Oftob urishida 1-yordam ko’rsatish


Najasni umumiy tahlilga yig'ish



Download 1,34 Mb.
bet14/18
Sana30.03.2022
Hajmi1,34 Mb.
#519313
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Oftob urishida 1

Najasni umumiy tahlilga yig'ish


l.Qo'llar yuvib, quritiladi.


2.Tayyorlab qo'yiladi: keng og'izli shisha idish, suyuq najasmassalari uchun qoshiq yoki shpatel, tuvak va yo'llanma.
3.Bolaga yoki uning onasiga muolaja maqsadi va tartibi tushuntiriladi.
4.Rezina qo'lqoplar kiyiladi, bola yuvintiriladi, qovug'ini bo'shatish taklif qilinadi, tuvak chetga olib qo'yiladi.
5.Bolaga toza tuvak beriladi va unga najasni yig'ish buyuriladi.
6.Najas massalarining tashqi ko'rinishi ko'zdan kechiriladi.
7.Bir necha joydan shpatel yoki qoshiqbilan 30—40 g miqdorda
najas olinadi.
8.Qo'lqoplar yechiladi.
9.Shisha idishga yo'llanma biriktiriladi.
10.Shisha idish klinik laboratoriyaga yuboriladi.
11.Natijasi o'sha kuni yoki ertasiga ertalab olib kelinadi.
12.Tekshiruv natijasi kasallik tarixiga yopishtirib qo'yiladi.

Qusganda yordam ko’rsatish


K o'krak yoshidagi bola qusganda bolaning boshini yonga buriladi, shunday qilinganda qusuq massalari bilan aspiratsiya bo'lmaydi. Yoshi kattaroq bola qusganda esa o'tirgizib qo'yib oyoqlari orasiga tog'ora qo'yiladi, boshini sal oldinga engashtiriladi va boshi ushlab turiladi. Bola qusib bo'lganidan keyin og'zini chayib tashlash uchun suv beriladi, emadigan yoshdagi bolaga bir necha qoshiq qaynagan suv ichirib yuboriladi.
Qayt qilish (qusish) oshqozonning og‘iz bo‘shlig‘i orqali (kamdan kam holatlarda burun orqali) ichidagilardan tezlik xoli bo‘lish jarayonidir. Turli yoshda qayt qilish kuzatiladi, biroq ovqat hazm qilish tizimi shakllanayotgani sababli, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘proq kuzatiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘qchishi (kekirishi) bundan istisno.
SODIR BO‘LISH MEXANIZMI
Qorin bo‘shlig‘i diafragmasi tushadi.
Tovush to‘qimalari tovush naychalari yo‘lini to‘sib torayadi. Bu nafas yo‘lari himoyasini ta’minlaydi.
Oshqozon torayib-ochilish (oshqozonning yakuniy bo‘lmasidagi xalqasimon mushak), shunindek qizilo‘ngachni bo‘shashtiruvchi pastki sfinkter favquloda qisqaradi.
Qorinning tolali mushaklari va difragma zo‘rayadi va natijada oshqozon ichidagilar og‘iz bo‘shlig‘i yoki burun orqali tashqariga otiladi.
Qayt qilish jarayoni uzunchoq miyada joylashgan qayt qilish markazi orqali boshqariladi. Shunday qilib, qayt qilish yoki qusish reflektor jarayon bo‘lib, inson ongli ravishda unga ta’sir qila olmaydi.
Bolalarda qayt qilish jarayoni organik (kasallik oqibati) va funksional, odatda, ruhiy tabiatli bo‘ladi. Qayt qilish patologiyasi tug‘ma yoki orttirilgan xarakterga ega. Tug‘ma patalogiya chaqaloq tug‘ilganidan keyin dastlabki soatlar (yoki kun)da namoyon bo‘lsa, orttirilgani istalgan yoshda ko‘rinish beradi.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qayt qilishga o‘xshash o‘qchishni kuzatish mumkin. Qayt qilishdan farqli o‘qchishda qorin bo‘shlig‘i mushaklari ishtirok etadi. Ovqat hazm qilish tizimidagi bo‘lmalar sfinkterlarining rivojlanmagani sababli, qorin bo‘shlig‘idagi qisqarish natijasida oshqozondagi massa to‘siqlarsiz tashqariga chiqib keta oladi.
Mazkur fiziologik jarayon emizish mahali oshqozonda to‘plangan havoni chiqarib yuboradi.
Asosiy alomatlari:
Ovqatdan so‘ng bir marta o‘qchish kuzatiladi;
Oz miqdordagi sut, suv tashqariga chiqadi;
Bolaning holati o‘zgarmaydi.
Chaqaloqda o‘qchish ko‘rinishidagi qayt qilish chaqiriqlari uzoq muddat davom etsa, bir necha marta qayt qilsa, qayt qilingan massada qon aralashmasi kuzatilsa, massa sariq yoki yashil tusda bo‘lsa, hamda hidi o‘zgarganida bu holatni patologiya sifatida baholash zarur va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish shart.
CHAQALOQLARNING QAYT QILISHI
Nafaqat kasallik alomati, balki noto‘g‘ri ovqatlantirish mahsuli ham bo‘lishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari qayt qilishning alomatlaridan biri:
Tug‘ma anomaliya: qizilo‘ngach atreziyasi, bunda qizilo‘ngach va oshqozon o‘rtasidagi bog‘lama bo‘lmaydi; oshqozondan chiqish yo‘lining o‘ta torligi – pilorostenoz, bunga yallig‘lanish, o‘sma o‘sishi sabab bo‘lishi mumkin.
Pilorospazm (oshqozon mushaklari apparatini boshqarish asab tolalaridagi o‘zgarishlar)
Metiorizm (qorin dam bo‘lishi va ortiqcha gaz to‘planishi) ko‘rinishidagi kasalliklar va qabziyat (ich qotishi), aksariyat hollarda oshqozonosti bezi va yo‘g‘on ichak xastaliklari.
Go‘dakda ich kelishi va axlati xarakteri onaning ko‘krak suti bilan bolasini emizishiga bevosita bog‘liq. Ko‘p miqdorda qo‘shimcha mahsulotlar (nok, xom banan, achchiq choy, guruch), shuningdek, ortiqcha gaz hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladigan (mol suti, dukkaklilar) go‘dakda yuqorida aytgan holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Bolani hadda ziyod ko‘p emizib yuborish hamda emish jarayonida ko‘p havo yutishi ham shunday salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Shu bois, bola emayotgan vaqtda ko‘krakni yaxshi so‘rishi va ko‘krak tugmachasi atrofi va go‘dak og‘zi orasida ochiq joylar qolmasligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Bolani emizib bo‘lgandan keyin uni bir muddat tik holatda tutish va shu orqali oshqozonga tushgan havoning tabiiy yo‘l bilan chiqib ketishini ta’minlash muhim.
TURLI YOSHDAGI BOLALARDA QAYT QILISH SABABLARI
Tug‘ma qayt qilish jarayonidan tashqari, bunga ovqat hazm qilish organlari xastaligi va unga bog‘liq bo‘lmagan boshqa patologik jarayonlar ham sabab bo‘ladi. Bunday jarayonlar kattaroq yoshdagi bolalarda ham kuzatilishi mumkin.
OSHQOZON-ICHAK TIZIMI KASALLIKLARI
Quyidagilar umumiy oshqozon-ichak kasalliklari sirasiga kiradi:
Infeksion tabiatli (oshqozon va ingichka ichak shilliq pardasini zararlovchi o‘tkir gastroenteritlar), oshqozonni zararlovchi gastrit, oshqozon yarasi;
Oshqozonosti bezi patologiyasi: Pankreatit (yallig‘lanish), bez boshchasini zararlovchi yangi yallig‘lanishlar;
Yallig‘lanish tabiatli jigar xastaliklari (gepatit) va o‘simtalar.
Shuningdek, qizilo‘ngach, oshqozon, ichaklarning sirka, essentsiyalar, maishiy vositalarning ichga ketishi natijasida kimyoviy kuyishi. Bola hayotini saqlab qolish, uni tezroq oyoqqa turg‘azish davoni qanchalik tez boshlash va dori to‘g‘ri tanlashga bevosita bog‘liq.
OITGA BOG‘LIQ BO‘LMAGAN SABABLAR
Ovqat hazm qilish tizimiga bog‘liq bo‘lmagan sabablar:
Bosh miya (markaziy) asab tizimiga zarar etishi (zarb, miya chayqalishi), bosh miyada qon aylanish tizimining buzilishi va bosh miya qon bosimi;
Vestibulyar (ichki quloq biron qismidagi patologiya): otit, dengiz kasalligi;
Modda almashinuvi buzilishi, fermentlar faolligining buzilishi va toksik moddalarning to‘planishi (fruktozemiya, laktaz etishmovchilik);
Viruslar, bakteriyalar va zamburug‘lar, ayniqsa miya bilan bog‘liq (meningit, entsefalit) infeksion-toksik elementlardan zararlanish;
Endokrin, buyrakusti bezi yetishmovchiligi (Addison kasalligi).
NEVROLOGIK O‘ZGARISHLAR
Funktsional qayt qilish (psixogen) jarayoni ba’zan qiyin tashxislanadi va davolanish jarayoni og‘ir kechadi.
Asosiy sabablari:
Bolaga yoqmaydigan ovqat, eguliklarni majburan edirish;
Bola jahli chiqqani, asabiylashganini boshqacha yo‘l bilan ifodalay olmasligi;
Ba’zi holatlardan norozilik (o‘qituvchi uning yonini olmasligi, tengdoshlari bilan muomalaning og‘irligi).
Shuning barobarida, (masalan, o‘quvchini mashg‘ulotlardan vaqtincha ozod qilish) bola bu jarayonning o‘zi uchun qandaydir “manfaat” sifatida baholashi va o‘zi istamagan tarzda qayt qilish refleksini odat qilib olishiga sabab bo‘lishi mumkinligini esdan chiqarmang. Binobarin, kelajakda bu salbiy holat bola duch kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda ro‘y berishi hech gap emas. Bunday vaziyatda esa ruhshunos yordamisiz davolash oson kechmaydi.
QAYT QILISHNING XATARLI SABABLARI. KLINIK SABABLAR
Qayt qilish yashirin xastaliklar sabab xatarli alomat bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ota-onalar qayt qilish muntazamligi bilan birga, qayt massasi hidi, rangi va tusiga alohida e’tibor qaratishlari kerak.
Eng xatarli qayt qilish asoslari:

Qayt qilish

Sabablar

Qahvarang (to‘q mallarng, aksariyat hollarda tarkibi qumaloqli).

Oshqozon nordon tarkibi bilan aralashganda sodir bo‘ladi.

Yorqin alvon qon rangli.

Ovqat hazm qilish tizimida o‘tkir va ko‘p qon ketganda hosil bo‘ladi.

Ko‘pikli shilliq massa.

Qizilo‘ngachning tug‘ma nuqsoni va kimyoviy yuvish vositalari bilan zaharlanganda hosil bo‘ladi.

Safro aralash.

O‘n ikki barmoqli ichak pilorostenoza va atreziyasi, ingichka ichak bilan bog‘lama yo‘qligida hosil bo‘ladi.

Yoqimsiz balchiq hidli.

Ichaklar o‘tkazuvchanligi buzilganda ovqatning bir me’yorda o‘tmasligi.

Hazm bo‘lmagan sut

Ovqat hazm qilish tizimining yuqori bo‘lmalarida o‘tkazuvchanlik buzilgan.

Hazm bo‘lgan sut.

Ko‘proq emib yuborgan, tabiiy ich kelishning buzilishi, chiqish yo‘lining torayishi yoki pilorostenoz.

Endi qayt qilish bilan o‘tadigan eng xavfli alomatlarni sanab o‘tamiz.
ICHAKLAR O‘TKAZUVCHANLIGINING BUZILISHI
Ich kelishning buzilishi (hojatga chiqish qisqarib, axlat miqdori kamayadi) bilan birga qorinda sanchiqli og‘riq turadi. Go‘dak bunday paytlarda oyoqchalarini qorniga bukib yig‘laydi. Intoksikatsiya rivojlanishi barobarida ko‘ngil aynishi, umumiy behollik va bir muddatdan keyin qayt qilish sodir bo‘ladi.
Qayt massasi tavsifi:
Sarg‘imtir-yashil tusli;
Aksariyat holatlarda yoqimsiz balchiq hidli;
Tarkibida bugungi yoki bir necha kun oldingi ovqat qoldiqlari bo‘ladi.
Bunday vaziyat kuzatilsa kechiktirmasdan tibbiy yordamga murojaat talab etiladi. Bu holatni o‘zboshimchalik bilan davolash bolakay hayotiga xavf solishi mumkin.
KO‘RICHAK (APPENDITSIT)
Ko‘richak bolalarda kattalarda bo‘lgani singari o‘ng yonboshda og‘riq bilan kechmasligi mumkin.
Alomatlari:
Kindik atrofida og‘riq va butun qorin sohasida sanchiq;
Tana haroratining ko‘tarilishi;
Holatning buzilishi: umumiy darmonsizlik, injiqlik, bolaning ishtahasi yo‘qoladi, ich kelishi to‘xtashi mumkin.
Dastlabki ko‘rinish sifatida qayt qilishni kuzatish mumkin. Bu ichaklar faolligining buzilishiga o‘ziga xos reaktsiya bo‘lib, aynan ko‘richak (appendiks)ning zararlanishi bunga sabab bo‘ladi, keyinroq esa intosikatsion sindrom alomatlari ko‘zga tashlanadi.
ZAHARLANISH
O‘tkir zaharlanishlarda, masalan tashqi omillar (aynigan ovqat va egulik, maishiy kimyo vositalari) zaharlanish alomatiga qarshi qayt qilish reaktsiyasi.
Tavsifi:
Bir martalik qattiq qayt qilish (o‘qchiq);
Og‘ir holatlarda qayt qilish bot-bot takrorlanadi, ba’zan to‘xtovsiz;
Ich kelishi susayadi;
Tana harorati ko‘tarilib, og‘riq turishi ham mumkin.
O‘smirlarda alkogoldan zaharlanish holati intoksikatsion sindrom va qayt ko‘rinishida o‘tishi mumkin.
Zaharlanganda davolash taktikasi aynan zaharlanish sabablarini aniqlashga bog‘liq va shu bois zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilish lozim. Umumiy tadbirlardan oshqozonni yuvish (tozalash) va bolaga sorbent, masalan Filtrum ichirish mumkin.
Filtrum – qayt qilishning asosiy sababi ovqatdan zaharlanish - mikotoksikozlarda samaradorligi isbotlangan sorbentdir. Faollashtirilgan ko‘mir va mineral sorbentlardan farqli, Filtrum oshqozon va ichaklar shilliq pardasini zararlamaydi.
ASAB TIZIMINING ZARARLANISHI
Entsefalit va meningit (bosh miya va qobig‘ining yallig‘lanishi)da ketma-ket qayt qilish (o‘qchish) bo‘lib, bemor holati bundan yaxshilanmaydi.
Patologiyaning asosiy alomatlari:
Favqulodda holsizlanish, darmonsizlik, ishtahaning yo‘qolishi;
Tananing yuqori harorati (40°Sgacha)
Qattiq boshog‘rig‘i.
1 yoshdan oshgan bolalar to‘xtovsiz va juda qattiq qichqirib yig‘laydi.
Yuqoridagi ta’riflangan alomatlar nevrologik buzilishlar rivojlanguniga qadar yuz ko‘rsatadi. Shuning uchun ham, o‘xshash alomatlarni sezgan zahoti ota-onalar beto‘xtov tibbiy yordam yoki pediatrga murojaat qilishlari shart.
OTA-ONALAR NIMALARNI BILISHI ZARUR
Bolada qayt qilish alomatlari kuzatilganda nima qilmoq kerak? Bunday vaziyatda bolaga tezlik bilan yordam ko‘rsatish uchun kattalar bilishi va amal qilishi lozim bir nechta qoidalar mavjud.
Mazkur holatlarda tezlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak:
Bir sutka mobaynida bolada uch marta (va undan ko‘proq) qayt qilish holati kuzatilganda. Ayniqsa, bolada bu holat (yig‘lash, injiqlik, asabiylashish, uyquchanlik) boshog‘rig‘i va qorin sohasida sanchiq, tana haroratining ko‘tarilishi, og‘iz qurishi, peshob miqdorining kamayishi bilan davom etsa;
Sariq, yashil, malla (qizil-mallarang), qon aralash qayt massasi;
Qayt qilish bola yiqilgan yoki boshqa turdagi zarb eganidan keyin paydo bo‘lsa.
Tez tibbiy yordam kelguniga qadar nima qilmoq kerak?
Ovqatlantirmaslik.
Qaynatilgan suv, tuzli eritmalar ichirish. Go‘daklarga qoshiqchada yoki shprits yordamida (ninasiz), suyuqlikni bola lunjiga tomchilatib ichirish.
Sorbent ichirish (masalan, Filtrum).
Peshob kelishini kuzatish. 4 soat davomida bola peshobga chiqmasa xavotirlanishga asos bor. Bu suvsizlanish va ehtimoliy buyrak zararlanishi bo‘lishi mumkin. Shu sababli shifokorga borishni kechiktirish og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.
Mabodo chaqaloqda qayt qilish holati kuzatilsa, bolani tik holatda tutib turish yoki yonboshlatib yotqizgan ma’qul. Bu kekirdak, bronx va o‘pkaga qayt massasi tushmasligini kafolatlaydi. Kattaroq yoshdagi bolalarda qayt qilish jarayonida bola oldinga ozroq engashib yoki ota-onasining tizzasida o‘tirgan holatda turishi lozim.
Har galgi qayt qilish holatidan keyin bola og‘zini qaynatilgan suv bilan yuvish kerak.
Qayt qilish barobarida ich kelishi kuzatilsa, vaqtida taglikni almashtirish, axlat holatiga ahamiyat berish (rangi, miqdori, hidi, aralashma tarkibi) kerak va buni pediatrga aytish lozim.
Shunday qilib, har qanday yoshdagi bolada qayt qilish holatida ota-onalar zudlik bilan shifokorga murojaatni kechiktirmasligi va go‘dak holatini yaxshilashga taalluqli tadbirlarni qo‘llashni bilishi, tanadagi suv miqdorini tiklash va albatta, mazkur holatning xatarli asoratlari borasida tegishli bilimlarga ega bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.



Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish