarish hamda ularni moddiy ta’minlangan axoli qatlamlari toifasiga kiritish uchun hizmat qilgan bo’lar edi;



  • Viloyatlararo va shaharlararo yuklar yoki yo’lovchilar tashish, insonlarning sayohat qilishi uchun kichik avatsiya vositalarini, shu jumladan, zamonaviy dronlar, kichik gelikopterlar, drijabllar, havo sharlari, avtojirlar va planerlarni chet el kompaniyalarini jalb qilgan holda ishlab chiqarish hamda ulardan keng miqyosda foydalanishni yo’lga qo’yish respublikamizning ilg’or innovativ mamlakat sifatida tanilishiga (ijobiy imidj hosil qilishga), hamda unga turli mamlakatlardan sayyohlarni jalb qilishga imkon berar edi;

  • Respublikaning jug’rofiy joylashuvini hisobga olgan xolda unda turli xildagi quyosh energiyasi stantsiyalari va quyosh energiyasi yordamida harakatlanadigan mexanizmlar, asbob-uskunalar va avtomobillar hamda gibrid transport vositalaridan foydalanish va ishlab chiqarishni keng miqyosda yo’lga qo’yish;

  • An’anaviy foyizli mexanizm asosida faoliyat ko’rsatadigan moliyaviy muassasalar bilan bir qatorda, foizsiz mexanizmda ham foydaga shreklik qilish asosida ishlay oladigan moliyaviy tuzilmalar va banklar tashkil qilish hamda ularni asta-sekin iqtisodiy faoliyatga jalb qilish innovatsion iqtisodiyot yaratish uchun kerakli bo’lgan qoshimcha investitsiyalarning mamlakatga olib kelinishiga imkon berar, iqtisodiy inqirozlarning oldini olar va valyuta zahiralarining O’zbekistondan chiqib ketishiga mone’lik qilgan bo’lar edi;

  • Foyda bo’linish mexanizmini (PLS – Profit and Loss Sharing) iqtisodiyotga tijoriy banklar orqali bosqichma-bosqich joriy etish moliyaviy muassasalar faoliyatini jonlantirish va keng aholi qatlamlarini innovatsiya jarayoniga jalb qilishga olib kelar edi;

  • Kichik va o’rta biznesni innovatsiyalar yo’nalishida rivojlantirish uchun turli hildagi moliyaviy muassasalarning mablag’larini maqsadli yo’naltirish maqsadga muvofiq bo’lar edi, shu jumladan, bularni amalga oshirish uchun

filantropik tashkilotlarni, donorlarni, ichki yoki halqaro miqyosdagi metsenatlarni, turli fondlarni va islom banklarini jalb qilish mumkin;

  • O’zbekistonga investitsiyalar oqimini yanada ko’paytirish uchun mamlakatda yirik islom banklarining filiallarini tashkil qilish yoki banklarda ularning bo’limlarini tuzish maqsadga muvofiqdir, chunki xozirgi davrda islom banklari halqaro bank-kredit tizimidagi noan’anaviy hodisa sifatidan, asta-sekin odatiy g’arbona bank-kredit tizimining salobatli raqobatchisiga aylanib borayapti va bunday banklar halqaro bozorlarda tobora mustahkam o’rnashib olayaptilar;

  • Qimmatbaho metallar asosida respublikada chagaralangan miqdorda chiqariladigan metal pullar (mamlakatimizning atoqli insonlari rasmlari sarb etilgan oltin, kumush tangalar - milliy valyutaning qo’shimcha yangi turi) mamlakatimizni jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozidan ma’lum darajada himoyalanishiga imkon berib, innnovatsiyalar uchun zarur bo’lgan mablag’larning mamlakatimizga kelishiga sabab bolishi mumkin (bu pullarni yurtimizga kelayotgan turistlar ham esdalik souvenir sifatida katta qiziqish bilan sotib olgan bo’lar edilar). Undan tashqari, bu amal O’zbekistondagi chegaralangan valyuta zahiralarining chet el banklariga nazoratsiz oqib ketishini ancha kamaytirar edi (chunki eilta tabaqaga mansub badavlat shaxslar o’z mablag’larini endi chet el banklariga qo’yishdan ko’ra, O’zbekistonning qattiiq valyuta quvvatuga ega bolgan qimmatbaho metallar ko’rinishidagi yoki oltin ekvivalent bilan ta’minlangan pullari ko’rinishida saqlashni afzal ko’ra boshlaydilar - bu esa mamlakatda yangi milliy valyuta saqlash turini muomalaga kiritishni talab qiladi);

  • O’zbekistonga rivojlangan mamlakatlardagi turli xil yangi maishiy asbob- uskunalarning tayyor butlovchi qismlarini ommaviy ravishda olib kelib, ularni yig’b, tayyor mahsulot ishlab chiqarish juda ko’p ish joylarini yaratish hamda tayyor mahsulotlarni yaqin sharq, osiyo va afrika mamlakatlariga eksport qilib, katta valyuta mablag’lariga ega bo’lishga olib kelar edi. Bular jumlasiga uy- ro’zg’or buyumlarini, maishiy texnikani, mobil telefonlarni, shamol va qyuosh

agregatlarini, komp’yuter va uning periferiya qurilmalarini hamda shunga

o’xshash ommabop va bozorbop yangi innovatsion mahsulotlarni kiritish mumkin;



  • Respublikamizga tashrif buyurayotgan turistlar bilan muloqotni yengillashtirish maqsadida har bir mehmonxona, aeroport, motel, supermarket va boshqa joylarga o’zbek-rus-ingliz tillarida ishlay oladigan mobil yoki statsionar electron tarjimonlar joylashtirish ularning ma’lumot olish va muloqot qilish bo’yicha talablarini to’la-to’kis qondirgan bo’lar edi;

  • Barcha mexanik ishlab chiqarish xarakatlarini (shu jumladan, yig’uv, tashuv, ko’chiruv, xizmat ko’rsatish, ishlab chiqarish va boshqalar) mamlakatimizda ishlab chiqariladigan avtomat qurilmalar, robotlar zimmasiga yuklash iqtisodiy mablag’larni samaraliroq ishlatishga imkon berar edi;

  • Xozirgi davrda jahon miqyosida shiddat bilan rivojlanayotgan zamonaviy 3D- printerlar texnologiyasini ham O’zbekistonda jadal sur’atlar bilan rivojlantirish va ularni ishlab chiqarish, kichik biznes va tadbirkorlik, xunarmandchilik hamda xizmat ko’rsatishning barcha soxalariga keng miqyosda tadbiq etish katta miqdordagi iqtisodiy o’sish garovi bo’lgan bo’lar edi. Xozirgi davrda jahonning barcha mamlakatlarda shiddat bilan rivojlanayotgan bunday 3D-texnologiyalar kontseptsiyasini mamlakatimizning turli sektorlariga mos ravishda rivojlantirish respublikadagi ishlab chiqarishni, xizmat ko’rsatishni, kichik biznes va tadbirkorlikni innovatsion modernizatsiyalash uchun katta hissa qo’shar edi ;

  • Mamlakatimizning jug’rofiy o’rni quyosh energiyasidan oqilona foydalanish zarurligini ko’rsatishi barchaga ayon. Shuning uchun ham yonilg’i zahiralarini tejash va ekologiyani saqlash maqsadida quyosh energiyasi hisobiga ishlaydigan elektromobillarni o’zimizda ishlab chiqarib, iqtisodiyotga tadbiq qilish hamda elektr zapravka stantsiyalarini tarmog’ni tashkil qilish katta iqtisodiy samaraga olib keladi. Bu katta iqtisodiy samara beruvchi va respublika imidjini ko’taruvchi yumushga bir qancha akademik va ilmiy tadqiqot muassasalarini maqsadli ravishda jalb qilish maqsadga muvofiq bo’lar edi;

  • Chet ellardagi O’zbekistonlik vatandoshlarimizning mablag’larini, intellectual

salohiyotini va imkoniyatlarini respublikamizda innovatsion iqtisodni

rivojlantirish jarayoniga jalb qilish uchun ularga chet el fuqaroligi bilan bir qatorda, O’bekiston fuqaroligini saqlab qolish (yoki olish) imkoniyatini berish (O’bekiston fuqarolari uchun ikki fuqorolik imkoniyatini yaratish) maqsadga muvofiq bo’lar edi;



  • Paxta xosilini yig’ib-terib olish uchun juda katta mablag’ ketishini hisobga olgan xolda paxta terish mashinalarining yangi avlodlarini yaratish katta iqtisodiy samara bergan bo’lar edi. Bunday mashinalarni ikki ko’rinishini yaratish maqsadga muvofiq bolar edi: birinchisi differentsial paxta terish mashinalari robotlashtirilgan komplekslar ko’rinishida bo’lib, ular eng sifatli birlamchi paxta xosilini terib olishga jalb etiladi. Ikkinchi ko’rinishdagi uskunalar - integral paxta terish mashinalari esa mexanik yoki pnevmatik usulda ikkilamchi paxta xosilini yig’ib olish uchun ishlatiladi. Bunday mashinalar turkumlarini yaratish paxta yig’ib-terib olish sanoatida o’ziga xos inqilob yaratgan bo’lar edi.

  • G’o’zapoya va paxta sanoati chiqindilaridan sanoat, qurilish va shaxsiy xo’jaliklar uchun zarur bo’lgan yo’g’och, fanera, DSP va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish yog’och mahsulotlai sotib olish uchun ketayotgan valyuta mablag’lani anchagina miqdorga tejash imkoniyatini yaratar edi;

  • Barcha turdagi biznesda aylanayotgan mablag’larning faqatgina respublika banklari orqali o’tishiga erishish mamlakatdagi yashirin iqtisodiyotning ochiq iqtisodiyotga aylanishiga olib kelib, halq farovonligi va turmush darajasini sezilarli ravishda oshrish imkonini berar edi. Buning uchun birinchi qadam sifatida barchaning o’z yillik tushumlari va harajatlarini oshkora deklaratsiya qilishlarini talab qilishni ko’rsatish mumkin;

  • Ochiq va yopiq yer maydonlarida xosil yetishtirish bo’yicha real katta natijalarga erishayotgan mirishkor dehqon, bog’bon va boshqa mehnatkashlarga 1 gektargacha yer maydoni davlat yoki fermerlar tasarrufidan olinib, umrbod egalik qilish uchun berilishi qishloq xo’jalik mahsulotlarini individual usulda ancha ko’proq va samarador ishlab chiqarishga olib kelar edi;

  • Iqtisodiy jinoyat sodir qilgan shaxslarga nisbatan tayinlangan qamoq jazosini ular zimmasiga ma’lum bir chekka va qoloq hududni rivojlantirish majburiyatini qo’ygan xolda surgun jazosi bilan almashtirish ijobiy natijalarga olib kelgan bo’lar edi. Ya’ni, ushbu majburiyat bajarilganidan keyin hamda davlatga yetkazilgan zarar to’la qoplanganidan so’ng ularga ozodlik beriladi;

  • Xavo sharlari, kichik aviatsiya vositalari va dirijablllarda respublikaning turli diqqatga sazovor joylariga tashrifni ko’zda tutadigan ekologik turizmni amalga oshirish mahalliy va chet ellik turistlarning oqimi yanada ko’payishiga hamda bu sohada yangi ish joylari tashkil qilinishiga olib kelar edi;

  • Har bir viloyat markazlarida turistlar uchun xudud bilan yaqindan va ekspress tanishish imkonini beruvchi mini shaxarlar (xududlar) maketlarini yasash hamda ushbu xudud bilan bog’liq tarixiy filmlar yaratish turistlar oqimi oshishiga va xududga turistlar diqqatini jalb qiluvchi factor sifatida xizmat qilgan bo’lar edi (masalan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent shaharlarining maketlari, turli ziyoratgohlarning maketlari ularning diqqatga sazovor joylariga urg’u bergan xolda audio-vizual namoyish qilinishi);

  • Maxalla boshqaruviga moliyaviy mustaqillik berish unda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi uchun turtki bo’lar edi. Maxalla raisining moliyaviy ishlar bo’yicha muovini maxalladagi barcha kichik biznes va tadbirkorlik ishlarini boshqaradi va unda moliyaviy zahiralar hosil qilib, ularning maxallada samarali ishlatilishiga mas’ul bo’ladi. Misol uchun, u maxallada kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining xosil bo’lishiga va rivojlanishiga yordam beradi, turli manba’lardan moliyaviy resurslar jalb qilinishiga erishadi, maxalla fondining tashkil qilinishi va uning maqsadli ishlatilishini amalga oshiradi, foydaga sheriklik asosida maxallada tashkil etilgan kichik biznes sub’ektlari uchun kreditlar beradi, tadbirkorlarga yer maydoni va biznes yuritish uchun kerakli joylarni ajratib beradi va xakazolar:

  • O’zbekiston ijtimoiy-madaniy kontekstining ba’zi xususiyatlari, jumladan, ta’limning “yod olishga asoslangan” an’anaviy modelini tubdan o’zgartirib,

ta’lim va ilmiy jarayonlardagi salbiy ierarxik aloqalardan butkul voz kechish lozim;

  • Ta’lim va ilmiy faoliyatni tashkil etishdagi ba’zi qonun-qoida va tartiblar O’zbekistonda faqat qog’ozdagina innovatsion rivojlanishga yordam beradi. Aslida esa ular innovatsion rivojlanishdan ko’ra ko’proq ziyon keltirmoqda va kelajakda ham bu xolat davom etishi mumkin;

  • Davlatning ilmiy-tadqiqot ishlariga yo’naltirayotgan mablag’lari va vositalarining katta ulushi mustaqil ilmiy komissiya tomonidan tan olingan ob’ektiv amallarga ko’ra emas, balki oilaviy, guruhiy va siyosiy aloqalar asosida taqsimlanadi. Bu esa ilmiy tadqiqotlar uchun ajratilgan mablag’larning asosiy qismi innovatsion tadqiqotlarga emas, balki hech kimga kerak bo’lmagan qalbaki ilmiy tadqiqotlar, hisobotlar va qimmatbaho zamonaviy uskunakar sotib olish uchun sarflanishi havfini oshiradi;

  • O’zbekistonda mutlaqo yangi innovatsion ilmiy g’oyalar va innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarish va ularni hayotga keng miqyosda tadbiq qilishga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Ilmiy izlanishlar asosida olinayotgan patentlarning soniga emas, ko’proq sifatiga e’tibor berish lozim, aks xolda patent yoki ixtiro tushunchasi devalvatsiyaga moyil bo’lib qoladi;

  • O’zbekistonlik ilmiy tadqiqotchilar va ixtirochilarning butun jahon axborot maydoniga kirishlarini butun mamlakat miqyosida imkon boricha tezlashtirish, osonlashtirish va soddalashtirish kerak. Ular qaysi viloyatda yoki hududda yashashlariga bog’liq bo’lmagan xolda o’zlarini qiziqtirgan mavzular bo’yicha jahon ilmiy ma’lumotlar va bilimlar omborlariga erkin kira olishlari lozim;

  • O’zbekistonga investitsiyalar kiritgan xorijiy kompaniyalar texnologiyalarini mamlakatimiz fuqarolari tomonidan ijodiy o’zlashtirish va ularni regional bozorlarga moslashtirishni jadal amalga oshirish katta moliyaviy ahamiyatga ega bo’lar edi. Bu yo’nalshda mamlakatimizdagi xorijiy kompaniyalar faoliyati uchun erkin ish faoliyatini yaratib berish va siyosiy mafkura hamda innovatsiya talablari o’rtasidagi ziddiyatlarni ijobiy hal qilish juda muhimdir;

  • Milliy innovatsion tizimni yuqori malakali mutahassislar va ilmiy-texnik xodimlar bilan ta’minlash tizimini yaratib, uning ilmiy-texnik potentsialini tez sur’atlar bilan kuchaytirish (shu jumladan, ularning chel mamlakatlarda va xorijiy kompaniyalarda samarali ta’lim olishini tashkil qilgan xolda) hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi;

  • Boshlang’ich, o’rta-mahsus va oily o’quv yurtlarida innovatsion iqtisodiyot tushunchalarini o’quvchi yoshlar va talabalar ongiga singdirib, ularga innovatsiyalarning respublika kelajagi uchun hayotiy ahamiyatga ega ekanligini tushuntirish;

  • Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishi uchun o’ta muhim bo’lgan ta’lim tizimiga eng layoqatli, iqtidorli va aqlli yoshlarni jalb qilish hamda iqtidorli yoshlarning chet ellardagi o’quv yurtlariga ketib qolishining oldini olish uchun abiturientlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning butunlay yangi tizimini zudlik bilan ishlab chiqish va tadbiq qilish kerak. Buning uchun barcha viloyatlarda Davlat Test Markazining filiallarini tashkil qilish hamda ushbu filiallarda barcha potentsial abiturientlardan ular istagan vaqtda va istalgan fanlardan to’lov asosida testlar topshirib, tegishli sertifikatlar olish imkoniyatini yaratish. Keyinchalik esa iyun-iyul-avgust oylari davomida abiturientlar ushbu olingan sertifikatlar asosida tegishli oliy o’quv yurtlariga xujjat topshrish va oliy o’quv yurtining yetakshi professor-o’qituvchilari jalb etilgan predmet komissiyalaridan iborat qabul komissiyasidan suhbatdan o’tish huquqini oladilar. Abiturientlarni oliy o’quv yurtiga qabul qilish ularlarning tegishli fanlar bo’yicha DTM filiallaridan olgan sertifikatidagi ballari miqdori, maktab, kollej yoki litseydagi tegishli fanlar bo’yicha olgan baholari va oliy o’quv yurti professor-o’qituvchilari bilan qilgan og’zaki suhbatlari natijalari (ballari) hamda xorijiy sertufakatlar ballari (masalan, IELTS, TOEFL, GMAT va boshqalar) asosida amalga oshiriladi. Qabul natijalari shaffof bo’lishini ta’minlash ushun suhbatlar jarayoni ota-onalar uchun o’sha vaqtning o’zida va internet orqali on- line translatsiya qilinishini amalga oshirish maqsadga bo’lar edi;

  • Ballari oliy o’quv yurtining kunduzgi bo’limida o’qish uchun yetarli bo’lmagan abiturientlar ta’lim dargohining yangidan tashkil qilingan kechki, sirtqi yoki distantsion (masofaviy) bo’limlarga kontrakt to’lovi asosida taklif etiladilar. Bu esa o’z navbatida davlat mablag’larini jalb qilmagan xolda oliy o’quv yurtining har tomonlama rivojlanishi uchun kattagina daromad manbai va o’qituvchilar uchun esa maoshni oshirish uchun imkoniyat hamda ko’pgina yangi ish o’rinlarini yaratishga olib keladi. Demak, xozirgi davrda barcha oliy o’quv yurtlarining kechki, sirtqi va (yoki) distantsion (masofaviy) bo’limlarini tashkil qilish mamlakat ta’lim tizimining strategic rivojlanishi, ta’lim dargohlaring kengayishi va yoshlarning bilim olishi uchun katta imkoniyatlar yaratib berar edi;

  • Zamona talablariga mos ravishda malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning o’ta moslashuvchan tizimini yaratish. Bunda ayniqsa, professor- o’qituvchlarning, talabalarning va barcha soha mutahassislarining komp’yuter texnologiyalarini hamda halqaro texnologik kommunikatsiyalar vositasi bo’lgan ingliz tilini chuqur bilishlariga hamda ularni amaliyotda qo’llay olishlariga erishish (bunda xozirgi davrda kuzatilayotganiga o’xshash ma’lumotlarni qalbakilashtirhsga yo’l qo’ymaslik kerak). Professor-o’qituvchilarning mutaxassislik va xorijiy til bo’yicha bilim darajasini viloyat markazlaridagi DTM filiyallarida holisona va to’lov asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’lar edi (ularning DTM dan olgan malaka sertifikarlari asosida). Malaka oshirish jarayonini esa masofaviy (distantsion) usulda tashkil etish anchagina moliyaviy va texnik mablag’larni tejashga imkon bergan bo’lar edi;

  • Oliy ta’lim va magistraturani tugallayotganlar hamda fan doktori (PhD) ilmiy darajasiga da’vogarlarning dissertasiyalarida majburiy tarzda innovatsiyalarga bag’ishlangan alohida bo’lim bo’jishini va undagi innovatsion amaliy natijani ko’rsatishni qat’iyan talab qilish;

  • Oliy ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda barcha korxonalar injener-tennik va

iqtisodchi xodimlarining bilimlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyot sohasida doimiy malaka oshrishlarini tashkil qilish;

  • Turli hil amaliy fanlar, ilmiy yangiliklar, ilg’or texnologik ishlanmalar bo’yicha kitoblarning qog’oz va electron nushalarini yaratib, ularni keng aholi ommasiga targ’ib qilish va tarqatish;

  • Oliy ta’lim muassasalarini bakalavr va magistratura bosqichlarini tugallab, ushbu bosqichlar bo’yicha diplomlar (yoki bitiruv malaka ishlari) himoya qilishda ham tanlangan yo’nalishlar va mutahassisliklar bo’yicha innovatsion yangiliklar va shunga mos texnologiyalar o’rganib chiqilganligiga alohida e’tibor berish talab qilinishi yoshlarning innovatsiyalarga bo’lgan qiziqishlarini orttirish uchun hizmat qilar edi. Magistraturani bitirayotganlar uchun esa o’z mutahassisligiga mos bo’lgan juda bo’lmaganda bitta innovatsion yangilikning amaliyotga tadbiq qilinishini talab qilish (busiz ular diplom ololmasliklari kerak

innovatsiya bo’lmasa, ularga faqat sertifikatgina beriladi) bitiruvchilarning amaliy malakalarini oshirish vazifasini bajargan bo’lar edi;

  • Respublikamizda amalga kirgan jahon andozalariga mos bo’lgan yangi doktorlik ilmiy darajasini (Ph. D. – Pholosophy doctor) himoya qilishda ham dissertantdan va ilmiy kengashlardan himoya qilinayotgan dissertatsiya tarkibida innovatsion bo’lim bo’lishini talab qilish ijobiy natijalarga olib kelar edi. Doktorlik darajasini olishga talabgor kimsalar majburiy tarzda biror-bir zamonaviy innovatsiyani amaliyotga tadbiq qilinganligi va undan olingan moddiy yoki ma’naviy natijalarni ko’rsatib va isbot qilib berishlari zarurligi Oliy attestatsiya komissiyasi xujjatlarida aniq va ravshan qilib ko’rsatib qo’yilishi lozim;

  • Oliy ta’lim muassasalarida dotsent va professorlik ilmiy unvonlariga talabgorlardan ham (akademik va tarmoq ilmiy tekshirish institutlarida esa katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga talabgorlardan) boshqa talablar bilan bir qatorda, innovatsiyalarning amaliyotga tadbiq qilingani va olingan natijalar taqdim qilinishini talab qilish, ularning ko’pincha nazariy ko’rinishda bo’lgan ishlarini amaliy yo’nalishga burib yuborishga hizmat qilgan bo’lar edi;

  • Ta’lim vazirliklarining professor-o’qituvchilari malaka oshirishi jarayonini

ham BIMM (Bosh ilmiy-metodik markaz) da tashkil etilgan mahsus masofaviy

portalda to’amalga oshirish anchagina miqdorda byudjet mablag’larini tejash bilan bir qatorda, professor-o’qituvchilarning mustaqil ishlash ko’nikmalarini ancha oshirgan bo’lar edi. Bunda ular BIMM ga test yoki imtihon topshirish va attestatsiyadan o’tish uchun qisqa muddatgagina kelar edilar xolos;



  • O’zbekistondagi barcha axoli qatlamlarining bilim olishini ta’minlash uchun kechki, sirtqi va masofaviy (distantsion) ommaviy-ochiq ta’lim tizimlarini (MOOC massive open online cources) chet ellardagi mavjud tizimlardan nusha olgan xolda tezkorlik bilan rivojlantirish mamlakat uchun juda muhin strategik ahamiyatga egadir. Chunki xozirgi vaqtda oliy ta’lim olishga intilayotgan abiturientlarning faqatgina 10% gina bu imkoniyatga ega bo’layaptilar – bu esa qolgan 90% abiturientlarning orzulari ushalmayotganini anglatadi. Xuddi shu juda katta qatlam abiturientlar mamlakatdagi bir qancha salbiy xolatlarning sababi bo’lib qolishi ehtimoldan xoli emas (chunki ular o’z orzulariga erisha olmaganlaridan so’ng, alamzada bo’lib, hayotda muvaffaqiyat qozonish va o’z-o’zlarini namoyon qilishning boshqa noma’qul yo’llarni axtarishga moyil bo’lib qoladilar yoki mamlakatdan ketib, qora ishchilar safiga qoshiladilar). Bunday ta’lim tizimlarini yaratish mamlakatimizda juda katta miqdordagi ish o’rinlarini yaratishga ham olib keladi va aholining hizmat ko’rsatish sferasidagi bahdligini ta’minlab beradi;

  • O’zbek milliy valyutasi – so’mni ham qisman yoki qandaydir chegaralangan optimal nisbatlarda kriptovalyutali ko’rinishga va uni bu bilan bog’liq bo’lgan blokcheynga o’tkazish mamlakatimizdagi bir qancha moliyaviy muammolarni muvaffaqiyatli ravishda hal qilish imkonini berar edi. Shu jumladan:

  • Joriy bank operatsiyalarining shaffofligini va tezkorligini oshirish;

  • Davlat sektori samaradorligini va uning ishlash tezligini oshirish;

  • Ikkilamchi va yashirin bank sektorini yo’q qilish yoki uni nazorat ostiga olish;

  • Davlat apparatidagi byurokratiyani yengish va korruptsiyaga qarshi samarador kurashish;

  • Soliqlar to’lash jarayonini mukammallashtirish orqali, soliq to’lamaslik xolatlariga qarshi samarador kurashish;

  • Kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishiga yangi innovatsion imkoniyatlar yaratish;

  • Kriptovalyutalar va ICO mexanizmlari yordamida halqaro valyuta-kredit resurslarini O’zbekiston iqtisodiyotiga keng miqyosda jalb qilish;

  • Iqtisodiyotga bo’lgan dollar va boshqa valyutalar bosimini kamaytirish va shu asosda so’mning raqobatbardoshligini oshirish;

  • Korxona, tashkilot, xususiy tadbirkorlar hamda jismoniy shxslar uchun yangi, qulay va samarador kredit mexanizmlarini ishga tushirib yuborish;

  • Moliya-kredit muassasalarining ishini yanada takomillashtirish;

  • Ichki moliyaviy resurslarni ishlatishda mobillilikni ta’minlash va boshqalar.

Bunday xatti-harakatlarning muvaffaqiyatli ravishda rivojlanishi uchun hozirgi kunda mamlakatimizda to’rt xildagi yo’nalish taklif etish mumkin:

  • Birinchi stsenariyda bit so’m muomalaga chiqarilishi mumkin. O’zbek milliy valyutasini blokcheynga va raqamli formatga o’tkazish unga bir qancha afzalliklar berishi mumkin, ammo bu holda bir qancha muammolarni qonunchilik asosida to’g’ri hal qilish kerak bo’ladi. Masalan, ushbu blokcheynni kim boshqaradi va unga davlat maqomi beriladimi yoki u korporativ maqomga ega bo’ladimi. Bit so’m ichki va tashki bozorda qanday ishlatiladi va kim tomonidan nazorat qilinadi - degan savollarga ham bank- moliya-kredit sohalari mutaxassislarini jalb qilgan holda konkret, ishonchga sazovor hamda aniq javob topish lozim bo’ladi.

  • Ikkinchi yo’nalishda O’zbekistonning suveren davlat blokcheyn tizimi tashkil qilinadi va u o’zida turli moliyaviy institutlarning funktsiyalarini qamrab oladi. Bunday institutlar jumlasiga banklar, depozitariylar, pensiya fondlari, soliq idoralari va boshqalarni kiritish mumkin. Bu amal soliq to’lash va mablag’larni fondlarga o’tkazish ishlarini nisbatan osonlashtirish va to’liq avtomatlashtirish imkonini beradi.

  • Uchinchi imkoniyat esa kriptovalyutani alohida tashkilotlarda yoki hududlarda hayotga tadbiq qilinadi va bu sohada yetarlricha amaliy tajriba to’planganidan so’ng, bu ish respublika miqyosida amalga oshiriladi (masalan, O’zbekiston Respublikasidagi ochiq iqtisodiy xududlarda yoki chet ellik mutaxassislar ishlaydigan innovatsion qo’shma korxonalarda).

  • Oxirgi, to’rtinchi imkoniyat esa Rossiya Federatsiyasidagidek Markaziy bank tomonidan raqamli kriptovalyutalar bilan ishlashni amalga oshiradigan pilot loyihani ishga tushirishdir (mastercheyn loyihasi). Ushbu platforma bozor ishtirokchlarining elektron usulda o’zaro ma’lumot almashinishi va blokchenlarda identifikatsiya qilinishi uchun mo’ljallangandir. Bu tizim asta sekin, kritpovalyutalar bilan ishlash tajribasi oshib borgan sari bir qancha davlat interaktiv hizmatlarining ham navbatma-navbat blokcheynga o’tkazilishini ta’minlashi mumkin.

  • Respublikamizda kriptovalyuta bo’yicha malakali mutaxassislarning juda kamligi va bu sohadagi tajriba ozligini hisobga olgan tarzda bu yo’nalishda malakali mutaxassislar tayyorlashni ham amalga oshirish zamona talabi bo’lib qolmoqda (bu taklif oily va o’rta mahsus ta’lim vazirligiga, iqtisodiyot universitetiga va moliya institutiga hamda bank-moilya akademiyasiga tegishlidir). Lekin blokchen texnologiyalarni hayotga tadbiq qilish va o’zbek kriptovalyutasini chiqarich innovatsion g’oyasini qadam ba qadam amalga oshirish hozirdanoq boshlab yo’lga qo’yilishi kerak bo’lgan hayot taqozosidir. Chunki dunyodagi ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar o’zlarining milliy yoki korporativ kriptovalyuta loyihalarini amalga oshirmoqdalar va ular keyinchalik barcha raqamli kriptopullarga egalik qilib, boshqa mamlakatlarni bu jarayondan siqib chiqarishga harakat qiladilar. Davlatning monetar siyosatidagi eng muhim amallardan biri pul emissiyasini nazorat qilish bo’lgani uchun, kriptovalyutadan voz kechish mamlakatdagi moliya-kredit tizimini va uning jahon moliya kredit tizimi bilan aloqalarini sezilarli ravishda chegaralashga va uni izdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

    • Respublikaga innovatsion iqtisodiyotni tezkorlik bilan rivojlantirish hamda turli xildagi innovatsion loyihalarni moliyalashtirsh uchun yuqoridagi tegishli bo’limda (5-Bo’lim. Raqamli valyutalar bozoridagi innovatsion texnologiyalar) tavsif etilgan ICO (Initial Coin Offering) mexanizmini qonuniylashtirish va joriy qilish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bunda O’zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlar va hizmatlar bilan ta’minlangan tokenlar chiqarish va ularni ichki hamda tashqi bozorda realizatsiya qilib, yig’ilgan mablag’lar tegishli loyihalarni moliyalashtirish uchun ishlatilar edi. Loyiha amalga oshirlib bo’lganidan so’ng, tokenlar ko’rinishidagi kriptovalyutalar egalariga ularning tokenlari miqdoriga teng bo’lgan tegishi mahsulotlar yetkazilib beriladi yoki ular uchun tegishi hizmatlar amalga oshiriladi. Masalan, UzCotton kriptovalyutasining har biri bir kilogram paxtaga ekvivalent bo’lishi mumkin. Demak, uni sotib olganlarga ular tokenlari miqdoriga teng bo’lgan paxta yoki tola yetkazib beriladi. UzGold kriptovalyutasining bittasi bir gram oltinga ekvivalaent bo’ladi, demak, loyiha amalga oshganidan so’ng, bunday tokenlar evaziga tokenlar egalari jahon birjasidagi narxlar bo’yicha O’z Respublakasida zarb qilingan oltin tanga yoki valyuta beriladi. Agar innovatsion loyiha quyosh yoki shamol elektrostantsiyasi (fermasi) qurish bo’lsa, bitta UzEnergo kriptovalyutasi bir kilovatt energiyaga teng bo’ladi va demak elektrostantsiya ishga tushirilganidan so’ng, kriptovalyutani sotib olgan inson yoki tashkilot oldingi pastroq bo’lgan narxlarda tokenlariga mos bo’lgan elektroenergiyadan foydalanishi mumkin bo’ladi. Agar masalan, UzKvartira deb atalgan tokenlarning har biri bir kvadrat metr uy-joy maydoniga teng deb chiqarilan bo’lsa, u xolda tokenlarning egalari loyiha amalga oshganidan so’ng, ushbu tokenlar miqdoriga teng bo’lgan uy-joy maydoniga egalik qila oladilar. Ya’ni ularning jalb qilingan pullariga (kriptovalyutalar sotishdan yig’ilgan pullarga) uy quriladi va keyin uydagi kvartiralar kriptovalyutalar egalariga tokenlarga mos ravishda taqsimlanadilar. Demak, ko’pchilik insonlar uy-joyli bo’lish uchun banklardan yuqori foyizli ipoteka kreditini olish o’rniga hech qanday kredit

mablag’lari jalb qilmasdan turib, uy qurayotgan kompanniyadan kriptotangalar

sotib oladilar va birozdan so’ng, uy-joyli bo’ladilar. Agar ularga uy kerak bo’lmasa, kriptotangalarni ikkilamchi bozorda sotishlari ham mumkin. Buni kriptovalyutalardan foydalanishning spekulyativ usuli deb atash mumkin.



    • O’zbekistonda bilimlarga asoslangan innovatsion texnologiyalarni iqtisodiyotga tadbiq qilish bo’yicha oxirgi hulosa va samarali tadbir sifatida yoshlarning bu jarayonga bo’lgan kuchli qiziqishini uyg’otish hamda intilishini orttirishni aytish mumkin. Misol sifatida xozirgi paytda respublikamizda raqs, ashula, musiqa kabi san’at turlarining taxsinga loyiq ravishda rivojlanib, har bir yoshning san’atkor bo’lishga intilishi tasodifiy holat emas, balki davlat va jamoaning bunga bo’lgan alohida diqqat-e’tibori, san’atkorlarning pul topsihga imkoniyatlari juda ko’pligi, havas qiladigan darajada badavlat hayot kechirshlari, ko’pchilik insonlarning dabdabalarga o’chligi hamda farovon hayot tarzimiz tufayli yurtimizda to’y va tantanalarning juda ko’pligi bilan izohlanadi. Xuddi shu, san’at va sportga bo’lgan qo’llab-quvvatlash siyosatini innovatsion iqtisodiyotning rivojlanishiga ham qaratilsa, olamshumul natijalarga erishish mumkin bo’lar edi. Masalan, har bir tadbirkor o’z faoliyatini boshlashdan avval, biznes rejasining innovatsion qismi ilmiy xodimlar tomonidan ekspertiza qilinib, tasdiqlanishi va ilmiy xodimlarga bu ish uchun firma hisobidan alohida haq to’lanishi (yoki bunday to’lovning keyinchalik firma foydasidan ulush yoki aktsiya sifatida ko’zda tutilishi), har bir tashkilotda ilmiy-texnik xodimlar jalb qilingan innovatsion bo’limlar (yoki innovatsiyalar bo’yicha mas’ul shaxs) bo’lishi talab qilinishi, innovatsiyalar yaratgan yoki yangiliklarni chet ellardan o’zlashtirib, mamlakatimizga tadbiq etganlar, iztirochilar va ratsionalizatorlar, ilmiy ishlari amaliyotga tadbiq etilgan olimlar va injener-texnik xodimlarning ishlari san’atkorlar va sportchilarnikidan kam bo’lmagan darajada ommaviy axborot vositalarida ijobiy ravishda keng yoritilib, moddiy va ma’naviy taqdirlanishi ilmiy-texnik xodimlarning jamiyatdagi mavqeini yuqori ko’tarar edi va har bir intiluvchan, iqtidorli va layoqatli bo’lgan yoshlar innovatsiyalar yaratish sohasida ishlashni orzu qilib, chuqur va har tomonlama bilim olishga

intila boshlar edilar. Bu esa jamiyatimizda o’ziga hos ilmiy-texnologik inqilob

yaratar edi va pirovard natijada mamlakat tez sur’atlarda innovatsion rivojlanish yo’liga o’tib, rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosub o’rin egallay olardi.



Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish