Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Agrar sohadagi kichik biznes va tadbirkorlikda innovatsion siyosatni tashkil qilish muammolari



Download 1,6 Mb.
bet59/67
Sana13.01.2022
Hajmi1,6 Mb.
#356100
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67
Bog'liq
Kichik biznes va tad. innov 82df3

Agrar sohadagi kichik biznes va tadbirkorlikda innovatsion siyosatni tashkil qilish muammolari


Xozirgi sharoitlarda O’zbekistonda viloyatlarni umumiy maqsadga erishish yo’lida samarali boshqaruv va ularda qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash hamda ishlab chiqarish korxonalarini optimal tarzda joylashtirish juda muhim masala sifaida ko’rilayapti. Bu mamalakatimizdagi turli viloyatlarning o’ziga xos hususiyatlari mavjudligi, aholi va moddiy zahiralarning turli-tumanligi bilan izohlanadi. O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti sharoitlarida viloyatlarda aniq

innovatsion siyosat mavjud bo’lmasa, ularning samarador tarzda rivojlanishlari mumkin emas. Rivojlanishning innovatsion modeliga o’tish iqtisodiyotda viloyatlarning ahamiyatini yanada oshirib yuboradi. Chunki innovatsion jarayonlarning tezlashishi viloyatlarda bunga astoydil qiziqadigan olimlar, injener- texnik xodimlar va tadbirkorlar guruhlarini yuzaga keltiradi. Ular ushbu viloyatlarga mos bo’lgan innovatsion texnologiyalar asosida yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda o’zaro aloqalarini kuchatiradilar yoki katta innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun birlashgan holda o’z moddiy, moliyaviy va intellektual imkoniyatlarini jalb qiladilar. Bu esa yangi innovatsion texnologiyalarni o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan turli ko’rinishdagi sarf- xarajatlarni kamaytiradi va iqtisodiy samarani ko’paytiradi. Innovatsion iqtisodiyotda viloyatlar ahamiyatining oshirilishi yangi bilimlar, texnologiyalar va innovatsiyalarning bir maqsadga yo’naltirilishiga va innovatsion loyihalarning joylardagi elitalar (boshqaruv, tadbirkor, ilmiy va boshqa sohalardagi) bilan hamkorlikda amalga oshirishga olib keladi va g’oyalar tezroq hamda muvaffaqiyatliroq hayotga tadbiq qilinadilar. Shuni ham aytish kerakki, mamlakatimizdagi turli viloyatlar innovatsion rivojlanish modelini tashkil qilishga turli xil darajada tayyordirlar. Turli xil faktorlar innovatsion rivojlanishga xalaqit beradilar, ba’zilari esa innovatsion rivojlanishga yordam beradilar. Shuning uchun ham xozirgi davrda bularni hisobga olgan holda respublika agro ishlab chiqarish kompleksini zamonaviy ilg’or innovatsion texnologiyalar asosida butunlay yangi darajaga olib chiqish kerak. Chunki, agro ishlab chiqarish kompleksi O’zbekiston iqtisodiyotining eng muhim sektorlaridan hisoblanib, u mamlakatni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi hamda aholi bandligini ta’minlab beradi. Agro ishlab chiqarish kompleksining asosini qishloq xo’jaligi tashkil qilib, unda mehnatga layoqatli aholining aksariyat qismi band bo’lib, u mamlakatning oziq- ovqat havfsizligini ta’minlab beradi. Davlat qishloq xo’jaligining rivojlanishiga juda ko’p mablag’lar ajratadi, ammo shunga qaramay, qishloq xo’jalik mahsulotlarining sifati past va ularni ishlab chiqarish hajmi respublika aholisini to’la ta’minlash uchun yetarli darajada emas. O’zbekiston viloyatlaridagi tabiiy-

mintaqaviy shart-sharoitlar jahon bozorida talab katta bo’lgan sifatli va ekologik toza qishloq xo’jalik mahsulotlarini katta hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi. Xozirgi paytda bir qancha rivojlangan mamlakatlarda asosan genetik jihatdan modifikatsiyalashgan (GM) mahsulotlar yetishtirilayotgani tufayli, bizdagi ekologik toza mahsulotlarga talab juda yuqori bo’ladi. Agar bunday imkoniyatlari amalga oshirmasak, sobiq sovet ittifoqining jahon bozoridan don sotib olayotganini eshitgan Winston Cherchillning: “Men qarilikdan o’laman deb o’ylardim, ammo endi kulgidan o’ladiganga o’xshayman” degan so’zlariga monand ahvolga tushib qolishimiz mumkin.



Jahon bozoriga olib chiqiladigan ekologik toza mahsulotlarni katta miqdorda yetishtirish uchun bizda barcha shart-sharoitlar (yer maydoni, suv, yorug’lik, mineral va mahalliy o’g’itlar, ishchi kuchi, bilimli agrotexnika xodimlari, injener- texnik xodimlar va olimlar) mavjud, ammo buning uchun dunyodagi bacha zamonaviy agrotexnik bilimlarni o’rganish va ularni respublika agrosanoat kompleksiga keng miqyosda tadbiq qilish kerak holos – ya’ni, lo’nda qilib aytganda, qishloq xo’jaligini innovatsion rivojlantirish yo’liga tezkorlik bilan o’tish zarur. Bu ishlarni amalga oshirish biz uchun taqdir ato etgan bir nodir imkoniyat va bu mamlakatimizning hayot va mamot masalasidir desak ham bo’ladi. Qishloq xo’jaligini bu yo’nalishda rivojlantirishda alohida ahamiyat berilishi lozim bo’lgan bir qancha muhim masalalarni quyida ko’rsatib o’tishga harakat qilamiz:

  • Ekologik toza qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishning eng zamonaviy, innovatsion va tejamkor texnoligiyalarini o’rganish va ularni respublika qishloq xo’jaligiga zudlik bilan tadbiq qilish;

  • Yopiq yer maydoni sharoitlarida (teplitsalar, parniklar, oranjereyalar kabi) ekologik toza sabzavot va poliz mahsulotlari, ko’katlar va tsitrusli o’simliklar, jahon bozoriga talab katta bo’lgan gullar va tropic mahsulotlar yetishtirish;

  • Elektr energiyasi olishda va teplitslarni isitishda al’ternativ energiya

manba’laridan (quyosh, shamol, bioenergiya va mini suv turbinalari) foydalanishni keng miqyosda yo’lga qo’yish va bu boradagi ilmiy-texnik

ishlarni jadallashtirish hamda chet ellardagi al’ternativ energetika manba’lari bilan bog’liq innovatsion texnologiyalar, uskunalar, yutuqlar va ishlanmalrni o’rganib, ularni respublika qishloq xo’jaligiga darhol tadbiq qilish;



  • Bioteplitslar qurishni (quyosh teplitsalari, go’ng va chiqindilar bilan isitiladigan issiqxonalar, chuqurlikdagi oranjereyalar, xitoy teplitslari va shu kabilar) ommaviy miqyosda amalga oshirish va ularda turli hil mahsulotlar yetishtirish, bu boradagi jahon innovatsion yangilklarini mamlakatimizga olib kelib, hayotga tadbiq qilish;

  • Shamol energenikasini rivojlantirish va uning agregatlarini qishloq xo’jaligi va aholini arzon energiya bilan ta’minlash uchun respublikamizda joriy qilish;

  • Resbublikada yetishtiriladigan mahsulotlar va sanoat chiqindilari asosida yonilg’i granulalari va briketlari ishlab chiqarishni tashkil qilish va ularni qishloq xo’jaligidagi tadbirkorlarga hamda aholiga arzon narxlarda yetkazib berish;

  • Respublikadan qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qilishga bo’lgan barcha to’siqlarni bartaraf qilib, tadbirkorlarning chet ellar bilan erkin savdosiga keng yo’l ochish;

  • Paxta, bug’doy, arpa, meva-sabzabot-poliz mahsulotlari yetishtirishning zamonaviy va eng ilg’or innovatsion texnologiyalarini o’rganib, ularni respublika qishloq xo’jalik amaliyotiga tadbiq qilish;

  • Suvni tejash va kam xarajat qilib ko’p hosil olish mumkin bo’lgan innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan, tomchilab sug’orish usulini qo’llash miqyosini imkoniyat darajasida kengaytirish;

  • Qishloq xo’jalik mahsulotlarini komp’yuter texnologiyasi yordamida dasturiy boshqaruv asosida yetishtirhsning ilg’or innovatsion texnologiyalarini respublika miqyosida hayotga tadbiq etish;

  • Qishloq xo’jalik mahsulotlari, al’ternativ energiya manba’lari, quyosh energetikasi, shamol energetikasi va bioenergetika bo’yicha innovatsion yangilklarni o’zlashtirib, ularni keng aholi ommasiga ommaviy axborot

vositalaridan foydalanib, ma’lum qilish va tezkorlik bilan real iqtisodiyotga joriy qilish.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda, shuni aytishimiz mumkin: qishloq xo’jaligida innovatsion iqtisodiyotga o’tishdagi asosiy shiorimiz quyidagicha bo’lishi lozim: “Barcha ichki va tashqi imkoniyatlarni jalb qilgan holda rivojlangan mamlakatlar agrar sektoridagi barcha mavjud yangi innovatsion texnologiyalarni chuqur o’rganib va o’zlashtirib, ularni tezkorlik bilan mamlakat iqitisodiyotining turli sohalariga tadbiq qilish mexanizmini ishga tushirib yuborish”. Qishloq xo’jaligining texnik ta’minlashga ham ahamiyat berib, mashina-traktor parkining yangilanishini amalga oshirish talab qilinadi. Bu muammoni asbob-yskuna va kerakli texnikani lizing (yoki shunga o’xshash) shartlarida sotib olish bilan hal qilish mumkin. Xozirgi paytda O’zbekistonda qishloq xo’jaligini rivojlantirishning asosiy muammolariga quyidagilar kiradi: juda oddiy va ko’p mehnat talab qiladigan texnologiyalarning qo’llanilishi, mamlakatda ishlatiladigan qishloq xo’jalik texnologiyalarining rivojlangan mamlakatlar texnologiyalaridan anchagina orqada qolganligi, ilmiy natijalar va hulosalarning amaliyotga juda ham sekinlik bilan tadbiq qilinishi, qishloq xo’jalik mashinalari va uskunalarining juda ham eskirib qolganligi, ish unumdorligining juda ham past darajada ekanligi, samarasiz xarajatlarning juda ham ko’pligi, sanitariya va veterinariya ishlari sust ekanligi hamda agrotexnika eski texnologiyalarga asosan amalga oshirilganligi tufayli qishloq xo’jalik ekinlariga (va xayvonlariga) katta zarar yetkazadigan kasalliklar va zararkunandalarning ko’payib ketganligi. Qishloq xo’jaligining innovatsiyalar asosida intensiv rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy salbiy faktorlar sifatida esa quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: ishlab chiqarish unumdorligining pastligi, mayda ishlab chiqaruvchilarning ko’pligi, juda ko’p miqdordagi kichik fermer xo’jaliklarining zamonaviy unumdor texnologiyalardan foydalanishga qurbi yetmasligi va qishloq xo’jaligida band bo’lgan mutahassislarning zamonaviy texnika va texnologiyalardan hamda ularning imkoniyatlaridan xabarsizligi. Agro ishlab chiqarish kompleksining ilmiy potentsiali uni rivojlantirish uchun asos bo’ladi va shuning uchun ham bu

potentsialni zamonaviy talablarga javob beradigan darajada rivojlantirish chora- tadbirlarini ko’rish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ular tomonidan almisoqdan qolgan texnologiyalar asosida yetishtiriladigan qishloq xo’jalik mahsulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida yetishtirish usullari bo’yicha kitob, qo’llanma va broshyuralarni katta tirajlarda nashr qilib tarqatish va ulardagi tavsiyalarni ommaviy axborot vositalari orqali keng axoli ommasiga reklama qilish juda yaxshi natija berishi mumkin. Olimlarning o’zlari ham dalalarga va qayta ishlash korxonalariga chiqib, innovatsion texnologiyalar bo’yicha jonli ma’lumotlar berishlari o’ta muhim tadbirlardan biri bo’lib hisoblanadi. Bundan ayon bo’ladiki, qishloq xo’jaligini tez va dinamik rivojlantirish uchun zarur bo’lgan asosiy faktorlardan biri - barcha daraja va yo’nalishlarda yuqori malakali mutahassislarning bo’lishi va ularning qishloq xo’jaligiga innovativ usullarni tadbiq qilishda bevosita ishtirokidir. Bu masalani esa o’z navbatiga agrar o’quv yurtlari, kollejlar, malaka oshirish institutlari va universitetlar hal qilib berishi lozim. Agarda shunday tadbirlar og’ishmay amalga oshirilsa, O’zbekistonning agrar sektori ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar bilan to’diribgina qolmay, balki chet ellarga ham o’z mahsulotlarini chiqarib, respublikaga kelayotgan valyuta oqimini ancha miqdorga ko’paytirishi mumkin. O’zbekistonning ko’pchilik aholisi band bo’lgan qishloq xo’jaligida raqobatbardosh innovatsion iqtisodiyotni tashkil qilishi va uni har tomonlama rivojlantirish yo’liga o’tishi uning chet mamlakatlardagi obru-e’tiborini oshirib, halqning farovon turmushini ta’minlaydi. Agro ishlab chiqarish sohasidagi mahsulotlarni qayta ishlash korxonalarining innovatsion rivojlanishiga investitsiyalar jalb qilish, ularni texnologik jihatdan yangilash va homashyo yetkazib beradigan xo’jaliklar bilan hamjihat ishlashini ta’minlashga hizmat qiladi. Qishloq xo’jalik kompleksida bunday integrallashgan birlashmalar (klasterlar) hosil qilish qishloq xo’jalik korxonalarining texnik va texnologik qoloqligiga barham beradi, ish unimdorligini sezilarli ravishda oshiradi va qishloqning infratuzilmasini rivojlantirishga olib keladi. Bu tadbirlarning barchasi esa qishloq xo’jalik kompleksini mamlakat iqtisodiyotidagi eng muhim va raqobatbardosh bo’g’imga aylantirish uchun hizmat qiladi.

Mamlakatning havfsizligi uning oziq-ovqat havfsizligi bilan uzviy bog’liqligi hozirgi kunda hech kimga sir emas. Ammo oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarni yetishtirish, saqlash, ishlov berish, tayyorlash, ularning ozuqaviy qiymatini oshirish, bir mahsulotni boshqacha ekvivalenti bilan almashtirish, sun’iy ozuqa mahsulotlari tayyorlash va boshqa bir qancha yo’nalishlar bo’yicha texnologik innovatsiyalar juda ko’p bo’lgani uchun biz ulardan bittasinigina misol tariqasida ko’rib chiqamiz. Bir qаnchа ilmiy izlаnishlаr nаtijаlаridаn mа’lum bo’lgаnki, ul’tratоvush tеbrаnishlаri mоddаning аgrеgаt holatini o’zgаrtirishi, dispеrsiya holatigа o’tkаzishi, emul’siyalаr hosil qilishini engillashtirishi, diffuziya tеzligini o’zgаrtirishi, mоddаni eritishi yoki kristаll holatigа kеltirishi, kimyoviy reaktsiyalаrni аkrivlаshtirishi hamda tехnоlоgik jаrаyonlаrni intеnsifikаtsiya qilishi mumkin ekаn. Оziq-ovqat sаnоаtidа ul’trаtоvush tеbrаnishlаrining fizik-kimyoviy jаrаyonlаrgа ta’siri mеhnаt unumdоrligini оshirishgа оlib kеlаdi, energiya sarfini kamаytirаdi, tаyyor mahsulotning sifаtini yaхshilаydi, uning sаqlаnish muddаtini uzаytirаdi vа yaхshi iste’mol ko’rsatgichlаrigа egа bo’lgаn yangi mahsulotlar yaratishgа imkоn bеrаdi. Quyidаgi tехnоlоgik jаrаyonlаr ul’trаtоvush tехnоlоgiyasini ishlаtishning pеrspеktiv vа yеtarli dаrаjаdа o’zlаshtirilgаn yo’nаlishlаri hisoblаnаdi:



  • Оziq-ovqat sаnоаtidа go’sht-sut, kоnditer vа tа’m bеrish jаrаyonlаri uchun yarоqli bo’lgаn suvli vа yog’-suvli emul’siyalаr tаyyorlаsh (sut mahsulotlari, shаrbаtlаr, kоlbаsаlаr tаyyorlаsh uchun);

  • Mahsulotlarni «yarim tаyyor holda yoki yеngil-еlpi» pishirish maqsadidа ulаrgа pаst haroratlаrdа ishlоv bеrish;

  • Хоmаshyo, yarim tаyyor mahsulotlar vа оziq-ovqat mahsulotlarini pаsterizаtsiya vа gоmоgеnizаtsiya qilish hamda dispеrslаshtirish;

  • Оziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol vа dаvоlаsh-prоfilаktik ko’rsatgichlаrini yaхshilаsh uchun ulаrni biоlоgik аktivlаshtirish;

  • O’simlik yog’lаrini tiniqlаshtirish (yorqinlаshtirish) vа gidrogеnizаtsiya qilish;

  • Nоn mahsulotlari tаyyorlаshdа hаmirli suspеnziyalаrni tеzkorlik bilаn pishirish vа spirt tаyyorlаsh texnologiyalarini fаоllаshtirish;

  • Diffuziоn аppаrаtlаrdа shаkar tаyyorlаshdа ul’trаtоvush vоsitаsidа mikrоbiоlоgik jаrаyonlаrning rivоjlаnishini to’хtatish;

  • Diffuziоn аppаratlаrdа shаkar ishlаb chiqarishdа diffuziоn jаrаyonlаrni ul’tratоvush hisobigа jаdаllаshtirish va diffuziоn shаkar shаrbаtini tоzаlаsh;

  • Suvni zаrarsizlаntirishni аmаlgа оshirish va vinо tаyyorlаshdа undаgi tuzlаrni cho’ktirish;

Ammo bulаr bilаn оziq-ovqat sаnоаtidа ul’tratоvush texnologiyalarining ishlаtilishi tugаllаnmаydi. Masalan, ul’tratоvush vоsitаsidа krахmаl аjratib оlish, shаkarlаshtirish, bаrdаni kоаgulyatsiya qilish, rektifikаtsiyani аmаlgа оshirish hаm mumkin. Shundаy qilib, issiqlik-massа-energiya аlmаshinish jаrаyonlаridа ul’tratоvushni ishlаtish dоnni suv vа issiqlik ta’siridа qаytа ishlаsh tехnоlоgiyasidа rаdikаl (tub) o’zgаrishlаrgа sаbаb bo’lishi mumkin. Yanа bir uskunаdа sutni sоvuq hоlidа pаstеrizаtsiya vа gоmоgеnizаtsiya qilish аmаlgа оshirilgаn. Sut tarkibidаgi yog’ shаrchаlаrini ul’tratоvush yordаmidа pаrchаlаsh uning оzuqаviy qiymatini оshirаdi. Аgаr ul’tratоvushning zichligi yetаrli dаrаjаdа bo’lsа, sutning sterilizаtsiyasi аmаlgа оshаdi. Sutni qаynаtib sterilizаtsiya qilingаnigа nisbаtаn, ul’tratоvush bilаn ishlоv bеrilgаnidа uning tarkibidаgi С vitamini pаrchаlаnib ketmаydi. Ul'tratоvush tехnоlоgiyasidаn fоydаlаnish аl’buminli оqsillаrni оlish tехnоlоgiyasini hаm аnchа sоddаlаshtirаdi. Shundаy qilib, оziq-ovqat sаnоаtidа ul’tratоvush innоvаtsiоn texnologiyalaridаn fоydаlаnish quyidаgilаrgа imkоn bеrаdi:

  • Fizik-kimyoviy jаrаyonlаrning tеzligi bir nеchа martа tеzlаshаdi;

  • Energiya vа zаhirаlаr sarfi аn’аnаviy usullargа nisbаtаn kamаyadi;

  • Issiqlik-massа-energiya jаrаyonlаri jаdаllаshаdi;

  • Техnоlоgik jаrаyonlаr kеchаdigаn uсkunаlаrni ihchаm vа bir nеchа оpеrаtsiyalаr bir vаqtdа аmаlgа оshаdigаn qilish imkоniyati yarаlаdi;

  • Ishlаb chiqarish mаydоnlаrini kichiklаshtirish mumkin bo’lаdi;

  • Biоlоgik аktiv dаvоlаsh hususiyatlаrigа egа bo’lgаn yangi turdаgi mahsulotlar оlish imkоni yarаlаdi;

  • Mahsulot tаnnаrхini kamаytirish mumkin bo’lаdi.

Ammo bu nаtijаlаrgа erishish uchun аkustik texnologiyalarni jоriy qilishdа ko’pchilik hоllаrdа tехnоlоgik jаrаyonlаrning bir qаnchа ko’rsatgichlаrini o’zgаrtirish zаrur bo’lаdi.

Oziq-ovqat sanoati tarmog’i miqyosida innovatsion rivojlanishni ta’minlash uchun muddatlari aniq ko’rsatigan holda tarmoq innovatsion rivojlanish Dasturlarini ishlab chiqish lozim bo’ladi. Bu dasturda innovatsion rivojlanishning quyidagi yo’nalishlarini ko’rsatish mumkin:



    • Imkoni boricha mamlakatdagi texnologiyalar asosida oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlaydigan turli korxonalar qurish, chunki bu ularning saqlanish muddatini oshirib, ularning savdo tarmoqlaridagi buzilish miqdorini ancha kamaytiradi. Bu esa o’z navbatida, xaridorlarga yetib boradigan mahsulotlar hajmini ancha oshiradi;

    • Ishlab turgan korxonalarni innovatsion texnologiyalar asosida zamonaviylashtirish – bu amal yangi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko’paytirib, ularning turli-tuman bo’lishini (assortimentini) ta’minlaydi ;

    • Chet el tajribasini o’rganish va uni o’zlashtirish asosida yangi innovatsion korxonalar qurish va ishga tushirish ortiqcha oziq-ozqat mahsulotlarini yaqin va uzoq xorijga eksport qilish imkonini berib, mamlakatga valyuta oqimini ko’paytirish uchun hizmat qiladi;

    • Ecologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini (organik mahsulotlarni) yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va sotishning (shu jumladan, yaqin va uzoq horijiy mamlakatlarga) yangi usullarini tadbiq qilish bo’yicha ilmiy ishlarni jadallashtirish turli rivojlangan mamlakatlar savdo tashkilotlarining mamlakatda ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan qiziqishini oshiradi ;

    • Mamlakatda yetishtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini turini (nomenkulaturasini) imkon darajasida ko’paytirish. Bular jumlasiga tsitrusli

o’simliklarni, tropik meva va o’simliklarni, dorivor meva-sabzavotlar va shifobaxsh giyohlarni kiritish mumkin.

Oziq-ovqat sanoatining innovatsion rivojlanishidagi ushbu har bir yo’nalish uchun moliyaviy manba’ va uning hajmlari aniq ko’rsatilishi darkor. O’zbekiston oziq-ovqat sanoati tarkibiy qismlarining tizimli tahlili va ularning o’zaro aloqalarini o’rganish esa bu sohaning innovatsion rivojlanishga to’siq bo’lishi mumkin bo’lgan quyidagi asosiy muammolar mavjudligini ko’rsatadi:



    • Oziq-ovqat sanoatidagi mavjud innovatsion tizimning har bir elementi bir- biriga bog’liq bo’lgan muammolar girdobida bo’lgani tufayli, tizim to’liq bo’lmay, u kelajakdagi to’laqonli innovatsion rivojlanishni ta’minlab bera olmaydi. Masalan, homashyo ishlab chiqarish, uni saqlash, yetkazish va qayta ishlash xozirgi davrda bir-biriga uzviy bog’liq emas;

    • Oziq-ovqat sanoatining har bir bo’g’imi uning o’zi uchungina mos bo’lgan alohida masalalarni hal qilishga harakat qilib, davlat miqyosidagi innovatsion rivojlanishning umumiy maqsadlariga bo’ysungan emas – bu esa qo’shimcha qiyinchiliklar hosil qiladi;

    • O’rta va uzoq muddatlarga mo’ljallangan hamda dastur sifatida taqdim etilgan to’liq va puxta ishlab chiqilgan innovatsion siyosat yo’qligi tufayli oziq- ovqat sanoatiga innovatsiyalar kirib kelishi nihoyatda sekinlashgan. Bu boradagi ba’zi mavjud dasturlar ham joylardagi ilmiy-texnik kadrlar potentsalinini rivojlantirish, ularning malakasini oshirish, yangiliklarni qo’llab-quvvatlash va boshqa korxonalarga tarqatish kabi chora-tadbirlarni o’z tarkibiga olmagan;

    • Milliy innovatsion tizim tarkibiy qismlari (shu jumladan, oziq-ovqat sanoatidagi ham) bir-biri bilan yetarli bo’lmagan darajada muloqot qiladi, bu esa zamonaviy innovatsion yangiliklarning ishlab chiqarishga tadbiq qilinishiga jiddiy to’siq bo’lib, ishlab chiqaruvchilarning talablariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlash masalasiga putur yetkazadi.

Oziq-ovqat sanoatidagi innovatsion va ilmiy izlanish jarayonini boshqarish mexanizmi zamonaviy innovatsion rivojlanish masalalarini muvaffaqiyatli hal qilish uchun mos tushmaydi, chunki:

    • O’zbekistondagi innovatsion faollikni oshirish uchun tizimli mexanizmlar va keng aholi qatlamlarining unga qiziqish uyg’otish chora-tadbirlari ishlab chiqilmagan;

    • Mamlakatdagi innovatsion rivojlanish jarayoni juda sust koordinatsiya qilinadi, chunki Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ilm va texnologiyalar rivojlanishini koordinatsiyalash Qo’mitasi amalga oshiraytgan tadbirlarni to’liq va yetarli deb bo’lmaydi.

    • Mamlakatdagi ilmiy izlanishlarning asosiy yo’nalishlari (va ko’pchilik dissertatnlarning ilmiy izlanishlari mavzulari) shunchalik keng va sayoz tavsif etilganki (iqtisodiy ahamiyatga molik va samara berishi mumkin bo’lgan real amaliyotdan ancha uzoqlashib, ko’proq nazariy ahamiyatga molik bo’lib qolgan), ulardan konkret strategiya va dasturlar ishlab chiqarish uchun foydalainib bo’lmaydi;

    • Innovatsion faoliyat bilan bog’liq huquqiy-normativ baza bir qancha jiddiy kamchiliklarga ega, shu jumladan, innovatsion faoliyatga tegishli asosiy qonun yo’qligi, byudjet mablag’lari hisobiga yaratilgan intellectual faoliyat natijalariga egalik qilish masalalari to’liq hal qilinmaganli va bunda foyda qanday taqsimlanishi aniq emasligi, davlat korxonalarida yaratilgan intellectual mulkka ilmiy-texnik xodimlarning qanday egalik qilishlari masalasi hal qilinmaganligi va boshqalar.

Yuqorida ko’rsatilganlardan kelib chiqqan holda, mamlakatimiz oqiz-ovqat sanoatida innovatsion o’zgarishlar qilish uchun (bu iqtisodiyotning boshqa ishlab chiqarish tarmoqlariga ham tegishli, albatta) zaruriy bo’lgan hamda respublika innovatsion muhitida mavjud bo’lgan bir qancha asosiy muammolarni ko’rsatib o’tishimiz mumkin:

    • Innovatsion faoliyatning barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo’lgan aniq va ravshan qonunlar majmuasining mavjud emasligi. Bunday qonunlarni yaratishda innovatsiyalarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanish mexanizmlari, byudjetdan moliyalashtirish va afzalliklar (soliqdan chegirmalar, davlat kafolatlari berish, subventsiya va subsidiyalar


Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish