O’tkir yurak yetishmovchiligida 1-yordam ko’rsatish
O’tkir yurak yetishmovchiligi bu yurakning to’liq zo’riqishi bolib, patalogik belgilar (terining, shilliq qavatlarning oqarishi, hanshirash, shishlar va b.) bilan kechadi. Bu kutilmaganda yoki birdan nafas siqish xuruji (yurak astmasi) bilan namoyon bo’ladi.
Klinik belgilari. Bola bezovta, ko’krak qisishidan, nafas olishning qiyinlashishi sababli havo yetishmasligidan, o’lib qolish hissidan shikoyat qiladi, majburiy holatni egallaydi, hansirash, yo’tal bezovta qiladi. Asorati o’pka shishishi. Terminal holar rivojlanishi bola hayotini saqlab qolish va uni hayot faoliyatiga qaytarish uchun o’z vaqtida va to’g’ri yurak-o’pka reanimatsiyasi o’tkazishni talab qiladi.
Shoshilinch yordam.
Bolani tinchlantirish
Siqib turgan kiyimlarini yechish
Havo olishini ta’minlash
Majburiy holatni egallash (oyoqlarini osiltirib o’tirish)
Og’izda to’planib qolgan so’lak kabi nafasga xalaqit qiluvchi omillarni yo’qotish
Yuqori nafas yo’llarini erkin o’tkazuvchanligini ta’minlash
Oksigenoterapiya
Medikamentoz davo, shifokor yordami
Juda og’ir hollarda traxeya intubatsiyasi o’tkaziladi va sun’iy nafas oldirishga o’tiladi.
Hamshiralik parvarishi
1. Nafas siqishini kamaytrish uchun hamshiralik parvarishi 1-5 punktidagi «Shoshilinch yordam» singari o’tkaziladi.
2. Nafas soni va o’pkadagi shovqinlar, xirillashlar borligi nazorat qilinadi va shu bilan birga hamshiralik yozuvi muolajalari kiritiladi.
3. Maksimal qulay sharoit va tinchlik yaratish.
4. Tozalikni ta’minlab infeksiyani oldini olish.
5. Bola va uning oilasi bilan tibbiy-psixologik ishlar olib borish.
Tomir yetishmovchiligi- qon aylanishi buzilishi natijasida kelib chiqadi.
Obmorok – mushak tonusining yo’qolishi, miyada qon aylanishi buzilishi natijasida qisqa vaqt hushni yo’qotish.
Sababi.
1. Tomirlarni nerv regulyasiyasini buzilishi:
vazovagal, ortostatik, reflektor, vaziyatli, giperventelyasion sindromda;
2. Kardiogen: bradiaritmiyalar, taxiaritmiyalar, yurak va yirik qon tomirlardagi qon oqimiga mexanik ta’sir qilishi.
3. Gipoglikemik holatlar.
4. Serebravaskulyar va b.
Olib keluvchi omillar: kuchli ruhiy ta’sirlar (tasirlanish, qo’rqish, kuchli og’riq, issiq yoki oftob urishi, stresslar va b.).
Kasalikning belgilari: noqulaylik hissi, ko’ngil aynishi, esnash, ko’p terlash, oyoqlarda holsizlik, ko’z oldi qorong’ilashuvi, quloqda shovqin, bosh aylanishi, oyoq-qo’llar uvishishi, mushak tonusi birdan pasayishi, teri oqargan, qorachiqlar kengaygan, puls kuchsiz to’liq, AB pasaygan, yurak tonlari bo’g’iqlashgan, nafas yuzaki. Agar bola o’tirishga yoki yotishga ulgurgan bo’lsa organizmni ortostatik holatini bartaraf qilish mumkin, eshitmaslik, esnash, ko’ngil aynishi holatlari bilan chegaralanadi. Chuqur obmorok qisqa vaqtli tonik talvasalar bilan birga kuzatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |