Tayanch so`z iboralar
Gegrafik o`rni va chegaralari.Geologik tuzilishi.
Rel`efi va foydali qazilmalari.Iqlimi. Ichki suvlari.
O`simlik olami.Hayvonot dunyosi.Tuproqlari.Landshaft tiplari.Ma`muriy bo`linishi.
Mavzu: O`zbekiton xududining tabiiy geografik jixatdan tekshirilish tarixi.
O`zbekiston O`rta Osiyoning markaziy qismi bo`lib, bu erda madaniy haet juda erta boshlangan. SHu tufayli u ibtidoiy odam yashagan manzilgohlarga boy bo`lgan ko`hna mamlakatlardan biridir. Uning go`zal tabiati, unumdor vodiy va adirlari, ajoyib manzarali tog’lari, qulay iqlimi, er suv boyliklari juda qadimdan mahalliy va xorijiy kishilarii o`ziga rom etgan.
Arxeologik ma`lumotlarga ko`ra O`zbekiston hududida paleolit (miloddan avvalgi 40000-12000 yillargacha), mezolit (miloddan avvalgi 12000—5000 yillar) va neolit (miloddan oldingi 5000-3000 yillar) davrlariga oid qadimiy odamlar yashagan makonlarning Surxondaryoda (Teshiktosh), Farg’ona vodiysida (Isfayramsoy, Xo`jabaqirg’onsoy, SHo`rko`l), Zarafshon vodiysida (Omonqo`ton, CHo`lun ota), CHirchiq-Ohangaron vodiysida (Xo`jakent, Obirahmat) va quyi Amudaryoda ko`plab uchratish mumkin. O`zbekiston hududida miloddan avvalgi 5000-3000 yillardayoq (neolit davrida) ibtidoiy odamlar ovchilik, chorvachilik va hatto sug’oria dehqonchilik bilan ham shug’urullanganlar, sodda bo`lsada sug’orish inshootlari (to`g’on, ariq, hovuz) qura boshlaganlar. Binobarin, ular sug’orish, sug’orish inshootlarini qurish uchun eng avvalo joylarning tabiiy sharoitlari (rel’efi, iqlimi, er-suv sharoiti) haqida ma`lum darajada bilimga ega bo`lganlar.
O`zbekiston hududida antik davrda kishilik jamiyatining rivojlanib borishi o`z navbatida geografik tasavvurlarning takomillashishiga sabab bo`ladi. Buni O’shaadavrlarda O`zbekiston hududida qurilgan to`g’onlar, ariqlar, korizlar, hovuzlar, qazib olingan kon qoldiqlari, Afrosiyob kabi ko`hna shahar xarobalari to`la tasdiqlaydi.
O`rta Osiyo, jumladan O`zbekiston hududidagi cho`llar, vohalar, daryolar haqidagi geografik ma`lumotlari Strabon asarlarida ham uchratish mumkin. Antik davrda O`rta Osiyo o`lkasi haqidagi eng ko`p g’eografik ma`lumotlar Klavdiy Ptolemeyning 8 jildli «Geografiya» deb atalgan asarida uchraydi. Ptolemey O`z asarida va unga ilova qilingan xaritalarida Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon kabi daryolar tilga olinib, ular kaspiy dengiziga quyiladi deb ko`rsatilgan. Xaritada yana So`g’diyona, Baqtriya davlatlari va O`rta Osiyoning sharqida joylashgan tog’lar ko`rsatilgan.
Arab sayyohi va geografi Ibn Hurdodbeh o`zining «Masofalar va mamlakatlar kitobi» («Kitobi al masalik valmomolik») asarida O`rta Osiyo tabiati, xususan zamini va havosi, cho`llari va daryolari (CHirchiq, Amudaryo, Sirdaryo), karvon yo`llari haqida ma`lumotlar beradi.
O`rta Osiyoda geografiya fanining rivojlanishida dunyoga mashhur atoqli matematik astronom va geograf Muhammad ibn Xorazmiyning xizmatlari buyukdir. SHu tufayli H. H Hasanov IX- X asrlarni qamrab olgan va O`rta Osiyo geografiya fanining tug’ilish davrini «Muhammad Muso Xorazmiy Balxiy geografiya maktabi» davri deb juda to`g’ri atagan.
Muso Xorazmiy tabiiy fanlarga oid juda ko`p asarlar yaratgan. Ular ichida eng muhim geografik va kartografik asari bu «Erning tasviri («Suratal-arz») kitobidir. Bu asar «Xorazmiy geografiyasi» nomini olib, unda R.U. Rahimbekovning ma`lumotiga ko`ra er yuzasidagi 537 ta geografik punkt, jumladan 200 dan ortiq tog’larning tafsiloti, mamlakatlar, okeanlar, dengizlar, daryolar, ko`llar haqida ma`lumotlar bo`lib, geografik ob`ektlarning aniq koordinatalari berilgan. Muso Xorazmiy meridian yoyining bir gradusi 8 km ga teng ekanligini (haqiqatda 311,0 km) ham isbotlab berdiki, bu keyingi kartografik ishlar uchun (xarita va atlaslar tuzish uchun) asos bo`ldi.
O`rta Osiyo tabiiy geografiyasining rivojiga katta hissa qo`shgan Farg’onalik buyuk astronom, sayyoh, geograf Ahmad Farg’oniydir. U ko`p umrini Bag’doddagi «Donolar uyida» o`tkazgan va ijod qilgan. Ahmad Farg’oniyning asarlari nchida geografiyaga oid eng muhim kitobi «Astronomiyaga kirish» («Madhal an-nujum») bo`lib, unda er kurasining sharsimonligi dalillar bilan isbotlangan. U astronomiyaga, geodeziyaga va geografiyaga oid o`lchov tasboblarini yaratish bilan ham shug’ullangan.
O`rta Osiyo tabiiy geografiyasiga oid nazariy bilimlarning takomillashishida yurtdoshimiz, «SHarq Arastusi» deb nom olgan qomuschi olim Abu Nasr Forobiyning xizmati nihoyatda kattadir. U matematik, astronom, buyuk faylasuf, musiqashunos, tabib bo`lishi bilan bir qatorda geograf sifatida ham jahonga mashhur allomadir.
R. U. Rahimbekovning ma`lumotiga ko`ra Forobiy sayyoh sifatida O`rta Osiyo o`lkasini kezib chiqib, ular haqida tabiiy geografik ma`lumotlar bergan.
D. N. Kashkarov, e. N. Karovin, A. I. Foriozov, M. Orifxonova, S. N. Rijov, A. 3. Genusov, A. Rasulov, H. Abdullaevlarning O`zbekistonning tuproq o`simlik qoplamini, hayvonot olamini har tomonlama O`rganishlarida xizmatlari katta.
O`zbekyston tabiati va tabiiy bobliklarini o`rgannsh tarixi bilan H. Hasanov, A. Azat’yan, R. Rahimbekov, R. YUgay, 3. N. Dontsova, I. Inog’omov kabi mutaxassislar shug’ullanganlar.
O`zbekiston maktab va oliy o`quv yurtlarida geografiya o`qitish uslubini takomillashtirishda H. Hasanov, 0. A. Mo`minov, M. Nabixonov T. Abdullaeva, P. Musaevlarning xizmatlarini ta`kidlab o`tish lozim.
O`zbekistonda xaritashunoslik fanining ravnaqida T. Qo`ziboev, T. Mirzoliev, A. Asomov, SH. Qoraboev va boshqalarning xizmatlari katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |