Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari


O‘lkamiz hududlaridagi qadimgi mahalliy aholi va o‘zbek xalqining



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

O‘lkamiz hududlaridagi qadimgi mahalliy aholi va o‘zbek xalqining 
shakllanish bosqichlari 
O‘rta Osiyo ijtimoiy-siyosiy hayotida turkiy etnik guruhlar juda 
katta ahamiyatga ega bo‘lganligi va bu qatlamning ildizlari juda qadimiy 
ekanligi 
arxeologik 
ma’lumotlar 
asosida 
isbotlanmoqda. 
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bronza davriga kelib O‘rta Osiyoning 


41 
janubiy viloyatlarida baland bo‘yli, yuzi tor irqning vakillari tarqalgan. 
Shimoliy dasht va cho‘l hududlarida esa janub aholisidan farq qiluvchi 
boshi dumaloq, yuzi juda keng va cho‘ziq bo‘lmagan qabilalar 
yashaganlar. Fanda janubiy qiyofali odamlar O‘rta Yer dengizi irqining 
vakillari deb ataladi. Ular Old Osiyo, Mesopotamiya, Eron, Afg‘oniston, 
O‘rta Osiyo, Hindiston kabi katta geografik hududga yoyilganlar. 
Shimoliy qiyofali odamlar Janubiy Sibir hududidan to Qozog‘iston, O‘rta 
Osiyoning shimoli-sharqiy qismida Ural, Volga bo‘yi yerlarigacha 
tarqalgan. 
A. Sagdullayevning tadqiqotlariga ko‘ra, bronza davriga kelib, O‘rta 
Osiyo hududida qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi odamlar 
vakillarining qo‘shilish jarayoni boshlanadi hamda aynan mana shu 
davrda, o‘lkamizda yashab o‘tgan bronza davri qabilalari, O‘rta 
Osiyoning qadimgi xalqlariga asos solganlar. Bu davr o‘lkamiz 
hududlarida murakkab etnik-madaniy jarayonlar bo‘lib o‘tgani bilan 
izohlanadi. Xususan, janubiy hududlardagi hosildor vohalar o‘troq 
dehqonchilik aholisi tomonidan o‘zlashtirila boshlagan bo‘lsa, shimoliy 
viloyatlarda ko‘chmanchi chorvador qabilalar tarqala boshlaydi. 
Ko‘chmanchi chorvadorlar va o‘troq aholining uzviy munosabatlari 
asosida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-etnik jarayonlar avj oladi. 
Mil. avv. II ming yillikning o‘rtalaridan boshlab O‘rta Osiyo 
hududlariga shimoli-sharqdan chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi yangi 
etnik guruhlar kirib kela boshlaydi. Mahalliy madaniyatdan farqlanuvchi 
bu guruhlar madaniyati tadqiqotchilar tomonidan “Tozabog‘yob 
madaniyati” nomi bilan fanga kiritilgan. 
Tozabog‘yob ko‘rinishidagi yodgorliklar keyinchalik Zarafshon 
daryosinng quyi havzasi hududlaridan topib o‘rganildi. Xuddi shunga 
o‘xshash etnoslarning izlari Toshkent vohasidan, Farg‘ona vodiysidan va 
shimoliy Baqtriyaning tog‘li va tog‘oldi hududlaridan topib o‘rganilgan. 
Juda katta hududlardan, xususan, Qozog‘iston cho‘llari, Oltoy, Janubiy 
Sibir, Uraloldi hududlaridan tekshirilgan o‘ziga xos madaniyat “Andronov 
madaniyati” nomi bilan fanga kiritilgan. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning 
e’tirof etishlaricha, bu madaniyat sohiblari bronza davridayoq turkiy tilda 
so‘zlashganlar. 
O‘zbekiston O‘rta Osiyoning qadimdan o‘troq dehqonchilik 
madaniyati o‘choqlari tarkib topgan hududda joylashganligi boy 
arxeologik va me’morchilik madaniyatlari bilan izohlanadi. Farg‘ona 
vodiysining Selung‘ur g‘oridan topilgan qadimgi tosh davriga oid 
topilmalar va Teshiktoshdan topilgan o‘rta paleolit davriga oid odamzod 


42 
qoldiqlari, bizning yurtimiz Afrika va Old Osiyo hududlari bilan bir 
qatorda insoniyat paydo bo‘lgan hududlar tarkibiga kirganligini hozirgi 
kunda uzil-kesil isbotlaydi. Shuningdek, mezolit davriga oid Machay 
g‘oridan topilgan yodgorliklar, neolit davriga oid ovchilik va baliqchilik 
madaniyatini o‘zida ask ettiruvchi Kaltaminor, janubdagi ilk dehqonchilik 
madaniyatiga oid bo‘lgan Joytun, Hisor tog‘ madaniyati, bronza davriga 
oid 
bo‘lgan 
xilma-xil-Zamonbobo, Sopolli, Jarqo‘ton, Sarazm, 
Suvyorgan, Chust madaniyatlari o‘lkamizda qadimgi ajdodlarimiz 
xo‘jaligining jadallik bilan rivojlanganligini isbotlaydi. 
O‘lkamizdagi qadimgi aholi tosh va bronza davrida qanday nom 
bilan atalganliklari bizga noma’lum. O‘rta Osiyo aholisi haqidagi 
ma’lumotlar dastlabki marta Sharq va yunon-rim manbalarida tilga 
olinadi. Yunon tarixchilari ma’lumotlariga qaraganda, Yevrosiyoning 
katta hududlarida yashovchi qabilalar umumiy “skiflar” nomi bilan 
ataladi. Gerodot, “bu xalq qadimiylikda misrliklardan qolishmaydi”, deb 
yuqori baho bergan edi. Pliniy esa, O‘rta Osiyo hududlarida 20 ga yaqin 
qabilalar borligi xususida eslatib o‘tadi.Yozma manbalarda skiflarning 
ikkita yirik qabilasi: saklar va massagetlar xususida ko‘proq eslatiladi. 
Ahmoniylar mixxat yozuvlarida saklar uchta qismga (xaumavarka, 
tigraxauda, tiay-tara-darayya) bo‘lib ko‘rsatiladi. Massagetlar xususida 
ham turli fikrlar mavjud bo‘lib, ular mahalliy chorvador-harbiy qabilalar 
bo‘lganligi ta’kidlanadi. Ammo, yozma manbalar bu xalqlar va 
qabilalarning qaysi irqqa mansubligi haqida ma’lumot bermaydi. 
Ayrim olimlar tomonidan bildirilgan O‘rta Osiyo, jumladan, 
O‘zbekiston qadimgi davrlardagi mongoloid irqi shakllangan hududga 
kiradi, degan ilmiy yondashuv noto‘g‘ri va asossiz ekanligi so‘nggi 
yillardagi antropologik ma’lumotlar natijasida aniqlandi. T. Xo‘jayovning 
fikricha, o‘zbek xalqining kelib chiqish taixini o‘rganishni qancha erta 
davrlardan boshlasak, uning tarkibida hozirgi kunlargacha saqlanib 
kelinayotgan irqiy va etnik unsurlarning mahalliy xalq tarkibiga kirgan 
davri va uning nisbiy miqdori to‘g‘risida shunchalik keng fikr yurita 
olamiz. 
O‘zbek xalqiga xos O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i irqining 
shakllanish davri, makoni va tarixi masalalarida fanda yaqingacha yagona 
fikr yo‘q edi. Bir guruh olimlar bu irq bundan 6-8 ming yil ilgari, ikkinchi 
bir guruh tadqiqotchilar bundan 3 ming yil ilgari shakllangan desa, 
uchunchi guruh olimlari esa, XVI asrda shakllandi, deb hisoblar edilar. 
Keyingi yillardagi boy arxeologik topilmalar natijasida tadqiqotchilar 


43 
O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i irqining shakllanishi bundan 2200-2300 yil 
ilgari boshlanganligini asoslab berdilar. 
Ko‘pgina ilmiy adabiyotlarda o‘zbek xalqining shakllanishida 
sakkizta muhim davr sanab o‘tiladi. Bular qatorida Ahmoniylar, 
Makedoniyalik Iskandar, Arab xalifaligi, Mo‘g‘ullar istilosi tilga olinadi. 
Haqiqatan, bu zabt etishlar O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston xalqlari 
madaniyatiga, tiliga, turmush tarziga albatta o‘z ta’sirini o‘tkazgan. 
Ammo bu yurishlarning mahalliy xalqlarni irqiy va etnik tarixiga bo‘lgan 
ta’siri kam ekanligini ta’kidlash joiz. Antropologik nuqtai nazardan ular 
mahalliy xalq “qonini” yoki genetikasini tubdan o‘zgartira olmadilar. Ular 
son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etgan mahalliy aholi tarkibiga singib 
ketganlar. Bu o‘rinda mahalliy (substrat) va kelgindi (superstrat) aholi 
orasidagi o‘zaro munosabatlarning fanda ma’lum holatlarini eslatib o‘tish 
joiz. Ya’ni, ko‘p sonli mahalliy aholi tarkibiga kelgindi guruhlarning 
singib ketishi; kelgindi guruhlarning mahalliy aholidan ustun bo‘lishi; 
kelgindi aholi teng sonli bo‘lishi va nihoyat, mahalliy va kelgindi xalqlar 
aralashuvi natijasida ikkalasiga ham o‘xshash yangi xalq, guruh, elat 
paydo bo‘lishini kuzatish mumkin. T. Xo‘jayovning maxsus antropologik 
tadqiqotlariga qaraganda, barcha tarixiy davrlarda mahalliy xalq kelgindi 
aholidan hamisha ustun bo‘lgan. 
Ilk temir davridan boshlab (mil. avv. IX-VII asrlar), o‘lkamizning 
qadimgi dehqonchilik vohalarida yashovchi o‘troq aholi o‘zlari yashab 
turgan hudud nomlari bilan atala boshlaganlar. Bular So‘g‘diyonadagi-
so‘g‘diylar, qadimgi Xorazmdagi-xorazmiylar, qadimgi Baqtriyadagi-
baxtarlar, qadimgi Chochdagi-chochliklar, Farg‘onadagi-parkanaliklardir. 
Bu tarixiy nomlarning ayrimlarini ilk yozma manbalarda, xususan, 
zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da, Ahamoniylar 
mixxatlarida, yunon-rim mualliflari asarlarida uchratish mumkin. 
Antropologik izlanishlar natijalariga tayanib, o‘zbek xalqining kelib 
chiqishi tarixida muhim ahamiyat kasb etgan uch tarixiy davrga alohida 
to‘xtalib o‘tish zarur. Birinchidan, mil. avv. III-II asrlarda O‘rta Osiyo 
dasht mintaqalarida hozirgi o‘zbek xalqiga xos antropologik qiyofa 
shakllana boshlagan. Bu esa fanda yaqingacha keng tarqalgan fikrlar, 
ya’ni o‘zbeklarga xos O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i irqi avvalo, Volga 
daryosi bo‘ylarida va Uralda sarmat qabilalari tarkibida shakllanib 
tarqaldi, degan hamda bu irq Baykal ko‘li atrofida va Mo‘g‘uliston 
cho‘llarida shakllanib, tayyor holda mahalliy aholiga o‘z irqini tarqatdi, 
degan fikrlardan voz kechishni taqozo etadi. 


44 
So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida o‘zbeklarga xos 
antropologik qiyofa, dastavval, Sirdaryoning o‘rta havzasi tumanlarida, 
ya’ni Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi, qisman Xorazm va Janubiy 
Qozog‘istonning Chimkent viloyatlarida, Yettisuv mintaqasida mil. avv. I 
ming yillik oxirida shakllana boshlaganligi aniqlandi. 
Mil. avv. III-II asrlarda bu aholi bir necha yo‘nalishda O‘rta 
Osiyoning markaziy va janubiy viloyatlariga kirib borgan. Ushbu 
antropologik tadqiqotlar natijalari yozma manbalarda ma’lum bo‘lgan 
xalqlarning janubga yurishi va Yunon-Baqtriya davlatining istilo etilishi 
hamda Buyuk Kushon saltanatining barpo bo‘lish davriga mos keladi. 
Antropologiya bu yurish haqida quyidagi ma’lumotlarni beradi. 
Ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi cho‘l aholisi Sirdaryo quyi oqimidan 
Markaziy Qizilqum orqali (Uchquduq, Tomdi, Yuzquduq, Ko‘kpatosh), 
Samarqand atroflariga (Kattaqo‘rg‘on, Orlat), so‘ngra Qashqadaryoning 
Qarshi shahri atroflari (Yerqo‘rg‘on) orqali Surxondaryo viloyatidagi 
(Qo‘hna Termiz, Dalvarzin, Shohtepa, Ayrtom) qadimgi shahar va 
qishloqlarga kirib joylashganlar. Keyinchalik ular janubiy Tojikistonga 
o‘tib ketganlar. Ularning ikkinchi guruhi qadimiy Buxoro vohasi orqali 
Turkmanistonning janubiy viloyatlariga, bir qismi esa hozirgi Shimoliy 
Afg‘onistonning Shibirg‘on shahri atroflarigacha yetib borgan (Tillatepa). 
Natijada o‘zbeklar va tekisliklarda yashovchi tojiklarga xos pomir-
farg‘ona antropologik unsur O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. 
O‘zbek xalqi shakllanishidagi ikkinchi muhim davr - bu IX-XII 
asrlar hisoblanadi. Bu davrda O‘rta Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda 
hozirgi o‘zbeklarga xos qiyofa, mahalliy aholining asosiy qismini tashkil 
etadi. Antropolog T. Xo‘jayov tadqiqotlariga qaraganda, IX asrga kelib 
aholining antropologik qiyofasida keskin o‘zgarishlar yuz berganligi 
kuzatiladi. Bu o‘zgarishlarni arxeologik tadqiqotlar natijalari ham 
tasdiqlaydi. Jumladan, marhumlarni astodonlarda ko‘mish marosimlari, 
aholi orasida keng tarqalgan bosh shaklini sun’iy o‘zgartirish odatlari 
yo‘qoladi. Antropologik tadqiqotlar natijalardan xulosa chiqaradigan 
bo‘lsak o‘zbeklarning elat sifatida shakllanish davri IX-X asrlarga oid 
deyishga jiddiy asoslar bor.
Fanda mo‘g‘ul istilosi O‘rta Osiyo aholisini keskin mo‘g‘ullashtirib, 
o‘zgartirib yubordi, degan fikr keng tarqalgan. Lekin, tadqiqotchilarimiz 
bu masalaga ham oydinlik kiritdilar. Mo‘g‘ul istilosi O‘zbekiston 
aholisining tashqi qiyofasiga sezilarli izlarni qoldirmaganligini ta’kidlab 
o‘tish joizdir. Sababi, Chingizxon XIII asr boshida tashkil etgan yirik 
mo‘g‘ul davlatida mug‘ullar soni taxminan 0,7 million kishidan iborat 


45 
bo‘lgan. Agar har 6 kishidan bittasi askarlikka olingan bo‘lsa, unda uning 
qo‘shinlari soni 100-110 ming kishidan iborat bo‘lgan. Lekin, o‘sha 
davrda mug‘ullar qo‘shinlarining ko‘p qismini yo‘qotganlar. Ular O‘rta 
Osiyoga bostirib kelganida qo‘shinlarning ko‘pchiligi turkiy xalqlardan 
tashkil topganligi ma’lum. Bu davrda Muhammad Xorazmshoh davlatida 
20 million aholi yashagan. Mo‘g‘ul qo‘shinlari ko‘p sonli mahalliy aholi 
tarkibiga o‘z asoratini o‘tkaza olmagan. Shuning uchun ham mahalliy 
aholida mo‘g‘ul irqi alomatlari deyarli namoyon bo‘lmaganligini ko‘rish 
mumkin.
O‘zbek xalqining shakllanishida uchinchi muhim davr XV asr oxiri 
va XVI asr hisoblanadi. Bu davrda Dashti Qipchoq o‘zbeklari O‘rta 
Osiyoga kirib keladi va ular mahalliy aholiga o‘z nomini beradi. 
Shunday qilib, o‘zbek xalqini etnik shakllanishi uzoq davom etgan 
murakkab jarayondir. O‘zbek xalqining asosini hozirgi O‘zbekiston 
hududida bir necha ming yillar davomida yashab kelgan mahalliy 
so‘g‘diylar, baxtarlar, xorazmiylar, saklar, massagetlar, qang‘lilar va 
dovonliklar tashkil qilgan. Turli davrlarda turli maqsadlarda kirib kelgan 
qabilalar, elatlar va xalqlar davr o‘tishi bilan mahalliy aholiga o‘z ta’sirini 
qisman o‘tkazgan. Bu o‘rinda shuni alohida qayd etish lozimki, o‘zbek 
xalqi shakllanish jarayonining barcha bosqichlarida mahalliy aholi 
tashqaridan kelgan aholiga nisbatan doimo ustunlik qilgan. Kelgindi aholi 
mahalliy aholiga o‘z tilini berganligini ham inkor etib bo‘lmaydi. Lekin 
antropologik nuqtai nazardan mahalliy aholining etnik qiyofasini va tashqi 
ko‘rinishini tubdan o‘zgartira olmadi. Misol uchun, keyingi ikki ming yil 
davomida O‘rta Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda mahalliy aholining tili 
uch marta o‘zgardi-sharqiy eron tillari o‘rniga g‘arbiy eron tillari (fors tili) 
va milodning boshlaridan turkiy tillar keng tarqala boshladi. Ammo 
mahalliy xalqning “qoni”, ya’ni genetikasi aytarli o‘zgarmadi va qadimiy 
xalqlarimizga xos antropologik xususiyatlar shu kunlarga qadar saqlanib 
kelmoqda, O‘zbek xalqining kelib chiqish asosini qadimgi davrlardan 
boshlab o‘lkamiz hududlarida yashab kelgan mahalliy xalqlar tashkil 
etgan. Ikki yarim ming yil davomida mahalliy aholiga kelib qo‘shilgan 
turkiy tilli elat va xalqlar o‘zbek xalqi shakllanishida asosiy tarkibiy qism 
sifatida qatnashgan.

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish