7-mavzu. Korxonada mehnat unumdorligi: tahlil qilish, rejalashtirish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat resurslaridan foydalanish samaradrorligiga baho berishda personalning rentabelligi ko’rsatkichi (foydaning sanoat ishlab chiqarish personali o’rtacha yillik soniga nisbati) katta ahamiyatga ega. Foyda mahsulotni sotish rentabelligiga, kapitalning aylanish koeffisiyentiga va harakatdagi kapitalning summasiga bog’liq bo’lganligi sababli mazkur ko’rastkichning omilli modelini kuyidagicha tasavvur etish mumkin:
Birinchi model buyicha sotish rentabelligi darajasining kapital aylanish koeffisiyenti va mehnat kapital bilan ta’minlaganligining o’zgarishi hisobiga bitta xodimga to’g’ri keladigan foydaning qanchalik o’zgarganligini aniqlash mumkin.
Bitta xodimga to’g’ri keladigan foyda 8-jadval ma’lumotida 6 mln.so’m ko’pdir:
(0,193-0,1879)*1,95*244,225qQ2,43 mln.so’m
Kapitalning aylanishi (2-1,95)*0,193*244,225qQ2,30 mln. so’m
Kapital bilan ta’minlanish ;
(247,525-244,225)*2*0,193 qQ1,27 mln.so’m
jami Q 6,00 mln.so’m
Ikki model bitta xodimga to’g’ri keladigan foyda qanchalik o’zgarganligini aniqlash imkonini beradi. Bu o’zgarish mahsulotni sotish rentabelligi darajasi ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy hajmida tushumning salmog’i mehnat unumdorligi hisobiga ro’y beradi:
Tahlil qilinayotgan korxonada 1ta xodimga to’g’ri keladigan foyda quyidagilar hisobiga ko’paygan:
(0,193-0,1879)*0,9922*480qQ2,43 mln. so’m
Tovar mahsulotida qiymatdagi tushum ulushi:
(0,9581-0,9922)80,193*480q-3,15 mln. so’m
Mehnat unumdorligi:
(516,33-480)80,193*0,9581qQ6,72 mln. so’m
jami Q 6,0 mln. so’m
Personalning rentabelligini omilli tahlil qilish uchun ma’lumotlar
9-jadval.
Ko’rsatkich
|
Reja
|
Haqiqatda
|
Chetga chiqish
|
Mahsulotni sotishdan olingan foyda, mln.so’m
|
17900
|
19296
|
1396
|
Personalning ruyxatdagi o’rtacha soni, kishi
|
200
|
202
|
202
|
Mahsulotni sotishdan kelgan tushum, mln.so’m
|
95250
|
99935
|
4685
|
Tovar-mahsulot amaldagi narxlarda, mln.so’m
|
96000
|
104300
|
8300
|
Tovar-mahsulot qiymatida tushumning salmog’i, %
|
99,22
|
95,81
|
-3,41
|
Kapitalning o’rtacha yillik summasi, mln.so’m
|
48845
|
50000
|
1155
|
Bitta xodimga to’g’ri keladigin foyda, mln. so’m
|
89.5
|
95,5
|
6,0
|
Mahsulot rentabelligi, %
|
18,64
|
18,5
|
-0,14
|
Sotish rentabelligi, %
|
18,79
|
19,3
|
0,51
|
Kapital aylanish rentabelligi
|
1,95
|
2,0
|
0,05
|
Bitta xodimga to’g’ri keladigan kapital miqdori, mln. so’m
|
244,225
|
247,525
|
3,3
|
Hisobot davridagi mahsulot, mln.so’m
|
480
|
516,33
|
36,35
|
Ikkinchi modelning qulay tomoni shundaki, u mehnat unumdorligi o’sish omilini personal rentabelligining oshish sur’atlari bilan bog’lash imkonini beradi. Buning uchun vaqt omili hisobiga mahsulot ishlab chiqarish o’rtacha yillik miqdori o’zgarishini bir so’mlik tovar mahsuloti hisobiga olingan foydaning haqiqiy darajasiga ko’paytirish kerak.
9-jadvaldan sanoat ishlab chiqarishi personali o’rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarish darajasini shakllantiruvchi omillar hisobiga bitta xodimga to’g’ri keladigan foyda qanchalik o’zgarganligi ko’rinib turibdi. Ayrim omillar ta’sirining salbiy natijalarini korxonada mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish zahiralaridan foydalanilmaganligi sifatida baholash mumkin.
Mehnat unumdoligi darajasiga baho berish uchun umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar - bu bitta ishchining ishlab chiqargan o’rtacha yillik, o’rtacha kunlik va o’rtacha soatlik mahsuloti, shuningdek, bitta ishlovchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarishning qiymat ifodasidir.
Xususiy ko’rsatkichlar – bu muayyan turdagi mahsulot birligining ishlab chiqarish uchun vaqt sarfi yoki bir kishi- kunida yoxud bir kishi- soatda muayyan turdagi natural ifodada mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqt.
Yordamchi ko’rsatkichlar – muayyan ish turi birligiga yoki vaqt birligi ichida bajarilgan ishlar hajmiga sarflangan vaqtni tavsiflovchi ko’rsatkichlar.
Korxonada ishchi kuchidan foydalanish samaradorligiga baho berishda personal rentabelligi ko’rsatkichi katta ahamiyatga ega. Foyda mahsulotni sotish rentabelligiga, kapital aylanish koeffisiyentiga va harakatdagi kapital summasiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |