451
4. Bunda muloqotda kirishuvchilar o‘zaro bir-birlarini idrok
qilish asosida ulardan biri ikkinchisining ishonchini qozonadi, aqlli,
farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega barkamol shahs
sifatida idrok qilinadi.
Muloqotning har uchala tomonini yaxlit olib qaraganda o‘zaro
hamkorlik faoliyatini tashkil qilishning usullari va unda ishtirok
etuvchilaming munosabatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Pedagogik
muloqot muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun, o'qituvchi o‘quvchilar bilan xamkorlik faoliyatiga chuqur kirishib keta olishi, shaxsni har tomonlama shakllantirishning maqsad va vazifalarini chuqur
anglab, faoliyat olib borishi lozim.
Jonli muloqot-o‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan, har
qanday ta'lim-tarbiyaviy tadbir mohiyatini og'zaki so‘z bilan
o‘quvchilarga yetkazadigan, ziddiyatli jarayonlardan olib chiqish
qudratiga ega bo‘lgan faoliyatdir. 0 ‘qituvchi pedagogik mahoratida mujassamlashgan nutqning jozibadorligi, bilim saviyasining
va tafakkurining kengligi, o‘tkir dunyoqarashi, ma’naviy madaniyat
darajasi, pedagogik qobiliyati, ta'lim-tarbiyaviy maqsadlaming
mutanosibligi har qanday dars va darsdan tashqari ta'lim-tarbiyaviy
tadbiming muvaffaqiyatini ta'minlovchi hamda o‘qituvchi jonli
muloqotini tashkil etuvchi omillardir. 0 ‘qituvchi kasbiy
faoliyatidagi jonli muloqot qobiliyatini takomillashtirish uchun o‘z
oldiga doimo quyidagi savollami qo‘yib, unga mustaqil fikrmulohazasi asosida javob bera olishi kerak.
0 ‘qituvchining muloqot usullari. Avtoritarusulda faoliyat olib
boradigan o‘qituvchi ish faoliyati xarakterida quyidagi xususiyatlar
mujassamlashgan bo‘ladi:
- o‘zi yakka holda guruh faoliyatining yo‘nalishlarini
belgilaydi;
- ta'lim-tarbiyaviy jarayonga javobgarlikni o‘z zimmasiga
oladi;
- o‘quvchilaming unga so‘zsizbo‘ysunishmi da'vo qiladi;
- qattiq intizom asosida ish olib boradi;
- topshiriqlaming to'liq bajarilishini talab qiladi;
- gap qaytargan, fikr bildirgan o‘quvchini yoqtirmaydi;
452
- o‘quvchilarga biror muammoni to‘Hq tushimtirmasdan talab
qiladi.
Demokratik usul asosida faoliyat olib boradigan
o‘qituvchining bosh shiori o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikr
yuritish ko‘mkmalarini va ongli intizomni hosil qilishdan iborat.
0 ‘qituvchining muloqoti barcha demokratik talablar asosida
quriladi. Liberal usul asosida faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi
xususiyatlariga sho‘rolar zamonidan qolgan talim—tarbiya tizimga
xos mafkuraviy qarashlar mujassamlashgan. 0 ‘qituvchining
pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mavjud:
-tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi;
—ta’lim - tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi;
- o ‘z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o‘zini olib
qochadi;
- o ‘quvchilarga berilgan topshiriqlaming natijalari bilan
qiziqmaydi;
-o'quvchilar kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, beg‘am qaraydi;
— o‘z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda
bo‘Iadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |