Oliy o‘quv yurtlarining nomutaxassislik fakultetlari



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/174
Sana15.10.2022
Hajmi3,37 Mb.
#853332
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   174
Bog'liq
Узбекист тарихи Дарслик (Муртазаева)

Sopolli madaniyati
nomi bilan mashhurdir. 
Sopollitepa markazidan to‘rtburchakli istehkom, istehkom ichida 
turar-joylar va xo‘jalik xonalari, hunarmandchilik ustaxonalari uchta 
madaniy qatlamdan iborat ekanligi aniqlangan. Sopollida qurilish, 
hunarmandchilik va iqtisodiy munosabatlar ancha rivoj topgan. O‘choqlar 
turar joy xonalari ichidagi devor ichiga o‘rnatilgan. Asosiy qurilish 
ashyosi paxsa va xom g‘ishtdir. 
Sopollitepadagi turar-joylar tagidan bronza davri qabristoni 
ochilgan. Ko‘pchilik qabrlar yakka qabrlar bo‘lib, jamoa qabrlari ham 
uchraydi. Ayollar qabrlarida asosan sopol va bezaklar topilgan bo‘lsa, 
erkaklar qabrlaridan asosan sopol, mehnat va jangovar qurollar topilgan. 
Sopol topilmalar deyarli naqshlanmagan bo‘lib, kulolchilik charxida 
tayyorlangan. 
Mil. avv. II ming yillikning boshi va o‘rtalariga oid Sopollitepa 
aholisining xo‘jaligi dehqonchilik va uy chorvachiligiga asoslangan. 
Shuningdek, daryo toshlaridan va qumtoshdan ishlangan yorg‘uchoqlar va 
hovonchalar ham ko‘plab uchraydi. Bu topilmalarning barchasi 
Sopollitepada dehqonchilik ancha rivojlanganidan dalolat beradi. 
Tadqiqotchilarning fikricha, Sopollitepa hozircha O‘zbekistondagi 
dastlabki eng qadimgi dehqonchilik qishlog‘idir. 
Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida shakllangan Sopollitepa – bronza 
davridagi daryodan kechuv yo‘lini himoya qiluvchi mustahkam oldingi 
istehkom (forpost) sifatida paydo bo‘lgan. Keyinchalik o‘troq 
dehqonchilik jamoalari shimoliy chegaralarining kengayishi munosabati 
bilan Sopollitepa o‘zining ilgarigi ahamiyatini yo‘qota boshlaydi va 
bo‘shab qoladi. Asosiy markaz vazifasi esa tog‘ darasidan chiquvchi yo‘l 
ustidagi mustahkam qal’a sifatida paydo bo‘lgan 
Jarqo‘tonga
o‘tadi. 
Mil.avv. II ming yillikning o‘rtalariga kelib Jarqo‘ton o‘sha 
hududlardagi dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholi qabilalari 
uyushmalarining mustahkam istehkomiga aylanadi. Aynan mana shu 


35 
istehkom orqali Hisor tog‘ oldi vohalari va janubiy Tojikistonning g‘arbiy 
hududlariga shimoldagi aholining ko‘chishlari bo‘lib o‘tadi. Bu 
hududlardan topilgan yodgorliklar topografiyasi va ularni davlatlashtirish 
ushbu jarayon izchillik bilan bo‘lib o‘tganligini ko‘rsatadi. Bu 
jarayonning rivojlanishi mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi 
Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi o‘troq dehqonchilik turmush tarzi 
kechiruvchi aholi manzilgohlarida aholi sonining o‘sishi va ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti uchun ham keng imkoniyatlar yaratdi.
O‘zbekiston hududida chorvador qabilalarga mansub bronza davri 
qabristoni Samarqand yaqinidagi Mo‘minobod qishlog‘idan topilgan. 
Quyi Qashqadaryodagi 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish