Ibtidoiy bosqichdagi madaniyat rivojining qiyofasini qayta tiklash o’ta qiyin vazifa.
Olimlar to’plagan ma’lumotlar 2 xil bo’lib:
I.Antropologik va arxeologik topilmalar-ibtidoiy odamning jismoniy va madaniy rivojlanishi, ovchilik jamoasining turmush tarzini yorug’ olamga chiqardi.
Bu ma’lumotlar o’ziga xos belgilari bilan emprik (tajriba) tahlilni yuzaga chiqardi va ibtidoiy bosqichni umum qabul qilgan tasnifiga asos soldi:
1. paleolit-qadimgi tosh asri,
2. Neolit-yangi tosh asri.
Paleolit bosqichining o’zi ham ilk va so’ngi davrlarga bo’linadi. Shuningdek, paleolit va neolit bosqichining o’rtasi mezolit-o’rta tosh asri davriga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |