Oilaning nazariy va huquqiy asoslari tarixi


O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. Toshkent. Adolat. 2020



Download 408,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana15.04.2023
Hajmi408,03 Kb.
#928806
1   2   3   4   5   6   7   8
 
2
O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. Toshkent. Adolat. 2020.
 


12 
Umuman, Oila kodeksi mamlakatimizda bunyod etilayotgan chinakam 
huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati, inson manfaatlari yo’lida xizmat 
qilmog'i lozim. Oila huquqining predmeti bo'lib, oila a'zolari o'rtasidagi shaxsiy va 
mulkiy munosabatlar hisoblanadi. Shaxsiy munosabatlarga er-xotinning familiyasi, 
bolalar tarbiyasi, oila turmushi masalalarini hal qilish, mashg'ulot turi, kasb va turar-
joy tanlash huquqlari kiradi. Mulkiy munosabatlarga esa, er va xotinning nikoh 
davomida orttirgan umumiy mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, 
bo'lajak er-xotinning umumiy mablag'lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar 
qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha holat ko'rsatilmagan bo'lsa, ularning 
birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq 
va majburiyatlari, oila a'zolarining va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari 
kiradi.
Huquqiy-demokratik davlat, erkin adolatli fuqarolik jamiyatida mulkiy 
bo'lmagan nomulkiy shaxsiy munosabatlar asosiy belgilovchi, mulkiy munosabatlar 
esa bo'ysunuvchi hosila Harakterga ega. Oilaviy munosabatlar yig'indisida mulkiy 
bo'lmagan shaxsiy munosabatlarni ustun bo'lishligining sababi, avvalo naslni davom 
ettirish va bolalarni tarbiyalash bilan bog'liqdir. Shunday qilib, oila huquqi, nikoh 
tuzish tartibi va shartlari, nikohning tugatilishi, nikohning haqiqiy emasligi, oilada 
er va xotin o'rtasida, ota-ona bilan bolalar o'rtasida, oilaning boshqa a'zolari o'rtasida 
kelib chiqadigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni, farzandlikka olish, vasiylik va 
homiylik, bolalarni oilaga tarbiyaga olish tufayli kelib chiqadigan munosabatlarni, 
fuqarolik holati dalolat-nomalarini qayd etish tartiblarini belgilaydigan huquqiy 
normalar yig'indisidan iborat.
Oila huquqi mohiyatini ochib berishda faqat uning tushunchasi, predmetini 
o'ziga xos xususiyati va shu bilan birga uning eng muhim tamoyillarini ham inobatga 
olish lozim, chunki uning tamoyillari bu huquq sohasining o'ziga xos xususiyatlarini 
aks ettiradi. Oila huquqining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1) Oilani 
jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqi. Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir 
hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega (O'zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi 63-modda). A) Oila – davlat himoyasida. Oila – davlat 
himoyasida deyilganda, avvalo, vujudga kelgan oilalarni saqlab qolish va ularni 
mustahkamlashga qaratilgan davlat tomonidan ko'rilgan tadbir choralar tushuniladi. 
Davlatning oila xususidagi g'amxo'rligi avvalambor hukumat yuritayotgan kuchli 
ijtimoiy siyosatda namoyon bo'lmoqda
1
.
Davlat rahbarligida amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va 
ma'naviy islohiy chora-tadbirlarning bosh maqsadi inson va oila manfaatlarini 
qanoatlantirishdan iborat. Oilaning davlat muhofazasida ekanligi Respublikamiz 
Prezidentining farmonlarida o'z ifodasini topmoqda. B) Oila – jamiyat 
muhofazasida. Jamiyat tomonidan oila muhofaza qilinadi deyilganda, mamlakatda 
1
N.M Akayeva – Oila huquqi. Kasb-Hunar kollejlari uchun darslik. Toshkent.: 2016. 82-83-betlar
 


13 
mavjud bo'lgan jamiyatlar va jamg'armalar tomonidan nodavlat notijorat 
tashkilotlarning oilaga ham moddiy, ham ma'naviy yordam berishlari tushuniladi. 
Bu qoida mustaqil Respublikaning Konstitutsiyasida belgilangan yangi qoidadir. 
Mamlakatimiz jamoat tashkilotlari har xil jamg'armalar hisobidan oilani 
mustahkamlash, bolalar manfaatini himoya qilish uchun turli moddiy va ma'naviy 
yordam ko'rsatib kelmoqda.
Jamoat tashkilotlari o'z maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda respublikada 
o'tkazilayotgan keng ko'lamli islohotlarga munosib hissa qo'shib, oilalarni 
mustahkamlashga ko'maqlashmoqda. Masalan, ekologiya va salomatlik sohasida 
«Ekosan», ehtiyojmand kishilarga va nogironlarga ijtimoiy yordam ko'rsatishda 
«Navro'z» jamg'armalari, nogironlar jamiyatlari, onalik va bolalikni muhofaza 
qilish, xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishda Xotin-qizlar 
qo'mitalari, mehnatkashlarning kasbiy va boshqa qonuniy manfaatlarini ifoda 
etishda kasaba uyushmalari, iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlashda «Ulug'bek, 
«Iste'dod» jamg'armalari faoliyatini alohida ta'kidlab o'tish mumkin. 2) Barcha 
fuqarolar – jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va 
ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar qonun oldida tengligi.
Oila huquqida barcha fuqarolar millati, irqidan qat'iy nazar teng ekanligi 
ifodalangan «barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, 
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'iy 
nazar, qonun oldida tengdirlar» (O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 18-
modda). Bu xalqlar do'stligidan kelib chiqadigan o'zgarmas qoida bo'lib oila 
huquqida o'z ifodasini topib, odamlarni har xil millatga tegishli ekanligi yoki irqiga 
mansubligi oilaviy munosabatlarda hech qanday ahamiyatga ega emasligini 
anglatadi. Nikoh tuzish uchun fuqarolarning har xil millatga, dinga e'tiqod etishi 
to'siq bo'lolmaydi. 3) Hamma oilaviy munosabatlarda ayol bilan erkak teng 
huquqlidirlar. Amaldagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-
moddasiga binoan, xotin-qizlar va erkaqlar teng huquqlidirlar. Bu tamoyil 
konstitusion qoidaga aylandi. Jamiyatda ayol bilan erkakning teng huquqliligi 
mamlakatimizda erishilgan jinsidan qat'iy nazar fuqarolarni siyosiy tengligiga 
asoslanadi. 4) Oilaviy munosabatlarda ishtirok etuvchilarni ma'naviy va moddiy 
qo'llab-quvvatlash hamda ularning o'zaro bir-biriga g'amxo'rlik qilishi. Bu tamoyil 
oilaviy munosabatlarning mazmunidan kelib chiqib, ular moddiy hisob-kitoblardan 
xoli bo'lgan bir-biriga muhabbat, hurmat kabi hissiyotlarga asoslanadi. 5) Davlat 
tomonidan onalik, otalik va bolalikni muhofaza etish va ularning manfaatlarini har 
taraflama himoya qilish.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasi 2-qismi va Oila 
kodeksining 4-moddasi 1-qismiga binoan oila, onalik, otalik va bolalik davlat 
himoyasidadir. Insonning dunyoga kelishi juda katta baxtdir. U muomala layoqatiga 
ega bo'lib mustaqil ravishda o'z xohishi bilan nikoh munosabatiga kirib oilasida 
bolalar tug'ilsa unga berilgan eng ulug' nom, unvon bu – onalik, otalik va bolalikdir. 


14 
6) Ixtiyoriy va erkin nikoh. Nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun bo'lajak 
er-xotin o'z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Nikoh tuzishga 
majbur qilish taqiqlanadi (Oila kodeksining 14-moddasi). 7) Faqat yakka 
nikohlilikni tan olish va uni mustahkamlash uchun yordam berish. Ochiq adolatli 
huquqiy jamiyatda fuqaro faqat bir nikohda bo'lishi mumkin.
Yakka nikohlilik tamoyili bizning mamlakatda mavjud bo'lgan yuksak istiqlol 
mafkurasi me'yorlaridan kelib chiqadi. Bunday qoida jamiyat taraqqiyotining 
hozirgi bosqichidagi oila munosabatlarining talablariga to'la javob beradi. Amaldagi 
qonunda belgilangan yakka nikohlilik hayotda mavjud bo'lgan haqiqat bilan 
muvofiq bo'lib odamlar xulq-atvoridagi qoidalarga mos keladi. Bu qoidaning 
buzilishi faqat nikohni haqiqiy emas, deb hisoblashdan tashqari qonunni buzgan 
shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishga ham asos bo'ladi. 8) Davlat tartibi asosida 
nikohdan erkin ajralish. Davlat nazorati asosida nikohdan erkin ajralish (Oila 
kodeksining 37- moddasi). 9) Bolalarni mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi 
g'oyasi asosida tarbiyalash. Mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi hamma 
zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy-ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog'lom, 
ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o'z maqsadlariga erishishi uchun ma'naviy-
ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo'lib kelgan.
"Oila" kodeksining II bobi oilaviy huquqlarni amalga oshirish va himoya 
qilish masalalariga bag’ishlanadi. Oila kodeksining 10-moddasiga ko’ra, fuqarolar 
oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarini o’z xoxishlariga ko’ra 
tasarruf etadilar. Oila a’zolarining o’z huquqlarini amalga oshirishlari hamda o’z 
majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa a’zolari va o’zga shaxslarning 
huыuыlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart. Oilaviy 
huquqlarni himoya qilish sud tomonidan fuqarolik sud ishlarini yuritish qoidalari 
bo’yicha, Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda esa, vasiylik va homiylik 
organlari yoki boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi
1
.
Oila a’zolarining o’z huquqlarini amalga oshirishlarida suiste’molchilikka 
yo’l qo’yilmaslik nazarda tutiladi. Oilaning boshqa a’zolari va o’zga shaxslarning 
huquqlari erkinliklari va qonuniy manfaatlarni buzmaslik talab qilinadi. Ushbu talab 
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 20-moddasiga asoslanadi. Unga ko’ra 
"fuqarolar o’z huquq va erinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat 
va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur 
yetkazmasliklari shart". Oilaviy huquqlarni amalga oshrishning eng muhim 
xususiyatlaridan biri bu oila kodeksi normalarining dispozitiv harakterga ega 
ekanligidir, ya’ni bu normalarni taraflarning o’zaro kelishuvi bilan o’zgartilishi 
mumkin.
Bunday normalar ko’proq, oila a’zolarining mulkiy masalalarini tartibga 
1
“Huquqshunoslik, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish” fanidan o’quv uslubiy qo’llanma., 
Andijon.: 2013. 76-bet
 


15 
solishda uchraydi. Ammo oila a’zosining o’z huquqi boshqa oila a’zolari va o’zga 
shaxslarning huquqlari bilan bog’langan, ya’ni chegaralangandir. Bundan xulosa 
shuki, o’z huquqlarini amalga oshirish bilan boshqa shaxslarning huquqlari va 
erkinliklariga putur yetkazish mumkin emas. Bunday putur yetkzish bilan amalga 
oshirilgan huquq himoya kilinish imkoniyatidan maxrum bo’ladi. Masalan: nikoh 
bekor qilingandan keyin urtadagi bolaning onasi otasiga yoki otasi onasiga bola 
bilan uchrashishiga yul qo’ymasligi ham otaning, ham onaning shuningdek bolaning 
ham huquqlarini buzganlik hisoblanadi. Ota yoki onaning bola bilan uchrashishga 
qarshilik qilgan harakatlari ulardan birining huquqlariga putur yetkazilgan deb 
baxolanadi va bunday harakatlar himoya qilinmaydi.
Fuqarolarning o’z oilaviy huquqlarini o’z xoxishlariga ko’ra tasarruf etishlari 
ko’pincha qonun bilan cheklangan bo’lishi mumkin. Shunga e’tibor berish kerakki, 
oila a’zolarining ko’pincha huquqlari ularning majburiyati sifatida ham nomoyon 
bo’ladi. Bu ko’proq ota-ona bilan bolalarning shaxsiy huquqlariga tegishli. ota-
onaning bolani tarbiyalashga bo’lgan huquqlari ularning asosiy majburiyatlaridan 
iborat deb hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 64-moddasiga 
muvofiq «Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlaricha tarbiyalashga 
majburdirlar». Shunday ekan bunday huquqni amalga oshirishni ota-onaning 
xoxishiga quyib bo’lmaydi, bu soxada ular zimmasiga majburiyat yuklatiladi. 
Fuqarolarning o’z huquqlarini amalga oshirishdan voz kechishi bu 
huquqlarning bekor bo’lishiga olib kelmaydi. Masalan: aliment olishdan voz kechish 
fakat navbatda olinadigan alimentga tegishli bo’lishi mumkin, lekin alimentni 
olmagan shaxs aliment olish huquqidan maxrum bo’lmaydi. Boshqa shaxslarning 
huquq va erkinliklarini qasddan buzish javobgarlik uchun asos bo’ladi. Qasddan 
qilingan bO’zishlar sud tomonidan himoya qilinadi. Oila kodeksining 11-moddasiga 
ko’ra «Oilaviy huquqlarni himoya qilish sud tomonidan fuqarolik sud ishlarini 
yuritish qoidalari bo’yicha, ushbu kodeksda nazarda tutilgan xollarda esa, vasiylik 
va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi».
Oilaviy nizolarni hal qilish umumiy sud vakolatiga taaluqlidir. O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan va 1998 
yil 1 yanvardan amalga kiritilgan O’zbekiston Respublikasining fuqarolik – 
prosessual kodeksi fuqarolarning oilaviy huquqlarini imtiyozlarni nazarda tutadi. 
Masalan: aliment undirish bo’yicha da’vogarlar sud harajatini to’lashdan ozod 
qilinadi. Bunday ishlar qisqartirilgan muddatlarda kurib chikiladi. Alimentlarni 
to’g’risidagi sud ajrimi darhol ijro etiladi. (F. P. K – 263 modda). Oilaviy huquqlar 
ma’muriy tartibda, ya’ni davlat organi yoki mansabdor shaxsga murojaat qilish yo’li 
bilan ham himoya qilinishi mumkin. Bunday tartib ota-ona homiyligidan mahrum 
bo’lgan bolalarga ularning huquqlarini himoya qilish maqsadida o’rnatiladi. Oilaviy 
munosabatlarda buzilgan huquqlarni tiklashda ularni himoya qilish usullari 
turlichadir. Ya’ni, birinchidan, shaxsning o’zi tomonidan o’z huquqining himoya 
qilinishi. Ikkinchidan, sud tomondan himoya qilinishi va uchinchidan, ma’muriy 


16 
tartibda himoiya qilinishi.
Oila huquqlarini himoya qilishda vasiylik va homiylik organlari muhim 
ahamiyatga ega bo’lib, ularning huquqiy maqomi Fuqarolik Kodeksining 32 – 
moddasida, Oila Kodeksining 173-193 moddalarida nazarda tutiladi. O’zbekiston 
Respublikasi Konstitusiyasining 44-moddasiga ko’ra har bir shaxsning huquq va 
erkinligini sud tartibida himoya qilish davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat 
birlashmalarining g’ayriqonuniy hatti-harakati ustidan sudga shikoyat qilish huquqi 
kafolatlanadi. Oilaviy huquqlarni amalga oshirish va himoya qilishda bolalarning 
nasl-nasabini belgilash, er-xotin, bolalar, ularning manfaatlarini himoya qilish uchun 
ularning umumiy mol-mulkdagi ulushini tan olish va belgilash, o’gay ota, o’gay ona, 
o’gay o’g’il, o’gay qizdan aliment undirish kabi masalalar faqat oilaviy 
munosabatlarda uchraydi. Demak, oilaviy munosabatlarda oila a’zolarining huquq 
va manfaatlarini himoya qilishda bO’zilgan huquqlarni tiklashda qator usullardan 
foydalanish mumkin. Oilaviy munosabatlarda kelib chiqadigan nizolarni hal etishda 
da’vo muddatlari qo’llanilmaydi. (12-modda). Da’vo muddati bO’zilgan huquqni 
sud tomonidan himoya qilish uchun qonun bilan belgilangan muddatdir. Da’vo 
muddati jamiyat a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek sud 
amaliyotida barqarorlikni o’rnatish uchun xizmat qiladi.
Vaqtning o’tishi bilan nizoli masalarni hal etish uchun tegishli va zarur dalillar 
bo’lishi yoki bo’lmay qolishi mumkin. Agar nizoni hal qilish uchun ma’lum bir vaqt 
belgilanmagan bo’lmasa aybi bo’lmagan shaxs asossiz talablar natijasida aybli 
hisoblanib zarar ko’rishi mumkin. Shuning uchun ham da’vo muddati fuqarolarning 
bO’zilgan huquqlarini tiklash uchun o’z vaqtida sudga murojaat qilishni talab qiladi 
va jamiyat a’zolari o’rtasida tartib-intizomni o’rnatish va ta’minlashga yordam 
beradi. Oilani iqtisodiy,ijtimoiy muhofaza qilish, oila farovonligini va ayellarning 
ijtimoiy va moddiy axvolini yaxshilashning, bolalarning farovonligini ta’minlash 
uchun shart-sharoitlar yaratish O’zbekiston Respublikasi davlat siyesatining ustuvor 
yunalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
farmonlari, Hukumat Qarorlari, davlat va homiylik mablag’lari hisobidan 
moliyalashtirilgan Davlat dasturlari ushbu siyosatning amalga oshirish shakllaridir. 
2012 yil — Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi, deb 
e’tirof etilgan yilning birinchi Prezidentimiz tomonidan „Mustahkam oila yili" deb 
e’lon qilinishi zamirida, hech shubhasiz, juda katta ma’no-mazmun mujassam. Bu 
boradagi ishlarni yangi bosqichga ko’tarish „Oila sog’lom ekan — jamiyat 
mustahkam, jamiyat mustahkam ekan — mamlakat barqarordir", degan ezgu 
tamoyilning hayotiy ifodasini to’liq ro’yobga chiqarishga zamin yaratdi. Haqiqatan 
ham, oila — jamiyat asosi, poydevori.
Poydevor mustahkam bo’lsa, yurt mustahkam bo’ladi. Mustahkam yurtda esa 
taraqqiyotga zamin yaratiladi. Biz esa — katta yo’lga chiqib olgan, ertasi bugunidan-
da yorug’roq, to’kinroq bo’lishini istayotgan va bunga guvoh bo’lib kelayotgan 


17 
avlod — mamlakatimizda sodir bo’layotgan islohotlar, ularning ko’lami va 
natijalarini ko’rib turibmiz. Ma’lumki, xalqimiz azal-azaldan oila institutiga katta 
ahamiyat berib keladi. Har birimiz, eng avvalo, oilaga daxldormiz. Eng yaxshi 
kunimiz ham, quvonchimiz, baxtimiz ham oiladan boshlanadi. Ota-onamiz salomat-
ligi, farzandlarimiz baxti har birimizni o’ylantiradi. Bu holatga davlatning ham 
befarq emasligini bu borada mustaqillik yil-larida amalga oshirilayotgan ishlar, 
jumla-dan, 2012 yilning nomlanishida ham ko’rish mumkin. Binobarin, 
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda „Biz kirib kelayotgan yangi — 2012 yilga 
mamlakatimizda „Mustahkam oila yili" deb nom berganimiz bejiz emas, albatta. 
Buning negizida yurtimizda oila institutini, avvalo, yosh oilalarni har tomon-lama 
qo’llab-quvvatlash, oila tayanchi bo’lgan ayollarimizning og’irini yengil qilish, 
mahalla tizimining bu boradagi rolini kuchaytirish, muxtasar aytganda, oila farovon-
ligini va shu asosda butun xalqimiz farovonligini yanada oshirish kabi maqsadlar 
mujassam ekanini, o’ylaymanki, hammamiz yaxshi tushunamiz"
1
.
Istiqlol yillarida oila xalqimiz uchun muhim hayotiy qadriyat va barkamol 
avlod-ni voyaga yetkazishda asosiy omil hisoblanishi yana bir bor o’z tasdig’ini 
topdi. Bu o’tgan davrda oilalarning farovonligi va turmush tarzi yanada yaxshilanib, 
ma’naviy-axloqiy qadriyatlari mustahkamlanib borayotganidan ham ko’zga 
tashlanadi. Oila institutiga e’tibor butun dunyoda katta ekani sir emas. Xususan, 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 sentyabrdagi 
yalpi yig’ilishida 1994 yildan boshlab 15 may „Xalqaro oila kuni" deb e’lon qilinib, 
uning keng nishonlanishiga kelishilgani ham fikrimiz isbotidir. Bundan ko’zlangan 
maqsad basha-riyatning diqqat-e’tiborini inson o’z orzu-umidlari, baxti-saodati 
hamda tinchligini bog’laydigan maskan — oilaning mustahkam bo’lishiga 
qaratishdir. Barcha davrlarda ham davlat va jamiyat g’amxo’rligi oilalarning 
mustahkamligiga asos bo’lgan. Mustaqillik qo’lga kiritilganidan so’ng o’tgan qisqa 
vaqt ichida jamiyatimizda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash uchun sog’lom oila 
va oilaviy munosabatlarni barqarorlashtirish davlat siyosatida muhim o’rin egallay 
boshladi.
Shu sababli mamlakatimizda demokratik huquqiy davlatni barpo etish va 
fuqarolik jamiyatini shaqllantirish jarayonida alohida muhim funksiyalarni 
bajaradigan omil — oilaga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Vatanimiz 
mustaqilligining ilk davridan boshlab mamlakatimizda oilaga alohida e’tibor 
qaratish va oila institutini rivojlantirish masalalari davlat siyosatining ustuvor 
yo’nalishlaridan biriga aylandi. Mana, 31 yildirki, davlatimiz rahbari boshchiligida 
sog’lom oila, sog’lom jamiyat barqarorligini ta’minlash bo’yicha dunyoda boshqa 
hyech bir mamlakatda uchramaydigan yondashuv asosida keng qamrovli ishlar 
amalga oshirib kelinmokda. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 
“Mustahkam oila yili” Davlat dasturi Qarori 2012 yil O’zbekiston Respublikasida 
1
O.I.Oqyulov – Oila huquqi., Toshkent.: 2016. 78-bet 


18 
“Mustahkam oila yili” deb e’lon kilinganligi munosabati bilan chikarilib, yukoridagi 
maqsadlarni amaliyotga yanada kengroq tadbiq etish, amalga oshirishda muxim 
ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 27 fevraldagi „Mustahkam 
oila yili" Davlat dasturi to’g’risidagi qaroridan kelib chiqib qabul qilingan Davlat 
dasturida 8 ta ustuvor yo’nalishning belgilab berilgani va uning 23 ta bandi bevosita 
oliy ta’lim tizimiga daxldor ekanini alohida e’tirof etish lozim. Qarorda O’zbekiston 
Respublikasi birinchi Prezidentining 2011 yil 13 dekabrdagi farmoyishi bilan 
tuzilgan Respublika komissiyasi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar, 
Korakalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaHar 
xokimliklari, jamoat hamda noxukumat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini-o’zi 
boshkarish organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan ―Mustahkam oila yili‖ Davlat 
dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlanishi kursatilgan va “Oila sog’lom ekan – jamiyat 
mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqaror” degan insonparvar 
tamoyildan kelib chiqqan holda, quyidagilar “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini 
amalga oshirishning eng muhim yo’nalishlari etib belgilandi: qonunchilik va 
normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, amaldagi qonun hujjatlariga oila 
institutini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan zarur o’zgartirish va 
qo’shimchalar kiritish, yangi qonunlar, qoida va normalarni ishlab chiqish, yosh 
oilalarga ye’tibor va g’amxo’rlikni kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy himoya 
qilishni ta’minlash, moddiy va ma’naviy jihatdan keng qo’llab-quvvatlash, shu 
jumladan qulay va shinam uy-joy bilan ta’minlash, zarur imtiyoz va afzalliklar 
berish, jamiyat va kundalik hayotda mahalla institutining rolini kuchaytirish va 
maqomini oshirish.
Mustahkam oila yili maqsad va vazifalarini hayotga tatbiq yetishda mahalla 
va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari ahamiyatini, yosh oilalarni qo’llab-
quvvatlash hamda shaqllantirishda ularning ta’sirini kuchaytirish, yosh oilalarga 
zarur ko’mak va yordam berish, oila, birinchi navbatda, yehtiyojmand oilalarning 
muammolarini hal yetishda davlat va jamiyat tomonidan g’amxo’rlikni yanada 
kuchaytirish, ularga moddiy yordam ko’rsatish va farzandlarni tarbiyalashda 
ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, munosib ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, bunda 
oilani mustahkamlashda asosiy yukni o’z yelkasiga olgan ayollarga alohida ye’tibor 
qaratish “Sog’lom ona – sog’lom farzand” tamoyiliga muvofiq oila salomatligini, 
onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, jamiyatning ma’naviy 
negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va 
mustahkamlash, jamiyatda yuksak ma’naviy muhitni keng qaror toptirish, milliy 
mentalitetga mutlaqo yot bo’lgan va kuchayib borayotgan turli xil zararli ta’sirlarga 
qarshi turishda oilaning o’rni va ahamiyatini oshirish. jismonan sog’lom, ma’naviy 
yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini 
kuchaytirish va shu maqsadda oila institutining ta’lim hamda tarbiya muassasalari 
bilan o’zaro amaliy hamjihatligini mustahkamlash, ularning yaqin va samarali 


19 
hamkorligini ta’minlash.
Davlat dasturining dastlabki bo’limi bugungi kun talablarini hisobga olgan 
holda, oila institutini rivojlantirish va tako-millashtirishga qaratilgan normativ-
huquqiy bazani yanada takomillashtirish, bu masalaga jamiyatimiz e’tiborini yanada 
kuchaytirishga qaratilgan. Ma’lumki, O’zbekiston demokratik huquqiy davlat va 
fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lidan izchil rivojlanib bormoqda. Bu buyuk 
maqsadga erishishda jamiyatning asosiy bo’g’ini bo’lgan oila muhim o’rin tutadi. 
Mamlakatimizda oila institutining rivojlanishi va jamiyatimizda oilaning kamol 
topishi yo’lida asos bo’ladigan mustahkam qonunchilik tizimi yaratilgan.
Xususan, O’zbekiston Respublikasining Konstitu-siyasida ayni shu masalaga 
bag’ishlangan maxsus bob mavjud. Bu — O’zbekiston Konstitusiyasining XIV bobi 
bo’lib, u „Oila" deb nomlanadi va 63—66-moddalarni o’z ichiga oladi.
Unda „Oila — jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat davlat 
muhofazasida bo’lish huquqiga ega. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza 
qilinadi" degan qoida va prinsiplar belgilangan. 

Download 408,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish