3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi:
Mamlakatimizda jamiyatimizning asosi bo’lmish
oila institutini yanada Mustahkamlash
va rivojlantirish, oilalarni, ayniksa, yosh
oilalarning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ximoya qilish hamda
qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish borasida olib borilayotgan barcha ishlarni sifat
jihatidan yangi bosqichga ko’tarish,
jismonan soglom, ma’naviy yetuk va Har
tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini oshirish,
Mustahkam, soglom oilani shaqllantirishda maxallaning mavkeini mustahkamlash
va rolini kuchaytirishga doir aniq maqsadga yo’naltirilgan keng ko’lamli chora-
tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 19 yilligiga bag’ishlangan
tantanali marosimda birinchi prezidentimiz I.A.Karimov «Bizning yo’limiz –
demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va modernizasiya
jarayonlarini izchil
davom ettirish yo’lidir» ma’ruzasida „Oila sog’lom ekan — jamiyat mustahkam,
jamiyat mustahkam ekan — mamlakat barqarordir" deb ta’kidladi. Oila instituti
tarixan mavjud bo’lgan institut hisoblanadi. Qonunchilikda o’zining huquqiy
asoslariga ega, biroq bugungi kunda ushbu institutning oila huquqida bo’lgan
o’rniga yangicha konsepsiya zarur. O’zbek xalqi o’zining
boy tarixiga va
qadriyatlariga ega. Oila jamiyatning mustahkam poydevori bo’lib uning
mustahkamligi, faravonligi, tinch-totuvligi jamiyat taraqqiyotining asosidir.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “biz uchun muqaddas bo’lgan
oila asoslarini yanada mustaxkamlash, xonadonlarda tinchlik xotirjamlik. ahillik va
o’zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy - ma’rifiy ishlarni
aniq mazmun bilan
to’ldirishdan iborat bo’lmog’i zarur"
1
. Darhaqiqat, ushbu anjuman ham muhtaram
prezidentimizning yuqorida aytgan purma’no fikrlariga javoban ilmiy, nazariy va
metodik ruhda o’tdi.
Oila qonunchiligida oila muhofazasiga oid normalarda o’zgarishlar ro’y berdi.
Oilaning moddiy-maishiy sharoitlari, axloqiy-ma’naviy qarashlarini inobatga olish
zaruriyati tug’ildi. Zimdan kuzatib borish mexanizmi monitoringi joriy etilmoqda.
Bu borada rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish va milliy mentalitetimizga
mos holda umumlashtirishga zaruriyat mavjud. Shu nuqtai nazardan olganda oila
manfaatlarini himoya qilishning huquqiy masalalari dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Hozirda mamlakatimizda oilani himoyalash tizimini yaratish borasida keng ko’lamli
islohotlar amalga oshirilib, muayyan darajada qonunchilik tizimi yaratilgan.
O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksida oila muhofazasiga masalasiga alohida
e’tibor qaratilgan bo’lsada, qator amaliy muammolar bartaraf etilmagan. bir qator
masalalarida bahsli vaziyatlar va noaniqliklar mavjud. Oila muhofazasi oila
1
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “biz uchun muqaddas bo’lgan
oila asoslarini yanada
mustaxkamlash, xonadonlarda tinchlik xotirjamlik. ahillik va o’zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy - ma’rifiy
ishlarni aniq mazmun bilan to’ldirishdan iborat bo’lmog’i zarur. 2022. 3-may.
4
qonunchiligida va u bilan bog’liq huquqiy normalarda oila institutining yetarli
darajada ishlanmaganligi, mazkur tadqiqot predmetiga nisbatan nazariy
qarashlarning yagona emasligi ushbu mavzuning dolzarbligini belgilaydi va vujudga
keladigan munosabatlarni chuqur ilmiy tahlil etish orqali
huquqiy tartibga solish
samaradorligini takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bugungi kunda oila
institutining nazariy asoslari zaifligi ko’zga tashlanmoqda. Oilani muhofaza qilish
institutining samaradorligini oshirish, uning normalarini amalga oshirish
mexanizmini takomillashtirish zaruriyati mavjud. Bu borada har tomonlama chuqur
nazariy tadqiqotlar olib borish bugungi kunda dolzarbligicha qolmoqda.