Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,6 Mb.
bet63/67
Sana13.01.2022
Hajmi1,6 Mb.
#356100
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
Kichik biznes va tad. innov 82df3

1-bosqich. Bu bosqichda hal qilinadigan asosiy masalalarga intitustional bazani mustahkamlash kiradi, ya’ni, milliy innovatsion tizimning an’anaviy va yangi segmentlarini, innovatsion faoliyat institutlarini va mexanizmlarini bir butun qilgan holda, ularnining global innovatsion tizimga integratsiya qilinadi. Ushbu bosqichda iqtisodiyotni qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish uchun ilg’or horijiy texnologiyalardan foydalanish va ularni ijodiy ravishda o’zlashtirish kerak bo’ladi. Ilg’or texnologiyalarni ommaviy tarzda o’zlashtirish mamlakatdagi barcha korxona va tashkilotlarning samaradorligini oshirib, import o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish va raqobatbardosh hamda sifatli mahsulotlarni jahonning turli mamlakatlariga eksport qilishga imkon beradi. Ishlab chiqarishning eng yangi usullarini respublika korxonalariga tadbiq qilish ularni moslashtirish uchun ilmiy-texnologik izlanishlar olib borishni talab qiladi. Buning uchun respublikadagi ilmiy tashkilotlarning ilmiy-texnik xodimlari safarbar qilinishlari maqsadga muvofiq bo’ladi. Yangi texnologiyalarni o’zlashtirishda davlat asosiy rolni o’ynaydi va u innovatsion strategiyaning asosiy qoidalarini ishlab chiqib, moliyalashtirishni ham amalga oshiradi. Birinchi bosqichning amalga oshirilishi natijasida to’liq va ishchan milliy innovatsion tizim hosil bo’ladi va u innovatsion tsiklning barcha bosqichlarida to’laqonli innovatsion faollikni ta’minlab bera oladi. 2-bosqich. Bu bosqichda O’zbekiston milliy innovatsion tizimining boshqa tizimlarga moslashuvi va samarali ishlashi natijasida u global innovatsion tizimning ajralmas tarkibiy qismi bo’lib qoladi. Endi asosiy e’tiborni tizimli innovatsion loyihalarni amalga oshirishga, innovatsiyalarda davlat ulushini kamaytirishga, raqobatbardosh texnologiyalar yaratishda ishtirok etishga, zahiralarni eng muhim loyihalarga yo’naltirishga va innovatsion sohadagi halqaro kooperatsiyani imkon boricha kengroq rivojlantirishga qaratish kerak bo’ladi. Natijada mamlakatda innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish ulushi xozirgi 2,9% dan 20-30% gacha ko’payishi mumkin. Ammo bunday ko’rsatgichlarga erishish

uchun juda katta ichki investitsion zahiralar zarur bo’ladi, ya’ni, ilmiy-texnik ishlar uchun sarf qilinadigan mablag’lar yalpi ichki mahsulotning 3-4% gacha yetishi mumkin. Bu xarajatlarning asosiy qismini iqtisodiyotning nodavlat sektori amalga oshirishi kutiladi. Korxona va tashkilotlar tomonidan innovatsiyalar uchun sarf qilinadigan xarajatlar ulushi xozirgi 0,4% dan 5% gacha ko’payishi bashorat qilingan. O’zbekistondagi innovatsion biznesning raqobatbardoshliligini ta’minlash uchun davlat katta (ba’zi hollarda kichik) innovatsion korxonalar (korporatsiyalar) ga ularning brendi siyosatini yurgishishga ko’mak berishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki bu amal dunyo hamjamiyati oldida O’zbekistonning “imidj” ini ko’rsatib, uning iqtisodiyoti raqobatbardoshliligini oshiradi. Milliy innovatsion tizimni tadbirkorlik sektoriga ilmiy asosdagi texnologiyalarni tadbiq etish, ishlab chiqarishni qayta tuzish va ularning raqobatbardoshliligini oshirish, innovatsion ishlanmalarni davlat dasturlari bilan muvofiqlashtirish asosida iqtisodiyotni modernizatsiyalashga yo’naltirish uchun quyidagi asosiy va muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi:



  • Horijiy investorlar bilan birgalikda iqtisodiyotning yangi, yuqori texnologiyali raqobatbardosh innovatsion tovarlar ishlab chiqaradigan tarmoqlarini tashkil qilish;

  • Yangi innovatsion texnologiyalarni davlat sektoridan asta-sekinlik bilan nodavlat sektoriga berishning samarador tizimini ishlab chiqish va yuqori texnologiyali tovarlar eksport qiladigan korxonalarga davlat tomonidan har tomonlama ko’mak berish;


  • Download 1,6 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish