3-mavzu. O‘zbek xalqining etnik shakllanishi.
1
Etnogenez va uni o‘rganish masalalari
Hozirgi
kunga
kelib,
Respublikamizda
milliy-ma’naviy
qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, milliy mafkura g‘oyalarini
fuqorolarimiz ongiga yanada chuqurroq singdirish va yanada teran
anglatish kuchayib, O‘zbekiston xalqlarining o‘z o‘tmish va kelib
chiqishiga qiziqishi ortib bormoqda. Xususan, o‘zbek xalqining etnik
tarixi, uning xalq sifatida shakillanishi masalalari dolzarb ekanligi
yurtboshimiz I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q“ asarida
(1998) har tomonlama asoslab berildi. Bu yo‘nalishda tarixchilarimiz
oldiga yechimi hayotiy zarur bo‘lgan vazifalar qo‘yildi. Jumladan,
yurtboshimiz ta’kidlaganidek, “Movaraunnahr sarhadlariga uzoq tariximiz
davomida ne-ne bosqinchilar kirib kelmagan, ko‘p yillar, balki, asrlar
davomida yutrimizda ne-ne o‘zga sulolalar hukmronlik qilmagan deysiz...
Erondan Ahmoniylar, Yunonistondan Aleksandr keldi, Arabistondan
Qutayba, Mug‘ulistondan Chingizxon keldi, rus istilochilari keldi. Lekin
xalq qoldiku?..., ana shunday har tomonlama mudhish, chetdan qaraganda
xalqimiz, uning madaniyati, milliy tafakkuri, urf-odatlari, turmush tarzi,
hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, nasl-nasabi yo‘q bo‘lib ketishi
kerak bo‘lgan sharoitda baribir, qator yo‘qotishlar bilan bo‘lsa ham,
millatimiz o‘zligini saqlab qololdimi, yo yo‘qmi? Olimlarimiz ana shu
savolga javob bersinlar”.
Etnogenez yoki birorta xalqning kelib chiqish tarixi masalalari tarix
fanining yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqligi ko‘pchilik tadqiqotchilar
tomonidan e’tirof etilgani ma’lum. Ammo, tarix fanining boshqa
yo‘nalishlariga (arxeologiya, etnografiya, antropoliya va bosh.) nisbatan
o‘zbek xalqi etnogenezi hamon jiddiy tadqiqotlar talab etadi. Etnogenez
va etnik tarix masalalari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu
yo‘nalishdagi ayrim kuzatishlarni yunon, xitoy, rim, arab, eroniy va turkiy
1
Ushbu mavzuni tayyorlashda K.SH.Shoniyozovning yangi chop etilgan ma’lumotlaridan foydalanildi.
38
tillarda yozilgan qadimgi hamda o‘rta asr mualliflari va sayyohlari
asarlarida uchratish mumkin. Ular o‘z asarlarida xalqlarning tashqi
qiyofasidagi umumiylik, ba’zi urf-odatlarning yaqinligi va tillarning
o‘xshashligini ta’kidlaganlar. Ammo ular bu jarayonlarning asl
sabablarini ochib bera olmaganlar. XIX-XX asr boshlarida olib borilgan
tadqiqotlar nisbatan samarali bo‘lishiga qaramay, bu tadqiqotlar ham
xalqlarning etnik kelib chiqishi, madaniyati va tillaridagi o‘xshashlik
sabablari va mohiyatini to‘la ochib bera olmadi.
So‘nggi 20-25 yil ichida Respublikamiz hududlarida olib borilgan
arxeologik,
antropologik
va
etnografik
tadqiqotlar
natijalarini
umumlashtirgan antropolog olim T.Q. Xo‘jayov har bir xalqning
etnogenezini o‘rganishda quyidagi tamoyillarga asosiy e’tibor berishni
taklif etadi:
1) biror xalqning kelib chiqishi tarixi ko‘p qirralik jarayon bo‘lib, u
o‘z ichiga shu xalqning madaniyati va ijtimoiy tuzilmasi, uning biologik
xususiyatlari, o‘zining jamiyatda tutgan o‘rnini tushunish, tili va o‘zligini
tanishni qamrab oladi;
2) etnogenez masalasiga bir tomonlama qarab, uni soddalashtirish
bilan chegaralanib qolmasdan, shu xalqning kelib chiqish tarixida ma’lum
ahamiyat kasb etgan barcha tarkibiy qismlar ham e’tiborga olinishi shart;
3) etnogenez murakkab va uzoq davom etgan jarayon. Binobarin, bu
jarayonni bosqichma-bosqich tiklash maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek, A.A. Asqarov o‘zbek xalqi etnogeneziga bag‘ishlangan
so‘nggi yillardagi (2002-y.) ishlaridan birida har bir xalq etnogenezi va
etnik tarixini o‘rganishda quyidagi nazariy va ilmiy metodologik
tamoyillarga amal qilish talab etilishini ta’kidlaydi:
-
birinchidan, etnogenez va etnik tarixni o‘rganishda tadqiqotchi
birinchi navbatda o‘rgananyotgan xalq etnogenezisi qachondan
boshlanganligini aniqlab olmog‘i kerak. Chunki etnos faqat
kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo
bo‘ladi. Etnogenezning boshlang‘ich nuqtasi esa etnosning
qadim zamonlarda yashagan «ajdodlariga» borib taqaladi. Bu
jarayon mil.avv. II ming yillik oxirlarida yuz berdi.
-
Ikkinchidan, etnos bu biologik hosila emas, balki ijtimoiy
hodisadir. U kishilik taraqqiyoti ma’lum bir bosqichining
hosilasidir. Etnos o‘zining shakllanish jarayonida bir xil
sabablarga ko‘ra uning tarkibiga yangidan-yangi etnik qatlamlar
qo‘shilib boradi. Yer yuzining barcha xalqlari kelib chiqishi
jihatidan ko‘p etnik qatlamlidir. Darhaqiqat, o‘zbek xalqi
39
etnogenezining ilk bosqichlaridan, to xalq sifatida shakllanib
bo‘lguniga qadar uning asosiy tarkibini tashkil etgan mahalliy
(avtoxton)
so‘g‘du-xorazmiy
va
qadimgi
turkiyzabon
qatlamlardan tashqari o‘ziga turli davrda har xil miqdorda
mahalliy va tevarak atroflardan kelib qo‘shilgan etnik guruhlarni
singdirib yubordi.
-
Uchinchidan, har bir xalqning etnik tarixini o‘rganish, etnik
birlikning shakllanish jarayonini ilk bosqichidan boshlashni
taqozo etadi. Chunki etnik birlikning paydo bo‘lishi, rivojlanishi
va uning etnosga aylanishi juda qadim-qadimgi zamonlardan
boshlanib hozirgi kungacha davom etayotgan butun bir tarixiy
jarayondir.
-
To‘rtinchidan, har bir xalqning etnik tarixi bilan shug‘ullanganda
nafaqat etnik birlikning boshlang‘ich jarayonini, balki uning
keyingi davrlarini, unga xos muhim etnik belgi va alomatlarni
aniqlab, o‘rganib borish talab etiladi.
-
Beshinchidan, etnogenetik jarayonni o‘rganishda masalaga har
tomonlama yondoshish, ya’ni etnogenezga aloqador fan
yutuqlaridan foydalanish muammo yechimiga obyektiv ilmiylik
bag‘ishlaydi.
Etnogenez
muammolarini
hal
etishda
foydalanilayotgan
birlamchi
manbalarning
nisbati
va
xususiyatini bilish muhimdir. Bu manbalar antropologiya,
arxeologiya, etnografiya, yozma yodgorliklar, tilshunoslik,
epigrafika va boshqalardir.
Yuqoridagi tamoyillarga to‘la rioya qilingan holdagina, ayrim xalq
etnogeneziga oid muammolarni ilmiy nuqtai nazardan mukammal va har
tomonlama ochib berish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ammo O‘rta Osiyoda,
xususan O‘zbekiston hududlarida qadimgi davrlardan sodir bo‘lib
kelayotgan etnik jarayonlarni har tomonlama yoritishdan avval ayrim
fanlar sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni oxiriga yetkazish bilan undan
boshqa soha mutaxassislari ham foydalanishi mumkin bo‘lgan darajasiga
chiqarish maqsadga muvofiqdir. So‘nggi yillardagi arxeologik izlanishlar
qadimgi aholining moddiy va ma’naviy madaniyati, uning turmush tarzi,
uy-ro‘zg‘or ashyolari, an’anaviy xo‘jaligi va boshqalar haqida muhim
ma’lumotlar olish imkonini berdi. Bu jarayon esa yangi antropologik
ma’lumotlar to‘plash va ularni tahlil etishga asos bo‘ldi.
Etnogenez jarayoni turli xalqlarning ajdodlari tarixidan boshlanadi.
O‘zbek xalqi ajdodlarining tarixi juda katta tarixiy davrni o‘z ichiga oladi.
Uzoq tarixiy taraqqiyot yo‘lida ajdodlarimiz murakkab etnogenez
40
jarayonlarini boshdan kechirganlar. Bu jarayonlar antropologik qiyofalar,
qabilalar, xalqlar va elatlarning aralashib ketishi, madaniy an’analarning
qo‘shilib yangi asosda rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan.
Tarixiy adabiyotlardan bizga ma’lumki, fanning ko‘pgina
tarmoqlariga, jumladan, xalqlar haqidagi fanga bundan 2-2,5 ming yil
ilgari qadimgi Yunonistonda asos solingan. Shuning uchun ham
zamonaviy fanda yunon tilidan olingan so‘zlar ko‘p uchraydi. Bunday
so‘zlarni xalqlar haqidagi fanlarda ham uchratish mumkin. Qadimgi
yunonlarda “xalq“ tushunchasini ifodalovchi bir necha so‘zlar bo‘lgan.
Shulardan biri “demos” bo‘lib, bu so‘z orqali aholining asosiy qismi
tushunilgan (mas. “demokratiya”-”xalq hokimiyati”, “demografiya”-
”xalqlarni ta’riflash” va boshq.). Shunday so‘zlardan yana biri “etnos”
bo‘lib, aynan tarjimasi “xalq“ demakdir. Etnografik tadqiqotlar
natijalariga ko‘ra, har qanday etnos o‘z shakllanishining dastlabki
pallasida bir-biri bilan iqtisodiy jihatdan o‘zaro bog‘liq odamlar
jamoasidan iborat bo‘ladi.
Ayrim etnoslarni bir-biridan farqlovchi muhim belgilaridan biri bu
madaniy xususiyatlardir. Bu xususiyatlarni har bir xalq o‘z tarixiy-
madaniy rivojlanish jarayonida o‘zlashtiradi va avloddan avlodga
qoldiradi. Fanda bu jarayon “etnik an’analar” deyiladi. Bunday an’analar
har bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy geografik shart-sharoitlari
bilan bog‘liq bo‘lgan u yoki bu tarixiy davrlarda shakllanadi. Etnosni
qisqacha qilib, uyushgan til-madaniy jamoasi deyish mumkin. Ilmiy
adabiyotlarda “etnik jamoa” degan so‘z ham ko‘p ishlatiladi. Faqatgina
alohida xalqlarni emas, balki ularning kelib chiqishida qarindoshchiligi
bo‘lgan guruhlarni ham etnik jamoa deb atash mumkin.
Tadqiqotchilarning fikricha, qarindosh-urug‘chilik etnik jamoalari
asta-sekinlik bilan urug‘ jamoalariga aylanib boradi. Urug‘-birga yashab,
hamkorlikda mehnat qilgan qarindoshlar uyushmasi bo‘lib, ma’lum
xalqlarning etnik shakllanishidagi dastlabki bosqichlardan biri sifatida
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |