Oftob urishida 1-yordam ko’rsatish


Anafilaktik shokda 1-yordam ko’rsatish



Download 1,34 Mb.
bet3/18
Sana30.03.2022
Hajmi1,34 Mb.
#519313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Oftob urishida 1

Anafilaktik shokda 1-yordam ko’rsatish

A nafilaktik shok - organizmning sezuvchanligi yuqori bo'lgan mod-dalarning organizmga qayta tushishidan kelib chiqadigan javob reaksiyasidir.


Klinikasi. Organizmga allergen (dori moddasi, oqsil preparatlari, oziq-ovqat mahsulotlari) yuborilishiga javoban bemor rangi to'satdan oqarib, a'zoyi badani muzdekyopishqoq terga tushishi bilan reaksiya ko'rsatadi, so'ngra tsianoz paydo bo'lib yurak tonlari bo'g'iq, puls ipsimon bo'lib qoladi, arterial bosim keskin pasayadi. Ko'krak qafasi dam bo'lib, bir talay quruq xirillashiar eshitiladi. Aksari kloniko - tonik talvasalar tutib, bola qayt qiladi, qovug'i bilan ichagi beixtiyor bo'shaladi.Anafilaktik shokni kechishiga qarab yashin tezligida o'tadigan, o'tkir, o'rtacha o'tkir va yengil turlari farq qilinadi.
Shoshilinch yordam ushbu xatarli holatning dastlabki daqiqalarida amalga oshirilsa yaxshi natija beradi.
1. Dastawal organizmga allergik ta'sir qiluvchi dori vositasini yuborish to'xtatiladi. Dori vositasi qo'l, oyoqlarga yuborilgan bo'lsa yuborilgan joyni yuqorirog'iga jgut solib bog'lab qo'yiladi. Allergen yuborilgan joy atrofiga gir aylantirib 3-5 ml natriy xloridning izotonik eritmasidan suyultirilgan 0,5-1 ml 0,1% li adrenalin eritmasi inyeksiya qilib chiqiladi. (agar penitsillin yuborilgan bo'lsa u yerga penitsilinaza yuboriladi).
Bolani o'ringa yotqizib, boshini yon tomonga buriladi va tili tiqilib qolmasligi chorasi ko'riladi. Toza havo kirib turishi ta'minlanadi, bolani isitgichlar qo'yib o'rab chiqiladi, zarur bo'lsa, namlangan kislorod berib turiladi.
Agar klinik o'lim yuzaga kelsa, yurakni bilvosita massaj qilish, sun'iy nafas berish singari reanimatsion choralar o'tkaziladi, venaga 10% ii kaltsiy xlorid eritmasidan 3,0-5,0 ml, 0,1% li adrenalin gidroxlorid eritmasidan 0,5-1 ml, 0,1% li atropin sulfet eritmasidan 0,5-1 ml, 3% li soda eritmasidan 20-30 ml yuboriladi va asosiy reanimatsiya davom ettiriladi.
Klinik o'lim sodir bo'lmagan hollarda qon bosimi tushib ketganligi uchun vencpunksiyaning iloji bo'lmasa, yirik vena qon tomirlaridan biriga kateter qo'yiladi va barcha davo choraiari ushbu kateter orqali yuboriladi. Tibbiyot hamshirasi kateteming doimiy ishlab turishi uchun zaruriy choralar ko'rib boradi.
Kateter orqali yoki venaga 10% li kalsiy xlorid eritmasidan 3,0-5,0 ml, prednizolon eritmasidan 30-60 mg, 2,5% li pipolfen eritmasidan 1-2 ml, 1% li dimedrol eritmasidan 1-2 ml yuboriladi.
Dori vositasi yuborilgan joyga muzli xalta yoki sovuq suvga ho'llangan sochiq qo'yib qo'yiladi.
Bolaning nafas olishi qiyinlashib, bronxospazm belgilari paydo bo'lsa 2,4% li eufillin eritmasidan 3,0-5,0 ml venaga yuboriladi.
Yurak faoliyati buzilishlarini normailashtirish uchun 0,06% li korglikon eritmasidan 0,3-0,5 ml yoki 0,05% li strofantin eritmasidan 0,3-0,5 ml fiziologik eritmada venaga yuboriladi.
Bordi-yu allergik ta'sir etuvchi vosita og'iz orqali iste'mol qilingan bo'lsa, bolaning oshqozoni yuviladi, tozaiov ho'qnasi qilinadi, o'rab oluvchi vositalar ichiriladi.
Tomir yetishmovchiligini yaxshilash maqsadida 150-200 ml poliglyukin, vazopressorlar - dofamin, dopmin va boshqalar yuboriladi.
10.Miya shishgan bo'lsa (qayt qilish, ensamuskullariningtortishuvi, Kernig simptomining musbatligi, talvasalar kuzatilayotganda) minutiga 100-200 tomchi tezlik bilan venaga 15% li mannitol eritmasidan yuboriladi. Qo'shimcharavishda 100-150mlkonsentrlangan plazma yoki 100-200 ml 20% li albumin eritmasi yo bo'lmasa, 200-400 ml 20% li glukoza eritmasi yuborish yo'li bilan mannitol ta'sirini kuchaytirilishi mumkin. Mannitol yuborilganidan keyin siydik kelishi ko'paymasa, venaga yoki muskullar orasiga 0,5-1-2 ml furosemid (laziks), 2-3-5 ml miqdorida 25% li magniy sulfat eritmasi yuborib turiladi.
11.Agar bemorda talvasalar davom etaversa (ayniqsa bu yosh bolalarda uchraydi) talvasaga qarshi vositalar 1-2-3 ml seduksen , 20%li natriy oksibutirat 5-8 ml gacha venaga turli suyuqliklar bilan yuboriladi.
12.Tibbiyot hamshirasi sarosimaga tushmay vrachning barcha ko'rsatmalarini bekamu ko'st bajarishi, boladagi barcha o'zgarishlarni kuzatib borishi, unga vaqti-vaqti bilan kislorod berib turishi, boladagi o'zgarishlar haqida vrachni xabardor qilib turishi zarur.



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish