ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
МУҚИМИЙ НОМИДАГИ ҚЎҚОН ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА ИНСТИТУТИ
ЎЗБЕКИСТОН ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ФАНИ БЎЙИЧА
ЎҚУВ–УСЛУБИЙ МАЖМУА
Билим соҳаси:
Таълим сохаси:
|
100000-Гуманитар
110000-Педагогика
|
|
|
|
Таълим йўналиши:
|
5110500 География ва иқтисодий билим асослари.
|
|
|
|
|
|
|
|
муассасаларини
|
|
|
|
|
|
таълим
|
|
|
|
|
|
таълим
|
|
|
|
|
битирган
|
|
|
|
|
Қўқон -2021
1
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
МУҚИМИЙ НОМИДАГИ ҚЎҚОН ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА ИНСТИТУТИ
ЎЗБЕКИСТОН ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ФАНИДАН
ЎҚУВ–УСЛУБИЙ МАЖМУА
Қўқон – 2021
2
МУНДАРИЖА
I. Ўқув материаллари.
1. Маъруза машғулотлари
2. Амалий, семинар, лаборатория машғулотлари.
II. Мустақил таълим машғулотлари
1. Мустақил таълим мавзуларини ўзлаштириш бўйича услубий тавсиялар.
III. Глоссарий
IV. Иловалар
1.Фан дастури
2. Ишчи фан дастури
3. Тарқатма материаллар.
4. Тестлар.
5. Бахолаш меъзонлари
6. Бошқа маълумотлар.
7. ЎУМ нинг электрон варианти.
МАЪРУЗА МАШҒУЛОТЛАРИ
Mavzu: O`zbekistonning tabiiy geografik o`rni va chegaralari.
O`zbekiston O`rta Osiyoning markaziy qismida joylashgan. Uning hududining asosiy qismi Amudaryo va Sirdaryo orasida bo`lib,mtadil va subtropik mintaqalarda o`rnashgan. O`zbkistonning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining shimoliy-sharqida Orol dengizi qirg’og’ida bo`lib, 45° 31' shimoliy kengiikdir. Respublikamizning eng g’arbiy nuqtasi Ustyurt platolsida 56° 00' sharqiy uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi O`zbekiston bilan qirg’iziston chegarasida, o`zgan shahri yaqinida bo`lib, 37° 10' sharqiy uzoqlikdadir. O`zbekistonning eng shimoliy nuqtasi bilan eng janubiy nuqtalari orasidagi masofa 925 km, eng g’arbiy nuqtasi bilan eng sharqiy nuqtasi orasidagi masofa 1400 km.
O`zbekiston jabuniy-shaqda Tojikiston bilan, sharqda qirg’iziston bilan, janubiy-g’arbda esa Turkmaniston bilan, shimol va shimoli-g’arbda qozag’iston bilan, janubdan esa Afg’oniston bilan chegaradoshdir. Afg’oniston bilan O`zbekistonning chegarasi Amudaryo orqali o`tadi.
O`zbekistonning maydoni 447,4 ming kv. km bo`lib Norvegiya, Finlyandiya, Buyuk Britaniya va Italiya kabi davlatlar hududidan katta. O`zbekiston Belgiya, Gollandiya Daniya kabi davlatlarning er maydonlarini qo`shib hisoblasak ham, 4 marta kattadir. Respublikamiz hududi SHveytqariya davlati hududidan 10 marta ziyoddir.
O`zbekiston geografik O`rniga ko`ra juda qulay. CHunki uning hududi O`rta Osiyoning markazidagi tabiiy sharoiti qulay va tabiiy boyliklari serob bo`lgan erlarni o`z ichiga oladi. O`zbekitonning ko`p qismlari tekisliklardan iborat yo`nalishi hamda serunum vohalarning – CHirchiq Ohongaron, Farg’ona Zarafshon, qashqadaryo, Surxandaryo, quyi Amudaryoning mavjudligi Respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishiga qulay sharoit yaratib bergan.
O`zbekistonnig O`rta dengiz atrofidagi mamlakatlar bilan deyarli bir geografik kengiikda joylashgan. O`rta dengiz atrofidagi mamlakatlar subtropikka xos landshaft bilan tavsiflanadi. Lekin O`zbekiston iliq okea va dengizlardan uzoqda materik ichkarisida joylashganligi tufayli tabiiy sharoiti jixatidan O`rta dengiz atrofidagi dalatlardan butunlay farq qiladi. CHunki O`zbekiston hududining shimoliy qismi ochiq bo`lib, qishda shimoldan va shimoli-sharqdan esuvchi sovuq, quruq havo oqimi be`malol ichki qismlarigacha etib qeladi. Aksincha, janubida baland tog’larning mavjudligi esa Hiid okeanidan esadigan nam va iliq haao massalarini O`zbekiston hududiga o`tishiga to`siqlik qiladi. Oqibat natijada O`zbekistonda subtropikka xos bo`lmagan landshaft vujudga kelib, yoz bulutsiz, seroftob bo`lib, jazirama issiq, huruq, qish esa shu geografik kengiik uchun ancha sovuq bo`ladi. Binobarin, O`zbekiston subtropik iqlim mintaqasida joylashsada, asosan cho`lga xos bo`lgan landshaft bilan tavsiflandi. Faqat atrofi tog’lar bilan o`rgagan Surxon-SHerobod vodiysidagina quruq subtropik landshaft mavjud, xolos.
O`zbekiston hududi janubi-sharqdan shimoli-g’arbga qarab cho`zilib o’shaatomonga qarab pasayib boradi. Respublikanmiz er usti tuzilishi jihatidan Tojikiston va qirg’izistondan keskin farq qiladi. O`zbekiston hududining ko`p qismi (71%) dehqonchilik uchun qulay vodiylar, tekisliklar va tog’ oldi tekisliklaridan iborat. Tekislik erlarning ko`p bo`lishi va bu joylardan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, CHirchiq, qashqadaryo va boshqa daryolarning oqib o`tishi, iqlimining qulayligi, sug’oria dehqonchilikning va ayniqsa, paxtachilikning juda kadimdan rivojlanishiga imkon bergan.
Arxeologiarning ma`lumotiga ko`ra O`zbekiston hududida, hususan Surxondaryo, quyi Amudaryo, Zarafshon, Farg’ona va Toshkent vohalarida miloddan oldingi 3-2 ming yilliklarda aholi sug’orma dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug’ullangan. Metall eritib har xil mehnat va ov qurollari, har xil buyumlar, xususan ziynat buyumlari, oyna tayyorlaganlar, kulolchilik bilan shug’ullanganlar. SHuningdek, shoyidan mato to`qib har-hil kiyimlar tikkanlar. Bularning hammasi o`z navbatida o`zbek xalqnning madaniyati juda qadimdan taraqqiy etganligidan dalolat beradi.
O`zbekistonning geografik joylashuvi qulay bo`lganligi tufayli uning hududidan Sharq bilan g’arbni bog’lovchi savdo yo`li, xususan mashhur «Ipak yo`li»o`tgan. Bu esa uning iqtisodiyotini, madaniyatini yanada rivojlantirishga sababchi bo`lgan. O`zbekiston hududining o`rta Osiyoning markazida joylashganligi va asosan tekisliklardan tashkil topganligi iqtisodiy aloqalarii rivojlantirish uchun juda qulay imkoniyatlar yaratib bergan. O`zbekiston hududi orqali ham do`stligimizning turli tomonlariga temir, avtomobil’ yo`llari o’tib, qo`shni respublikalar bilan iqtisodiy aloqa qilish sharoiti yaratilgan. Bular o`z navbatida O`zbekistonii O`rta Osiyo o`lkasidagi respublikalar ichida iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlanishiga olib kelgan.
O`zbekiston tabiiy sharoiti hilma-hil bo`lib, yozda ham qor va
muz bilan qoplangan, balandligi 4688 m ga etuvchi Hazrati Sulton cho`qqisi bilan birga dengiz sathidan 12 m pastda turuvchi Mingbuloq kabi botig’i mavjud.
Respublikamizda yozda harorat 70—80°ga etuvchi, eng kam yog’in tushuvchi (Orolbo’yida 70—80 mm) cho`llar bilan bir qatorda, seriam va salqin(yiliga 700—1000 mm) tog’lari, qishda ham yanvarning O`rtacha harorati 0° dan pastga tushmaydigan Surxon-SHerobod kabi quruq subtropikli vodiylar mavjud.
Respublikamiz tabiati shunchalik turli-tumanki, uning tekislik qismida bir necha yuzlab chaqirim yursangiz ham bironta daryoni uchratmaysiz. Aksincha, tog’li qismida esa har qadamda ajoyib jilg’a va soylarii, sharsharalar hosil qilib oquvchi sho`x daryolarii ko`rasiz.
O`zbekiston ayniqsa yer osti suvlariga boy o`lka hisoblanib, foydalanishi mumkin bo`lgan miqdori sekundiga 906,9 m3 ni tashkil etadi. Bu er osti suvining ko`p qismi O`zbekistonning tekislik va tog’oldi qismida joylashgan.
O`zbekiston hududining 71% ni ishg’ol qilgan tekislik qismida cho`lga xos landshaft shakllangan bo`lib, o`simlik va hayvonot dunyosi shu sharoitga moslashgan bo`lsa, aksincha, tog’li qismida landshaftlarning balandlik mintaqalanishi mavjud. Bular o`z navbatida O`zbekiston tabiatining naqadar hilma-hil, o`ta go`zal va betakror manzaraga ega ekanligidan dalolat beradi.
O`zbekiston yer usti boyliklaridan tashqari yer osti boyliklari bilan ham mashhur. Uning hududida oltin, mis, vol’fram, qo`rg’oshin, neft’, gaz, ko`mir, dala shpati, alyuminiy xom ashyosi, marmar, granit, grafit, har xil tuzlar va boshqa juda muhim mineral-xom ashyo boyliklari mavjud.
O`zbekiston hududida 12 viloyat va Qoraqalpog’iston respublikasi joylashgan. Bular Toshkent viloyati (markazi Toshkent shahari), Samarqand viloyati (markazi Samarqand shahri), Navoiy viloyagi (markazi Navoiy shahri), Andijon viloyati (markazi Andijon), Farg’ona viloyati (markazi Farg’ona), Namangan viloyati (markazi Namangan), Sirdaryo viloyati (markazi Guliston), Jizzax viloyati (markazi Jizzax), Buxoro viloyati (markazi Buxoro), qashqadaryo viloyati (markazi qarshi), Surxondaryo viloyati (markazi Termiz), Xorazm viloyati (markazi Urganch), qoraqalpog’iston jumhuriyati (maydoni 165,6 ming km2, markazi Nukus).
Savol va topshiriqlar. 1. Osiyo tabiiy xaritasidan O`zbekiston Respublikasining geografik o`rnini aniqlang va uning boshqa respublikalarlar geografik o`rni bilan taqqoslab, qulay hamda noqulay tomonlarini gapirib bering. 2. Yozuvsiz xaritaga O`zbekistovinig chekka nuqtalarini tushiring hamda geografik koordinatalar yordamida uning shimoldan janubga, g’arbdan sharqqa necha gradus va kilometr cho`zilganligiki aniqlang. 3. Evrosiyoning rel’efi, iqlimi va tabiat zonalari xaritalarini bir-biriga taqqoslab, O`zbekiston tabiatining o`ziga xos tomonlarini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |