Hamshiralik parvarishi: Nafas siqishini kamaytrish uchun hamshiralik parvarishi 1-5 punktidagi «Shoshilinch yordam» singari o’tkaziladi. Nafas soni va o’pkadagi shovqinlar, xirillashlar borligi nazorat qilinadi va shu bilan birga hamshiralik yozuvi muolajalari kiritiladi. Maksimal qulay sharoit va tinchlik yaratish. Tozalikni ta’minlab infeksiyani oldini olish. Bola va uning oilasi bilan tibbiy-psixologik ishlar olib borish.
Yurak-o’pka reanimatsiyasini o’tkazish texnikasi.
- yurak-o’pka reanimatsiyasi o’tkazishga asosiy ko’rsatmalar:
- nafas, yurak urishi va hushning yo’qligi
- uyqu arteriyasi va boshqa atreiyalarda puls yo’qligi
- teri rangining oqligi yoki kulrang-yer rangidaligi
- qorachiq kengayishi, yorug’likka reaksiyasi yo’qligi.
Shoshilinch yordam: - klinik o’lim yuz bergan vaqtni va reanimasion choralar boshlangan vaqtni yozib qo’yish.
- trevoga signalini berish, yordamchilar va reanimasiya brigadasini chaqirish.
- imkoni boricha klinik o’lim rivojlanishi vaqtidan qancha minut o’tgani aniqlanadi. Agar 10 minutdan ko’p vaqt o’tgan bo’lsa bemorda biologik o’limning erta belgilari («mushuk ko’zi simptomi»- ko’z olmasini bosgandan keyin qorachiq gorizontal shaklni oladi va saqlab qoladi va «eriyotgan muzchalar» – qorachiqning xiralashishi simptomi bor bo’lsa yurak-o’pka reanimasiyasini o’tkazish shubhali.
ABC qoidasi bo’yicha reanimasion choralar ketma-ketligi:
A (airways) – nafas yo’llari o’tkazuvchanligini tiklash.
B (breathing) – nafasni tiklash.
C (circulation) – qon aylanishini yaxshilsh.
- agar yurak urishi va faoliyati tiklanmasa ham SNО o’tkazishni va yurakni bevosita massaj qilishni to’xtatmaslik.
- periferik venaga tushishni ta’minlash va shifokor ko’rsatmasi bo’yicha dori moddalarni yuborish.
- oksigenoterapiya 100 % yuz niqobi orqali
- qorinchalar fibrilyasiyasida defibrilyasiya qilish ko’rsatma bo’ladi (elektrik yoki medikamentoz).
SNО apparatiga ulangan bolalar va ularning oilalarida hamshiralik parvarishi.
SNО o’tkazishning hamma nozik tomonlarini hisobga olgan holda bolalarni parvarish qilish hamshiradan diqqat va e’tibor talab qiladi. Birinchi o’rinda SNО dagi bolani parvarish qilayotgan hamshira san. epid tartibga rioya qilishi, tegishli buyruqlar bilan ishlashi kerak. Monitorni nazorat qilishni SNО apparati ishini (namlik va temperatura tartibi, kislorod berilishini va b.) bilishi kerak.
Hamshiralik parvarishi: Gigiyenik muolajalar o’tkazisish (ichki va o’rin oqliklarini almashtirish, yuvintirish, umumiy gigienik muolajalar, ostni yuvish, og’iz bo’shlig’ini parvarishlash va b.)
Intubatsion trubka sanasiyasi.
Yotoq yaralarni oldini olish (vibromassaj, bemor tana holatini har 2-3 soatda almashtirib turishni.
In’eksiyadan keyingi asoratlarni oldini olish.
O’mrov osti kateterini parvarish qilish.
Siydik kateterini parvarish qilish.
Operasiyadan keyingi yarani parvarish qilish.
Oila bilan tibbiy-ruhiy ish olib borish.
Yurak-o’pka reanimatsiyasi o’tkazishdan bosh tortish va to’xtatishning yuridik asoslari. Yuridik va etik aspektlardan kelib chiqib YuO’J quyidagi hollarda qo’llanilmaydi:
- Yurak to’xtashi vaqtidan boshlab (normal atrof muhit haroratida) 25 minutdan ko’p vaqt o’tganda.
- Birdaniga o’lim holati kuzatilsa, shu bemor uchun ko’rsatilgan to’liq kompleks davolash o’tkazilgan bolsa.
- Agar bemorda progressivlanuvchi kasallikning terminal bosqichi bo’lsa, shifokorning o’rangan va oldindan hujjalashtirilgan, konsilium kasallik tarixiga yozib qo’yilganda (o’smaning oxirgi bosqichida, miyada qon aylanishi ogir buzilishida, ogir travmalarda va b.).
- Agar bemor oldindan YuO’J dan bosh totrishini tibbiy hujjatlarda yozib qo’ygan bo’lsa.
YuO’J quyidagi hollarda to’xtatilishi mumkin- YuO’J ning hamma yetarli usullari qo’llab bo’linganda ham 30 minut davomida natija belgisi bo’lmasa.- Agar ko’p marta yurak to’xtashi kuzatilsa, tibbiy erdam berilganda ham.