Biznesning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish va asosiy ishlab chiqarish tarmoqlarining innovatsion-investitsion jalb qilinuvchanligini oshirish;
Korxona va tashkilotlarning hamda yangi kichik innovatsion korxonalarning yuqori darajadagi innovatsion faoliyatiga erishish;
Bir-biri bilan moslashtirilgan fundamental va amaliy izlanishlarning samarasini oshirish, intellectual mulkning kapitalizatsiyasini ta’minlash, respublika va viloyatlarga amaliy bilimlar hamda texnologiyalar transferini jadallashtirish;
Oliy va o’rta ta’limning halqaro standartlarga to’la mos tushishiga, ko’proq amaliy-innovatsion ilmiy izlanishlar olib borishga, ilmiy ishlarning samaradorligini oshirishga, davlat byudjeti hisobiga foydasiz va abstract ilmiy ishlar bajarish holatiga qat’iyan chek qo’yishga, o’quv jarayonining amaliyot bilan chambarchas bog’liqligiga erishishga va chet ellarning malakali olimlari bilan yaqindan hamkorlikni amalga oshirishga intilish;
Innovatsiyalarni jalb qila oladigan va progressiv texnologik hayot tarzi amalga oshirilishi uchun yetarli bo’lgan shart-sharoitlar yaratish.
Innovatsion rivojlanishning maqsadlari va asosiy yo’nalishlariga monand ravishda mamlakatda quyidagi masalalarni hal qilish lozim:
Innovatsion mahsulotlarga talabchan, bilimli, madaniyatli, vatanparvar va qo’yilgan maqsadlariga erisha oladigan hamda innovatsion iqtisodiyotga mos bo’lgan insoniy potentsialni yaratish;
Zamonaviy texnologiyalarning eng muhim yo’nalishlarida investitsion faollikni oshirish hamda zamonaviy iqtisodiy innovatsiyalarga keng yo’l ochish;
Iqtisodiyot klasterizatsiyasi va davlat bilan hususiy korxonalarning hamkorligi kabi zamonaviy ishlab chiqarish siyosati tamoillariga asoslangan holda respublika iqitsodiyotining tezlashtirilgan modernizatsiyasini ta’minlash;
Raqobatbardosh ilmiy-texnologik izlanishlar sektorini yaratib, uning asosida jahon bozorlariga innovatsion mahsulotlar chiqarish;
Respublika innovatsion sohasiga investitsion resurslarning keng miqyosda kirib kelishini ta’minlash;
Ilmiy-texnologik sohada faoliyat ko’rsatadigan kichik va venchur korxonalarning rivojlanishiga moddiy, ma’naviy, ijtimoiy va moliyaviy ko’mak berish;
Innovatsion rivojlanishning asosiy yo’nalishlarini keng jamoatchilikning faol ishtiroki orqali ishlab chiqarilishiga sharoitlar yaratish;
Innovatsiyalarni bir necha yo’nalishlarda, bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda holisona ekspertiza qilish va intellectual mulkning ishonchli himoyasini ta’minlash;
Innovatsion faoliyatning turli hildagi va ko’rinishdagi ko’rsatgichlarini va ularga mos bo’lgan indikatorlarini ishlab chiqish va uning monitoringini hamda baholovini amalga oshirish;
Innovatsiyalar sohasida ishlovchi boshqaruvchi-menejerlar va boshqa turlarga mansub bilimli hamda tajribali kadrlar tayyorlashni ko’paytirish;
Maktab, kollej, litsey va oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan yoshlarni zamonaviy ilm-fan va innovatsion texnika-texnologiyalarni chuqur o’rganishga keng qamrovda jalb qilish.
Mamlakatning innovatsion rivojlanishi bo’yicha yuqorida tavsif etilgan dolzarb masalalarni tizimli hamda kompleks hal qilish va zamonaviy milliy innovatsion tizimni shakllantirish bo’yicha qo’yilgan masalalarni muvaffaqiyatli ravishda hal qilish iqtisodiyotning raqobatbardosh potentsialini iqtisodiy rivojlanishning yangi
manba’lariga aylantiradivi hamda buning asosida aholining turmush farovonligini yanada oshiradi. Bularni innovatsion rivojlanishning quyidagi asosiy bosqichlari ko’rinishida tafsiflash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |