11
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning III bo'lim, XIV bobi «Oila» deb
nomlanib, 63-66-moddalar oilaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga
qaratilgan qoidalardir. 46-moddada esa xotin-qizlar va erkaqlar teng huquqlidirlir,
degan oila huquqini tamoyilini asosiy qonunga kiritdi. Konstitutsiyaning 63-
moddasiga asosan: «Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat
muhofazasida bolish huquqiga ega».
Oila huquqining asosiy manbai butun keng qamrovli oila qonunchiligining
«o'zagi» O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksidir. U 1998-yil 30-aprelda
birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o'n birinchi sessiyasida
qabul qilinib, o'sha yili 1 sentabrdan e'tiboran amalga kiritildi.2 Oila kodeksi 8
bo'lim, 30 bob, 238 moddadan iborat. Oila kodeksi vazifalari Oila to'g'risidagi
qonunlarni yanada takomillashtirish bir qancha yo'nalishlarda olib borildi.
Birinchidan, mustaqil O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Prezident
farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari,
vazirliklar va idoralarning me'yoriy hujjatlari unga huquqiy asos qilib olindi. Chunki
xotin-qizlar va erkaqlar teng huquqliligi, jamiyatning asosiy hujayrasi hisoblangan
oilani mustahkamlash, nikohning barqaror bo'lishi, otalik, onalik va bolalikni
muhofaza qilish, farzand tarbiyasida va moddiy ta'minotida ota-onaning huquq va
majburiyatlari
O'zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
46,
63-66-
moddalarida, shuningdek, maxsus qonunlarda, me'yoriy hujjatlarda o'z ifodasini
topgan
1
.
Ikkinchidan, amaldagi oila qonunlarini takomillashtirishda Uzoq yillar
davomida sinovdan o'tgan, o'zining ijobiy natijalarini bergan qoidalar saqlab qolindi.
Uchinchidan, alohida e'tiborni Sharqda vujudga kelgan va rivojlangan musulmon
huquqini, shariat va odob-axloq qoidalarini tiklash istiqbollarini va uning
tamoyillarini yangi Oila kodeksiga kiritishga harakat qilindi. To'rtinchidan, oilaviy
munosabatlar mustahkam bo'lgan, bolalar tarbiyasi yaxshi yo'lga qo'yilgan ayrim
xorijiy davlatlarning qonunchilik tajribasini yaxshi o'rganib, mamlakatimizning
yangi qonunlariga olib kirish masalasi ham o'rganildi. Beshinchidan, ilgari
mamlakatda amalda bo'lgan «O'zbekiston SSRning Nikoh va oila kodeksi» (1969-
yil 6-iyun), «SSR Ittifoqi va ittifoqdosh respublikalarning nikoh va oila to'g'risidagi
qonun Asoslari» (1968-yil 27-iyun) asosida yozilgandi. Ularda respublika
axolisining, ayniqsa o'zbek xalqining o'ziga xos milliy va mahalliy xususiyatlari
deyarli inobatga olinmagan. Oltinchidan, oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib
chiqadigan nizolarni hal qilish tartibi va uning o'ziga xos xususiyatlari Oila
kodeksida berilishi lozim
2
. Chunki moddiy huquqda belgilangan qoidalar
protsessual huquqiy tartib asosida amalga oshiriladi.
1
O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. Toshkent, «O’zbekiston», 2012.
Do'stlaringiz bilan baham: