YAZD CHO‘LI
1.Amaldorlar yashaydigan joy nima deb atalgan? J: Injil.
2. Alisherning uyiga kelgan tog‘asi Mirsayid G‘iyosiddinga nima haqida so‘zlab beradi? J: Temurning o‘g‘li podshoh Shohruxning o‘limi haqida.
3. Shohrux podshoh nimadan yiqilib qayta o‘rnidan turolmaydigan bo‘lib qoladi? J: Xachirdan (eshak).
4. Mirsayid tomonidan odam emas, baayni murda ustiga yopirilgan o‘limtik qushlarga o‘xshatilgan shahzodalar kimlar? J: Abdullatif, Boysunqurning o‘g‘li Sulton, Muhammad va uning inisi sharobxo‘r Abulqosim.
5. Mirza Shohrux necha yoshida va qachon dunyodan o‘tadi? J: 72 yoshida, zulhijja oyining yigirma beshida, yakshanba kuni.
6. Alisherlar oilasi uchun kim taxtga o‘tirsa, fojia hisoblanardi?J: Mironshohning bolalari.
7. Shohrux podshoh o‘lgandan keyin qanday tartibsizliklar ro‘y bergan?J: Abdullatif amaldorlarni o‘ldirib, buvisi Gavharshodni zindonga soldi, Shoxruxning nabirasi, Boysunqurning o‘gli Abulqosim Bobur o‘z akasi Sul-ton Muhammad bilan urishdi.
8. G‘iyosiddinlar oilasi Xurosondan qayerga ko‘chib ketishdi? J: G‘arbiy Eronga.
9. Ko‘chish vaqtida qachon safar og‘irlashdi? J: Hirot vodiysidan chiqib, Yazd cho‘liga o‘tganda.
10. Karvon qayerda to‘xtadi? J: Yazd vohasidagi Taft qishlog‘ida.
11. Alisher qayerda Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi? J: Taft qishlog‘i-dagi xonaqohda.
12. “Zafarnoma” asari muallifi kim va asar kim haqida yozilgan? J: Temur haqida Sharafiddin Ali Yazdiy yozgan.
13. Yosh Alisher notanish chol (Sharafiddin Ali Yazdiy) bilan nima haqida suh-bat quradi? J: O‘zi va oilasi, zamonda bo‘lib turgan tartibsizliklar haqida.
14. Yosh Alisherning farosatiga qoyil qolib, fotiha bergan buyuk inson kim? J: Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy.
15. G‘iyosiddin o‘z oilasi bilan G‘arbiy Eronda necha yil turadi? J: 3 yil.
16. Alisherlar oilasi Hirotga nima uchun qaytib kelishadi? J: Abulqosim Bobur taxtni egallab tinchlik o‘rnatgani uchun.
17. Alisher qachon va qayerda otdan tushib uxlab qoladi? J: Hirotga qaytishda Yazd cho‘lida.
18. Alisher Iroq viloyati-kun botish tomonda, Hirot-kun chiqishda deb kimdan eshitgandi? J: Otasidan.
19. Alisher cho‘lda gumbaz deb o‘ylagan narsasi nima ekan? J: To‘rsiq.
20. To‘rsiq nima? J: Suv solinadigan mesh.
21. “Kambag‘alman desang, ko‘chib boq” degan maqol qaysi asar qahramoni tilidan aytilgan? J: “Zulmat ichra nur”, G‘iyosiddin tilidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |