Oilaning nazariy va huquqiy asoslari tarixi


 Oila muhofazasi – davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri



Download 408,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana15.04.2023
Hajmi408,03 Kb.
#928806
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Oila muhofazasi – davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri. 
Oila - muqaddas dargoh. Birgina shu muqaddas so’zining oilaga nisbatan 
ishlatilishida chuqur ma’no va mohiyat mujassam. Zotan, millatning ertangi kuniga 
dastlab oilada poydevor qo’yiladi, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi avlod 
shaqllanadi, milliy madaniyat, urf-odatlar, axloqiy-ma’naviy qadriyatlar asrab-
avaylanadi, jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy farovonlik va madaniy yuksalishlariga 
asos solinadi, mustahkamlanadi. Insonga xos bo’lgan chinakam hayotni, farovon va 
baxtli turmush sharoitini mana shu amallarsiz tasavvur etib bo’lmaydi, albatta. 
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyatida inson va uning 
manfaatlari ustuvor ekan, biz ko’zlagan maqsadlarga erishishda hayotimizning 
tayanchi va suyanchiga aylangan oilaning o’rni benihoya kattadir
1
.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2012 yilga 
mamlakatimizda «Mustahkam oila yili», deb nom berilishini inson manfaatlariga 
yo’g’rilgan islohotlarimizning izchil davomi sifatida ta’kidlash joiz. Oila 
mustahkamligi masalasiga umumdavlat miqyosida e’tibor qaratilayotgani uning 
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’naviy vazifalar tizimidagi o’rni va ulkan 
ahamiyatini yaqqol ko’rsatib turibdi. Istiqlolning dastlabki yillaridanoq, 
mamlakatimizda oila manfaatlarini himoyalashning huquqiy, ma’naviy-axloqiy 
asoslarini umuminsoniy va milliy qadriyatlar mushtaraqligida yanada boyitish, 
chuqur bilimli, kasb malakasi shaqllangan ma’naviy va jismoniy sog’lom avlodni 
voyaga yetkazish borasida keng qamrovli ishlar boshlab yuborildi. Oilaning jamiyat 
hayoti va taraqqiyotidagi ahamiyati xususida to’xtalib, atoqlili olim va adib 
Abdurauf Fitrat bunday degan edi: “Har bir oilaning saodati va izzati, albatta, shu 
xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog’liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat 
oilalarining intizomiga tayanadi, oilada tartib bo’lsa, mamlakat va millat ham 
shuncha kuchli va tartibli bo’ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va 
johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo’l 
qo’ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi"
2
.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida oila jamiyatning asosiy bo’g’ini 
ekani hamda uning jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga egaligi 
mustahkamlab qo’yilgan. (O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 63-modda). 
Mamlakatimizda oilani ijtimoiy- iqtisodiy, huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlash 
borasida izchil amalga oshirilayotgan ishlar samarasida ushbu qoida hayotimizda 
o’zining yorqin ifodasini topmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2011-yil 
7-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 19 yilligiga bag’ishlangan 
tantanali marosimdagi ma’ruzasida oila instituti jamiyatimizning asosiy bo’g’ini 
ekanini ta’kidladi. Darhaqiqat, oila instituti xalqimiz hayoti, istiqlol yillarida 
mamlakatimizda barcha jabhalarda hayotga tatbiq etilayotgan keng ko’lamli 
1
N.M Akayeva – Oila huquqi. Kasb-Hunar kollejlari uchun darslik. Toshkent.: 2016. 16-bet
 
2
M. Safarova – Abdurauf Fitratning “Oila” asarida mustahkam oil ava barkamol avlod., diss.,, Buxoro:. 2015. 4-bet



islohotlarni amalga oshirishda muhim o’rin tutadi. Ayniqsa, oila mamlakatimiz 
taraqqiyotining hal qiluvchi kuchi bo’lgan yoshlarni tarbiyalashda alohida ahamiyat 
kasb etadi. Oila uchun xos bo’lgan avlodlar vorisiyligi xalqimizning eng yaxshi 
an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, jamiyatimizning ma’naviy, ma’rifiy 
asoslarini mustahkamlashda muhim omil bo’lmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov 
rahnamoligida mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash, aholi turmush 
darajasini yuksaltirish, yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash 
masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Mustahkam oila yili‖ Davlat dasturida 
bu vazifalarga yanada ustuvor ahamiyat berilgan.
Hozirgi vaqtda bu boradagi ishlar Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 
mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilab berilgan chora-tadbirlarni amalga 
oshirish doirasida sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarilmoqda. Aholining huquqiy 
bilimini oshirishga qaratilgan keng ko’lamli ishlar salmoqli natijalar berayotgani 
ko’rinib turibdi. Bu umuman fuqarolar huquqiy savodxonligi oshayotgani, 
jumladan, ularning oila to’g’risidagi qonunchilik hujjatlari, O’zbekiston 
Respublikasi Konstitusiyasi, Fuqarolik Kodeksi va Oila Kodeksining tegishli 
qoidalaridan yuqori darajada xabardor ekanidan dalolat beradi. Milliy 
qonunchiligimiz oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni mustahkam huquqiy 
asosda qurishga ko’maqlashmoqda.
1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Oila Kodeksi ushbu sohadagi asosiy 
huquqiy hujjat hisoblanadi. Oila Kodeksini oilada tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni 
ta’minlashga xizmat qiladigan huquqiy hujjat, desak xato bo’lmaydi. Oila qurish-bu 
mas’uliyatli ish bo’lib, yoshlarning o’zlari uchun yangi bo’lgan ijtimoiy maqomga 
har tomonlama tayyorgarlik ko’rishlarini taqozo etadi. Ularni oiladagi 
munosabatlarini tartibga solishda qonunchilikning o’rni ajralib turadi. Yoshlarning 
oila to’g’risidagi qonunchilikni bilishi o’z huquqlarini himoya qilish, mustahkam va 
sog’lom oila qurish uchun zarurdir. Istiqlol yillarida mamlakatimizda oila 
munosabatlari ancha mustahkamlanib, oilalar farovonligi va turmush darajasining 
oshgani davlatimiz rahbarining oila instituti, ayniqsa yosh oilalarni qo’llab-
quvvatlash bo’yicha puxta o’ylangan siyosatining yorqin natijasidir. Jamiyatning 
muhim bo’g’ini bo’lgan oilani mustahkamlash, yurtimizdagi ma’naviy o’zgarishlar 
asosida rivojlantirish, nufuzini oshirishga doir rejalashtirilgan dasturlarni bajarishda 
jamiyatning barcha institutlari, ayniqsa, o’zini o’zi boshqarish organlari - mahallalar 
ham o’z imkoniyatlaridan keng foydalangan holda faol ishtirok etmoqda. Oila 
farovonligi mahallada ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlashda va jamiyat 
taraqqiyotida muhim omil hisoblanadi
1
.
Qolaversa, ming yillar davomida mahallalarda o’zaro mehr-oqibat, ahillik va 
totuvlik, kam ta’minlangan, ehtiyojmand kishilar holidan xabar olish, to’y-tomosha, 
1
Hayot kitobi: yosh oilalar uchun inseklopidek qo’llanma. – Toshkent.: “Sharq”, 2011. 48-bet
 



hashar va ma’rakalarni ko’pchilik bilan bamaslahat o’tkazish, yaxshi kunda ham, 
yomon kunda ham yelkadosh bo’lishdek xalqimizga xos urf-odat va an’analar 
shaqllangan va rivojlangan. Bir so’z bilan aytganda, mahalla oilaning asosiy 
tayanchi va suyanchi bo’lib kelgan. Mustaqillik tufayli xalqimizning bu an’analari 
yana hayotga qaytdi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi — mahalla 
institutini huquq va vakolatlarini yanada kengaytirish, mavqyeini mustahkamlash, 
nufO’zini oshirish uchun barcha tashkiliy-huquqiy asoslar yaratildi. Natijada 
fuqarolar yig’inlari qoshida oilalar ahvoli bilan yaqindan tanish, ularga o’z vaqtida 
moddiy-ma’naviy ko’mak bera oluvchi, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy farovon 
turmushi, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashiga samarali ta’sir ko’rsatuvchi o’ziga xos 
demokratik darsxona shaqllandi.
Buni O’zbekiston «Mahalla» xayriya jamg’armasi tomonidan amalga 
oshirilgan birgina ezgu amal misolida ham ko’rish mumkin: xususan, 
jamg’armaning bo’lim va bo’linmalari tomonidan yurtimiz bo’ylab 4 milliondan 
ziyod oilaning ahvoli o’rganib chiqilib, tahlil etildi. O’rganilgan oilalardan moddiy, 
tibbiy va ma’naviy yordamga muhtojlari aniqlanib, jamg’arma tuzilmalari hamda 
mahallalar hamkorligida ularga ko’mak berishning zarur chora-tadbirlari belgilandi. 
Xususan, 336 ming 545 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi, 185 ming 861 ta oilaga 
«Mahalla» xayriya jamg’armasining bo’lim va bo’linmalari hamda homiylar 
hisobidan 769 million so’mdan ortiq miqdorda moddiy yordam ko’rsatildi. Bugun 
mustahkam oilani shaqllantirishda mahalla qoshida faoliyat yuritayotgan diniy 
ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilar, 
Yarashtirish, Ma’naviyat targ’iboti, Yoshlar bilan ishlash komissiyalaridagi vakillar 
zimmasidagi mas’uliyatni alohida ta’kidlab o’tish joiz. Ular faoliyatlarida asosiy 
e’tiborni aholi, ayniqsa, yoshlar o’rtasida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib 
borish, oilalarning ijtimoiy-ma’naviy ahvolini o’rganish, notinch oilalarni o’z 
vaqtida aniqlab, ular bilan yakka tartibda ishlash, xotin-qizlarni foydali mehnatga 
jalb etish, milliy qadriyatlarimizni targ’ib etadigan tadbirlar uyushtirishdek 
mas’uliyatli vazifalarni izchil amalga oshirishga qaratib kelayotir.
Chunonchi, respublikamizdagi o’n mingga yaqin o’zini o’zi boshqarish 
organlarida faoliyat yuritib kelayotgan jami 8135 nafar diniy ma’rifat va ma’naviy-
axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilar zimmasiga oilalardagi ijtimoiy-
ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, oila a’zolarining bandligiga 
ko’maqlashish, oilada sog’lom muhitni qaror toptirishda zarur maslahat va aniq yo’l-
yo’riqlar ko’rsatishdek dolzarb vazifalar biriktirilgan. Shubhasiz, oila 
mustahkamligining asosiy omillaridan biri uning qonuniy va mehr-muhabbat 
asosida qurilganidir. Shu bois, oilalar bilan yakka tartibda suhbat olib borish, 
ularning muammolarini hal etishda maslahatchilar hamda hamkor tashkilotlar bilan 
birgalikda o’tkazilayotgan tadbirlar yaxshi samara bermoqda.
Xususan, xotin-qizlar qo’mitasi, FHDYO bo’limlari, QVP va oilaviy 
poliklinikalar hamkorligida aholi o’rtasida oila va nikoh munosabatlarining 



qonuniyligini ta’minlash, yoshlarni turmushga tayyorlash, nikohdan avval tibbiy 
ko’rikdan 
o’tkazishga 
bag’ishlangan 
turli 
ma’naviy-ma’rifiy 
tadbirlar 
uyushtirilayotir. Bunday tadbir va targ’ibotlar yoshlarning mustahkam oila 
qurishlariga zamin yaratadi. Inson tabiatidagi eng yaxshi fazilatlar, dunyoqarashini 
belgilaydigan ma’naviy mezonlar avvalo oila, mahalla, qolaversa, maktab bag’rida 
kurtak yozadi. Har bir bolaning ertaga qanday inson bo’lib voyaga yetishi, 
iqtidorining shaqllanishi mana shu uch muhim bo’g’in hamkorligi va ta’lim-
tarbiyasiga bog’liq. Barchamizga yaxshi ma’lum, ta’limni tarbiyadan, tarbiyani 
ta’limdan ayro holda tasavvur qilish mumkin emas. Ertangi kunimiz egalari bo’lgan 
yosh avlodning har tomonlama barkamol insonlar bo’lib voyaga yetishida nafaqat 
ota-ona yoki o’qituvchi, balki qo’ni-qo’shni, mahalla-ko’y ham birdek javobgar. 
Shu ma’noda, o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatida yo’lga qo’yilgan «Oila, 
mahalla-maktab hamkorligi» konsepsiyasi ta’lim va tarbiya samaradorligini 
oshirishda muhim omildir. Endilikda mahalla maslahatchilari va turli komissiyalari 
ishtirokida yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor 
qaratilmoqda.
Xususan, yig’inlar va o’quv muassasalari qoshida tashkil etilayotgan turli 
badiiy va hunar to’garaqlari, sport mashg’ulotlari yoshlar o’rtasida mayda bezorilik, 
jinoyatlar, illatlarga berilish yoxud zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishning oldini 
olishda qo’l kelmoqda. 2012 yilga «Mustahkam oila yili» 1 nomi berilishi zamirida 
yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash, obod va farovon turmushini 
ta’minlash maqsadi borligini anglash qiyin emas. Zero, oila mustahkamligini 
ta’minlashda iqtisodiy barqarorlik muhim mezondir. Xalqimiz azaldan tadbirkorlik, 
hunarmandchilik bilan shug’ullanib kelgan. Kasb-kori orqali oilasini, turmushini 
farovon qilgan
1
.
Xalqimizning bunday tadbirkorlik fazilatlari bugun yurtimiz mahallalari 
guzarlari timsolida qishlog’u shaharlarimiz ko’rkiga ko’rk qo’shib turibdi. Keyingi 
yillarda 
mamlakatimizda 
tomorqachilik, 
parrandachilik, 
chorvachilik, 
bog’dorchilik, hunarmandchilik kabi oilaviy biznes tarmoqlarini rivojlantirishga 
doir keng imkoniyat va imtiyozlar yaratildi. Oilaviy biznesi orqali farovon hayot 
kechirayotgan yurtdoshlarimiz safi kun sayin ortib bormoqda. Endilikda, kasb-hunar 
kollejini bitirgan yosh yigit-qizlar fuqarolar yig’ini ko’magida bankdan imtiyozli 
kredit va kerakli uskunalar olib tadbirkorlikni yo’lga qo’ymoqdalar. Turli maishiy 
xizmat va ishlab chiqarish korxonalari ochib, yurt taraqqiyotiga hissa qo’shishga 
intilmoqdalar. Shu ma’noda, mahallalarni oilaviy biznes va xususiy tadbirkorlik 
markazlariga aylantirishda yosh oilalar ishtirokini oshirish ayni muddaodir.
Birinchi 
Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi 
Konstitusiyasining 20 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi "Inson 
manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. „Barkamol avlod yili" davlat dasturi to’g’risida. 2013 yil 
 



bo’lishiga erishish — bizning bosh maqsadimizdir» ma’ruzasida 2013 yil – «Obod 
turmush yili « deb elon kilindi.
Oilani muqaddas bilish va uning mustahkamligi uchun kurashish bizning qon-
qonimizga singgan yuksak ma’naviy tuyg’u, hayotiy ka’moldir. Zotan, birinchi
Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida 
ta’kidlaganidek, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan 
ma’naviyat qo’rg’oni bo’lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning 
asosiy vazifamiz, balki, insoniy burchimizdir. 

Download 408,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish