ASQAD MUXTOR
1. O‘nlab nasriy, she’riy asarlarning muallifi, qadimgi Yunoniston, Hindiston, Uk-raina va Rossiya adabiyotining mashhur namoyondalari asarlarining tarji-moni kim? J: Asqad Muxtor.
2. Asqad Muxtor qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1920-yil 23-dekabr Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahri.
3. Bolalar uyida tarbiya topgan adib? J: Asqad Muxtor.
4. Asqad Muxtor qayerlarda ta’lim olgan? J: O‘rta maktab, O‘rta Osiyo Dav-lat universiteti.
5. Asqad Muxtor ijodini nima yozishdan boshlagan? J: She’r.
6. Asqad Muxtorning ilk she’rlari necha yoshida gazetada e’lon qilingan? J: 15 yoshida.
7. Asqad Muxtorning ijodiy merosi qancha? J: 50 dan ortiq kitob.
8. Asqad Muxtorning she’riy to’plamlari? J: “Po‘lat quyuvchi”, “Ham-shaharlarim”, “Rahmat, mehribonim”, “Sizga aytar so‘zim”.
9. Asqad Muxtorning qissalari? J: “Daryolar tutashgan joyda”, “Qoraqalpoq qissasi”, “Bo‘ronlarda bordek halovat”, “Buxoroning jin ko‘chalari”.
10. Asqad Muxtorning romanlari? J: “Opa-singillar”, “Tug‘ilish”, “Davr-mening taqdirimda”, “Chinor”, “Amu”.
11. Asqad Muxtorning pyesalari? J: “Mardlik cho‘qqisi”, “Yaxshilikka yax-shilik|, “Zar qadri”, “Samandar”.
12. Asqad Muxtor kimning dramatik asarlaridan tarjima qiladi? J: Sofokl, Evri-pid, Lermontov, Aleksandr Korneychuk.
13. Asqad Muxtorning bolalarga bag‘ishlangan asarlari? J: “Chin yurakdan” she’riy to‘plami, “Hayotga chaqiriq”, “Dunyo bolalari” hikoyalar to‘plami.
14. Asqar Muxtorning ellik yil oldin nashr qilingan hozir ham o‘z o‘quvchilariga ega asarlari? J: “Chin yurakdan” she’rlar to‘plami, “Hayotga chaqiriq”, “Dunyo bolalari” hikoyalar to‘plami.
15. Asqad Muxtor qaysi asari uchun Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan? J: 1974-yilda “Chinor” romani.
16. Asqad Muxtor qachon vafot etgan? J: 1997-yil 17-aprel.
“HAFTA” SHE’RI
1. She’rning boshlanishi? J: “Haft” degani- yettidir, Oilada yettimiz. Oyga, yilga nisbatan Biz, albatta, mittimiz.
2. “Hafta” she’ri necha banddan iborat? J: 47 band.
3. Vaqt birliklari? J: Kun, hafta, oy, yil.
4. “Yak” so‘zining ma’nosi? J: Bir.
5. Haftaning qaysi kuni og‘ir kun deyiladi? J: Birinchi kun- Dushanba.
6. “Hafta” she’ri qaysi kunning kelishidan boshlanadi? J: Yakshanba.
7. Haftaning to‘ng‘ichi qaysi kun? J: Yakshanba.
8. Yakshanbaning vazifasi? J: Dam berish, yakun yasash.
9. “Du” so‘zining ma’nosi? J: Ikki.
10. Haftaning qaysi kunida ish yurushsa bir hafta ish yurishadi? J: Dushanba.
11. “Se” so‘zining ma’nosi? J: Uch.
12. Seshanba kuni qanday voqealar bo‘lgan? J: Gagarin uchgan, Sirdaryoning Farhod Gesi ishga tushgan.
13. Haftaning qaysi kuni bir haftada nima bo‘lsa beshdan biri-meniki deya maqtanadi? J: Seshanba.
14. Haftaning qaysi kuni “Ha, oddiyman, ko‘p qatori Hech “Men – buyuk” demasmanAmmo ko‘rib turibsizki Uncha oddiy emasman” deydi? J: Seshanba.
15. “Chor” so‘zining ma’nosi? J: 4 (to’rt).
16. Haftaning qaysi kuni haftaning qoq beliman deydi? J: Chorshanba.
17. Haftaning qaysi kuni ahillik haqida so‘z yuritadi? J:Chorshanba.
18. “Pay” so‘zi qaysi so‘zdan kelib chiqqan? J: Panj.
19. “Panj” so‘zi qanday ma’noni bildiradi? J: Beshinchi.
20. Haftaning qaysi kuni ma’noli o‘tishini istaydi? J: Payshanba.
21. “Sizning kami ko‘stingizdir- Bizning kami ko‘stimiz.Bizning yutuq- sizning yutuq Biz odamning do‘stimiz” misralari haftaning qaysi kuniga tegishli?J: Payshanba.
22. “Shash” so‘zining ma’nosi? J: Olti.
23. Qofiyasiz yuradigan hafta kuni qaysi? J: Juma.
24. Oxirgi mehnat kuni va haftaning taqdiri qaysi kun? J: Juma
25. Hafta kunlarining tambasi qaysi kun? J: Shanba.
26. Yakshanbaning muovini qaysi kun? J: Shanba.
27. “Hafta” she’rida qaysi band she’r boshida va she’r oxirida takrorlanadi? J: “Haft” degani-yettidir, Oilada yettimiz.
Oyga, yilga nisbatan. Biz, albatta, mittimiz.
28. “Yettovlon, yetti o‘g‘lon Yetti og‘ayni botir” misralari she’rda necha marta takrorlangan? J: 7 marta.
29. “Hafta” she’ridagi oxirgi kun “shanba”ning tugallanishi? J: “Ammo-lekin biz bo‘lmasak, Na oy bor-u, na yil bor.
Bizdagi mazmun bilan Odamning umri dilbar.
30. “Murodbaxsh kun” qaysi kun? J: Chorshanba.
31. Haftaning qaysi kuni har qanday ishlarning bir maromda davom etishi, odatdagi yumushlar bajarilishini bildiradi? J: Seshanba.
32. “Xosiyat” so‘zining ma’nosi? J: O‘ziga xoslik, xususiyat, fazilat, yaxshi xislatlar.
33. “Hafta” she’ridagi asosiy fikr nimada? J: Vaqtning qadriga yetish, shu vaqt, kun, haftalar mazmunini xayrli ishlar bilan to‘ldirish
“PO‘LATJON YUZ TUP KO‘CHAT EKMOQCHI” SHE’RI
1.Boshlanishi? J: “Ular bu yangi uyga, Ko‘chib keldi shu bugun. Po‘lat ham ko‘ch tashidi, O‘yinchog‘i bir tugun”.
2. Yangi uy qanday edi? J: Oynavonlik peshayvon, besh xonali.
3. Po‘latjonning dadasining kasbi? J: Injener.
4. “Uch mushketyor” asari kimniki? J:Aleksandr Dyuma.
5. “Uch mushketyor” asari nima haqida? J: Do‘stlik, do‘stga sadoqatlilik, ahillik.
6. “Uch mushketyor” asaridagi mashhur bo‘lgan ibora? J: “Bir kishi hamma uch-un, hamma bir kishi uchun”.
7. Asqad Muxtorning qaysi she’rida odamlar ahil bo‘lsa bu yurtni dushman yengolmaydi, ahil insonlar buyuk ishlarga qodir degan fikrlar ilgari suriladi?
J: “Po‘latjon yuz tup ko‘chat ekmoqchi” she’rida.
8. Po‘latjonning otasi nimalar yasaydi? J: Mashinalar.
9. Po‘latjonga kim ahillik orqali el-yurt rivojlanishi, ravnaq topishi haqida so‘zlab beradi? J: Onasi.
10. Po‘latjoning rejasi nima? J: Qor erigandan keyin do‘stlari bilan eng ser-qatnov bir yerga 100 tup ko‘chat ekish.
11. Tugallanishi? J: Eng serqatnov yerga. Yuzta ko‘chat ekmoqchi!
12. Asqad Muxtorning qaysi she’riga nisbatan donishmand ota-bobolarimizning “Boylik, boylik emas, ahillik boylik”, “Ahil ishlasang, ish unar, har mushkul oson bo‘lar” maqollarini qo‘llash mumkin? J: “Po‘latjon yuz tup ko‘chat ekmoqchi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |