O‘TKIR HOSHIMOV
1. Qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1941-yil, Toshkent, Do‘mbirobod mahallasi.
2. “Sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o‘qiladigan asar” deya ta’riflangan asar qaysi va muallifi kim? Bu ta’rif kim tomonidan berilgan? J: Abdulla Qahhor tomonidan O‘tkir Hoshimovning “Cho‘l havosi” qissasiga.
3. O‘.Hoshimovning ijodi qachon boshlangan? J: 5-sinfdan, o‘quvchilik davrida “Oltin tugmacha” she’ri.
4. Dastlabki kitobi qachon chop etilgan? J: Talabalik yillarida “Po‘lat chavandoz” ocherki (1962 -y).
5. Adibning ish faoliyati? J: Xat tashuvchi, musahhih, muxbir, gazetada bo‘-lim mudiri, nashriyotda va jurnalda bosh muharrir, Oliy majlisda qo‘mita raisi.
6. O‘tkir Hoshimov hikoyalari? J: “Urushning so‘nggi qurboni”, “Muhab-bat”.
7. O‘tkir Hoshimov qissalari? J: “Odamlar nima derkin”, “Shamollar esaveradi”, “Ikki karra ikki besh”, “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ish-lari”.
8. O‘tkir Hoshimovning romanlari? Qaysi romani uchun 1986-yilda Hamza nomidagi mukofot olgan? J: “Tushda kechgan umrlar”, “Nur borki, soya bor”. “Ikki eshik orasi” romani uchun mukofotlanadi.
9. O‘tkir Hoshimov dramalari? Qaysilari sahnalashtirilgan? J: “Qatag‘on”, “Inson sadoqati”, “To‘ylar muborak”, “Birovning tashvishi”, “Sizdan ugi-na, bizdan bugina”.
10. O‘tkir Hoshimovning birinchi badiiy asari? J: “To‘rt maktub” hikoyasi (1963).
11. O‘tkir Hoshimovning “To‘rt maktub” hikoyasi asosida yozilgan qissasi? J: “Cho‘l havosi”.
12. Qaysi adib “Notanish orol” deb nomlangan kitobida o‘z tarjimayi holini “Mashaqqatli safar” deb nomlagan? J: O‘tkir Hoshimov.
“DUNYONING ISHLARI” QISSASI
1. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi kim to‘g‘risida? J: Onalar to‘g‘risida.
2. O‘tkir Hoshimovning qaysi qissasi o‘zida mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topgan? J: “Dunyoning ishlari” qissasi.
3. “Gilam paypoq”, “Oq oydin kechalar”, “Tush”, “Alla”, “Oltin baldoq”, “O‘ris bolaning oyisi”, “Iltijo” kabi hikoyalar kimning qaysi asaridan olingan? J: O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”.
4. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi haqida qaysi adib: “Dos-tondek o‘qiladi. Uni o‘qib o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz”,-degan? J: Said Ah-mad.
5. Kim “Dunyoning ishlari” asari haqida “… umuman, o‘zbek ayoli haqida va umuman onalar to‘g‘risida” deb fikr bildiradi? J: Adibning o‘zi.
6. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi hikoyalar qaysi obraz tufayli yaxlitlik kasb etgan? J: Ona.
“ALLA”
1.“Dunyoning ishlari qissasida qaysi hikoya ilohiy kuchga ega bo‘lgan, ko‘ngil-larni eritadigan ohang haqida? J: “Alla”.
2. “Alla” hikoyasi qanday boshlanadi? J: Qabriston tasviri bilan.
3. “Alla” hikoyasida yozuvchining bolaligini eslatgan narsa nima edi? J: Go‘rkov hovlisidagi alla ovozi.
4. “Ajab, ular bir-biriga xalaqit bermas, bir-birini rad etmas, ikkalasi qo‘shilib bahor nafasiga to‘lgan osmonda qabriston yelkasidagi kuchala chiqargan teraklar ustida parvoz qilar edi”. Ushbu fikrdagi ikknarsa nima va bu parcha qaysi asardan olingan? J: O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Alla” bobidan, tilovat ovozi va alla ovozi.
5. “Dunyoning ishlari” asarining qahramoni “Alla” bobida kimlarning allasi misolida ona allasining sehrli kuchga ega ekanligini, ya’ni umumbashariy hodisa ekanligini aks ettiradi? J: O‘zbek ayollari (onasi), qirg‘iz ayoli, Kislovodsk-dagi rus ayolining.
6. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi bobida “Ona-tabiatning eng buyuk ixtirosidir” deyiladi? J: “Alla”.
7. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi bobda asar qahramonining qabriston darvozasi oldidagi g‘alati holati tasvirlanadi? J: “Alla”.
“HAQQUSH” HIKOYASI
1.O‘tkir Hoshimovga haqqush haqidagi cho‘pchakni kim aytib bergan edi? J: Onasi.
2. “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Haqqush” hikoyasida bir-biri bilan doim jiq-qamusht bo‘lgani uchun ko‘r qushga aylanib qolgan aka-ukalarning ismlari nima edi? J: Ilhaq va Is’hoq.
3. “Onalar farzandlari hamisha birga bo‘lishini istaydilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi”. Ushbu parcha “Dunyoning ishlari” qissasidagi qay-si hikoyadan olingan? J: “Haqqush”.
“QARZ” HIKOYASI
1. “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada Hakima aya kamtargina nafaqasini qo‘shnilari farzandlarining xursandchiligi uchun sarflaydi? J: “Qarz”.
2. “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Qarz” hikoyasida qo‘shnining 7 yashar qiz-chasining ismi nima? J: Nilufar.
3. “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Qarz” hikoyasida Hakima aya qo‘shni bola-larga nimalar olib beradi? J: Tufli, 3 oyoqli velosiped, ko‘ylak.
“GILAM PAYPOQ” HIKOYASI
1. “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada onaning o‘z jigarbandini kasallik xavfidan tezroq xalos qilish uchun har narsaga, hatto jonini ham berish-ga tayyor ekanligi tasvirlanadi? J: “Gilam paypoq”.
2. “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Gilam paypoq” hikoyasida onaning fidoyi-ligi nimalarda ko‘rinadi? J: Bolasining tezroq tuzalishi uchun hatto o‘zining sarpoychanligini unutganida, bolasi uchun o‘z hayotini unutganida.
3. “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Gilam paypoq” hikoyasida tabib buvining ismi? J: Hoji buvi.
4. Juba yoki jurabi nima? J: Qalin to‘qilgan paypoq.
5. “Gilam paypoq” hikoyasida o‘g‘il onasiga paypoqni qayerdan olib kelib bera-di? J: Kavkaz tomondan.
6. “Gilam paypoq” hikoyasining qahramoni yoshligida qanday kasalliklar bilan og‘rigan? J: Qizamiq, ko‘kyo‘tal, bezgak.
7. “Gilam paypoq” hikoyasida yozuvchining aytishicha ularning oshxonasida nimalar doimo ilig‘liq turardi? J: Ko‘k qarg‘aning patidan tortib, gultoji-xo‘rozgacha.
8. “Gilam paypoq” hikoyasidagi bola (yozuvchining o‘zi) ning nima uchun tomog‘i og‘rib, ahvoli og‘irlashgan? J: Yaxmalak o‘ynab muz yegani uchun.
9. “Gilam paypoq” hikoyasida ona bolasining yo‘talini davolash uchun nimalar ichiradi? J: Tomog‘ini achchiqtosh bilan chayib, qaynatilgan turshak suvini.
10. “Gilam paypoq” hikoyasidagi oyog‘ini sovuq oldirgan onaning oyog‘i yax-shi bo‘lishi uchun Hoji buvi nimadan dori-darmon qiladi? J: Qarg‘a miyasi-dan.
“ILTIJO” HIKOYASI
1. “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada insonning ona oldidagi farzand-lik burchi hech qachon uzib bo‘lmas qarz ekanligi tasvirlanadi? J: “Iltijo”.
2. “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada onasi undan “Meni ham kitob qilgin, o‘g‘lim”, deb so‘raganini esga oladi? J: “Iltijo”.
3. Yozuvchi onasining bahor yomg‘irini yaxshi ko‘rishini qaysi asarida eslaydi? J: “Dunyoning ishlari” qissasidagi “Iltijo” bobida.
4. “Iltijo” hikoyasida onasi qabri oldida iltijo qilayotgan qahramon volidasi haqida nimalarni eslaydi? J: Ko‘klamda dalaga birga chiqishganini, boyche-chaklarni ko‘rib onasi sevinganini, oftob haqida cho‘pchak aytib bergani-ni, onasi aytgan allani, “Meni ham kitob qilgin, o‘g‘im” deganini.
Do'stlaringiz bilan baham: |