Gipertermik sindromda shoshilinch yordam
Tana harorataning + 38°C dan yuqori bo'lib, markaziy asab tizimi, nafas, qon aylanishi, ajratish a'zolari kabi hayotiy muhim tizimlar va a'zolar funksiyalarining buzilishlari bilan kechadigan holatni gipertermik sindrom deb ataladi.
Etiologiyasi. Eritrotsitlar va labil trombotsitlarning parchalanishi, radioaktiv nurlanishlar, shikastlanishlar, yallig'lanishlar, yuqumli kasalliklar, 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga tuzli eritmalar quyish (kaliy bilan natriy ionlari orasidagi nisbatning buzilishi), bosh miyaga qon quyilishlar, o'tkir jarrohlik kasalliklari, organizmning suvsizlanishi, yiringli-septik kasalliklar va boshqalar.
Klinikasi. Gipertermiyaning quyidagi turlari farq qilinadi:
Giperpiretik.
Febril gipertermiya.
1. Ingalyatsion zaharlanishlarda zaharli muhit bilan aloqani uzish. Bunday holatlarda birlamchi vazifa jabrlangan bolani zaharlanish joyidan toza havoli joyga olib chiqish.
2. Teri orqali zaharlanishda toksik vositani yuvib tashlash. Terini oqar suvda obdan yuviladi, toksik vositadan tozalanadi.
Zaharni ko'zga tushishi kuzatilganda konyunktivani ham yuviladi.
3. Peroral zaharlanishda oshqozonni yo'g'on zond orqali yuviladi. Zond bo'lmagan hollarda zondsiz yuvishdan foydalaniladi (agar bemor hushida va katta yoshda bo'lsa): jabrlanuvchi 1 litr suvni ichadi va til ildizi qitiqlanib sun'iy qusish chaqiriladi.
Bu muolaja suv toza bo'lib chiqquncha davom ettiriladi.
Yuvish tugallangach, oshqozonga 100—150 ml 30% li natriy sulfat yoki vazelin yog'i kiritiladi (surgi sifatida). Sifonli huqnalar bilan ichaklarni erta tozalashning ahamiyati katta.
Oshqozon-ichak yoilaridagi toksik vositalarni adsorbsiyalash maqsadida aktivlashtirilgan ko'mirning suvli bo'tqasidan oshqozonni yuvishdan oldin va keyin bir osh qoshiqdan ichiriladi.
4. Teriga tushgan toksik vositaning so'rilishini sekinlashtirish.
6—8 soatga mahalliy muz xalta qo'yiladi va novokain hamda 0,1 %
li adrenalin eritmalari bilan soha atrofini «o'rab» chiqiladi.
So'rilayotgan zahardan organizmni tozalash maqsadida jadallashtirilgan diurez o'tkaziladi. Buning uchun awaliga gipovolemiyani bartaraf etish uchun poliglyukin eritmasidan 300—600 ml yuboriladi, keyin 0,5—1 litr izotonik natriy xlorid va 5% li glyukoza eritmalari 1,5—2 soat davomida kiritiladi. Shundan so'ng esa diuretiklar, aksari laziks (furosemid) 80—120 mg miqdorida yuboriladi.
Detoksikatsiyaning jarrohlik metodlari — peritoneal dializ qo'llaniladi.
Ushbu tadbirlar bilan birga spetsifik antidotlar bilan hamda simptomatik davolash ham olib boriladi.
Hamshiraning asosiy vazifasi shifokor buyurgan vazifalarni o'z vaqtida va aniq bajarish hamda o'zi shunday vaziyatlarga tushib qolganda sarosimaga tushmasdan hamshiralik jarayoniga amal qilgan hoi da ish ko'rishi kerak. Bemorda bo'layotgan har bir holatga to'g'ri baho berib borishi va hamshiralik tashxislarini aniq ifodalagan holda hamshiralik kasallik tarixnomasiga yozuvlar kiritib borishi zarur. Har qanday zaharlanish bo'yicha ish olib borilganda albatta zaharlovchi vositadan tekshiruv uchun namuna olib qo'yishni va DSNEM ga shoshilinch xabarnoma yuborishni unutmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |