20
3. Ota-ona va farzandlar institutini takomillashtirish masalalari.
1992 yil 9 dekabrda O’zbekiston Respublikasi qo’shilgan ilk xalqaro huquqiy
hujjatlardan biri ham – Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya bo’ldi. O’zbekiston
Respublikasi muntazam ravishda Konvensiya talablari ijrosi bo’yicha Milliy
ma’rO’zalarini tegishli tartibda BMTning Bola huquqlari qo’mitasiga taqdim etib
kelayotir. O’z navbatida BMTning Bola huquqlari qo’mitasi tavsiyalari asosida
Milliy faoliyat dasturi ishlab chiqilib amaliyotga joriy qilinmoqda. Mazkur xalqaro
hujjat normalari milliy qonunchiligimizga to’la implementasiya qilingan. Bola
huquqlari to’g’risidagi Konvensiya normalari O’zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasi, Fuqarolik, Oila, Mehnat, Jinoyat, Jinoyat prosessual kodekslarida,
“O’zbekiston Respublikasida Davlat yoshlar siyosatining asoslari to’g’risida”gi,
“Ta’lim to’g’risida”gi, “Fuqarolik to’g’risida”gi, “Fuqarolarning sog’lig’ini saqlash
to’g’risida”gi, “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida”gi qonunlarda,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ko’plab farmon va qarorlari, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”, respublika Hukumatining bola huquqlarini kafolatlovchi
qarorlarida o’z aksini topgan
1
.
Bu hujjatlarda O’zbekistonda bosh islohotchi bo’lgan davlatning yoshlar
masalasiga doir strategik maqsadlarini izchil va tizimli ravishda bosqichma-bosqich
amalga oshirishi hamda mazkur sohada hal qilinishi zarur bo’lgan dolzarb
vazifalarining huquqiy asoslari, maqbul yechimlari o’z aksini topganligini alohida
e’tirof etish joiz. Qonun hujjatlari ijrosi samarasi o’laroq O’zbekistonda bolalar
huquqini himoya qilish borasida o’ziga xos institusial tizim yaratildi. Respublika
Bosh prokurori rahbarligida va joylarda voyaga yetmaganlar bilan ishlash
komissiyalari tuzildi.
Ichki ishlar vazirligi qoshida voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish
Markazi tashkil etildi. “O’zbekiston bolalar mahallalari uyushmasi”, Bolalar
jamg’armasi, “Sen yolg’iz emassan”, “Sog’lom avlod uchun” jamg’armalari,
“Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi” kabi jamoat tuzilmalari, Kamolot
yoshlar ijtimoiy harakati ham shular jumlasidandir
2
.
Mamlakatimizda bola huquqlarini kafolatlashga qaratilgan amaliy ishlarning
samarasi o’laroq 2008 yil 7 yanvar kuni “Bola huquqlarining kafolatlari
to’g’risida”gi qonunning Prezidentimiz tomonidan imzolandi. Qonunda bola
huquqlarini himoya qilish bo’yicha davlat siyosatining asosiy yo’nalishlariga jiddiy
ahamiyat berilgan. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini
ta’minlash, hayoti va sog’lig’ini himoya qilish masalasi dalat siyosatining ustuvor
yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.
1
“Huquqshunoslik, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish” fanidan o’quv uslubiy qo’llanma.,
Andijon.: 2013. 87-bet
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. „Barkamol avlod yili" davlat dasturi to’g’risida. 2013.
21
Shuningdek, bolaning sha’ni va qadr qimmatini himoya qilish, huquqlari va
imkoniyatlari tengligini ta’minlash, bola huquqlari kafolotlarining huquqiy
asoslarini takomillashtirib borish masalalariga doir huquqiy normalar alohida
moddalarda o’z aksini topgan. Bolalarning hayoti, ta’lim – tarbiyasi, ma’naviy va
axloqiy kamoloti, ularning barkamol o’sib ulg’ayishiga daxldor barcha masalalar
davlatimizning muhim vazifalaridan biri sifatida o’ziga xos huquqiy maqom kasb
etgan. Bolalarning ramziy konstitusiyasi, deb atash mumkin bo’lgan bu qonunda
bola huquqlari kafolatlariga doir normalar uning tamal toshi hisoblanishini alohida
e’tirof etish joiz. Shunisi diqqatga sazovorki qonunda bolaning individuallikka va
uni saqlab qolishga bo’lgan huquqi, erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqi,
himoyaga va oilaviy muhitga bo’lgan huquqi, g’ayriqonuniy ko’chirilishdan
himoyalanish huquqi, o’z fikrini ifoda etish, axborot olish, so’z, vijdon va e’tiqod
erkinligi huquqlari kafolatlari, shuningdek xususiy mulkka, turar joyga bo’lgan
huquqi, sog’lig’ini saqlashga, bilim olishga, xullas bolalar turmushi va hayot
tarzining barcha sohasiga daxldor bo’lgan huquqlari to’liq kafolatlangan
1
.
Bu normalarni mamlakatimizda qonun bilan kafolatlangan bola huquqlarining
yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat desa bo’ladi. Shu o’rinda, alohida
e’tirof etish joizki, mazkur qonun orqali bola huquqlari kafolatlarining izchil
ta’minlanishi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan bola huquqlari doirasidagi
amaliy ishlar samarasini yuksak darajaga ko’tarishga va bu sohadagi munosabatlarni
kafolatli asosda tartibga solishga xizmat qiladi. Ayniqsa, qonunda ijtimoiy himoyaga
muhtoj bolalar huquqlarining qo’shimcha kafolatlari alohida bobda
mustahkamlanganligi O’zbekistonda kuchli, aytish mumkinki o’ziga xos ijtimoiy
himoya yuritilayotganligining, bunda ayniqsa e’tiborga muhtoj aholi qatlamlari
himoyasiga ustuvor ahamiyat berilayotganligining qonun ijodkorligi sohasidagi
yana bir karra isboti bo’ldi. Bu bobda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning oilaviy
muhitga bo’lgan huquqlari kafolatlanganligi ayniqsa diqqatga sazovordir.
Ahamiyatli jihati shundaki, qonunda bolani oilaga joylashtirishning
imkoniyati bo’lmagan taqdirda, uni ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish
so’nggi chora ekanligi ko’rsatib o’tilgan. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj
bolalarning jamiyatga uyg’unlashishi huquqi, turar joyga, ijtimoiy yordam olishga
bo’lgan huquqi, nogiron bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari
bo’lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam va bilim olishga bo’lgan huquqlari
kafolatlari ham bu hujjatda o’z aksini topgan.
Qonunda tibbiy- psixologik –pedagogik komissiyaning tavsiyasi bo’lgan
taqdirda, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalar va
nogiron bolalarning ota - onalari o’z xohish istagiga ko’ra hamda bolaning
qiziqishlaridan kelib chiqib ta’lim (umumta’lim yoki ixtisoslashtirilgan)
muassasasini tanlashi huquqi kafolatlanganligi bugungi kunda xalqaro tajribada
1
N.M Akayeva – Oila huquqi. Kasb-Hunar kollejlari uchun darslik. Toshkent.: 2016. 89-bet
22
keng qo’llanilayotgan inklyziv ta’limga oid normalarning O’zbekiston milliy
qonunchiligidagi amaliy ifodasidan dalolatdir. Bu sohada mamlakatimizda e’tiborga
molik ishlar qilinayotganligini, “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonun
esa erishgan yutuqlarimizning amaliy ahamiyatini yanada oshirishga xizmat
qilishini alohida e’tirof etish joiz.
Ta’kidlash joizki, “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonun
O’zbekistonda nafaqat bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlar
tartibga solinayotganligining shu bilan birga xalqaro huquq normalarining
O’zbekiston milliy qonunchiligiga implementasiya qilinayotganligining ham isboti
hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi oila qonunchiligida voyaga yetmagan
bolalarning Quyidagi shaxsiy nomulkiy huquqlari ko’rsatilgan:
1. Bolaning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi;
2. Ota-onasi va boshka qarindoshlari bilan ko’rishish huquqi;
3. Ximoyalanish huquqi;
4. Ism, ota ismi va familiya olish huquqi;
5. Ismi va familiyasini o’zgartirish huquqi. Har bir bola oilada yashash va
tarbiyalanish, o’z ota-onasini bilish, ularning gamxo’rligidan foydalanish, ular bilan
birga yashash huquqiga ega, bola manfaatlariga zid bo’lgan xolatlar bundan
mustasnodir. Bola o’z ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, o’z manfaatlari
ta’minlanishi, Har taraflama kamol topishi insoniy qadr-qimmatlari xurmat qilinishi
huquqiga ega. Bola ism, ota ismi va familiyasini olish huquqiga ega. Bu huquq
bolaga uning tugilishi bilan beriladi. Ota-onaga bolaga ism tanglashda erkinlik
berilgan bo’lib, ular o’zlari xoxlagan ismni berishlari mumkin. Er-xotindan birining
arizasiga binoan bolaning ismi ro’yxatdan o’tkazishda ikkinchisining roziligi
bo’lganligi faraz kilinadi.
Bolaning ismga, ota ismiga va familiyasiga bo’lgan huquqi qonun bilan
kafolatlanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1995 yil 21
dekabrda qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi qonunining 15-moddasiga binoan
milliy tarixiy an’analarga amal qilgan xolda familiya o’rniga, ya’ni familiya sifatida
bola otasining ismi yozilishi mumkin. Masalan Aburaxmon Abduhamid o’gli yoki
Moxinur Abduhamid qizi. Ismga ularning tugilgan joyi ko’shilib yozilishi mumkin.
Masalan, al Toshkendiy, Samarqandiy, Sayramiy va x.z. Er-xotinning roziligi
bo’yicha, milliy-tarixiy ana’analarga ko’ra, ota yoki ona tomonidan boboning ismi
bo’yicha ham familiya berilishi mumkin.
Oila kodeksining 71-moddasi ota-onaning o'z bolalariga nisbatan teng huquq
va majburiyatlarga ega ekanligini belgilaydi (ota-onalik huquqlari). Ota-onalik
huquqlari bolalarning kelib chiqishlariga asoslanib, tegishli qonun bilan belgilangan
tartibda bola tug'ilganligi FHDYO organida yozilishiga asoslanadi. Agar ota-onalar
bolalari bilan birga yashasalar u holda qoida asosida ota-onalik huquqlarini amalga
oshirish masalalari er-xotinning ikkalasi bilan hal qilinadi (masalan, bolani o'qish
joyini tanlash va boshqalar). Har bir ota-ona bevosita bolalariga ism berish,
23
tarbiyalash, unga ta'lim-tarbiya berish, shuningdek, ularning shaxsiy hamda mulkiy
huquqlarini himoya qilishda teng huquq va majburiyatlarga egadirlar.
Oila kodeksi birinchi marotaba ota-onalik huquqlarini voyaga yetmagan ota-
onalarga berilishini belgilaydi. Unda boshqa yangiliklar to'g'risida so'z yuritilib, ota-
onalarning huquqiy maqomini yuqori ko'tarib ularning o'z bolalariga nisbatan huquq
va majburiyatlarini aniqladi. Voyaga yetmagan ota-ona o'z bolasi bilan birga
yashash va uning tarbiyasida ishtirok etish huquqiga ega. Oila kodeksining 73-
moddasi ota-onalarni o'z bolalarini tarbiyalash huquqlarini belgilaydi. Shu bilan
birga ushbu moddada o'z bolalarini tarbiyalash majburiyati ham aniqlangan.
Shunday qilib, ota-onalik huquqlari biryo'la bolalarni tarbiyalash majburiyati ham
bo'lib hisoblanadi. Bu haqda Konstitutsiyaning 64-moddasida shunday deyiladi: ota-
onalar o'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga
majburdirlar.
Oila kodeksining 74-moddasi ota-onalarga bolalarning huquq va
manfaatlarini himoya qilishni ularni zimmasiga yuklaydi. Ota-onalar o'z
bolalarining qonuniy vakillaridir. Ularning har biri shundan foydalanadi
1
. Ota-ona
o'z bolalarining vakillari bo'lganligi uchun har qanday jismoniy va yuridik shaxslar
bilan bo'lgan munosabatlarda, shu jumladan sudda alohida vakolatsiz ularning
huquq va manfaatlarini himoya qiladilar. Buning uchun bolaning tug'ilganligi
to'g'risidagi guvohnoma yoki pasportini ko'rsatishi yetarli, chunki bundan bolaning
huquqiy otasi yoki onasi ekanligi bilinib turadi.
O'z bolalariga nisbatan (Oila kodeksining 75-78-moddalariga qa-rang) ota-
onalarga keng huquqlarni berib, umumiy qoida bo'yicha davlat ularni amalga
oshirish jarayoniga aralashmaydi. Biroq bunda davlat o'z shartlarini qo'yadi. Asosiy
e'tibor ota-onalik huquqi bolalar manfaatlariga zid tarzda amalga oshirilishi mumkin
emas (Oila kodeksi 75-moddasining 1-bandi). Amaldagi qonunchilikka asosan ota-
onalik huquqini amalga oshirishda ota-ona bolalarning jismoniy va ruhiy sog'lig'iga,
axloqiy kamolotiga zarar etkazmasliklari lozim.
Bolalarni tarbiyalash usullarini mensimaslik, shafqatsizlik, qo'pollik, insoniy
qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlardan, bolalarni haqoratlash yoki ularga tazyiq
o'tkazishdan xoli bo'lishlarini ta'kidlaydi. Agar ota-onalar o'zlarining ota-onalik
huquqlarini bolalarning huquq va manfaatlariga qarshi qaratib amalga oshirsalar
buning uchun ularning javobgarligi qonun tomonidan belgilangan tartibda vujudga
keladi. Javobgarlik fuqarolik-huquqiy, jinoiy, ma'muriy bo'lishi mumkin. Bunda
aniq ota-onaning o'z bolasiga nisbatan qanday huquqni buzganligiga, ya'ni jinoiy
nojo'ya ish va boshqa turdagi huquq buzilishiga bog'liq bo'ladi. Ota yoki ona
tomonidan voyaga yetmagan bolani tilanchilikka, spirtli ichimliklar iste'mol
qilishga, giyohvandlik yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga
ta'sir qiladigan vosita va moddalarni iste'mol etishga jalb qilish, shunday harakatlar
1
O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. Toshkent. Adolat. 2020
24
uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan sodir etilgan bo'lsa, jinoiy oqibatni keltirib
chiqaradi (Jinoyat kodeksi, 127-moddasining 1- bandi).
Ota-onalarning javobgarligi oila qonunchiligi normalari asosida ham vujudga
kelishi mumkin. Ma'lum shartlarning mavjud bo'lishi ota-onani ota-onalik
huquqidan mahrum etish uchun asos bo'lishi mumkin (Oila kodeksining 79-
moddasiga qarang). Oila kodeksining 76-moddasida boladan alohida yashayotgan
ota (ona)ning ota-onalik huquqini amalga oshirish asosiy tamoyillari
mustahkamlangan. Boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan ko'rishish,
uning tarbiyasida ishtirok etish va ta'lim olish masalasini hal etishda qatnashish
huquqiga ega. Bunda bola bilan yashayotgan ota (ona) bolaning ona (ota)si bilan
ko'rishishga, agar bunday ko'rishish bolaning jismoniy va ruhiy holatiga, axloqiy
kamolotiga zarar keltirmasa, qarshilik qilmasligi kerak. Ota (ona) tomonidan
ko'rishishni baholash mezoni albatta har xil bo'lishi mumkin. Biroq har qanday
holatda ham bolaning huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinishi lozim.
Alohida yashayotgan bolaning ko'rishishi bolaga jiddiy ta'sir etib, shundan
so'ng asabiy, jizzaki, qo'pol bo'lish hollari ham kam emas. Shu asosda ruhiy kasal
lik rivojlanish hollari bo'lishi mumkin. Oila kodeksining 79-moddasiga binoan, ota-
ona o'zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajarmasalar u holda ular ota-onalik
huquqidan mahrum etiladilar. Ota-onalik huquqidan mahrum etish so'nggi chora
bo'lib hisoblanadi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish ularga ta'sir qiladigan
hamma chora-tadbirlar tegishli natija bermaganidan so'ng qo'llaniladi. Oila
kodeksining 79-moddasida sanab o'tilgan ota-onalik huquqidan mahrum qilish
asoslari qonunchilikda yanada kengaydi.
Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda: ota-onalik majburiyatlarini
bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan, aliment to'lashdan bo'yin tovlasa, O’zrsiz
sabablarga ko'ra o'z bolasini tug'ruqxona yoki boshqa davolash muassasasi va
shunga o'xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa, ota-onalik huquqini
suiiste'mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo'lsa, jismoniy kuch
ishlatsa yoki ruhiy ta'sir ko'rsatsa, muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka
mubtalo bo'lgan bo'lsa, o'z bolalarining hayoti va sog'lig'iga yoxud eri (xotini)ning
hayoti yoki sog'lig'iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo'lsa, ota-onalik
huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Amaldagi Oila kodeksining 80-moddasi ota-onalik huquqidan mahrum qilish
tartibini belgilaydi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga
oshiriladi. Ilgari amalda bo'lgan O'zbekiston SSRning Nikoh va oila kodeksida
(1969-yil 1-oktabr) bolalarning mulkiy huquqlari to'g'risida tegishli normalar yo'q
edi. Bolalarning mulkka bo'lgan huquqlarini himoya qilishda ayrim murakkab
qiyinchiliklar vujudga kelardi. Faqat yangi Oila kodeksini qabul qilinishi bilan bu
muammo oila qonunchiligida o'zining ijobiy yechimini topdi. Ota-ona hamda
bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari amaldagi Oila kodeksining 13-bobi, 90-
95-moddalari bilan tartibga solinadi. Bu qoidalar oila qonunchiligida yangilik bo'lib
25
hisoblanadi.
Oila kodeksining 90-moddasiga binoan ota-ona hayotligida bolalar ularning
mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo'lish huquqiga ega emas. Ota-ona ham voyaga
yetmagan bolalarining mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo'lish huquqiga ega emas.
Ota-ona va bolalarning ular o'rtasidagi umumiy mol-mulkka bo'lgan mulk huquqi
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 18-bobi 216-227- moddalari bilan
tartibga solinadi. Oila kodeksining 91-moddasiga binoan, ota-ona va bolalarning
alohida-alohida mulki bo'lishi mumkin va birga yashab turganda ular bir-birlarining
roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va undan foydalanishlari mumkin.
Bolalar mulkdorlik huquqiga ega. Bu holat bolaga bo'lgan e'tibor uning huquqining
mustaqil subyekti ekanligini anglatadi. Voyaga yetmagan bolalarning mulkka
bo'lgan huquqlari yig'ma Harakterga ega bo'lgan huquqlar bo'lib, ularning har biriga
Oila kodeksida alohida e'tibor beriladi. Bularning ichida birinchi navbatda har bir
voyaga yetmagan bolalar o'z ota-onasidan va boshqa shaxslardan qonunda nazarda
tutilgan miqdorda va tartibda ta'minot olish huquqiga ega ekanligi yotadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 64-moddasiga binoan, ota-onalar o'z
farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.2
Amaldagi Oila kodeksining 92-moddasiga binoan, ota-ona va o'n to'rt yoshga to'lgan
voyaga yetmagan bolalar o'rtasida qonunda belgilangan tartibda umumiy mulk
huquqi vujudga kelishi mumkin. Ota-ona va voyaga yetmagan bolalar umumiy mol-
mulkni vujudga keltirish to'g'risida kelishuv tuzishlari mumkin. Ota-ona va voyaga
yetmagan bolalarning umumiy mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni
tasarruf etish huquqi fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi. Oilada ota-ona va bolalarning birga yashaganligi turmush tarzi tufayli ular
o'rtasida umumiy mulk bo'lishi mumkin. Umumiy mulk huquqi faqat o'n to'rt yoshga
to'lgan voyaga yetmagan bolalar bilan ota-onalari o'rtasida tuzilgan bitim yoki
kelishuv asosida vujudga keladi. Umumiy mulk bo'yicha bolalar va ota-onalar
o'rtasida vujudga kelishi mumkin bo'lgan munosabatlar Fuqarolik kodeksining 216-
227-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida tartibga solinadi.
Olti yoshdan o'n to'rt yoshgacha bo'lgan kichik yoshdagi bolalar quyidagilarni
mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar: 1) may da maishiy bitimlar; 2) tekin
manfaat ko'rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat ro'yxatidan o'tkazishni
talab qilmaydigan bitimlar; Fuqarolik qonunchiligi bolalarga o'z mulkidan mustaqil
ravishda tasarruf etish huquqini beradi. Bolalarning bu imkoniyatlari ularning
yoshiga ham Fuqarolik kodeksining tegishli moddalari bilan belgilanadi. Hozirgi
vaqtda ayrim voyaga yetmagan bolalar muruvvat uylarida istiqomat vaqtlarida
ularning nomlariga jamg'arma banklariga pul mablag'lari qo'yish an'anaga aylanib
bormoqda. Ularning bu mablag'larini muhofaza qilish, ularni boshqarish va tasarruf
etish masalalari vasiylik va homiylik organlari tomonidan hal qilinishi lozim.
Voyaga yetmagan bolalar nomiga ota-onalari va boshqa shaxslar tomonidan
qo'yilgan mablagiarni boshqarish va tasarruf etish Fuqarolik kodeksi qoidalari
26
asosida amalga oshiriladi.
Oila nikohdan boshlanadi. Nikoh rasmiy, qonunlar asosida o’tkazilgandagina
haqiqiy hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13- moddasida
nikoh fuqarolik xolati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuzilishi lozimligi
ko’rsatilgan.1 Nikohdan o’tivchilar FXDYOga ariza berganlaridan keyin bir oy
o’tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi. O’zrli sabablarga ko’ra
FXDYO bir oy sinov muddati o’tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin.
Balogatga yetmaganlarning nikohga kirishining oldini olish, ularning sogligini
ximoya qilish maqsadida hamda oilani kurish uchun ma’lum xayotiy tajriba,
jismoniy va ma’naviy yetuklik talab kilinishini e’tiborga olgan xolda, qonun nikoh
yoshini erkaqlar uchun o’n sakkiz yosh, ayollar uchun o’n yetti yosh etib
belgilangan. Uzrli sabablar bulgan, aloxida xollarda nikoh yoshi erkak va ayollarga
bir yoshga kamaytilishi mumkin. Bu sabablarga, masalan: nikohga kiruvchi ayol
xomilador bo’lib qolishi, bir taraf ogir kasal bo’lgan yoki Harakatdagi armiyaga
ketayotgani va boshqa shunga o’xshash xollar kiradi. Bunda nikoh davlat
ro’yxatidan o’tkaziladigan joydagi tuman, shahar xokimi nikoh yoshini ko’pi bilan
bir yilga kamaytirishi mumkin.
Nikoh, nikohga kiruvchilarning ixtiyoriyligi, erkin roziligi asosida tuziladi.
Nikohni tuzish uchun bo’lajak er-xotin o’z roziligini erkin ifoda etish kobiliyatiga
ega bo’lishi kerak. Agar shaxs o’z xatti-Harakatlari oqibatni tushunmaydigan xolda
(kattik mastlik, ruhiy xolatining vaktincha buzilishi) yoki aldov oqibatda nikohdan
o’tgan bo’lsa, bunday nikoh qonunda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topiladi.
Nikoh tuzishga majbur qilish qonun bilan ta’kiklanadi. Ayolni o’z erkiga xilof
ravishda nikoh tuzishga majbur qilish O’zbekiston Respublikasi Jinoyat
Kodeksining 136-moddasiga ko’ra jazolanadi.
Nikoh tuzish haqidagi arizani berishda shaxsni aniqlovchi hujjatar: pasport,
Harbiy bilet, ofiser, praporshikning shaxsiy guvoxnomasi, nikohlanuvchilarning biri
ilgari nikohda bo’lgan bo’lsa, nikohdan ajralganlikni tasdiqlovchi xujjat
(guvoxnoma yoki sud Qarori), nikohni haqiqiy emas deb topilganligi to’grisidagi
sud Qarori, er-xotindan birining o’limi to’grisidagi guvoxnoma ko’rsatilishi kerak.
Nikoh nikohlanuvchilarning xoxishiga ko’ra tantanali ravishda qayd etilishi
mumkin. Quyidagi holatlarda nikoh tuzishga yo’l qo’yilmaydi: 1. Nikohga
kiruvchilarning loaqal bittasi ro’yxatga olingan boshqa nikohda bo’lsa; 2. Nasl-
nasab shajarasi bo’yicha to’gri tutashgan qarindoshlar (bobo, buvi, ota-ona,
farzandlar, nevara va chevaralar) o’rtasida, tug’ishgan va o’gay aka-ukalar bilan
opa-singillar o’rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka
olinganlar o’rtasida; 3. Nikohga kiruvchilarning loaqal bittasi ruhiyati buzilishi
(ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb
topilgan bo’lsa, Respublikamizning Jinoyat Kodeksi 126-moddasida ko’p xotinlilik
jinoyat hisoblanadi.
Ma’lumki, qarindoshlar o’rtasidagi nikoh oqibatida ko’pchilik bolalar nogiron
27
bo’lib tugilishadi. Shifokar fikricha, yakin qarindoshlar: amaki, xola, toga va
ammavachalarning farzandlari o’rtasidagi nikohiy munosabatlar ham salbiy
oqibatlarga olib keladi. Ruhiy kasalligi bo’lgan shaxsning kasalligini bekitib, balki
nikohiy munosabat natijasida tO’zalib ketadi deb ayirim ota-onalar qonun buzilishga
ham yo’l ko’yadilar. Natijada nikohning bekor kilinishi, oilada nogiron farzand
tugilishi kabi fojialar ham sud amaliyotida uchrab turadi.
O’zbekiston Respublikasi Oila qonunchiligida ilk bor nikohlanuvchi
shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish qonunlashtirilgan. Oila kodeksining 17
moddasi “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish” deb nomlangan. Bu
qoidani qonunga kiritishdan maqsad, birinchidan, yangi tuzilayotgan oilaning va
kelajakda tugiladigan farzandlarning soglom bo’lishini ta’minlash bo’lsa,
ikkinchidan, nikohga kiruvchilarga tibbiy-irsiy hamda oilani rejalashtirish
masalalarida maslaxatlar berishdir
1
.
Tibbiy ko’rikdan o’tish faqat bo’lajak er-xotinning roziligi asosida fuqarolik
xolatlari dalolatnomalarini yozish organlari yo’llanmasiga ko’ra tuman (shahar)
poliklinikalari, xotin-qizlar tibbiy maslxatxonalari va davlat soglikni saqlash
tizimining boshka muassasalari tomonidan bepul amalga oshiriladi. Oila
Kodeksining 17-moddasida nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish
maqsadga muvofiqligi qayd etilgan. Ushbu xolat nikohga kiruvchi er va xotinning
roziligi bilan amalga oshirilishini nazarda tutilgan edi. Hozirgi kunda nikohni qayd
qilishda “Turmush kuruvchilarni tibbiy Ko’rikdan o’tkazish to’grisida” O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 y 25 avgustda 365-sonli Qarori qabul
qilindi va 2004 yil 1 yanvardan boshlab tibbiy ko’rikdan o’tish majburiy etib
tayinlandi.
Bu Qarorning mazmuni Quyidagilardan iborat:
1. Mazkur Nizomning amal qilishi nikohlanuvchi shaxslarning fuqaroligidan
qatiy nazar O’zbekiston Respublikasi FXDYO organlari tomonidan ro’yxatdan
o’tkaziladigan barcha nikohlarga joriy etiladi.
2. Nikohlanuvchi shaxslar mazkur Nizomga muvofiq xajmlarda psixik,
narkologik, tanosil kasalliklari, sil kasalligi va OIV(odam immunitet tankisligi
virusi) OITS yuzasidan tibbiy ko’rikdan o’tadi.
3. Nikohlanuvchi shaxslar FXDYO organlari tomonidan tibbiy ko’rikdan
o’tish uchun yashash joyidagi sog’likni saqlash tizimining tegishli tibbiyot
muassasalariga yuboriladi.
4. Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko’rigi FXDYO organlari tomonidan
berilgan yo’llanma bo’yicha bepul o’tkaziladi. Tibbiy ko’rikdan o’tish muddati
nikohlanuvchi shaxslar tibbiyot muassasasiga murojaat kilgan kundan boshlab ikki
haftadan oshmasligi kerak.
5. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan nikohlanayotgan chet ellik
1
Hayot kitobi: yosh oilalar uchun inseklopidek qo’llanma. – Toshkent.: “Sharq”, 2011. 47-bet
28
fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar o’zlarining vaktincha yashash joyida
tibbiy ko’rikdan o’tadilar. Qonun ruhiy kasal yoki aqli zaif bo’lgan shaxslarni tibbiy
ko’rikdan o’tkazishni nazarda tutmaydi. Ruhiy nosoglom shaxslarning nikoh tuzishi
oila qonunchiligimizning asosiy prinsipiga ziddir va bunday shaxslar o’rtasida nikoh
tuzilishi man etiladi. Bu esa, albatta, tugilajak avlodlarning sogligini, turli salbiy
oqibatlarning oldini olish maqsadini ko’zlaydi.
Insonning sogligi uning bugungi kuni va kelajak avlodning barkamolligi
jamiyatimizning eng katta boyligidir. Fuqarolarning sogligini saqlash va uni
Mustahkamlash vazifasini davlat o’z zimmasiga oladi. Tibbiy ko’rikdan o’tkazish
natijalari shifokar siri hisoblanadi va ikkinchi tarafga birinchi tarafning roziligi bilan
bildirilishi mumkin. Agar nikohlanuvchi shaxslardan biri o’zida tanosil kasalligi
yoki odam immuniteti takchilligi virusi (OITS infeksiyasi) borligini boshkasidan
yashirgan bo’lsa, ikkinchisi nikohni haqiqiy emas deb topishni talab kilib sudga
murojaat etishga haqli.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasiga ko’ra o’zida
tanosil kasalligi borligini bila turib, bu kasalni boshka shaxsga yuktirgan kishi jinoiy
jazoga tortiladi. 1 Nikoh tO’zilish to’grisidagi ariza, arizani bergan shaxslar uchun
huquqiy oqibat tugdirmaydi. Ariza uni berganlar tomonidan istalgan vaktda kaytarib
olinishi mumkin. Nikoh fuqarolik xolati dalolatnomalarini qayd etish organlarida
ro’yxatga olingandan boshlab nikoh tO’zganlar er-xotin deb hisoblanadilar va shu
paytdan e’tiboran ular o’rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlar vujudga keladi.
Ayollarimiz jamiyatda Har tomonlama teng huquqga ega bo’lganlaridek oilada ham
teng huquqli bo’lishlarini qonunlarimiz belgillab ko’ygan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 46-moddasida xotin-kizlar va
erkaqlar teng huquqligi belgilangan. 2 Oilada er va xotinning teng huquqligi va
ularning teng majburiyatga egaligi to’grisidagi qoida “O’zbekiston Respublikasida
barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini,
ijtimoiy kelib chikishi, e’tiqodi shaxsi va ijtimoiy mavkeidan qatiyy nazar, qonun
oldida tengdirlar” degan konstitusiyaviy normadan kelib chikadi. Nikoh natijasida
vujudga kelgan er-xotinning teng huquqlari shaxsiy va mulkiylarga bo’linadi.
Shaxsiy huquqlar mulkiy huquqlardan farq qilib, iqtisodiy mazmunga ega
emas, fuqarolarning shaxsiyati bilan bevosita boglik va undan ajratib bo’lmaydi. Bu
munosabatlarni o’zaro muxabbat, ishonch va xurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam
berish asosida kurishni hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’uliyatligini
taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |