2. Pedagogik qobiliyat, qobiliyatning pedagogik - psixologik
tasnifi
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o'qituvchi pedagogik
mahoratga ega bo‘lishi zarur. Qobiliyat hamma insonlarda mavjud
bo‘lib, bir tekisda bo‘lmay, biri yuqori biri o‘rta va biri quyi
darajadan iboratdir. Faqat aqli zaif insonlarda qobiliyatni uchrata
olmaymiz. Maktab o‘qituvchisining faoliyati inson shaxsini
tiklantirishga qaratilgan. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo
445
bo‘ladi va rivojlanadi, qobiliyatni rivojlantirish esa layoqat, zehn,
iste’dod ya’ni inson asab tizimida anatomik — fiziologik xususiyat
bo‘lishi ham zarur. 0 ‘qituvchining ba’zi psixik protsesslari unda
shaxsga xos sifatlarining shunday kompleksini tashkil qiladiki,
buni pedagogik qobiliyat deb atash mumkin.
0 ‘qituvchilik faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgandir. 0 ‘qituvchining barkamol insormi tarbiyalash, unda milliy
va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirish, yuksak va shu bilan
birga eng murakkab vazifadir. O'qituvchi (pedagog, muallim,
ustoz) — maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan va pedagogik faoliyat
bilan (professional) shug‘ullanuvchi inson. 0 ‘qituvchilik kasbini
tanlagan inson hamma narsani biladi va hamma narsaga javobgar.
0 ‘qituvchilik vazifasi uning har bir o‘sib kelayotgan avlod,
jamiyat, davlat taqdiri uchun javobgarligi bilan xarakterlanadi.
0 ‘qituvchi ta'lim-tarbiya jarayonining asosiy tashkilotchisidir.
0 ‘quvchilaming umumiy tayyorgarlik darajasi asosan o‘qituvchiga, uning kasbiga, iymon-e’tiqodi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Shuning uchun o‘quvchilar tarbiyasiga oid pedagogik ishlar
maxsus uyushqoqlik hamda muayyan maiaka va ko‘nikmalamigina emas, balki pedagogik qobiliyatlari darajasiga taalluqli
bo‘lgan psixik xususiyatlari ham mavjud bo‘lishi kerak.
Qobiliyat- shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va
uning ishini muvaffaqiyatli bajarishdagi subyektiv shart - sharoitini
ifodalovchi individual psixik xususiyatlaridir. 0 ‘qituvchining
kasbiy faoliyati favqulotda umumiy va xususiy qobiliyatlami talab
etadi. Kasbiy pedagogik faoliyatning muaffaqiyati, xususiy pedagogik qobiliyatlarga bogliq bo‘ladi. Pedagogik qobiliyatlarning
quyidagi guruhlari farqlanadi:
- 0 ‘quvchiga nisbatan sezgirlik;
- Kommunikativlik - insonlarga yuz tutish, xayrxohlik,
xushmuomilalik;
- Perseptiv qobiliyatlar - kaspiy yetuklik, empatiya, pedagogik tuyg‘u;
- Shaxs dinamikasi - irodaga ta’sir eta olish va mantiqiy
ishontira olish qobiliyati;
446
- Hissiy barqarorlik - o‘zini boshqara olish;
- Kreativlik — ijodiy ish qobiliyati.
Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilish, malaka va
ko‘nikmalarini egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati
ham tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |