Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,6 Mb.
bet64/67
Sana13.01.2022
Hajmi1,6 Mb.
#356100
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
Kichik biznes va tad. innov 82df3

Perspektiv (kelajakni ko’zlaydigan) innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqaradigan, tekshiradigan va iqtisodiyotga tadbiq qiladigan texnologik ilmiy parklar tashkil qilib, ularga kerakli resurslar ajratish;

  • Fan va texnikaning tegishli yo’nalishalrida oldingi o’rinlarni egallay oladigan ilmiy va yuqori texnologiyalar markazlari tashkil qilish;

  • Tarmoq ilmiy-tekshirish va loyiha institutlarining bir qismini

    restrukturizatsiya qilib (qayta tuzib), ularni rivojlangan moliya-iqtisod, marketing va tijorat firmalariga aylantirish;

    • Ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda milliy va horijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda ishlab chiqarishga yo’naltirilgan innovatsion-texnologik markazlar, ilmiy va texnologik parklar tashkil qilish.

    Bu ishlarni amalga oshirishda, innovatsion iqtisodiyotga o’tish, milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyoti bilan integrallashuvi amalga oshirilishi uchun eng asosiy shartlardan biri ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak. Rivojlangan mamlakatlardan ilg’or texnologiyalarni olib kelish va ularni milliy iqtisodiyotga qo’llash import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytiradi hamda milliy iqtisodiyotning raqobatbatdoshliligini oshiradi. Innovatsion rivojlanish uchun iqtisodiyotning davlatga tegishli va hususiy sektorlari rivojlangan g’arb va sharq mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qilib, o’z mahsulotlarini jahon bozorlariga chiqarishga ulardan har tomonlama yordam olishga intilishlari kerak. Buning uchun esa innovatsion hamkorlikning jahon andozalariga mos bo’lgan infratuzilmasini yaratish talab qilinadi. Bunday ish akkreditatsiya qilingan horijiy firmalar bilan yaqindan muloqot qilish natijasida qo’shma korxonalar, konsortsiumlar va al’yanslar tashkil qilish natijasida amalga oshiriladi. Jahon mamlakatlari bilan innovatsion faoliyatda hamkorlik qilishning asosiy shartlari – investitsion muhitni yaxshilash, ilmiy sektorga investorlarni jalb qilish uchun sharoitlar yaratish va innovatsion texnologiylarni respublikaga olib kelishdir. Asosiy tadbirlardan yana biri - alohida huquqiy rejimda faoliyat ko’rsatadigan Innovatsion Fond tashkil qilishdir. Uning asosiy funktsiyalariga innovatsion loyiha va dasturlarni past foizli yoki foizsiz (foydaga sheriklik asosida) kreditlash hamda ularni sug’urtalsh kirishi lozim. Innovatsion faoliyatni kreditlagan banklar foydasining bir qismini esa soliqdan ozod qilish ham yaxhsi natija bergan bo’lar edi. Xorijiy innovatsion texnologiyalarni o’zlashtirish uchun Texnologiyalar trensferi va Injiniring Markazi tashkil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.

    Shu va bu bilan bog’liq bir qancha muammolar Birlashgan Millatlar tashkiloti rivojlanish dasturi tomonidan tavsiya etilgan “O’zbekiston Respublikasining 2012- 2020 yillarga mo’ljallangan innovatsion rivojlanish kontseptsiyasi” deb nomlangan xujjatda ham tavsif etilib, batafsil keltirilgan. Ushbu innovatsion



    rivojlanishga oid muammo va masalalar muvaffaqiyatli va og’shmay hal qilingan taqdirda O’zbekiston o’z ilmiy-texnik potentsiali bilan zamonaviy ilg’or texnologiyalardan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida foydalanish hamda ularni yaratishda faol ishtirok etib, qisqa muddatlarda rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko’tarila olar edi. Xuddi shunday maqsadlarni ko’zda tutgan holda xozirgi paytda O’zbekistonda investitsiyalarni jadallashtirish va innovatsion jarayonlarni qo’llab- quvvatlash maqsadida bir qancha chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilgan va oshirilayapti. Masalan, Vazirlar Mahkamasi 2013 yilning 29 martida “O’zbekiston Respublikasiga donor mamlakatlar, halqaro va chet davlatlar hamda nodavlat tashkilotlarining 2013-2015 yillarda hayriya texnik yordam ko’rsatishi bo’yicha tadbirlar” deb nomlangan qarorini qabul qildgan. Ushbu qaror asosida O’zbekistonga 2013-2015 yillarda jami 294 innovatsion loyiha bo’yicha 541,87 million dollarlik grantlar jalb qilingan. Qarorga muvofiq, O’zbekiston tomoni ko’pchilik loyihalarni donor mamlakatlar, xorijiy davlat va nodavlat tashkilotlari bilan oldindan kelishib olgan va bu loyihalarning umumiy hajmi 200,783 million dollarni tashkil qiladi, bundan 194,763 million dollari donorlarning mablag’lari bo’lsa, 6,02 million dollari O’zbekiston tomoni mablag’laridir. O’zbekiston davlat organlari xorijiy davlatlar tomonidan 2013-2015 yillarda texnik yordam ko’rsatish grantlarining eng ahamiyatlilarining ruyhatini tasdiqlagan. Bu ruyhatga umumiy qiymati 173,027 million dollarlik 145 ta innovatsion loyiha kiritilgan edi. Dasturga kiritilgan loyihalar ta’lim tizimini rivojlantirishga, sog’liqni saqlash tizimini zamonaviylashtirishga, qishloq va suv xo’jaligiga, ichimlik suv bilan ta’minlash tizimiga, iqtisodiyotga, ishlab chiqarishga, moliyaviy bozorlarning rivojlanishiga, tadbirkorlikka, energiyadan foydalanish samaradorligini oshirishga va tiklanadigan muqobil energiya manba’larini yaratishga yo’naltirilgan. Donorlar tomonidan beriladigan mablag’lar hisobiga amalga oshiriladigan loyihalar jumlasiga mobil axborot-kommunikatsion markazlar yaratish ham kirgan. Ushbu loyiha bir yilda kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlaridan 960 tasining malakasini oshirish uchun hizmat qilib, respublikaning uzoq viloyatlaridagi tadbirkorlik faoliyatida band bo’lgan insonlarning “masofaviy ta’lim” usulida innovatsion

    ta’lim olishlariga imkon beradi. Shunday qilib, yuqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, innovatsion jarayonlarni jadallashtirish hamda xorijiy investitsiyalarni ko’paytirish mamlakatimiz hukumati va boshqaruv organlari faoliyatida eng asosiy o’rinlardan birini egallab kelmoqda. Ushbu chora-tadbirlarga qo’shimcha ravishda keyingi bo’limda mamlakatimizda zamona talablariga mos va to’kin turmush darajasini ta’minlaydigan innovatsion iqtisodiyotni vujudga keltirish uchun yuqorida tavsiflanganlardan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim bo’lgan bir qancha hulosalar, takliflar va yechimlar majmui keltiriladi.



      1. Download 1,6 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish