Mehnat resruslarining shakllanishi va ulradan foydalanish muammolari



Download 103,85 Kb.
bet1/23
Sana24.01.2023
Hajmi103,85 Kb.
#901809
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
mexnat iqtisodiyoti




Mustaqil ta’lim mavzulari

betlar

1.

Mamlakatni jadal isloh etish va modernizatsiyalash sharoitida mehnatni tashkil etishni takomillashtirish muammolari

2-bet

2.



Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda mehnat bozorini faoliyat ko‘rsatishining iqtisodiy mexanizmi

4-bet

3.

Mehnat resruslarining shakllanishi va ulradan foydalanish muammolari.

6-bet



4.

Mehnat resurslari balansini ishlab chiqish metodikasi

8-bet

5.

Mehnat bozorini shakllanishi va rivojlantirish muammolari

10-bet

6.

Aholi farovonligini oshirishda aholini ish bilan bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish muammolari

12-bet

7.

Korxonada mehnat unumdorligi: tahlil qilish, rejalashtirish

15-bet

8.

Korxonaning ish haqi tizimi: tahlil qilish, rejalashtirish va prognozlashtirish

18-bet

9.

Aholi farovonligini oshirishda aholining turmush darajasi va daromadlar, hamda ularni davlat tomonidan tartibga solish muammolari

21-bet

10.

Mehnatga bo‘lgan munosabat va mehnat natijalaridan qoniqish muammolari

24-bet

11.

Islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida aholini ijtimoiy muhofaza qilish muammolari

26-bet

12.

Halqaro mehnat tashkiloti.

28-bet

13

Ijtimoiy mehnat muosabatlarini tartibga solish

30-bet

14.

Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini rivojlantirish

32-bet

15.

Ijtimoiy institutlar va xodimlarni ijtimoiy muxofaza qilish mexanizmi

34-bet

16.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda xodimlar mexnatdan foydalanish holatini tahlili

36-bet

17.

Xodimlarni boshqarish samaradorligini oshirish

38-bet

18.

Korxonada qo‘llanilayotgan mukofotlash tizimining tahlili va uni takomillashtirish

40-bet

19.

Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda yoshlarni ish bilan ta’minlashning iqtisodiy mexanizmi

42-bet

20.

Xorijda ish xaqini tashkil etish

44-bet

21.

Xalqaro mehnat tashkilotining faoliyatini tashkil etilishi

47-bet




Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

50-bet

MUNDARIJA
1-mavzu. Mamlakatni jadal isloh etish va modernizatsiyalash sharoitida mehnatni tashkil etishni takomillashtirish muammolari.
Ma’lumki, mehnatni tashkil etish («tashkilot») tushunchasining kelib chiqishi lotincha “organizo”dan olinib, shaklni ma’lum qilaman degan so‘zlar bilan bog‘liqdir. Bu bilan tashkil etish, ayni vaqtda o‘zida funksional va nazariy jihatlardan muayyan maqsadga erishish yoki muayyan vazifani tashkil qilish tizimni yaratish va takomillashtirish sohasida ongli faoliyatning jarayoni va natijasidir. Inson faoliyatining barcha sohalarida tashkil etishning roli ana shundan iborat bo‘lib, bu hol tashkil etishga tadqiqot va ishlanmalar predmeti sifatida e’tiborni jalb etadi. Tashkil etish nazariyasi va amaliyotini mammolarni ishlab chiqishning ilmiy yo‘nalishlari orasida prakseologiya (yunoncha amaliyot yoki harakat va o‘rganish, ma’nolarini anglatuvchi so‘zlardan) samarali amaliy faoliyat tamoiyillari va usullari haqidagi fan muhim o‘rin egallaydi. «Tashkil etish» tushunchasi uni tadbiq etish obyektiga ko‘ra aniqlanadi. Odatda mehnatni ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish bir-biridan farqlashni taqozo etiladi. Bunda ko‘p hollarda mehnatni tashkil etish mehnat jarayonining, ishlab chiqarishni tashkil etishning o‘zi esa, boshqarishning funkiyasi deb tushuniladi. Bu tushunchalarni farqlash korxonalarda mutaxasislar tayyorlash sohasida qaror topgan amaliyot va tegishli xizmatlarni ajratish bilan bog‘liqdir. Amaliyotda esa mehnatni tashkil etish bilan birgalikda olib borilgan taqdirdagina mehnat samarali bo‘lishi mumkin. Asosiy e’tiborni odamlarga qaratish korxona manfaatlarini kamsitish deb tushunilmaydi, chunki faqat odmlargina korxona muvaffaqiyatini ta’minlay oladilar. Buni uchun ular barcha kerakli narsalar bilan ta’min etilgan bo‘lishlari lozim. Shunday qilib, umumiy kategoriya tushunchasi sifatidagi tashkil etishni mehnat, shlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishga ajratishga an’anviy yondashuv eskirib qolgan bo‘lib, tushunchalarning real mazmuni va mohiyati haqidagi hozirgi tassavvurlarga to‘g‘ri kelmaydi. Bu tushunchalar mehnat faoliyatiga (shu jumladan ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyatiga) ma’lum darajada taalluqli bo‘lganligi sababli, bu yerda gap aynan mehnat faoliyatini tashkil etish haqida, aniqrog‘i, inson ijodkorligining alohida turi bo‘lgan tashkilotchilik faoliyati haqida, bu ijodkorlik natijasi, inson faoliyatining (shu jumladan, tashkilotchilik faoliyatlaridagi) innovatsiya, ta’minot, ishlab chiqarish, boshqarish, 13 tijorat, xo‘jalik, iqtisodiy, ijtimoiy, axbrot tizimlari va boshqa tizimlar haqida borishi mumkin. «Mehnatni tashkil etish» atamasidan ayrim korxonaga tatbiqan foydalanilganda uni keng va tor ma’noda talqin etish mumkin. Keng ma’noda mehnat, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish bilan bog‘liq masalalarning barchasini anglatadi. Mazkur tushunchani shunday talqin qilish tarafdorlari korxonada mehnat faoliyatini tashkil etishga uni yaxlit bir butun deb yondashadilar. Boshqa mualliflarning fikricha, «mehnatni tashkil etish» tushunchasining mazmunini bunday anglash tegishli hodisaning ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan to‘g‘ri bo‘lsa-da, korxonalarda ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnatning mavjudligi uchun uni to‘liq va atroflicha o‘rganishni qiyinlashtiradi. Tor ma’noda mehnatni tashkil etish deganda jonli mehnatni tashkil etish, mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash, ish joylarini tashkil etish, mehnat usullari, sharoitlari va dam olish tartiblarini oqilonalashtirish, mehnatni me’yorlash, xodimlarni tayyorlash va malakalarini oshirish, moddiy pag‘batlantirish, mehnat intizomini mustahkamlash kabi bir qator amaliy tadbirlar majmuasi tushuniladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, samarali mehnat faoliyatini tashkil etish (mehnat predmeti va vositalarining mavjudligini taqazo etadi): mehnat sharoitlarini tashkil qilish (texnologik va ekologik omillarini taqozo etadi); mehnat munosabatlarini tashkil etish (xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni shakllantirishni talab etadi); mehnatga haq to‘lashni tashkil etish, mehnatni o‘lchash, normalash hamda mehnat sarfini uning sifatiga qarab baho berishni taqazo etadi. Bu muammolarning yechilishi mustaqil ahamiyatga ega bo‘lishdan tashqari, mehnat faoliyatini tashkil etishning ajralmas funksiyasi sifatida ham qaraladi. Ishlab chiqarish munosabatlarida mehnat faoliyatini tashkil qilish masalasi eng asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Ishlab chiqarish munosabatlarida ishchi kuchi va mehnat qurollari, mehnat predmetlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik yuzaga keladi. O‘zaro bog‘liqlik va ta’sir, mehnat faoliyatini qay holatda tashkil etilganligi natijasidir. Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan uning asoslarini (huquqiy, ma’naviypsihologik, iqtisodiy, ijgimoiy) yuzaga kelishi, ikkinchi tomondan mehnat faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi 14 Huquqiy asoslar — ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishga xizmat qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma’muriy, egalik huquqlari, korxona ishlab chiqarish bilan bog‘liq huquqiy hujjatlar). Ma’naviy-psihologik asoslar — bu mehnat faoliyatini tashkil qilishda ishlab chiqarish munosabatlarida tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va ularni shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda yollanma ishlovchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, rahbar yoki korxona egasi bilan yollanma ishlovchi o‘rtasidagi munosabat yoki jamoa o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar). Iqtisodiy asoslar esa, mehnat faoliyatini tashkil qilishning asosini tashkil etadi. Bunda mehnat faoliyatini tashkil qilish mezonlari, ya’ni shaxsning moddiy manfaatdorligi, bu yerda mehnat faoliyatidan qoniqish darajasi ko‘zda tutiladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarida, mehnat faoliyatining mazmuni — har bir shaxsning professional malaka darajasi, ishbilarmonlik va tadbirkorlik qobiliyati va boshqalar tashkil etadi.

Download 103,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish