Arxaik (ibtidoiy) madaniyat va an’anaviy madaniyat. Reja: - Arxaik madaniyatning dastlabki namunalari.
- Tosh davri madaniyati.
- Jez davrida yangi turdagi madaniyatning shakllanishi.
Arxaik madaniyatning dastlabki namunalari. Arxaik yoki ibtidoiy madaniyat-mavjud insoniyat madaniyatning ibtidosi va eng uzoq davom etgan davridir. Bu davr insoniyat tarixi umumiy ko’lamining 99 foizini tashkil qilgan holda zamonaviy madaniyatga beqiyos ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. O’sha vaqtda vujudga kelgan arxaik madaniyatning ayrim ko’rinishlari bo’lmish fikrlash tarzi, fe’l-atvor xozirga qadar yo’qolgan emas. Insoniyat hayotining boshlang’ich davri keyingi barcha o’zgarishlarga zamin tug’dirgani sababli bu davrni o’rganish insoniyat evolyutsiyasi asoslarini, uning madaniyati negizini tushunish va sharhlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |